Karvonsaroy
Din

Forumga yigʻilgan qozoq imomlari odamlarni ilm olish va vatanparvarlikka chaqirdilar

Aydar Ashimov

23-oktabr kuni Nur-Sultonda 500 ga yaqin qozoq imomlari ishtirokida oʻtgan forumda fuqarolar “dindor, vatanparvar, har tomonlama bilimli, mehnatsevar, birdam va adolatli” boʻlishi kerakligi taʼkidlandi. [QMDI]

23-oktabr kuni Nur-Sultonda 500 ga yaqin qozoq imomlari ishtirokida oʻtgan forumda fuqarolar “dindor, vatanparvar, har tomonlama bilimli, mehnatsevar, birdam va adolatli” boʻlishi kerakligi taʼkidlandi. [QMDI]

NUR-SULTON – “Maʼnaviy qadriyatlar – jamiyat birdamligining asosidir” deb nomlangan milliy forum mamlakatning turli burchaklaridan kelgan Qozogʻiston musulmonlari diniy idorasining (QMDI) 500 imomini Nur-Sultonga jamladi.

23-oktabr kuni QMDI tomonidan tashkil etilgan forumda, shuningdek, davlat, jamoat va din arboblari, QMDI ulamolar kengashi aʼzolari va diniy mutaxassislar ishtirok etdi.

“Asosiy qadriyatimiz mamlakatimizning tinchligi va osoyishtaligidir”, dedi QMDI raisi va bosh muftiy Serikboy qozi Oraz forumda.

Prezident Qosimjoʻmart Toʻqayev forum ishtirokchilariga tabrik yoʻllar ekan, imomlar tarafidan olib borilayotgan “diniy-maʼrifiy” ishlar ahamiyatini alohida taʼkidladi.

Diniy maʼrifatni yoyish va ekstremizmning oldini olish imomlar uchun barcha bosqichlar – masjidlarda, internetda va yuzma-yuz suhbatlarda bajarilishi kerak boʻlgan muhim vazifadir, deydi forum ishtirokchilari. Suratda – Tarazdagi masjid, 25-oktabr kuni. [Aydar Ashimov]

Diniy maʼrifatni yoyish va ekstremizmning oldini olish imomlar uchun barcha bosqichlar – masjidlarda, internetda va yuzma-yuz suhbatlarda bajarilishi kerak boʻlgan muhim vazifadir, deydi forum ishtirokchilari. Suratda – Tarazdagi masjid, 25-oktabr kuni. [Aydar Ashimov]

Ta’lim-tarbiya ishlariga e’tibor

Forum qatnashchilariga murojaat qilgan Axborot va ijtimoiy taraqqiyot vaziri Dauren Abayev radikalizm va ekstremizmga qarshi kurash ishlarini tilga oldi.

“Yoshlarimizni radikal gʻoyalardan himoya qilishda davom etishimiz kerak”, dedi u. “Bu boradagi asosiy kamchiligimiz – chekka hududlarda ish sust olib borilayotganidir.”

U ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda maʼrifiy ishlarni kuchaytirish zarurligini taʼkidladi.

“Shaharliklarning murojaatlariga kelsak, bosh muftiyga savol yoʻllashga imkon beradigan veb-saytni ishga tushirishni taklif qilamiz”, dedi Abayev.

Forum ishtirokchilari ikkita hujjatni qabul qilishdi. Ular qozogʻistonliklarga murojaatnoma va “Yetti maʼnaviy asos”dir.

Muftiyat tomonidan eʼlon qilingan videolavhaga koʻra, maʼnaviy asoslar din, vatanparvarlik, taʼlim, birlik, mehnatsevarlik, ziyolilik va adolatni oʻz ichiga oladi.

“Islomda ilm olish erkaklar va ayollar uchun farzdir”, deb taʼkidlagan imomlar.

Axborot va ijtimoiy taraqqiyot vazirligiga koʻra, Qozogʻiston bunday hujjat ilk qabul qilingan.

Profilaktika ishlari

Qozogʻistonlik imomlar hukumat bilan birgalikda ekstremistik daʼvatga qarshi kurashda ikki bosqichli yondashuvni qoʻllamoqda: bu – ekstremistik materiallarni yoʻq qilish va diniy masalalar boʻyicha toʻgʻri maʼlumot berish.

Avgust oyida QMDI talabalarni radikal guruhlar taʼsiridan himoya qilish maqsadida notijorat tashkilot tuzdi.

QMDIning saʼy-harakatlari natijasida oʻtgan yili yuzlab radikallashgan qozoqlar anʼanaviy Islomga qaytgan.

Radikal mafkuraga qarshi kurash maqsadi umumiy ekanligini tushungan Markaziy Osiyo mamlakatlarining diniy idoralari ham oʻz kuchlarini birlashtirmoqdalar.

“Ekstremistik yollov “nishonida” va xavf guruhiga kiruvchi yoshlar bilan hukumatning targʻibot guruhlari va imomlar ishlamoqda”, deydi tarazlik diniy mutaxassis Sanjar Sulaymonov.

U profilaktik ishlar “imomlarning muhim vazifalaridan” ekanligini taʼkidladi.

“Ularda yoshlarning ongi va qalbiga toʻgʻri gʻoyalarni yetkazish uchun imkoniyatlar koʻp”, deydi Sulaymonov. “Ish hamma yerda – masjidlarda, internetda va yuzma-yuz suhbatlarda olib borilishi kerak.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Qozogʻistondan haqiqiy islomiy urf-odatlar, ijtimoiy va diniy uygʻunlikni anglaydigan jamiyat yaratish va yosh avlod orasida radikallashuv va ekstremizmni yoʻq qilishga qaratilgan juda yaxshi tashabbus. Men Qozogʻiston hukumati va imomlarini ushbu tashabbus bilan olqishlayman va umid qilamanki, bu boshqa Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, Janubiy Osiyodagi qoʻshnilar tomonidan ham qabul qilinadi.Buyuk mintaqalar olimlari va Qozogʻiston hukumatiga eng samimiy tilaklarim.

Javob berish