Karvonsaroy
Inson huquqlari

Mehnat migrantlari Rossiyaning yangicha “mehmondoʻstligidan” koʻp narsa kutmayapti

Kanat Altinbayev

24-mart kuni Moskvadagi Vnukovo aeroportida oʻz reyslarini kutayotgan Markaziy Osiyoliklar. [Aleksandr Nemenov/AFP]

24-mart kuni Moskvadagi Vnukovo aeroportida oʻz reyslarini kutayotgan Markaziy Osiyoliklar. [Aleksandr Nemenov/AFP]

BISHKEK – Huquq faollariga koʻra, Rossiyaning mehnat migrantlari uchun kirish talablarini soddalashtirish qarori – ishchi kuchi tanqisligiga duch kelgan sanoat sohalarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora, xolos. Ularning aytishicha, Moskvaning huquqbuzarliklarga barham berish haqidagi vaʼdasiga endi hech kim ishonmayapti.

Rossiya hukumati 10-fevral kuni pandemiya sababli ishchi kuchi tanqisligiga duch kelgan sohalar, jumladan, qurilish va qishloq xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash maqsadida mehnat migrantlari uchun kirish tartibi soddalashtirilishini maʼlum qildi, deb yozadi Moscow Times.

Karvonsaroy bilan suhbatda boʻlgan qirgʻizistonlik huquqbonlarga koʻra, bu chora ishchi kuchi tanqisligi sharoitida Rossiyani qoʻllab-quvvatlash maqsadini koʻzlaydi, xolos. Ular mamlakatning migrantlarga nisbatan yomon munosabati bilan bogʻliq oʻtmishini eslatib oʻtganlar.

Oʻtgan yili koronavirus pandemiyasi avjiga chiqayotgan vaqtda, Rossiya hukumati migrantlarni oʻz holiga tashlab qoʻydi va koʻpchilikni ishidan mahrum qilgan qatʼiy karantin choralari tufayli xalqaro transport aloqalarini toʻxtatdi.

Koronavirus pandemiyasining dastlabki bosqichlarida Rossiyada ishlash va yashash ruxsatnomalarni yangilashga oshiqayotgan migrantlar, 3-aprel, Sankt-Peterburg. [Olga Maltseva/AFP]

Koronavirus pandemiyasining dastlabki bosqichlarida Rossiyada ishlash va yashash ruxsatnomalarni yangilashga oshiqayotgan migrantlar, 3-aprel, Sankt-Peterburg. [Olga Maltseva/AFP]

Rossiya hukumati maʼlumotlariga koʻra, pandemiyaga qadar Rossiyada boʻlgan mehnat migrantlarining qariyb yarmi oʻtgan yili mamlakatni tark etgan.

Katta ehtimol bilan ularning koʻpchiligi huquq-tartibot organlari tomonidan deportatsiya yoki boshqa jazo choralari tahdidiga duch kelgan, deydi faollar. Mamlakatda qolganlarning oltidan birigina u yerda rasmiy yashash ruxsatiga ega.

Rossiya ichki ishlar vazirligi (IIV) maʼlumotlariga koʻra, dekabr oyida Rossiyada istiqomat qilayotgan 6,3 million migrantning atigi millionga yaqini vaqtincha yashash ruxsatnomasi yoki vaqtincha propiskaga ega boʻlgan.

Oʻtgan yil mart oyida Rossiya barcha xalqaro kirish-chiqish aviaparvozlarini toʻxtatib qoʻygani sababli, koʻplab migrantlar bir necha kun, hatto haftalar davomida aeroportlarda qolib ketib, oʻz vatanlariga qayta olmagan edilar.

Parvozlar qayta tiklangan boʻlsa-da, tartibsiz boʻlgan.

Rossiya aviakompaniyalari yoʻlovchilarga qiymatini yoʻqotgan chiptalar pulini qaytarishdan bosh tortar ekan, ishsiz va pulsiz qolgan Markaziy Osiyolik migrantlarni koʻchada qoldirgan.

Keyinchalik kirish cheklovlari kuchaytirilgani sababli, mamlakatdan chiqib keta olganlar Rossiyaga qaytib kira olmaganlar.

Huquq faollarining aytishicha, Rossiyaning xuddi shu mehnat migrantlariga nisbatan “mehmondoʻstligi” ishchi kuchi yetishmagani tufayli turli sanoat sohalarining ishi toʻxtab qolganida qayta jonlangan.

Ishchi kuchining oʻtkir tanqisligi

Ishchi kuchi tanqisligi, asosan Moskva va Moskva viloyatida kuchli sezilmoqda. Moskva shahar hokimiyati va IIV Tojikiston va Oʻzbekistondan kelgan migrantlarni qurilish obyektlarida ishlashga jalb qila boshlaganlar.

Endi esa hukumat jafokash migrantlarning zaruriy hujjatlarini tezroq rasmiylashtirishga, COVID-19ga chalingan taqdirda ularni davolash va uch mahal ovqat bilan taʼminlashga vaʼda bermoqda.

Markaziy Osiyolik huquqbonlar va migrantlarning oʻzi Rossiyadagi mehnat sharoitlarining yaxshilanganiga ishonmaydilar.

Oʻzbekistonlik va tojikistonlik migrantlar Rossiya yetakchiligidagi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo boʻlgan Qozogʻiston va Qirgʻizistondan kelgan ishchilarga nisbatan qattiqroq muomalaga duch kelishadi, deydi qirgʻizistonlik Ulan Omorov.

Belarus orqali Rossiyaga kelgan oʻzbekistonlik va tojikistonlik ishchilar kuch idoralari tomonidan taʼqib etiladi, deydi Moskvadagi supermarketda ishlovchi asli Toʻqmoq shahrilik Omorov.

“Mahalliy politsiyachilar oʻzbek va tojiklarni qoʻlga olib, izolyatorlarga joylashadi, ulardan pul talab qilishadi, pora olganlaridan keyin esa qoʻyib yuborishadi”, deydi u.

U oʻzbekistonlik migrant tanishlari Rossiyadan Ukrainaga ish izlab ketganini aytadi. U yerda “maoshlar kamroq boʻlsa ham, korrupsiya bu darajada avj olmagan”, deydi u.

“Oʻzlarida ishchi kuchi yetishmay turganida, kuch idoralarining Rossiyadagi migrantlarni taʼqib qilishi gʻalati”, dedi u.

Mahalliy chinni sexida ishlaydigan toshkentlik Norbek Axmedov bir necha oy davomida qurilish sohasida ish topa olmagach, 2019-yilning noyabrida Rossiyaning Novosibirsk shahridan qaytib kelgan.

“Bizga nisbatan hurmatsizliklari bilan buning aksini koʻrsatib kelgan boʻlsa-da, endi Rossiyaning quruvchilik kompaniyalariga biz yana kerak boʻlib qoldik”, deydi Axmedov. “Bu yerda ishim bor ekan, Rossiyaga qaytmayman.”

Oʻz-oʻziga xizmat qiluvchi siyosat

2018-yilning dekabrida Rossiya prezidenti Vladimir Putin tarafidan yangilangan “Rossiya Federatsiyasining 2025-yilga qadar moʻljallangan milliy siyosati strategiyasi” Rossiya manfaatlarigagina xizmat qiladi, deydi Tojikistonning “Perspektiva+” nodavlat tashkiloti rahbari Oynihol Bobonazarova.

“Mehnat migratsiyasi haqida gapiradigan boʻlsak, Rossiyaga Markaziy Osiyolik oddiy mehnatkashlardan koʻra yuqori malakali ishchilar kerak”, dedi dushanbelik Bobonazarova.

Rossiyadagi tojik migrantlari yashash joylarida roʻyxatdan oʻtayotgan vaqtlarida muntazam ravishda byurokratik muammolarga va noqulay mehnat sharoitlariga duch kelishadi, dedi u.

Bobonazarovaning qirgʻizistonlik hamkasbi, Bishkekdagi “Kilim shami” huquqbon nodavlat tashkiloti rahbari Aziza Abdrasulova ham vaziyatga xuddi shunday baho bergan.

Soʻnggi yillarda koʻp mamlakatlar bilan munosabatini buzgan Rossiya Markaziy Osiyodagi taʼsirini kuchaytirishga harakat qilmoqda, dedi u.

“Pandemiyadan kuchsizlangan Rossiya iqtisodiyoti xorijlik ishchilarga muhtoj”, dedi u. “Rossiya bu tashabbusidan asosan oʻzi foyda koʻradi.”

Mehnat migrantlariga talab doimiy ekaniga qaramay, Rossiya bu ishchilarning huquqlarini keng miqyosda buzishdan toʻxtashi amrimahol, deya qoʻshimcha qildi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 10

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Ochigʻini aytaylik, Rossiyada Markaziy Osiyodan kelgan migrantlarga qullardek muomala qilishadi

Javob berish

Oʻsha Sovet axlatxonada hech boʻlmaganman, meni hech qiziqtirmaydi.

Javob berish

Bizning rasha - kasha [kasha ruscha boʻtqa, shu bilan birga shaklsiz, zaif narsa; “Nasha Rasha” (Bizning Rossiya) ruslarning mashhur kamchiliklari ustidan kuladigan taniqli teleserial]

Javob berish

Rossiya – boʻlmagʻur, axlat mamlakat

Javob berish

Bekorlarni aytibsizlar. Qay mamlakatda migrantlarga oson boʻlgan? Korrupsiya oʻzimizda kammi. Kerak boʻlsa aka ukasidan pora oladi. Davlat idora xodimlari porasiz hech ish qilishmaydi.

Javob berish

Rossiya hukumati Markaziy Osiyolik migrantlarga xuddi hayvonlardek muamola qiladi. Bu bechoralarda tanlov yoʻq ekanligini bilishadi, shuning uchun ham koʻnliga nima kelsa shuni qiladi. Kelgindilar degan gaplarini eshitmaydigan kun qachon kelar ekan? ((((((

Javob berish

Xalqimiz oʻz vatanida ish topa olishi uchun Xudo davlatlarimizni omonlikda saqlasin.

Javob berish

Rossiyaning choʻchqalarida mehmondoʻstlik degan tushunchaning oʻzi yoʻq. Botqoqdan chiqqan yovvoyilar xolos.

Javob berish

Bu iflos mamlakat kimga ham kerak?

Javob berish

Rossiyadagi rossiyaliklar natsist.

Javob berish