Karvonsaroy
Saylovlar

Oʻzbekistonda islohotchi prezident davridagi “tarixiy” saylovlar boʻlib oʻtdi

AFP

Toshkentdagi saylov uchastkalarining biri, 22-dekabr. Shu kuni oʻzbekistonliklar islohotchi prezident Shavkat Mirziyoyev 2016-yilda iqtidorga kelganidan beri ilk bor oʻtkazilgan parlament saylovlarida ishtirok etdilar. [Yuriy Korsuntsev/AFP]

Toshkentdagi saylov uchastkalarining biri, 22-dekabr. Shu kuni oʻzbekistonliklar islohotchi prezident Shavkat Mirziyoyev 2016-yilda iqtidorga kelganidan beri ilk bor oʻtkazilgan parlament saylovlarida ishtirok etdilar. [Yuriy Korsuntsev/AFP]

TOSHKENT – Yakshanba (22-dekabr) kuni Oʻzbekistonda prezident Shavkat Mirziyoyev koʻp yillar davomida ihotalanish va avtoritar tuzumdan soʻng islohotlar davrini boshlab berganidan keyingi ilk parlament saylovlari oʻtkazildi.

Mirziyoyev davridagi ilk parlament saylovida besh hukumatparast partiya oʻzaro kurash olib bordi. Dastlabki natijalar dushanba (23-dekabr) kuni eʼlon qilingan.

Markaziy saylov komissiyasi maʼlumotlariga koʻra, ovoz berish jarayonida saylovchilarning 71,1 foizi ishtirok etdi.

Markaziy saylov komissiyasining maʼlum qilishicha, 150 saylov okrugining 128 tasidan olingan ovoz berish natijalariga koʻra Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi yetakchilikni qoʻlga kiritgan va 150 oʻrinlik parlament quyi palatasida 43 ta oʻringa ega boʻlgan.

Oʻzbeklar saylovda ovoz bermoqda, 22-dekabr, Toshkent. [Yuriy Korsuntsev/AFP]

Oʻzbeklar saylovda ovoz bermoqda, 22-dekabr, Toshkent. [Yuriy Korsuntsev/AFP]

22-dekabr kuni Oʻzbekiston aholisi 2016-yilda islohotchi Shavkat Mirziyoyev prezident boʻlganidan beri ilk marta parlament saylovlarida ovoz berishdi. [Pexels.com]

22-dekabr kuni Oʻzbekiston aholisi 2016-yilda islohotchi Shavkat Mirziyoyev prezident boʻlganidan beri ilk marta parlament saylovlarida ovoz berishdi. [Pexels.com]

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi 35 ta oʻrinni egallagan.

Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, “Adolat” nomi bilan ham tanilgan sotsial-demokratik partiya va Oʻzbekiston Ekologik partiyasi ham parlamentda oʻz oʻrinlarga ega boʻldi.

Qolgan 22 ta okrugda “nomzodlar yetarlicha ovoz toʻplay olmadilar”, dedi MSK raisi Mirzo Ulugʻbek Abdusalomov.

Uning aytishicha, ushbu hududlarda qaytadan saylov oʻtkazilishi lozim.

2016-yilda oʻz oʻtmishdoshi, marhum prezident Islom Karimov vafotidan keyin 2016-yilda Markaziy Osiyoning eng koʻp aholiga ega davlatiga rahbar boʻlgan Mirziyoyev saylovlarni “tarixiy” deya baholagan.

Mirziyoyev Karimov davriga oid avtoritar tartibbuzarliklarga barham bergani, ayrim siyosiy mahbuslarni ozod qilgani, majburiy mehnatga qarshi kurashgani hamda dengizga chiqish yoʻli boʻlmagan mamlakatda turizm va investitsiyalar uchun yoʻl ochgani bilan eʼtiborga tushgan.

Parlamentda oʻzaro raqobatlashuvchi beshala partiya ham taqdim etilgan boʻlib, ular eski parlament tarkibidagi toʻrt partiya va hozirda mavjud boʻlmagan partiyaning oʻzi bilan deyarli bir xil vorisidir.

33 million kishilik Oʻzbekistonda 20 milliondan ortiq odam ovoz berish huquqiga ega.

“Tarix yaralmoqda”

Britaniyaning The Economist nashri shu haftada Oʻzbekistonni yil mamlakati deb atar ekan, “jahonda boshqa hech bir davlat 2019-yilda Oʻzbekistonchalik oldinga siljigani yoʻq” deb yozgan.

Prezident saylovga oʻz oila aʼzolari, jumladan qizi Saida Mirziyoyeva bilan kelib, ovoz bergan.

Mirziyoyev partiyalarning saylovoldi kampaniyasi chogʻidagi oʻzaro raqobatlashuvini tilga olar ekan, ularga ishonch bildirgan.

“Odamlar bu tarixiy voqea ekanligini tushunib yetmoqdalar”, dedi u jurnalistlarga. “Jamiyat oʻzgargan. Partiyalarga munosabat oʻzgargan.”

Partiyalardan hech biri koʻpchilik ovozga ega boʻlmagan 150 kishilik quyi palata shunchaki hukumat qonunlarini maʼqullab beradigan organ maqomiga ega.

“Adolat va haqqoniylik” uchun ovoz berish

Toshkentliklar saylangan nomzodlar koʻp narsa kutishlarini, qariyb 30 yil hukmronlik qilgan Karimov davrida aytish imkonsiz boʻlgan xavotirlarini izhor qilishgan.

20 yashar Abdusamat Yoʻldoshev “oʻzbek jamiyatidagi adolat va shaffoflik uchun” ovoz berganini aytadi.

“Men turmush darajasining koʻtarilishi va taʼlimning yaxshilanishini istayman”, deydi “Adolat” partiyasiga ovoz bergan Yoʻldoshev.

69 yoshli pensioner Maʼmura Mirzahmedova saylovga chiqmasligini va iqtisodiy islohotlardan soʻng inflyatsiya kuchayib, “hamma joyda narxlar koʻtarilayotganidan” norozi ekanligini aytgan.

60 yoshli oqsoqol Aleksandr Kimning aytishicha, mahalliy mansabdorlar oxirgi pallalarda saylovga faol targʻib qilganlar, ammo saylovning maqsadini koʻpchilik tushunmagan.

“Odamlar kimga ovoz berayotganlarini bilmaydilar”, dedi Kim AFPga.

“Yangi Oʻzbekiston?”

Saylov “Yangi Oʻzbekiston, yangi saylovlar” shiori ostida boʻlib oʻtdi, zero hukumat ularni ochiqlikning yangi namunasi sifatida koʻrsatishga intildi.

Saylov arafasida Oʻzbekistondagi bloklab qoʻyilgan bir qator huquqbon tashkilotlarning veb-saytlari yakshanbadan yana ishlay boshlagan.

Saylovga oʻz kuzatuvchilar missiyasini yuborgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) taʼkidlashicha, bu yilgi saylovlarda ham avvalgilariga oʻxshash holatlar kuzatilgan. Tashkilot oʻzining saylovoldi hisobotida saylovga oid yetarli ommaviy tadbirlar oʻtkazilmaganini qayd etgan edi.

YXHT Parlament assambleyasi rahbari Jorj Tsereteliga koʻra, Oʻzbekiston “siyosiy taraqqiyot jarayonini” boshdan kechirayotgan mamlakatdir.

“Albatta, bu yerda aniq muxolifat partiyalari va muxolif qarashlar yoʻq, bular ham eʼtiborga olinadi”, dedi u.

Karimov qiynoqlar va majburiy mehnatga oid ayblovlar bilan xalqaro tashkilotlarning tanqidiga uchrab kelgan.

Omma oldida Karimovni hurmat bilan yodga oluvchi Mirziyoyev paxta sohasidagi qullikka deyarli barham bergan va Oʻzbekistonni yakkalanishdan olib chiqqan lider sifatida koʻriladi.

Boʻlib oʻtgan saylovlar Oʻzbekistondagi siyosiy transformatsiya jarayonida qanday rol oʻynashi haqida hozircha biror narsa deyish qiyin, deb taʼkidladi Glazgo universitetining Markaziy Osiyo tadqiqotlari boʻyicha katta oʻqituvchisi Luka Ancheski.

Ancheskining soʻzlariga koʻra, saylovda koʻpchilikning ishtirok etgani “Mirziyoyevni qoʻllab-quvvatlash strategiyasining muhim elementi” sifatida baholanishi mumkin.

Parlament institut sifatida rivojlana oladimi, degan savolga javoban u “xulosa qilishga hali erta”, deb javob bergan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Mumkin boʻlsa, 22-dekabr kungi saylovlarni kuzatgan YXHT vakillari bilan toʻliq intervyuni chop eta olasizlarmi? Ularning obyektiv fikrini bilish qiziq.

Javob berish

Bu nima safsata maqolada yozilgan? Avtoritar rejim hech qayerga ketgani yoʻq, yopiqlik ham yoʻqolmagan. Korrupsiya gullab-yashnamoqda. Hukumatdagi biznes doiralar qoʻliga tushganini oʻmarib yotibdi. Oʻziga mos qonunlar chiqarib. Qaysi Oʻzbekiston haqida yozgansiz? Bu parallel olamdagi Oʻzbekistonmi? Chunki, bunaqa Oʻzbekistonni men bilmayman

Javob berish