Karvonsaroy
Terrorizm

Polshada jangarilikka yollashda gumonlangan 4 tojik fuqarosi qoʻlga olindi

Karvonsaroy

Polshada islomni yangi qabul qilganlarni teraktlar sodir etish uchun yollashga uringanlikda ayblangan 4 nafar Tojikiston fuqarosi hibsga olingan. [Twitter/Polsha chegara qoʻshinlari]

Polshada islomni yangi qabul qilganlarni teraktlar sodir etish uchun yollashga uringanlikda ayblangan 4 nafar Tojikiston fuqarosi hibsga olingan. [Twitter/Polsha chegara qoʻshinlari]

VARSHAVA – 7-may kuni Polsha huquq-tartibot organlari islomni yangi qabul qilganlarni teraktlar sodir etish uchun yollashga uringanlikda ayblanayotgan 4 nafar tojikistonlik erkakni qoʻlga oldi. Bu haqda dushanba (11-may) kuni Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi Polsha maxsus kuchlari ishini muvofiqlashtiruvchi vazirlik matbuot kotibi Stanislav Zaringa tayanib xabar bergan.

Gumondonlar qayerda qoʻlga olingani haqida maʼlumot berilmagan.

Toʻrtala erkak Polshadan chiqarib yuboriladi va ularning bu mamlakat yoki Yevropa Ittifoqining shengen hududiga kirishi taqiqlanadi, dedi Zarin gumondorlarning qayerga yuborilishini ochiqlamay.

“Islom davlati”ga xayrixoh gumondorlar

Toʻrtovlon ham “Islom davlati”ga xayrixoh boʻlsa-da, uning aʼzolari boʻlishmagan, deb qoʻshimcha qildi Zarin.

Gumondorlar islomni qabul qilgan polyaklarni yollashga uringanlar, deb yozadi Total.kz nashri.

Tojik fuqarolari Polsha ichki xavfsizlik idorasi taqdim etgan dalillar asosida hibsga olindi.

Soʻnggi haftalarda Yevropaning boshqa davlatlarida ham ekstremizmda ayblangan tojik fuqarolari hibsga olingan.

15 aprel kuni nemis hukumati Germaniyadagi AQSH kuchlariga hujum qilish maqsadida ID yacheykasini tuzishda gumon qilingan besh tojikistonlik hibsga olinganini eʼlon qilgan edi.

Oradan ikki haftacha oʻtib, Albaniya kuch tuzilmalari nemis hamkasblarining iddaosiga koʻra IDning ayni yacheykasiga mansub Tojikiston fuqarosi ushlanganini maʼlum qilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500