Karvonsaroy

Qizil xoch psixologlari Iroqdan qaytgan tojik bolalariga yordam bermoqda

Karvonsaroy

DUSHANBE – Qizil Xoch xalqaro qo‘mitasi (ICRC) psixiatrlari yaqinda Iroqdagi qaynoq nuqtalardan qaytgan tojikistonlik bolalarni reabilitatsiya qilishga ko‘maklashmoqda, deb xabar berdi chorshanba, 27-iyun kuni Ozod Yevropa/Ozodlik radiosining (RFE/RL) tojik xizmati.

Aprel oyida to‘rt nafar bola Bag‘doddan vataniga qaytarilgan edi. Hozirda ular yaqin qarindoshlari bilan yashamoqda. Ularning ota-onalari halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan jangarilardan bo‘lgan.

May oyidan beri alohida ajratilgan ruhshunos muntazam ravishda bolalarning oldiga borib turgan.

Hozirga qadar ruhshunoslar bolalarning oldiga ikki marta borgan, deb xabar berdi seshanba kuni RFE/RL radiosiga psixologlardan biri Bxava Poydual. “Biz ular bilan suhbatlashamiz va o‘ynaymiz”, dedi u. “Suhbatimiz bir soatdan to‘rt soatgacha davom etadi.”

Bolalarning to‘rtovi ham sentabr oyiga qadar maktabga chiqishga tayyor bo‘lishi kutilmoqda.

Mingdan ortiq tojik fuqarolari Iroq va Suriyada jang qilmoqda, deb xabar bergan edi avvalroq Tojikiston Ichki ishlar vazirligi. Tojik jangarilari o‘zlari bilan 200 dan ortiq bolalarni ham olib ketishgan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (UNICEF), ICRC va Tojikiston hukumati halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan jangarilarning farzandlarini vataniga qaytarish ustida ish olib bormoqda, deb xabar beradi RFE/RL.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500