Karvonsaroy
Terrorizm

Dushanbeda Tojikiston-Oʻzbekiston qoʻshma aksilterror harbiy mashqlari boʻlib oʻtmoqda

Karvonsaroy

Tojikistonlik askarlar harbiy mashgʻulotlar chogʻida, sanasiz surat. 11-14-mart kunlari Tojikistonning Faxrobod poligonida tojik va oʻzbek harbiylari ishtirokida qoʻshma aksilterror mashqlari boʻlib oʻtmoqda. (Tojikiston mudofaa vazirligi)

Tojikistonlik askarlar harbiy mashgʻulotlar chogʻida, sanasiz surat. 11-14-mart kunlari Tojikistonning Faxrobod poligonida tojik va oʻzbek harbiylari ishtirokida qoʻshma aksilterror mashqlari boʻlib oʻtmoqda. (Tojikiston mudofaa vazirligi)

DUSHANBE – Shanba (14-mart) kuni Oʻzbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov tojik va oʻzbek maxsus kuchlari ishtirokidagi qoʻshma aksilterror mashqlarining yakuniy bosqichini kuzatish uchun Dushanbega tashrif buyuradi, deb xabar bermoqda Asia-Plus Tojikiston mudofaa vazirligidagi manbaga tayanib.

Oʻquv mashqlariga Oʻzbekiston maxsus qoʻshinlarning bitta va Tojikiston maxsus kuchlarining uchta rotasi, zirhli transport vositalari, artilleriya va aviatsiya jalb qilingan. Mashgʻulotlar “Faxrobod” poligonida boʻlib oʻtmoqda.

Chorshanba (11-mart) kuni boshlangan tadbir 14-mart kuni nihoyasiga yetadi.

Umumiy chegara boʻylab terrorchi guruhlarni yoʻq qilish boʻyicha muvofiqlashtirilgan shartli oʻquv mashgʻulotlariga Tojikiston mudofaa vaziri Sherali Mirzo qoʻmondonlik qilmoqda.

Mudofaa vazirlari harbiy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar bergan Tojikiston mudofaa vazirligidagi manba Asia-Plus nashriga.

Bu ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlar koʻp yillar davomida sovuq boʻlib kelgan, ammo 2016-yilda islohotchi prezident Shavkat Mirziyoyev iqtidorga kelgach, hamkorlik faollashdi. 2018-yilda ikki mamlakat harbiylari 1991-yili Sovet Ittifoqi parchalanganidan beri ilk qoʻshma mashgʻulotlarni oʻtkazdilar .

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500