Karvonsaroy
Salomatlik

AQSH Oʻzbekistonga COVID-19ga qarshi Pfizer vaksinalarini xayriya qildi

Karvonsaroy

image

6-dekabr kuni AQSH hukumati COVID-19ga qarshi kurash doirasida Oʻzbekistonga 301860 doza Pfizer vaksinasi yetkazib berdi. [AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi]

TOSHKENT – AQSH hukumati 6-dekabr (dushanba) kuni COVID-19ga qarshi kurash doirasida Oʻzbekistonga qoʻshimcha 301860 doza Pfizer vaksinasi yetkazib berdi, deyiladi AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi bayonotida.

“Xavfsiz va samarali vaksinalar pandemiyaga barham berishning eng yaxshi vositasidir. Amerika Qoʻshma Shtatlari 1 milliard doza COVID-19ga qarshi Pfizer-BioNTech vaksinasini sotib olish va dunyo boʻylab xayriya qilish majburiyatiga sodiq qoladi. Buning natijasida dunyo miqyosida AQSH yetkazib beradigan vaksinalar soni 1,1 milliarddan oshadi”, dedi AQSH elchisi oʻrinbosari Pol Poletes vaksinaning kelishini olqishlab.

Ushbu xayriya yordami bilan Oʻzbekistonga iyul oyidan beri bir necha marta yetkazib berilgan AQSHda ishlab chiqarilgan vaksinalar soni 5,3 million dozadan oshgan.

Shuningdek, qisman AQSH hukumati tomonidan moliyalashtirilgan COVAX dasturi doirasida Oʻzbekistonga shu kunga qadar 2,4 million doza AstraZeneca vaksinasi ham yetkazib berildi.

Bundan tashqari, AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) yaqinda Oʻzbekistonga COVID-19 bilan kurashish uchun tezkor yordam chorasi sifatida 2,5 million dollar ajratgan.

Oʻzbekistonga yordam 16 million dollardan oshdi

Ushbu yordam bilan Oʻzbekistonning COVID-19ga qarshi kurashdagi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlashga AQSH hukumatining toʻgʻridan-toʻgʻri hamda USAID va AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazlari (CDC) orqali qoʻshgan umumiy hissasi 16 million dollardan oshgan.

COVAX global vaksina tashabbusining eng yirik donori hisoblangan AQSH butun dunyo boʻylab 200 milliondan ortiq COVID-19 vaksinasi tarqatdi va kelgusida yana millionlab vaksina yetkazib beradi.

“Oʻzbekistonda toʻliq emlangan odamlar soni oshib bormoqda. Ammo kurash hali tugagani yoʻq – bu mamlakatda virus kuchayishdan toʻxtamagan va yangi shtammlar doimiy global xavf tugʻdirmoqda”, degan edi USAIDning Oʻzbekistondagi missiyasi direktori Mikaela Meredit 12-noyabr kungi bayonotida.

“Pandemiyaga barham berish barchaning xavfsizligini taʼminlash, odamlar hayotini saqlab qolish va global iqtisodiyotni tiklashda juda muhim”, dedi Meredit.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500