Karvonsaroy
Diplomatiya

Ashxobod va Kobul TAPH quvuri va boshqa infratuzilmaviy loyihalarni jadallashtiradi

Jumaguli Annayev

Turkmanistonda barpo etilayotgan TAPH gaz quvurining Mari viloyati Yoʻloʻtan tumanidagi qismi, 2016-yilning may oyi. (Jumaguli Annayev olgan fotosurat)

Turkmanistonda barpo etilayotgan TAPH gaz quvurining Mari viloyati Yoʻloʻtan tumanidagi qismi, 2016-yilning may oyi. (Jumaguli Annayev olgan fotosurat)

ASHXOBOD – Turkmaniston va Afgʻoniston oʻtgan oy oxirida Afgʻon zaminida anchadan beri toʻxtab qolgan infratuzilma loyihalari, jumladan, Turkmaniston-Afgʻoniston-Pokiston-Hindiston (TAPH) gaz quvuri va temiryoʻl qurilishini jadallashtirishga kelishib oldilar.

30-sentyabr kuni Kobulda Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani va Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov ishtirokida oʻtgan hujjatlarni imzolash marosimi “butun Yevroosiyo mintaqasi uchun geosiyosiy va geoiqtisodiy ahamiyatga ega qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi”, deyiladi vazirlik saytida chop etilgan bayonotda.

Marosim chogʻida Ashraf Gʻani Afgʻonistonga yordami va “ikki xalq va mamlakat oʻrtasidagi doʻstlikni qoʻllab-quvvatlagani” uchun Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.

Keng koʻlamli energetik loyihalarni rivojlantirish va koʻp tomonlama transport va tranzit yoʻlaklarini barpo etish “nafaqat Afgʻonistonni har tomonlama qayta qurish, balki mintaqadagi iqtisodiy integratsiya uchun ham konstruktiv taʼsirga ega boʻladi”, dedi Gʻani.

Turkmanistondan Afgʻoniston va Pokiston orqali Hindistonga oʻtadigan Xaritada TAPH quvurining xaritadagi marshruti. [ISGR]

Turkmanistondan Afgʻoniston va Pokiston orqali Hindistonga oʻtadigan Xaritada TAPH quvurining xaritadagi marshruti. [ISGR]

2016-yil 28-noyabr kuni Afgʻonistonning Akina shahriga yoʻl olgan yuk poyezdini kuzatish uchun Turkmanistonning Imomnazar bojxona punktiga rasmiylar va turkmanistonlik milliy raqqoslar. Ikki mamlakat oʻrtasidagi ikki milliard dollarlik temir yoʻl liniyasining birinchi uchastkasi ochilishiga bagʻishlangan marosim boʻlib oʻtdi. Shu kuni Turkmaniston va Afgʻoniston ikki mamlakatni ilk marta temiryoʻl orqali bogʻlaydigan va Tojikistonga qadar yetib boradigan 2 milliard dollarlik liniyaning birinchi qismini ochib berdilar. [Igor Sasin/AFP]

2016-yil 28-noyabr kuni Afgʻonistonning Akina shahriga yoʻl olgan yuk poyezdini kuzatish uchun Turkmanistonning Imomnazar bojxona punktiga rasmiylar va turkmanistonlik milliy raqqoslar. Ikki mamlakat oʻrtasidagi ikki milliard dollarlik temir yoʻl liniyasining birinchi uchastkasi ochilishiga bagʻishlangan marosim boʻlib oʻtdi. Shu kuni Turkmaniston va Afgʻoniston ikki mamlakatni ilk marta temiryoʻl orqali bogʻlaydigan va Tojikistonga qadar yetib boradigan 2 milliard dollarlik liniyaning birinchi qismini ochib berdilar. [Igor Sasin/AFP]

Rejadagi boshqa infratuzilmaviy loyihalar qatorida Turkmaniston-Afgʻoniston-Pokiston (TAP) elektr uzatish liniyasi, optik tolali aloqa liniyalari va temir yoʻllar bor.

Hujjatlarni imzolash marosimida Gani va Meredov bilan birga, ikki davlat vazirlari va boshqa rasmiylari hamda ushbu loyihalarda ishtirok etayotgan xalqaro kompaniyalar rahbarlari ishtirok etishdi.

“Uchrashuvning bunday formatda oʻtkazilgani tomonlarning maqsaddan aniq harakatga oʻtayotganidan dalolat beradi”, deydi ashxobodlik siyosiy tahlilchi Serdar Kuliyev.

Bunday konkret qadamlar oʻnlab yillar davom etgan muzokaralardan soʻng hamkorlikdagi saʼy-harakatlarni jadallashtirishga yordam beradi, dedi Kuliyev 1990-yillardan beri muhokama qilinayotgan TAPH gaz quvuri qurilishini ham nazarda tutib.

“Endilikda loyiha umumiy chizgilarda emas, balki uning tarkibiy qismlari, jumladan, investitsiyalar, obyektlar uchun yer ajratish, pudratga oid ishlarni bajarish, xavfsizlikni taʼminlash, eksport hajmi va tomonlar uchun manfaatlar” nuqtai nazaridan muhokama qilinmoqda.

1840 kilometrga choʻziladigan TAPH quvuri Janubiy Osiyoda energiya taqchilligini kamaytirishga yordam beradi va u oʻtadigan 4 mamlakat uchun daromad keltiradi.

Eron hududidan oʻtadigan raqobatchi loyihalar uchun xavf soluvchi TAPH quvuriga qatʼiyan qarshi boʻlgan Tehron rejimi bir necha bor uni sabotaj qilishga urindi, jumladan, quvurga hujum uyushtirish uchun Afgʻonistondagi Tolibon jangarilariga qurol-yarogʻ yetkazib berdi.

Yangi ish oʻrinlari

Toʻrttala loyiha boʻyicha ham siljish bor, deydi “Azatlik” radiosi turkman xizmatining Afgʻonistondagi muxbiri Shamerdanguli Mirodi 4-oktyabr kuni infratuzilmaviy loyihalarga bagʻishlangan lavhasida.

TAPH gaz quvuri bilan bir qatorda Turkmanistondan Pokistonga elektr energiyasi yetkazib beradigan 500 MVt quvvatga ega yangi elektr uzatish liniyalari uchun Afgʻonistonda yer ajratish qilish jarayoni boshlangan.

Turkmaniston elektr energiyasi va tabiiy gazidan elektr uzatish liniyalari va TAPH oʻtadigan viloyatlar aholisi ham foydalanishi mumkin.

Toʻrtta loyiha afgʻonistonliklar uchun 10 mingdan ortiq ish oʻrinlarini yaratishga imkon beradi, dedi tahlilchi Kuliyev.

“Barqaror va eng muhimi, halol daromad manbai topiladigan boʻlsa, ekstremistik guruhlar safini tark etib, tinch hayotga qaytishni istaydigan odamlar soni koʻpayadi”, deydi Kuliyev.

Mirodining soʻzlariga koʻra, Afgʻonistonda bir millionga yaqin aholini tashkil qiluvchi etnik turkmanlar Turkmaniston bilan qoʻshma korxonalar tashkil etilishi haqidagi xabarni mamnuniyat bilan qarshi olganlar.

“Afgʻonistondagi inshootlarning pudratchilari, etnik turkmanlar orasidan mahalliy ishchilar yollaydigan turk qurilish kompaniyalari boʻlishi aniq”, dedi Mirodi.

Uning soʻzlariga koʻra, afgʻonistonlik turkmanlarni ishga yollash til toʻsiqlarini bartaraf etadi, zero turk kompaniyalari Afgʻonistonda suv omborlari va yoʻllar qurishda etnik turkmanlar bilan ishlash tajribasiga ega.

Jangarilar xavfi

Kobuldagi uchrashuvda Afgʻonistonda barpo etilayotgan inshootlar xavfsizligi muhokama qilingan.

Mamlakatdagi vaziyat beqarorligicha qolayotganiga qaramay, Afgʻoniston rasmiylari xavfsizlik bilan shugʻullanuvchi maxsus qoʻmita tashkil etilganini eʼlon qilganlar.

Tolibon rahbariyati TAPH loyihasiga toʻsqinlik qilmaslikka vaʼda bergan boʻlsa-da, unga boshqa ekstremistik guruhlar tahdid solishi mumkin, deydi “Azatlik” jurnalisti Mirodi. 2018-yilda Tolibon jangarilari Eronning halokatli qoʻporuvchilik buyruqlarini bajarish oʻrniga hukumat taslim boʻlgan edi.

Afgʻoniston shimolida 20 ga yaqin jangari guruhlar, jumladan, “Islom davlati”ning (ID) Xuroson boʻlinmasi faoliyat olib bormoqda.

ID-Xuroson jangarilari Turkmanistondan keladigan elektr va optik tolali aloqa liniyalari oʻrnatilishi kutilayotgan joylarda faol.

“Ular [ID-Xuroson] allaqachon qonli teraktlar uchun javobgarlikni oʻz zimmalariga olgan”, dedi Mirodi.

Uning soʻzlariga koʻra, Afgʻonistondagi faol jangari guruhlarni tiyib qoʻyishga qodir boʻlgan Pokiston infratuzilma obyektlari xavfsizligini kafolatlashda muhim rol oʻynashi mumkin.

“Bu muammo oʻz yechimi tomon siljiyotgan koʻrinadi”, dedi Mirodi “Azatlik” radiosiga.

Yaqinda Afgʻoniston Milliy yarashuv oliy kengashi raisi Abdulloh Abdullohning Islomobodga safari chogʻida Pokiston rahbariyati Afgʻonistonda nizolashayotgan tomonlar oʻrtasidagi tinchlik muzokaralariga koʻmaklashishga vaʼda berdi, dedi u.

Asosiy kuchlar xavfsizlikni kafolatlaydigan boʻlsa, mintaqa uchun muhim boʻlgan energetik loyihalar yanada tezlashadi, deydi siyosiy tahlilchi Kuliyev.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500