Karvonsaroy

Mirziyoyev xorijiy valyutalar boʻyicha siyosatni yengillashtirmoqda

Karvonsaroy

TOSHKENT – Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xorijiy valyutalarning mamlakatga olib kirilishi va undan olib chiqilishi boʻyicha cheklovlarni olib tashlovchi qarorni imzoladi, deya xabar beradi Ozodlik Radiosi.

Payshanba kuni (7-dekabr) qabul qilingan qarorga asosan, bundan buyon yoʻlovchilar Oʻzbekistondan chiqib ketayotganda 5000$ gacha (40 million soʻm) naqd pulni olib chiqib ketishlari uchun banklardan yoki moliya tashkilotlaridan ruxsat olishlari talab etilmaydi.

Shuningdek, yoʻlovchilar mamlakatga kirayotganlarida yoki uni tark etayotganlarida miqdori 2000$ dan (16 million soʻm) oshmaydigan xorijiy valyuta uchun deklaratsiya toʻldirishlari talab etilmaydi.

Har ikki qaror 2018-yil 1-yanvardan e'tiboran kuchga kiradi.

Amaldagi qonunlarga koʻra, chet elga safar qilayotgan fuqarolar har qanday miqdordagi xorijiy valyutani olib chiqib ketishlari uchun rasmiy ruxsat olishlari talab etiladi. Oʻzbekistonga kirib kelayotganlar yoki uni tark etayotgan yoʻlovchilar, oʻzlarida boʻlgan xorijiy valyuta miqdoridan qat'iy nazar deklaratsiya toʻldirishlari talab etiladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500