TOSHKENT – O‘tgan yil davomida o‘zbekistonliklar mahalliy telekanallarga tobora ko‘proq e’tibor qaratganlar. Yaqinda olib borilgan tadqiqotlar natijasi shundan dalolat bermoqda.
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA) tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, o‘zbek telekanallarini tomosha qilmaydigan o‘zbekistonliklar 5 foiznigina tashkil qiladi.
O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (ATKRV) ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda butun mamlakat raqamli televideniye bilan qamrab olingan. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 95 foizni tashkil qilardi.
Vazirlikning yanvar oyida e’lon qilingan bayonotiga ko‘ra, tasvir sifatini yaxshilash maqsadida shu yilning 5-dekabriga qadar analog uzatishdan to‘liq raqamli uzatishga o‘tish rejalashtirilgan.
Ayni damda o‘zbekistonliklar 13 ta davlat va 9 nodavlat raqamli kanallarini tomosha qilishadi.
Qo‘shimcha to‘lov evaziga, ular yana 45 ta rus va ingliz tilidagi kanallarini tomosha qilishlari mumkin.
O‘zbekiston televideniyesida keskin o‘sish kuzatilmoqda
2016-yilda Shavkat Mirziyoyev davlat boshqaruviga kelgunga qadar O‘zbekistonda xususiy kanallar deyarli yo‘q edi, deydi kuzatuvchilar.
O‘shandan beri 5 ta xususiy kanal ochildi. 2017-yilda eng mashhur kanallar “Zo‘r TV” va “Mening yurtim” bo‘ldi, deb xabar beradi O‘zMAA.
“Men xususiy telekanallaridagi o‘zbek dasturlarini tomosha qilishni yoqtiraman”, deydi 18 yashar toshkentlik Muxlisa Azizova Karvonsaroy nashriga. “Ular bizning hayotimiz haqida o‘zbek tilida so‘zlaydilar.”
Ular “chet el dasturlaridan qolishmaydi”, deb qo‘shimcha qildi u.
Kuchayib borayotgan raqobat muhitida, davlat telekanallari milliy muammolarni yoritish orqali o‘z takliflarini yaxshilashga harakat qildilar va yangi tomoshabinlar e’tiborini jalb etdilar.
“Biz davlat telekanallari ustidan kular edik”, deydi 33 yoshli toshkentlik Mirodil Nug‘monov Karvonsaroy nashriga. “Unda faqat baxtli hayotni ko‘rsatishadi, der edik.”
“Hozir davlat televideniyesini tomosha qilish qiziqarli bo‘lib qolgan”, deydi Nug‘monov. “Unda hukumatni tanqid qiluvchi, siyosiy, ijtimoiy va hatto diniy masalalarda bahs-munozarali ko‘rsatuvlar efirga uzatilmoqda.”
Rossiyaning urinishlari
O‘zbekiston kanallari mashhurlikka erishgan bir paytda, avval ommabop bo‘lgan Rossiya kanallari o‘z o‘rnini saqlab qolish uchun kurashmoqda. Aksar o‘zbekistonliklar chet el dasturlarini sun’iy yo‘ldosh yoki kabel orqali tomosha qilish imkoniyatiga ega.
“SSSR inqirozidan keyin, hamma odatga ko‘ra Rossiyaning Birinchi kanalini tomosha qilishda davom etdi”, deydi 42 yashar toshkentlik Andrey Naumenko Karvonsaroy nashriga.
O‘zbekistonda Rossiya televideniyesining ulushi haqida ma’lumot kam. Ammo Rossiya kanallari egalari o‘zbek auditoriyasi e’tiborini qozonishga uringanliklari ma’lum.
16 aprel kuni Rossiya aloqa va axborotlashtirish vaziri o‘rinbosari Aleksey Volin O‘zbekiston davlat axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmedxo‘jaev bilan Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida Rossiya davlat televideniesi vakillari bilan uchrashdi.
Ishtirokchilar qatorida Rossiyaning “Birinchi kanali”, Butunrossiya davlat telekanali va radio-eshittirish kompaniyasi (VGTRK), RT va “Rossiya-24” kanallari bor edi.
Rossiyaning TASS axborot agentligi xabariga ko‘ra, uchrashuv davomida “Birinchi kanal - O‘zbekiston” telekanalini yaratish masalasi ham muhokama qilingan.
Ammo, ATKRV press-relizida bu haqda hech narsa deyilmagan.
Tomonlar o‘zaro bilim va texnologiyalar almashish, shu bilan birga, rus kinoijodkorlarining o‘zbek tarixiy shaxslari haqida film suratga olishi bilan bog‘liq masalalarini muhokama qildilar, deyiladi bayonotda.
Yanglish niyatlar
“Senzura sababli davlat kanallarini tomosha qilish qiziq emas edi va ular ommabop bo‘lmagan. Rossiya kanallari bu bo‘shliqni to‘ldirdi va o‘z ko‘ngilochar dasturlari bilan mashhurlik qozondi”, deydi toshkentlik reklama agentligi xodimi Feruzxon Kamilov Karvonsaroy nashriga.
“Menimcha ruslar yanglish orzularga intilmoqdalar”, deydi Kamilov o‘tgan uchrashuv haqida gapirar ekan.
“Ruslarning O‘zbekiston bozorida mustahkam o‘ringa ega bo‘lish yo‘lidagi avvalgi harakati omadsizlik bilan tugagan”, deydi u Rossiyaning “STS” telekanali o‘zbekistonlik hamkorlar bilan ochgan ko‘ngilochar kanalni eslatib.
“STS” kanal ulushining 51 foiziga ega bo‘lgan va 2013 yilda to‘xtatilgan, deydi Kamilov.
“Bu raqobatchilar deyarli yo‘q bo‘lgan sharoitdagi vaziyat edi”, dedi u. “Endi esa undan ham qiyinroq bo‘ladi.”
Ko‘ngilochar va axborot dasturlarini tomosha qilish istagida bo‘lgan O‘zbekiston yoshlari Rossiya ommaviy axborot vositalarini kuzatishni uncha xohlamaydilar.
“Rossiya kanallari katta yoshdagi avlod orasida ommabop. Rossiya kanallari teleboshlovchilari ota-onalarimiz ongini zaharlayapti, natijada ular bilan suhbatlashish qiyin bo‘lib qolgan. Mening yoshimdagilar televideniyedan ko‘ra internetni ma’qul ko‘radi”, deydi 23 yashar toshkentlik Artem Dyo Karvonsaroy nashriga.
Nima uchun bizda maʼnaviy yuksalish va taro sehrlari haqida kanallar yoʻq!! Men shunday kanalni talab qilaman. Men ayrim sehr amallarini bilmoqchiman, eng muhimi BIZNING MUQADDAS MAʼBUDIMIZSIZ; Men koinot haqida bilmoqchiman. P.S. #Men firqaga mansub emasman
Javob berishFikrlar 5
Rossiya Birinchi Kanali nomi nima edi
Javob berishFikrlar 5
nega bizda Qozaq kanalari yoq
Javob berishFikrlar 5
Özbekistane ne sebab Resmiy İSLAM TV kenali yok. Diniy materiallerin kliplarin Allahni math etuvchi muzıklerin kuysinler.
Javob berishFikrlar 5
Men Toshkent telekanallarining birida avtomobillar mavzusida mualliflik loyihasini boshlamoqchiman. Bu o‘ziga xos loyiha bo‘lib butun dunyoda unga o‘xshashi yo‘q. U hamma yoshdagilar uchun juda kerakli va qiziqarli loyiha boʻladi. Maqsadimni amalga oshirishim uchun yordam bering.
Javob berishFikrlar 5