Karvonsaroy
Xavfsizlik

Quruq vaʼdalar: Tolibonlarning “Al-Qoida”dan voz kechishni istamayotgani ularning tinchlik tarafdori emasligini koʻrsatmoqda

Karvonsaroy

Gazeta oʻqiyotgan afgʻonistonlik erkak, Kobul, 2011-yil, 3-may. Unda Al-Qoida yetakchisi Usoma bin Laden oʻlimining tafsilotlari yoritilgan. (MASSUD HUSAYNIY/AFP)

Gazeta oʻqiyotgan afgʻonistonlik erkak, Kobul, 2011-yil, 3-may. Unda Al-Qoida yetakchisi Usoma bin Laden oʻlimining tafsilotlari yoritilgan. (MASSUD HUSAYNIY/AFP)

KOBUL – Tolibonlarning barcha terrorchi tashkilotlardan voz kechishi – Afgʻonistondagi ichki muzokaralar tomon yoʻl ochuvchi Tolibon va AQSH muzokarachilari oʻrtasidagi tinchlik kelishuvining muhim jihatlaridan biri hisoblanadi.

29-fevralda imzolangan kelishuvdagi AQSH qoʻshinlarining Afgʻoniston hududidan chiqishi va mahbuslarning ozod etilishi kabi ayrim shartlar bajarilayotganiga qaramay, Tolibonlar Al-Qoida bilan aloqalarni uzishni rad etmoqda.

“Tolibonlarning Al-Qoida bilan munosabatlari juda mustahkam, uzoq va chuqur tarixga ega va ularni uzish oson boʻlmaydi”, deydi hirotlik siyosiy tahlilchi Muhammad Rafiq Shahir.

“2001-yilda Qoʻshma Shtatlar Tolibonlardan Usoma bin Ladenni topshirishni soʻraganida, ular bu soʻrovni rad etishgan. Hozir esa bu munosabatlar avvalgidan ham yaqin”, dedi u.

Terrorchilik guruhining oʻzi Tolibonlar nazoratidagi hududdan turib hujumlarni amalga oshirganini tan olib turgan bir vaqtda, Tolibon yetakchilari 2001-yil 11-sentabrda Qoʻshma Shtatlarga qarshi hujumlarda Al-Qoidaning rolini rad etishda davom etmoqdalar. (Fayl)

Terrorchilik guruhining oʻzi Tolibonlar nazoratidagi hududdan turib hujumlarni amalga oshirganini tan olib turgan bir vaqtda, Tolibon yetakchilari 2001-yil 11-sentabrda Qoʻshma Shtatlarga qarshi hujumlarda Al-Qoidaning rolini rad etishda davom etmoqdalar. (Fayl)

2014-yilda asos solinganidan beri Hindistondagi “Al-Qoida”ni boshqargan Asim Umar oʻtgan yil sentyabrda Afgʻonistonning Hilmand viloyati Musa Qalʼa tumanidagi Tolibonlar joylashgan bazada yoʻq qilingan. (Fayl)

2014-yilda asos solinganidan beri Hindistondagi “Al-Qoida”ni boshqargan Asim Umar oʻtgan yil sentyabrda Afgʻonistonning Hilmand viloyati Musa Qalʼa tumanidagi Tolibonlar joylashgan bazada yoʻq qilingan. (Fayl)

Terrorchilik guruhining oʻzi Tolibonlar nazoratidagi hududdan turib hujumlarni amalga oshirganini tan olib turgan bir vaqtda, Tolibon yetakchilari 2001-yil 11-sentyabrda Qoʻshma Shtatlarga qarshi hujumlarda Al-Qoidaning oʻrnini rad etishda davom etmoqdalar.

“Tolibon yetakchilari Al-Qoida bilan aloqani uzishga vaʼda bergan, ammo bunga qodir emas. Chunki, turli Tolibon guruhlari, shu bilan birga, u koʻp moliyaviy yordam oladigan arab mamlakatlari orasida “Al-Qoida”ning taʼsiri kuchli”, dedi Shahir.

Afgʻoniston hukumatining koʻknori ekinzorlarini yoʻq qilishi, xavfsizlik kuchlari tarafidan Tolibonlar blokpostlarining olib tashlanishi va fuqarolarning jangari guruhga adolatsiz “soliqlarni” toʻlashdan bosh tortishi ortidan Tolibonlarning moliyaviy manbalari qurib borayotgani sababli, ular yaqin orada Al-Qoida bilan munosabatlarni uzishi dargumon.

“Al-Qoida Tolibonlarning asosiy moliyaviy quvvatlovini amalga oshiradi”, dedi Shahir.

Shu bilan birga, Tolibonlar moliyalashtirish, qurol-yarogʻ yetkazib berish va harbiy tayyorgarlik borasida Eron Islom inqilobi posbonlari korpusiga (IIPK) tayanadi.

Tolibonlar Al-Qoidaning “sodiq tarafdori”

27-may kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotiga (BMT) topshirilgan hisobotda Tolibonlarning Al-Qoida bilan keng qamrovli va doimiy aloqalari haqida batafsil maʼlumot berilgan.

“Tolibonlarning, ayniqsa Haqqoniy tarmogʻi va Al-Qoida bilan doʻstlik, birgalikdagi kurash tarixi, mafkuraviy xayrixohlik va nikoh rishtalariga asoslangan munosabatlari yaqinligicha qolmoqda”, deyiladi hisobotda.

“Tolibonlar Qoʻshma Shtatlar bilan olib borilayotgan muzokaralar vaqtida Al-Qoida bilan maslahatlashgan va ular bilan tarixiy aloqalariga rioya qilishga kafillik bergan”, dedi u.

Dalillar shuni koʻrsatmoqdaki, toliblar terrorchilik guruhidan yuz oʻgirishga vaʼda berganiga qaramay, “Al-Qoida”ga oʻz himoyalari ostida kuch toʻplashga imkon berishgan, deydi BMT kuzatuvchilari.

“Al-Qoida va Tolibon 2019-yil davomida va 2020-yil boshida uchrashuvlar oʻtkazib, tezkor rejalashtirish, jangarilarni tayyorgarlikdan oʻtkazish va Afgʻoniston ichkarisida Al-Qoida “aʼzolariga xavfsiz boshpana taqdim etish bilan bogʻliq hamkorlik masalalarini muhokama qilganlar”, deyiladi xabarda.

“Al-Qoida” Afgʻonistonning 12 viloyatida yashirin faoliyat olib boradi va BMT kuzatuvchilariga koʻra, “400 dan 600 nafargacha qurolli jangarilarga ega”.

Tolibon va “Al-Qoida” mafkurasi koʻp jihatdan oʻxshash boʻlgani uchun, ularning bir-biridan ajralishi mushkul, deydi kobullik siyosiy tahlilchi Muhammad Ibrohim Masoan.

“Tolibon va al-Qoidani bir-biridan ajratishning yagona yoʻli – bu ularning mafkurasini oʻzgartirish, ammo koʻrib turganimizdek, Tolibon mafkurasi va xatti-harakatlarida hech qanday oʻzgarish yuz bermagan va guruh “Al-Qoida”ning qatʼiy tarafdori boʻlib qolmoqda”, dedi u.

“Al-Qoida va Tolibon oʻrtasida yaqin aloqalar borligini Tolibonning “Al-Qoidani” hech qachon ochiq tanqid qilmaganidan ham bilamiz”, dedi u. “Tolibon AQSH bilan kelishuvda belgilangan talab – “Al-Qoida” bilan aloqalarni uzish boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmadi”.

Soʻzda emas, amalda

Tolibon “Islom davlati”ga (ID) “doʻst emas”, ammo Vashington ularning Al-Qoidaga qarshiligini “soʻzda emas, amalda” koʻrishni xohlaydi, deb bayonot berdi AQSH Markaziy qoʻmondonligi qoʻmondoni, general Kennet Makkenzi 18-iyun kuni.

Qoʻshma Shtatlar Afgʻonistondagi AQSH qoʻshinlari sonini 8600 nafargacha kamaytirish bilan bitim tarafdorini qoʻllab-quvvatladi, dedi Makkenzi.

Ammo bu “shartlarga asoslangan yondashuv”, dedi u kelasi yilga qadar qoʻshinlarning toʻliq olib chiqilishi uchun shartlarga rioya qilinishi kerakligini taʼkidlab.

“Biz ularning Al-Qoidaga qarshi nima qilmoqchi ekanliklarini koʻrish istagidamiz”, dedi u.

Prezident Ashraf Gʻani isyonchilar va Vashington oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq, Tolibon asirlarini ozod qilish jarayonini yakunlashga vaʼda bergan.

Afgʻoniston hukumati hozirgacha hibsdagi tolibonlardan 3000 ga yaqinini ozod qilgan. Afgʻonistondagi ichki muzokaralarni boshlashga oid shartnomada kelishilganidek, yana 2000 mahbusni ozod qilish rejalashtirilmoqda.

19-iyun kuni Tolibon harakati fevral oyida imzolangan, “ayniqsa, AQSH va Gʻarbning Afgʻonistondan chiquvchi tahdiddan xavotirda ekani taʼkidlangan” kelishuvga sodiq qolishini bildirgan.

“Mamlakatimizdan kimgadir qarshi kurash yoʻlida foydalanishlariga yoʻl qoʻymaymiz. Xotirjam boʻlishsin”, deb bayonot bergan “Tolibon” harakati vakili Zabiullo Mujohid AFPga.

Davomli zoʻravonliklar

Afgʻon rasmiylari va xavfsizlik tahlilchilariga koʻra, tinchlik bitimi imzolanganidan keyin ham Tolibonlar zoʻravonligining kuchayishi – guruhning vaʼdalari puch ekaniga misoldir.

“Dalillar shuni koʻrsatmoqdaki, AQSH bilan tinchlik bitimi imzolanganiga qaramay, Tolibonning “Al-Qoida” bilan aloqalari avvalgi yillardagi kabi barqarorligicha qolmoqda, deydi Kobuldagi mahalliy politsiya bosh boshqarmasi rahbarining sobiq oʻrinbosari va harbiy tahlilchi, isteʼfodagi general Sikander Asgʻariy.

Tolibonlar tinchlik kelishuvidan foydalanib, oʻz mintaqaviy tarafdorlarining koʻmagi bilan hokimiyatni qaytarib olishni istaydilar, dedi u.

“Al-Qoida bilan aloqalarning saqlanib qolayotgani – Tolibonlar Afgʻonistonga tinchlik va barqarorlik olib keladigan har qanday kelishuvga sodiq emasligini koʻrsatadi”, deydi sobiq “Volesi Jirgʻa” aʼzosi, kobullik Dovud Kalakoniy.

Oʻtgan hafta davomida Tolibonlar afgʻon xavfsizlik kuchlariga qarshi 222 ta hujumni amalga oshirdi, natijada 422 odam jarohatlangan va oʻlgan. Bu haqda 14-iyun kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Tariq Arian maʼlum qildi.

Shuningdek, u Tolibonni afgʻon hukumatiga “ruhiy bosim” oʻtkazish uchun diniy ulamolarni nishonga olishda aybladi.

Shu oyda isyonchilar tomonidan Kobul masjidlarida sodir etilgan portlashlar tufayli ikki imom hayotdan koʻz yumdi, deb aytgan Arian jangarilarni “boshqa terrorchilik tarmoqlari uchun soyabon” vazifasini oʻtayotganlikda ayblab.

Afgʻoniston Milliy xavfsizlik kengashining 22-iyun kungi xabariga koʻra, oʻtgan hafta Tolibon afgʻon xavfsizlik xizmatining 291 nafar xodimini oʻldirib, buni 19 yillik mojaroning eng qonli haftasi deb atagan.

Tolibon boshlagan zoʻravonlik “tinchlikka moyillik ruhiga ziddir”, dedi Gʻani 22-iyun kuni Vazirlar mahkamasi yigʻilishida.

[Ushbu maqolani tayyorlashga Hirotdan Umar koʻmaklashdi.]

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Orzu qilaveringlar

Javob berish

Orzu qilavering

Javob berish