Karvonsaroy
Terrorizm

“Jusan-5” operatsiyasi: Qozogʻiston fuqarolarini Suriyadan qaytarish davom etmoqda

Aydar Ashimov

“Jusan-5” operatsiyasi doirasida Suriyadan olib kelingan ayol qozogʻistonlik mutaxassislar tomonidan soʻroq qilinmoqda, 5-fevral kuni YouTube tarmogʻiga joylashtirilgan Qozogʻiston Milliy xavfsizlik qoʻmitasining (KNB) videolavhasidan olingan kadr.

“Jusan-5” operatsiyasi doirasida Suriyadan olib kelingan ayol qozogʻistonlik mutaxassislar tomonidan soʻroq qilinmoqda, 5-fevral kuni YouTube tarmogʻiga joylashtirilgan Qozogʻiston Milliy xavfsizlik qoʻmitasining (KNB) videolavhasidan olingan kadr.

NUR-SULTON – Qozogʻiston hukumati ilgari “Islom davlati” (ID) nazoratida boʻlgan hududlardan qozoq fuqarolarini qaytarish boʻyicha navbatdagi “Jusan-5” (Achchiq shuvoq-5) insonparvarlik operatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlanganini eʼlon qildi.

Qozogʻiston Milliy xavfsizlik qoʻmitasi (KNB) tomonidan mamlakat Tashqi ishlar vazirligi hamda AQSH va boshqa xalqaro sheriklar koʻmagida oʻtkazilgan operatsiyada Suriyadan bir guruh qozogʻistonlik fuqarolar oʻz vataniga olib kelindi, deb xabar beradi TIV 4-fevral kuni.

“Jusan” operatsiyasi 2019-yil boshidan buyon toʻrt marotaba amalga oshirilgan.

5-fevral kuni mamlakat tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi AQSHning Qozogʻistondagi elchisi Uilyam Mozer bilan onlayn uchrashuv oʻtkazdi.

“Jusan-5” operatsiyasi doirasida Suriyadan olib kelingan yosh bolali ayol qozogʻistonlik mutaxassislar tomonidan soʻroq qilinmoqda, KNBning YouTube tarmogʻiga joylangan videolavhasidan olingan kadr.

“Jusan-5” operatsiyasi doirasida Suriyadan olib kelingan yosh bolali ayol qozogʻistonlik mutaxassislar tomonidan soʻroq qilinmoqda, KNBning YouTube tarmogʻiga joylangan videolavhasidan olingan kadr.

“Jusan-5” operatsiyasi doirasida Suriyadan olib kelingan yosh bolalarga hamrohlik qilayotgan qozogʻistonlik tibbiyot xodimi, KNB videolavhasidan olingan kadr.

“Jusan-5” operatsiyasi doirasida Suriyadan olib kelingan yosh bolalarga hamrohlik qilayotgan qozogʻistonlik tibbiyot xodimi, KNB videolavhasidan olingan kadr.

Vazir “Jusan” insonparvarlik operatsiyasi doirasida Qozogʻiston fuqarolarining Suriyadan qaytarilishi va kelgusidagi reabilitatsiyasiga koʻmaklashgani uchun AQSH tomoniga minnatdorchilik bildirdi, deyiladi TIV bayonotida.

“Tomonlar Qozogʻiston va AQSH oʻrtasidagi kengaytirilgan strategik sheriklikka doir koʻplab masalalarni muhokama qildilar, shuningdek, ikki davlat oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligini nishonlash yuzasidan birgalikda oʻtkaziladigan tadbirlarni kelishib oldilar”, deyiladi xabarda.

“Biz ularni oʻzga yurtda qoldirmadik”

Jami 12 kishi – toʻrt erkak, bir ayol va yetti nafar yosh bola (ulardan ikkitasi yetim qolgan) oʻz vataniga qaytarilgan.

Yetim bolalar eng yaqin qarindoshlarining qaramogʻiga topshiriladi va hukumat ularga barcha zaruriy yordamni taqdim etadi, deyiladi TIV xabarida.

Ayollar va bolalar reabilitatsiya va jamiyatga qayta moslash dasturlariga jalb etiladi.

Qozogʻiston milliy qonunchilikka va xalqaro majburiyatlarga rioya qilgan holda terrorchilik faoliyatida ishtirok etgan har qanday shaxsni javobgarlikka tortadi, deb xabar beradi vazirlik.

KNB oʻzining YouTube kanaliga muvaffaqiyatli yakunlangan operatsiya haqida qisqa videolavha joylagan boʻlib, unda qozogʻistonliklarning vataniga qaytishi, shifokorlar koʻrigidan oʻtayotgani va bolalar bilan ishlayotgan psixologlar aks etgan.

Videolavhadan taʼsirlangan qozogʻistonlik tomoshabinlar “bechora bolalar”, “ularni begona yurtlarda qoldirmadik”, “davlatimizga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz”, “Ularning vatanga qaytarib yaxshi qilibsizlar” kabi fikr-mulohazalar qoldirishgan.

Odamlarning odatiy hayotga qaytishiga koʻmaklashish

Qozogʻiston 2019-yilda bir nechta “Jusan” operatsiyasini amalga oshirdi, ularda 600 ga yaqin qozogʻistonlik, jumladan 400 nafar yosh bola Suriya va Iroqdan vataniga olib kelingan.

Qozogʻistonlik yosh bolalarning vataniga qaytarilishi va ularning jamiyatga qayta integratsiya qilinishi yuzasidan olib borilgan chora-tadbirlar xalqaro hamjamiyat va Qizil xoch jamiyati tomonidan yuqori baholandi.

Vataniga qaytgan ayrim ayollar va bolalar Suriyada boshidan kechirgan dahshatli voqealarni soʻzlab berganlar.

Hukumat 2020-yil fevral oyida “Jusan” operatsiyasi yakunlanganini eʼlon qilgan boʻlsa-da, qozoq jangarilari va ularning oilalarini vatanga qaytarish ishlari joriy yilda ham davom ettirilmoqda.

“Suriyadagi fuqarolarimizning qaytarilishiga qarshilik qilganlar ham, uni yoqlaganlar ham boʻldi, ammo odamlarning aksari bu ishlarni qoʻllab-quvvatlaydi”, deydi Nur-Sultonlik Nagima Jumadilova.

“Bu bolalarning aybi yoʻq, ayollar esa mutaassib erlarining taʼsirida boʻlishgan”, dedi u.

Nur-Sultonlik siyosiy tahlilchi Bolatbek Isayevning aytishicha, har safar boshqa mamlakatdagi hamkasblar bilan suhbat chogʻida ular doim Qozogʻistonning Suriya va Iroqdan oʻz fuqarolarini qaytarganini maʼqullaydilar.

“Qozogʻiston hukumati va Qoʻshma Shtatlarning yordami tufayli vatandoshlarimiz oʻz uylariga qaytdilar”, dedi u.

“Terrorchilar albatta sud qilinadi, ayollar va yosh bolalar esa tinch turmush tarziga qaytariladi”, dedi u. “Bu davlatimiz tomonidan amalga oshirilgan insonparvarlik harakati va fuqarolarimiz nisbatan koʻrsatilgan gʻamxoʻrlik belgisidir.”

“Bu ayollar va yosh bolalarni tinch hayotga qaytarish uchun puxta amalga oshirilgan operatsiya va yaxshi tashkillashtirilgan chora”, deya qoʻshimcha qildi Isayev.

Qozogʻistonlik mutaxassislarning choralari eng mayda detallargacha juda puxta oʻylangan, dedi u.

“Psixologlar ayollar va yosh bolalar bilan ishlamoqda, shifokorlar esa qaytganlarning barchasini koʻrikdan oʻtkazmoqda”, dedi u. “Huquqni muhofaza qilish idoralari oʻz vazifalarini bajarmoqda. Reabilitatsiya markazi, kelajakda bolalarni bogʻcha va maktabga joylashtirish, boshqa har taraflama koʻmak – bularning bari bu odamlarning normal hayotga qaytishiga yordam beradi.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500