AQSH Tojikistonga ommaviy qirg‘in qurollariga qarshi kurash bo‘yicha o‘quv markazini hadya qildi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Dushanbedagi AQSH elchixonasi Tojikiston hukumatiga eksport nazoratiga ko‘maklashish, ommaviy qirg‘in qurollari kontrabandasining oldini olish va yadro quroli tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha hududiy o‘quv markazini taqdim etdi, deyiladi elchixonaning chorshanba, 20-mart kungi bayonotida.

Dushanbe shahrida joylashgan mazkur markaz qurilishi uchun 370 ming AQSH dollariga (3,2 mln. somoniy) teng mablag‘ sarf qilingan. U to‘rtta ochiq o‘quv maydoni, mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan nazorat-o‘tkazish punkti va anjumanlar zalidan iborat.

Markaz Tojikiston yadroviy radiatsiya va xavfsizlik agentligiga ko‘maklashishi nazarda tutilgan.

Markazning ochilishida AQSH va Tojikiston rasmiylari ishtirok etdi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0
Siyosat * Majburiy 1500 ta belgi qoldi (1500 max)