VASHINGTON – Sobiq sovet ittifoqidagi Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan –Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston – Rossiya tajovuzi va manipulyatsiyasi oldida zaifligicha qolmoqda, deyiladi AQSH senatining 10-yanvar kuni e’lon qilingan hisobotida.
“(Rossiya prezidenti Vladimir) Putin, ayniqsa, Rossiya bilan chegaradosh bo‘lgan muvaffaqiyatli demokratik davlatlarni o‘z rejimiga tahdid sifatida ko‘radi, sababi bu davlatlar uning korrupsiyalashgan va jinoiy hukmronligi oldida jozibador ko‘rinadi”, deyiladi hisobotda.
“Shaffof hukumat, qonun ustuvorligi, erkin OAV va fuqarolar ishtiroki bo‘lgan demokratik mamlakatlar, tabiiyki, korrupsiyaning Rossiya chegaralari osha tarqalishiga bardoshli bo‘lib, Putin va u tanlagan elitaning yanada boyishini cheklaydi”, deyiladi hisobotda.
Shu sababli Moskva dunyo bo‘ylab “demokratiya va qonun ustuvorligiga putur yetkazish yo‘lida ayovsiz harakat boshlagan”, deyiladi hisobotda.
“Janob Putin boshchiligidagi Kreml harbiy va kiberhujumlar, yolg‘on xabarlar tarqatish, panadagi siyosiy guruhlarni qo‘llab-quvvatlash, energiya resurlslaridan qurol sifatida foydalanish, uyushgan jinoyatchilik va korrupsiya kabi nosimmetrik qurol zahirasidan foydalanmoqda.”
“Shu bilan birgalikda (Putin), xavfsizlik xizmatlariga vakolatlar berdi va bundan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarni o‘z qo‘li ostida ushlash uchun foydalandi, bu bilan o‘zini va o‘z atrofidagi tarafdorlarini nihoyatda boyitdi”, deyiladi hisobotda.
Ba’zi taxminlarga ko‘ra, Putinga tegishli ichki xalqa a’zolari davlatni o‘marish orqali 24 milliard AQSH dollariga yaqin mablag‘ to‘plagan.
Soxta ittifoqdosh
“Rossiya faqat hujjatlarda bizning strategik hamkorimiz”, deydi olmaotalik siyosiy tahlilchi Ruslan Jangaziy Karvonsaroy nashriga.
“Aslida esa, biz ba’zida Kremlning do‘stona bo‘lmagan munosabatiga duch kelamiz”, deydi u. “Bizga nisbatan informatsion tajovuz siyosati, savdo va tarif urushlari, shu bilan birga, Boyg‘ong‘ir kosmodromidan qo‘pollik bilan foydalanish buning tasdig‘idir.”
“Rossiya hududida to‘rtta “nizo sahnasi” mavjud bo‘lib, bular: Sharqiy Yevropa (Ukraina), Janubiy Kavkaz (Gruziya), Markaziy Osiyo (Qozog‘iston) va Sharqiy Osiyo (Yaponiya)” deydi Jangaziy. “Bularning ikkitasida – Ukraina va Gruziyada Rossiya harbiy kuchlarni qo‘lladi. Shimoliy Qozog‘iston va Kuril orollari qolmoqda, so‘nggisi masalasida u Yaponiya bilan talashmoqda.”
Harbiy nizolar davrida, “Rossiya aholisi Putin atrofida mitinglar uyushtiradi va ruslar yuqori safarbarlik potensialini namoyish etadilar, bundan esa Kreml ichki siyosiy dasturlarini amalga oshirish yo‘lida foydalanadi”, dedi u.
“Rossiyaning harbiy va siyosiy yetakchiligi “Anakonda strategiyasi” geosiyosiy tushunchasi bilan mustahkamlangan, bunda AQSH va NATO Rossiya atrofida dushman davlatlar belbog‘ini tashkil qiladi”, dedi Jangaziy.
Rossiya sobiq Sovet ittifoqi davlatlarida, Ukraina va Qirg‘izistonda bo‘lgani kabi, “rangli inqiloblar” ro‘y berishidan xavfsiraydi.
Bunday voqealarning oldini olish uchun, Putin va Kreml Markaziy Osiyo mamlakatlarining fuqarolik jamiyatlarini qamrab olishga intilib, Davlat tomonidan tashkillashtirilgan va davlat tomonidan boshqariladigan nodavlat tashkilotlarining (GONGO) yaratilishi va ularning faoliyati uchun katta mablag‘ ajratdi.
“Rossiya chegaradosh va undan tashqarida joylashgan davlatlardagi GONGOlar uchun juda katta mablag‘ sarflaydi”, bu yerlarda Rossiyalik operativ xodimlar “o‘z ta’sir doiralarini kengaytirish uchun fuqarolik jamiyatidagi ishchi bo‘shliqlardan unumli foydalanmoqdalar”, deyiladi hisobotda keltirilgan mutaxassis iqtibosida.
Misol uchun, Rossiya hukumati 2006-yilda Rossiyalik vatandoshlarning butunjahon muvofiqlashtiruvchi kengashini tashkil qildi, bu kengash chet eldagi rus tashkilotlarining faoliyatini va Kreml bilan aloqalarini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi.
Kreml tashviqoti
Kreml tashviqoti Rossiya ichkarisida rejimni madh qilish bilan mashg‘ul bo‘lsa, boshqa mamlakatlarda mahalliy noroziliklar va shikoyatlardan foydalanishga urinadi.
Ayniqsa, Kremlning yolg‘on xabar tarqatish operatsiyalari xorijiy auditoriyani Rossiya nuqtai nazari to‘g‘ri ekanligiga ishonirishga harakat qilmaydi.
Buning o‘rniga, ular Rossiyaning obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan bugungi va tarixiy hodisalarni o‘zgartiradi va buzib ko‘rsatadi, Rossiyaning ichki va xorijdagi munosabatlarga oid xalqaro kelishuvni buzgan holda, Rossiyani mas’uliyatli va tengi yo‘q global kuch sifatida ifodalaydi.
Sputnik va RT nashrlari Markaziy Osiyoda keng tarqalgan bo‘lib, Kremlning yolg‘on xabar tarqatish va tashviqot olib borish uchun ikki asosiy platformasidir.
RAND korporatsiyasining 2016-yilgi tadqiqotiga ko‘ra, RT va Sputnik nashrlari – “garchi ularning formati an’anaviy yangiliklar dasturi ko‘rinishida bo‘lsa-da, haqiqiy jurnalistikadan ko‘ra, ko‘proq axborot-ko‘ngilochar va dezinfomatsion faoliyat qorishmasiga o‘xshaydi”.
Rossiya ommaviy axborot vositalari Kremlga maqbul manzarani yaratish uchun aktyorlar bilan soxta intervyular uyushtirishgacha bordi.
“Qozog‘istonning shimoliy va sharqiy viloyatlari Kremlning axborot ta’siri ostida”, dedi Jangaziy. “O‘tgan yili Axborot va aloqa vaziri (Davron Abayev) mamlakatimizning 1,5 millionga yaqin fuqarosi mahalliy TV kanallar ko‘rsatuvlari berilmaydigan sun‘iy yo‘ldosh televideniyesini tomosha qilishini aytgandi.”
(Ushbu maqolani tayyorlashga Olmaotadan Arman Kaliyev o‘z hissasini qo‘shgan.)
Afsuski, Rossiya bor joyda vayronagarchilik va qashshoqlik hukm suradi
Javob berishFikrlar 53
Siyosatshunoslar yolg‘on gapirishni bas qilsinlar. Men Qozog‘istonda yashayman, yonimizda O‘zbekiston. Hammayoqda avtoritar rejimlar, qonun ustuvorligi yo‘q. Erkin matbuotni ham ko‘rmayapman. Xalqni aldashni bas qilinglar. Qog‘ozda hamma ishlaringiz a’lo, aslida esa…
Javob berishunday emas
Javob berishFikrlar 53
“It frayerning amakisiga qarab hurar edi” (ruscha qo‘shiqdan parcha - tahrir.) Markaziy Osiyo Rossiya qaramog‘ida bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi ham. Kim nima deyishidan qat’i nazar. Rossiya asrlar davomida imperialistik siyosat yuritib kelgan va bunday keyin ham shunday qiladi. Ular bunga ko‘nikib qolganlar va taqdirda tan bermay iloj yo‘q. Hech narsa qilolmaymiz. Ayniqsa, yangi qurollarning daragi chiqqan bir paytda. Ular bilan ish yuritishni bilish kerak, xolos.
Javob berishIt hurib-hurib, qo‘yniga kirib ketdi. Taxtning tagiga.
Javob berishFikrlar 53
Afsuski, nafaqat “Markaziy Osiyo mamlakatlari”, balki butun dunyo davlatlari. “Eng ko‘p imtiyozli millat rejimi”. Hatto hakamlar ham, hisobni ochib yubormasdan (kelib chiqqan vaziyatga qaramay) bu tartibni buzishmadi.
Javob berishFikrlar 53
Rossiya o‘z boshqaruvining samaradorligini isbotladi. Quruq yerda infratuzilma, markazlashgan isitish tizimlari (bizda -40 -50 daraja sovuq bo‘lishini yodingizda tuting), maktablar, shifoxonalar, universitetlar, ko‘p qavatli binolar, yo‘llar qurmoqda... Rossiya bor joyda TINCHLIK hukmron, AQSH bor yerda esa urush, kasallik, ocharchilik, qashshoqlik hukm surmoqda... Ular kambag‘al davlatlarni shilishmoqda. Bizdek “oddiy qozoqlar” uchun jon kuydirishmaydi, davlatlarni qarzga botirib, shilib yotishibdi... Nahotki buni ko‘rmayapsiz?
Javob berishHaa.. (Rossiya) o‘ynab-o‘ynab, tashlab ketgani yo‘q: Taxtdan turib, “och ko‘zlari bilan” nazar solmoqda.
Javob berishHa, Rossiya iqtisodni qanday boshqarishini juda yaxshi isbotlab berdi. Rossiya bor yerda qashshoqlik, urush va kambag‘allik hukm suradi. Rossiya bor yerda – Shimoliy Koreya, Suriya va Donbass bo‘ladi. G‘arb bor yerda – Janubiy Koreya, Isroil va Sloveniya bo‘ladi. U yerlarda infratuzilma, ko‘p qavatli binolar, maktablar va shifoxonalar ancha yaxshi. Faqat ko‘r, kar, soqov yoki rashist odamgina to‘g‘ri xulosa chiqara olmaydi.
Javob berishFikrlar 53
Rus telekanallari namoyishi Ukrainada allaqachon to‘xtatilgan. Biz ham xuddi shunday qila olamizku? Rossiya tashviqoti ta’sirini sezmaslikning iloji yo‘q.
Javob berishSiyosiy iroda yetarli emas. Kreml va rashistlar shu zahotiyoq “so‘z erkinligi” haqida ayyuhannos soladilar. Shu sababli (RT va boshqa rus OAVlari) Boltiqbo‘yi mamlakatlari va Angliyada bemalol efirga uzatilyapti. Shu sababli normal davlatlar RT, Zvezda, Ren TV (Rossiya TV kanallarini) va shunga o‘xshagan jirkanch axlatni ikkilanmasdan taqiqlashi kerak.
Javob berishFikrlar 53
Biz oddiy fuqarolarda urushishga arzigulik hech vaqo yo‘q, Xudo asrasin, agar urush boshlansa, ularning hammasi xotin-bolalarini olib qochib ketishadi, tamom-vassalom. Biz bo‘lsa, so‘nggi nafasimizga qadar o‘z yerimizda qolamiz.
Javob berish“Jarayon boshlandi”…
Javob berishFikrlar 53
MOSKVA – B O L S H E V I Z M QO‘RG‘ONI
Javob berishTo`g`ri! Rossiya- cho`kayotgan "Titanik" va unga chipta sotib olish-ahmoqlik! (15-20 yildan keyin gaz va neft harhi bir necha borabar tushib ketadi va Rossiyaning beli sinadi ,SSSR kabi)
Javob berishFikrlar 53
Millatchilar javob berishga qo‘rqadilar. Yozilganlarga izoh ham qoldirishmaydi. Qani sizdagi demokratiya, Putinparast bo‘htonchilar?
Javob berishFikrlar 53
Bu - munosabatlarga tor doirada, millatchilik ruhidagi qarash, g‘irt yolg‘on. O‘zingiz o‘tirgan shoxni arralayapsiz.
Javob berishFikrlar 53
uydirma
Javob berishFikrlar 53
Kelinglar, do‘st bo‘lib yashaylik!!!
Javob berishGap yoq vatandow
Javob berishFikrlar 53
Buning buyurtma maqola ekanligi aniq. Men Qustanay viloyatida yashayman va bizda ruslar bilan emas, kekkaygan janubliklar va dangasa oralmanlar (qaytib kelgan qozoqlar) bilan muammo bor. Tibbiyot, ta’lim sohalari o‘lib yotibdi, korrupsiya va tanish-bilishchilik esa gullab-yashnayapti. Nega bu haqda yozmaysizlar? Bunga Rossiya aybdorligi va OAV orqali tashviqot olib borayotgani haqida yozinglar.
Javob berishFikrlar 53
Bu maqola uchun Davlat departamenti pul to‘lagan... Respublikalardan so‘rash kerak, balki ularga yankilar bilan bo‘lish qulayroqdir ...51
Javob berishFikrlar 53
Muallif, bu anchadan beri ma’lum bo‘lgan narsa. “Ruslarga zinhor inshonmang”. Zamonaviy Rossiya Gitler vaqtidagi Germaniyani eslatadi, lekin u boshqacharoq shaklda. Bunday qo‘shni bilan dushmanning ham keragi yo‘q. Rossiyaning jinoiy rejimi faqat Qozog‘iston uchungina xavfli emas. Gruziya va Ukraina buni yaxshi biladi. Nazarboyev va Tramp strategik hamkorlik haqida va Qozog‘iston AQSHning Markaziy Osiyodagi yaqin do‘sti ekanligi haqida nimadir degandilar. Har qanday sharoitda Qozog‘iston uchun bu qo‘l keladi. Qo‘shnilar juda notinch, biri shimoldan, yana biri sharqdan.
Javob berishNima bo‘lganda ham, Rossiya Xitoydan yaxshi. Biz Rossiya bilan doim birga yurganmiz. Xitoyning hamma ish uchun o‘z rejasi bor va bu rejada Qozog‘istondagi oddiy xalq uchun joy yo‘q. Biz bor-yo‘g‘i 15-16 million bo‘lsak, bu dengizdan bir tomchi-ku.
Javob berishTaxtga chiqib olgan Hoqon bugungi kundagi eng asosiy tahdiddir. U barcha Hoqonlarning Hoqoni!
Javob berishFikrlar 53
Maqola muallifi amerikacha nuqtayi nazarni targ‘ib qilyapti, bu yaqqol ko‘rinib turibdi, qandaydir uydirma to‘rtta “nizo teatri” va hokazolar, olmaotalik bu yigitga okean ortidagi “do‘stlari” shu maqolani yozishga buyurtma bergandek tasavvur paydo bo‘lmoqda.
Javob berishFikrlar 53
O‘z vijdoni va xalqini g‘arbga, aniqrog‘i AQSHga sotgan sotqinlar
Javob berish…insofsizlarga… aynan Gera, Berluskoniga…
Javob berishestoniya
Javob berishFikrlar 53
Maqola o‘rinli yozilgan, hammasi to‘g‘ri. Rossiya Qozog‘istonga do‘st emas. 2012-yilda va hozirgi vaqtda bo‘lgani kabi Markaziy Osiyo ustidan nazorat yo‘qotilishi sababli imperial kibr va qasos olishga urinish. Rossiya bilan “iqtisodiy ittifoqlar”ning Qozog‘istonga umuman foydasi yo‘q. Jahon savdo tashkilotini takrorlashdan ne naf? Qozog‘iston Turkiya, Yevropa, AQSH va boshqa rivojlangan davlatlar bilan hamkorlik qilishi kerak. Ulardan o‘rgansa bo‘ladigan ijobiy taraflari ko‘p. Rossiya fashizm, bosqinchilik va insoniyat uchun ko‘p yomonliklar deganidir.
Javob berishHa, birodar, ana endi haqiqiy qozoqqa o‘xshayapsan! Men o‘zbekman va seni qo‘llab-quvvatlayman, birodarim. Qozog‘iston Rossiyadan uzoqlashgani ma‘qul, lekin ularni dushman tutmaslik kerak ))) Kreml xuddi Ukrainada bo‘lgani kabi, Qozog‘istonning shimoliy hududlariga istalgan vaqtda bostirib kirishi mumkin. Achtung!!!
Javob berishAchtung! Achtung! Achtung! (nemis tilida “diqqat”) T A X T D A yana bitta “rus yerlarini yig‘uvchi”
Javob berishFikrlar 53
Nazarimda, bu maqola Qozog‘istonda yashayotganlar orasida etnik nafrat uyg‘otish uchun yozilgandek. U AQSH davlat departamentining Rossiyaga qarshi barcha shiorlarini o‘zida jamlagan va ularda birorta aniq ma’lumot yo‘q. Nimaga Putin qarshi bo‘lgan “rangli inqiloblarni” yodga olishgan? Jangaziy va uning atrofidagilarga shu kerakmi? Nimaga go‘yoki Putin bilan bir safda turuvchilar o‘g‘irlagan 24 milliard tilga olingan? Qozog‘istonda shu kabi qo‘li egrilar yo‘qmi? Qozog‘istonga qarshi axborot agressiyasi nima uchun kerak? Buni tushuntirib bering? Rossiya “Baykonur kosmodromidan qo‘pol” foydalanmoqda deganda nimani tushunish kerak? Jangaziy tomonidan yozilgan bu maqola, undagi hamma fikrlar Rossiyaga, Qozog‘istonga va bizning prezidentimizga qarshi qaratilgan. Bular mening fikrlarim va menimcha, Qozog‘istondagi ko‘pchilik FUQAROLAR shunday fikrda bo‘lsalar kerak.
Javob berishGaplaringizga to‘liq qo‘shilaman
Javob berishJangaziy 100 foiz haq. Putinning Rossiyasi Qozog‘iston uchun xavfli, bizning rasmiylarimiz kech bo‘lmasidan avval, bu haqida jiddiy o‘ylab ko‘rishlari lozim!!!
Javob berishSen Duman emas, durmansan! Yankilar qizil tanlilarni nima qilishganini unutdingmi? Ular (amerikaliklar) bor joyda qon va o‘limdan boshqa narsa yo‘q. Gruziya, Ukraina.. kamlik qildimi senga? Qozog‘istonda ham qonli mojaro chiqarishlarini xohlaysanmi? Bu ishga sen ham, o‘sha amerikalik xudosizlar ham qodir emas. Dono prezident N.Nazarbayev ko‘p millatli Qozog‘iston zaminida terrorchilar yo‘q qilinishini isbotlab bo‘ldi!
Javob berishRashist-trollarda uchta bir xil sifat bor.
Birinchidan, ular iyezuitlar kabi o‘z ayblari va jinoyatlarini boshqalarga to‘nkaydilar, ikkinchidan, tarixdan umuman bexabarlar, uchunchidan esa mantiqiy fikrlasha qodir emaslar.
Xo‘sh, ular qizil tanlilarni nima qilishgan?
Ha, o‘z vaqtida ularga bosim o‘tkazib, yerlarini tortib olishgan, ammo buning natijasi nima bo‘ldi? Qo‘shma Shtatlarda 20-asr boshidan buyon hindularning soni 230 mindan 5 millionga o‘sdi. Ha, o‘sish hajmi kishini hayratda qoldiradi, bu aniq. Ayniqsa, son jihatdan bir necha marotaba kamaygan Rossiyadagi kichik elatlarning inqirozi bilan solishtirganda. Hozirgi kunda AQSHda hindular eng imtiyozli tabaqa hisoblanadi, qolganlar ularga havas qilsa arziydi.
Hayotda o‘z qonunlari bilan yashaydilar, soliq to‘lamaydilar, bepul ta’lim olish huquqiga egalar, ularning yeridagi kazino va qazilma boyliklar katta daromad keltiradi.
Ukraina va Gruziyaga esa aslida Rossiya hujum qilgan, u yerdagi tartibsizlikni ham Rossiya keltirib chiqargan.
O‘z fuqarolarini qirayotgan qonxo‘r Assadni qo‘llab-quvvatlash ham Kremlga tegishli o‘yin. Moskvaning shimoliy Qozog‘istonga intilishidan hamma yaxshi xabardor.
Shunday ekan, bu yerda safsata yozib o‘zingizni sharmanda qilmang.
Javob berishFikrlar 53
G‘azabdaman. Millatlararo nafratni qo‘zg‘ash bu. Gap mening qarshi yoki tarafdor ekanimda emas. Qozog‘istonda yashayotgan rusiyzabon aholini o‘ylayapsizmi? Rossiyadagi qozoqlarnichi? Bu G‘arbning olib borayotgan targ‘iboti bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman. Ular tushlarida ham Qozog‘istonda maydan (inqilob), urush va vayronagarchiliklarni ko‘rishsa kerak.
Javob berishFikrlar 53
Bu maqola millatchi-shizofrenik tomonidan yozilgani aniq. Men bunday ahmoqona va isbotsiz yozilgan gaplarni, hatto ukrainailik bangilarda ham uchratmaganman. Muallif uydirmalardan foydalanib, urush keltirib chiqarmoqchi.
Javob berishFikrlar 53
Qozog‘iston AQSH, Turkiya va Yevropa Ittifoqining kuchli siyosiy yordamiga muhtoj.
Javob berishUkrainaga allaqachon “kuchli yordam” berib bo‘lishdi. U yerdagi odamlar uchun mamlakat ham, tuzuk hayot ham qolmagan. Davlat to‘ntarishi uyushtirgan yankilar va geyropaliklar esa ukrainlarning qoni ustida pul ishlayapti.
Javob berishBo‘lmagan gap
Javob berishBoltaboy, ismingni haqiqiysiga o‘zgartir. Nega fashist-vatniklar o‘zlarini qozoqlarday qilib ko‘rsatib, qozoqcha ismlar bilan yozarkin? Safsatangni o‘zingni ruscha saytlaringda yozasan, bu yerda aroq yo‘q! Yolg‘on targ‘ibotingni yosh fashistlar qulog‘iga ilasan.
Javob berishRahmat, yana bir bor rahmat, Donald Jonatovich!!! Juda hayratda qoldirdingiz! Albatta, siz, ma’naviyatsiz yankilar, Markaziy Osiyo aholisini telba yovvoyilar deb o‘ylaysiz, ammo siz uchun achchiq bo‘lsa-da, biz dono xalqmiz va donni somondan ajrata olamiz. Gud bay, Amerika!
Javob berishMillatchilar – fashistlar. Endi tushungandirsiz, Tom? Siz qayerda bo‘lsangiz, o‘sha yerda qon to‘kilishi, urush va vayronagarchiliklar yuz beradi. Siz Tom emassiz, siz Chippolinosiz!
Javob berishBoltaboy, siz qozoq emassiz-a :) Siz rusparast-fashistlar internetda o‘zini ba’zida qozoq, ba’zida ukrainalik qilib ko‘rsatishni urf qilib oldingiz. Ammo yozganlaringizdan sassiq rusparatlarning hidi anqib turishi sizni sotib qo‘ydi! Qozoqlar va ukrainaliklarning gapirishi, yozishi rusparastlarnikidan ajralib turadi. Faqat manqurtlar rusparaslarga o‘xshaydi. Yolg‘oningiz fosh bo‘ldi, o‘zingizni qozoqqa solmang. Ta’zirini yemagan rusparastlar qayerda bo‘lsa, o‘sha yerda urush, poraxo‘rlik, vayrongarchilik, siyosiy buyurtma qotilliklar, adolatsiz qonuniy tizim, oligarxat, yaltoqlanish, qarindosh-uruqchilik, qonunlar faqat tanlanganlar uchun bo‘lib qolganlar yomon hayot yashaydilar va h.k.! Buni zamonaviy dunyoda hamma biladi! Shaytonlar!
Javob berishYigitlar, do‘st bo‘lib yashaylik, dushmanlik, urushlar, inqiloblar hech qachon foyda olib kelmagan, bularning barchasi avantyurachilarning ishi, oddiy xalqqa hech nima kerak emas, ularning bo‘lishadigan narsasi yo‘q. Biror kor-hol yuz bersa, boylar darrov chet elga qochib ketishadi.
Javob berishYuqoriga qara, (agar ko‘r bo‘lmasang) ko‘rasan: Liliput allaqachon to‘xtagan. Nimani umid qilyapsiz va nima kutyapsiz? O‘ylab ko‘ring...
Javob berishMaqolani ham, uning muallifini qo‘llab-quvvatlab yozilgan fikr-mulohazalarni ham o‘qish yoqimsiz. Boshlariga bo‘lmag‘ur gaplar o‘rnashib qolgan. Maqsadlari nima ekanigini aniq bilishmaydi, Xudo ko‘rsatmasin, o‘sha maqsadlariga yetsalar nima bo‘larkin. Yon-atrofingizga nazar soling... Ukrainani qarzdorlik va qashshoqlik jariga Rossiya qulatdimi? Tsxinvalga Rossiya tanklari hujum qildimi? Balki, Liviyadagi mojaroni ham Rossiya uyushtirgandir? Yugoslaviyachi? Iroqni soxta probirkalarni deb yer bilan yakson qilishdi. Bu ham Rossiyaning ishimi? RF tufayli hozir Qrimdagilar yaxshi yashayapti. Rossiya bo‘lmaganida, Qrimni ham Donetsk, Tsxinval yoko Kosovo kabi yanchib tashlagan bo‘lishardi. Yangi hayot qurishni bahona qilib...
Javob berishсаволга ўрин йўқ
Javob berishBu yerda Ukrainani muhokama qilayotganlar diqqatiga – u yerda oxirgi marta qachon bo‘lgansiz? To‘g‘ri, sizlardan 99 foizingiz Ukrainada umuman bo‘lmagan. Unda, borib Kreml va maxfiy xizmatlarga tegishli ommaviy axborot vositalari aytayotgan narsalar quruq safsata ekanligini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘ring. Bu boshqa gaplarga ham taalluqli. Miloshevich rahnamoligidagi serbiyalik natsistlar Yugoslaviyadagi barcha to‘rtta urushni boshlashdi, Ga‘rb ko‘magida minglab odamlar qutqarib qolindi. Sloveniya hozir ancha yaxshi yashayapti, o‘sha Rossiyadadan ancha yaxshi. Xorvatiyada bir oz yomonroq, ammo hammasi joyida. Hatto Yevropa standartlari bilan o‘lchanganda qashshoq bo‘lgan Serbiyada o‘rtacha oylik maosh 450 AQSH dollariga teng, Rossiyadagidan ko‘p. Iroq, Suriya va boshqa davlatlardagi muammolar o‘sha yerlik zolim hukmdorlar rejimi sababli. Tsxinvaldagi tanklar – bu og‘ir. Gruziyadagi urush Putin rejimining yana bir jinoyati. Hozir Qrimda hayot qanday, narxlar necha marotaba oshib ketdi, mulkni qayta taqsimlashda zo‘ravonliklarchi?Hech bo‘lmasa mahalliy forumlarni o‘qib turish kerak. Ko‘p odamlarning
Javob berishko‘zlaridagi parda allaqachon yo‘qolib bo‘ldi. Keraksiz safsata yetar endi. Buni Kiselev, Solovyev, Zaxarov va boshqa yaramaslarga qoldiraylik. (Dmitriy Kiselev va Vladimir Solovyev Kreml tashviqotini olib boruvchi taniqli TV yulduzlari. Zaxarova Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi)
Rossiyaning bunga nima dahli bor? Natsist Germaniyaga qarshi hammamiz birga jang qilganimizni esdan chiqardingizmi? Unda millatchilik qilinmagan edi, tojik, qozoq hamma birodar edi. Endi nima qilyapsiz? Rossiya Qozog‘istonni bosib oladimi? Markaziy Osiyonichi? Rossiyasiz yashay olmaysiz! Tinchlaning! Qrim doim Rossiyaniki bo‘lgan! Qrim fuqarolari o‘z tanlovlarini amalga oshirdilar. Anneksiya bo‘lmagan.
Javob berish1774-yilda ruslar tarafidan bosib olinishidan avval Qrim turklarniki edi. 240 yillik istilo tarix nuqtayi nazaridan uncha katta muddat emas. Qrim – Shimoliy Kavkaz, Volgaboʻyi, Sharqiy Sibir kabi turklarning yeri.
Javob berishFikrlar 53