Karvonsaroy
Salomatlik

AQSH Oʻzbekistonga COVID-19 vaksinalarini, Qirgʻizistonga esa muhim jihozlarni hadya qildi

Karvonsaroy

AQSH hukumati 25-oktabr kuni Oʻzbekistonga 273780 doza COVID-19ga qarshi Pfizer vaksinasini yetkazib berdi. [AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi]

AQSH hukumati 25-oktabr kuni Oʻzbekistonga 273780 doza COVID-19ga qarshi Pfizer vaksinasini yetkazib berdi. [AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi]

TOSHKENT – COVID-19ga qarshi kurashda Qoʻshma Shtatlarning Markaziy Osiyoga yordami susaygani yoʻq.

Dushanba (25-oktabr) kuni AQSH hukumati Oʻzbekistonga 273780 doza Pfizer vaksinasini yetkazib berdi. Bir hafta avval – 18-oktyabrda mamlakatga 526500 doza Pfizer vaksinasi keltirilgan edi.

Oʻzbekiston AQSHdan sentabr oyida 1,2 million dozadan ortiq Pfizer, iyul oyida esa 3 million dozadan ortiq Moderna vaksinalarini qabul qilgan.

“Vaksinalarimiz hech bir shartlarsiz taqdim etilmoqda”, deydi AQSHning Oʻzbekistondagi elchisi Daniyel Rozenblum. “Bu vaksinalarni odamlar hayotini saqlab qolish va pandemiyani tugatishga koʻmaklashish uchun ulashmoqdamiz.”

19-oktabr kuni AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Bishkekdagi ikkita kasalxonaga shaxsiy himoya vositalari va tibbiy jihozlarni topshirgan. [Qirgʻizistondagi AQSH elchixonasi]

19-oktabr kuni AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Bishkekdagi ikkita kasalxonaga shaxsiy himoya vositalari va tibbiy jihozlarni topshirgan. [Qirgʻizistondagi AQSH elchixonasi]

Dunyo mamlakatlariga xayriya tariqasida jami 1,1 milliard COVID-19 vaksinasi ajratgan AQSH COVAX dasturi doiarsida qariyb 200 milliondan ortiq dozani yetkazib bergan.

COVAX doirasida shuningdek, qisman AQSH hukumati tomonidan moliyalashtirilgan 1,6 million doza AstraZeneca vaksinasi bir nechta partiyada Oʻzbekistonga yetkazib berildi.

Qoʻshma Shtatlar COVAXning eng yirik donori hisoblanadi.

Bu orada AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) butun pandemiya davrida Oʻzbekiston bilan COVID-19ni tashxislash, davolash va unga qarshi chora koʻrishni yaxshilash boʻyicha yaqindan hamkorlik qildi.

Bishkek kasalxonalariga yordam

Qoʻshni Qirgʻizistonda ham shu kabi yangilik – 19 oktabr kuni USAID agentligi Bishkekdagi ikki kasalxonaga shaxsiy himoya vositalari va tibbiy jihozlar yetkazib bergan.

“Milliy shifoxona va Respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 19 ming juft bir martalik qoʻlqop, 5 mingta respirator, 960 ta himoya koʻzoynagi, 10 ming dona sirpanmaydigan baxillalar hamda bemorlarni parvarishlash uchun 50 ta yurak stimulyatori yetkazib berildi”, deyiladi AQSH elchixonasi xabarida.

Bu yordam pandemiyaga karshi kurashda muhim ahamiyat kasb etdi, deydi Milliy shifoxona menejeri Toktobay Maanayev.

Avgust oyida AQSH elchixonasi Qirgʻiziston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga qiymati 44 ming dollardan ortiq shaxsiy himoya vositalarini hadya qilgan edi.

Iyul oyida esa USAID COVID-19 boʻyicha ortiqcha yuklama bilan ishlayotgan Qirgʻizistonning besh kasalxonasiga zamonaviy asbob-uskunalar va ashyolarni taqdim etgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500