Karvonsaroy
Terrorizm

Qamoqqa olingan sobiq ID aʼzolari radikallashuvga oid mudhish hikoyalarini soʻzlab berdilar

Kseniya Bondal

QMDI suratga olgan videolavha kadrlari: hozirda Qozogʻiston qamoqxonasida jazo muddatini oʻtayotgan sobiq “Islom davlati” (ID) jangarisi Almaz Ashirov.

QMDI suratga olgan videolavha kadrlari: hozirda Qozogʻiston qamoqxonasida jazo muddatini oʻtayotgan sobiq “Islom davlati” (ID) jangarisi Almaz Ashirov.

OLMAOTA – Qozogʻiston musulmonlari diniy idorasi (QMDI) Suriyadagi “Islom davlati” (ID) safiga qoʻshilgan va keyinchalik sudlangan shaxslar bilan oʻtkazilgan turkum videosuhbatlarni namoyish etmoqda.

Bu – Qozogʻistonda ekstremizmning oldini olishga qaratilgan tashabbusning bir qismi.

25-avgust kuni Kazislam.kz saytiga joylangan suhbatlarda qamoqqa olingan sobiq jangarilar qanday qilib Suriyadagi jang maydonlariga borib qolganliklari, oʻzlari va oila aʼzolarining hayotini arang saqlab qolishgani va hozirda qamoq muddatini oʻtayotgan Qozogʻistonga qaytib kelganliklarini soʻzlab berganlar.

2019-yilda koalitsiya bomba hujumlari tufayli ID Suriyadagi soʻnggi hududlarini boy berayotgan bir vaqtda, Qozogʻiston 2021-yilgacha davom etgan “Jusan” (Achchiq shuvoq) operatsiyasi doirasida bir nechta reyslarni amalga oshirgan. Ikki yil davom etgan operatsiyada 700 dan ortiq qozogʻistonlik Suriyadan vataniga qaytgan.

QMDI suratga olgan videolavha kadrlarida “Islom davlati” (ID) “elita” jangarisining bevasi, ayni damda qamoq jazosini oʻtayotgan Jazira Asanova aks etgan.

QMDI suratga olgan videolavha kadrlarida “Islom davlati” (ID) “elita” jangarisining bevasi, ayni damda qamoq jazosini oʻtayotgan Jazira Asanova aks etgan.

QMDI suratga olgan videolavha kadrlarida Jazira Asanova jazo muddatini oʻtayotgan Shimoliy Qozogʻiston viloyatidagi qamoqxona.

QMDI suratga olgan videolavha kadrlarida Jazira Asanova jazo muddatini oʻtayotgan Shimoliy Qozogʻiston viloyatidagi qamoqxona.

ID jang maydonlaridan ogʻir mehnatgacha

Almaz Ashirov 2013-yilda ID taʼsiriga tushib qolib, Suriyaga borib urushishga ahd qiladi.

Tish shifokoridek yaxshi kasb egasi boʻlishiga qaramay ajrashgan, oʻgʻlini bir oʻzi tarbiya qilayotgan Ashirov terrorchilar tashviqotiga ishonib qoladi.

U ishidan boʻshab, oʻgʻlini qarindoshlariga tashlab ketadi.

“ID yollovchilari Suriyada “jihod” boʻlayotgani va biz musulmonlarga yordam berishimiz kerakligini daʼvo qilishgan edi. Ular “Dunyo musulmonlari qayerda? Nimaga bizlarni qutqarish uchun kelmayapsizlar?” deb turgan qariyalar, ayollar va yosh bolalarning videolarini joylashtirishgan edi.”

Biz oʻz harakatlarimiz uchun qiyomatda javob berishimizni aytgan edilar, deydi Ashirov.

U Suriyaga yetib borishi bilan harakatlari hech kimga yordam bermayotganini tushunib yetgan. Ammo shunda ham qurolini tashlamagan.

“Biz tinch aholi, rus va amerika askarlariga qarshi kurashdik”, deb eslaydi u. “Siyosat shunaqa edi.”

Ashirov jangarilar safida ancha yuqori koʻtarilgan va qandaydir sababdan ID qoʻmondonlari uni sotqin deb atamaganida ketmagan ham boʻlardi.

“Yetakchilardan “hamma kofirlar jazolanishi kerak” degan xabar keldi. Oʻshanda juda katta fitnalar yuz berdi. Odamning hayoti bitta oʻqdan ham arzon edi”, deydi Ashirov.

Ashirov oʻsha yerda qurgan oilasi – ayoli va toʻrt farzandi bilan Suriyadan qochadi.

Ommaviy vatanga qaytarish boʻyicha “Jusan” operatsiyasi boshlanishidan bir yil avval, 2018-yil yanvar oyida u va uning oilasi Qozogʻistonga yetib kelgan. Terrorchilik faoliyatini olib borgani uchun unga 15 yillik ogʻir mehnatni bajarish jazosi tayinlangan.

Hatto hozir ham u nima uchun jang qilganini aniq tushunib yetmaydi va buni “ahmoqlik” deb aytadi.

U ozodlikka chiqqanidan keyin oʻz farzandlarini munosib tarbiyalash niyatida.

“Elita” jangarisining bevasi

2019-yilning dekabr oyida Jusan operatsiyasi orqali Qozogʻistonga qaytgan Jazira Asanovaga terrorchilik faoliyatidagi ishtiroki uchun sakkiz yil qamoq jazosi belgilangan.

Uning soʻzlariga koʻra, kameradoshlari uni chetlatib qoʻyishgan.

“Men 2010-yildan namoz oʻqishni boshlaganman, bir yil oʻtib erga tegdim. Yana bir yildan keyin esa u arab tilini oʻrganish uchun Misrga borishni taklif qildi”, deydi Asanova.

Ammo, rasmiy til maktablarida taʼlim olish oʻrniga ular mamlakatdagi noqonuniy markazlarda arab tilini oʻrganishni boshlashgan va soxta shayxlarning taʼsiriga tushib qolishgan.

Kunlarning birida, eri unga Suriyadagi “musulmon birodarlarga” yordam berishga ketayotganini aytadi. Oradan toʻrt oy oʻtib Asanova uning orqasidan joʻnab ketadi va 2013-yilda Suriyada fuqaroviy urush avjiga chiqqan vaqt jangarilar lageriga yetib boradi.

Arab tilini bilishi tufayli Asanovaning eri ID qoʻmondonlarining ishonchli odamiga va “elita” jangovar boʻlinmasining aʼzosiga aylanadi.

Ammo u havo zarbasi tufayli halok boʻladi.

“Erimning oʻlimidan bir oz avval men uyga ketgim kelayotganini aytganman, ammo u qarshilik qilgan”, deydi Asanova.

Eri halok boʻlganidan keyin Asanovaning borar joyi qolmagan edi. Ochlikda bolalari bilan birga yurt kezishdi. Oxir-oqibat, u va yana boshqa ayollar Kurdlar lageriga qochdi, u yerdan bolalari bilan vataniga qaytarildi.

“Men hozir aniq aytaman, Suriyada din boʻlmagan. Urush boʻlgan yerda jannat boʻlmaydi. Bolalarimdan ajrab qamoqqa tushishimga oʻzim aybdorman”, deydi u.

Qamoqlarda radikallarni “qayta dasturlash”

Deradikalizatsiya jarayonini olib borish ozodlikdan koʻra qamoqda samaraliroq, chunki mahbuslar reabilitatsiyaga muhtoj, deydi ekstremizmning oldini olish boʻyicha olmaotalik mutaxassis Asilbek Izbairov.

“Ammo, koʻp narsa ularning ichki eʼtiqodiga bogʻliq”, deydi Izbairov Karvonsaroy nashriga. “Agar dindor odam notoʻgʻri mafkurani tanlaganidan pushaymon boʻlsa, qamoqxona u qayta tarbiyalanishi mumkin boʻlgan joy.”

“Agar u jazo adolatsiz deb ishonsa, uning gʻazabi ortadi va ekstremizmga moyilligi kuchayadi”, deb qoʻshimcha qildi u.

Qamoqxona maʼmurlari ekstremistlarga nisbatan nazar-pisandsiz muomalada boʻlmasliklari kerak, bu ularning reabilitatsiyasini murakkablashtiradi, dedi u sudlangan ekstremistlar oddiy jinoyatchiga aylanib qolishi mumkinligi haqida ogohlantirib.

Qamoqxona tashqarisidagi dunyoda ham dindor musulmonlar radikalizmga uchrashi mumkin, chunki ular oʻz ibodatlarida hissiy ilhom yetishmovchiligini sezadilar, deydi sobiq ekstremistlar bilan ishlash va ularni reabilitatsiya qilish bilan shugʻullanadigan “Akniyet” nodavlat tashkilotining Koʻkchatovdagi idorasi rahbari Rustam Saduyev.

ID va boshqa buzgʻunchi harakatlar ularga orzu qilgan narsalarini taklif qiladi, dedi u Karvonsaroyga.

Biroq, Saduyevning aytishicha, Arin-Hoji masjidida ishlaydigan olmaotalik imom Yerlan Akatayevning vaʼzlari sobiq radikallar eʼtiborini torta boshlagan.

“Xarizmatik” Akatayev “aqidaviy va fiqhiy masalalar emas, balki ruhiy tarbiyaga asosiy eʼtiborni qaratadi”, dedi Saduyev.

“U musulmonlarni ruhlantiradi”, dedi Saduyev. “Radikal qarashlarning sobiq tarafdorlari uning maʼruzalarini tinglamoqdalar. Shu yoʻsinda ular anʼanaviy daʼvatchilarga quloq tuta boshlaganlar.”

Qozogʻistonda hali ham ekstremistlar xavfi bormi?

Qozogʻistonda ekstremistlarni yollash xavfi qanchalik katta ekani borasida Saduyev va Izbairovning fikrlari turlicha.

Saduyevga koʻra, Suriyada ID zaiflashgan vaqtda Qozogʻistonda ham yollash kamaygan.

Unga koʻra, ayni damda ekstremistlarni yuzma-yuz va internet orqali yollash deyarli sezilmaydi.

“Musulmonlarning maʼnaviy va axloqiy qadriyatlarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratish kerak”, deydi u xutbalar uchun mosroq mavzularga ishora qilib.

Ammo, Izbairov yoshlarni yollashning xavfiga juda jiddiy qaraydi.

Uning soʻzlariga koʻra, avval ID izdoshlarini dindor musulmonlardan ajratish oson boʻlgan.

Endi esa, isyonchi boʻlmagan va Afgʻonistonni boshqarayotgan Tolibonlar Markaziy Osiyo mamlakatlari rasmiy muftiyatlari bilan bir darajada turishibdi, deydi u.

Ular Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan birgalikda Hanafiy mazhabi va Motrudiy aqidasida, deydi u.

Shu tariqa “yangi tahdidlar” paydo boʻlmoqda, deydi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500