https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2019/11/22/feature-05
| Diplomatiya

Turkmaniston va AQSH rasmiylari qator masalalarda hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildilar

Karvonsaroy

image

20-noyabr kuni Vashingtonda Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashit Meredov rahbarligidagi delegatsiya AQSH Davlat departamenti rasmiylari bilan uchrashdi. [Turkmaniston tashqi ishlar vazirligi]

VASHINGTON – Chorshanba (20-noyabr) kuni Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashit Meredov boshchiligidagi delegatsiya Vashingtonda AQSH Davlat departamenti bilan maslahatlashuvlar oʻtkazdi.

Uchrashuvda AQSH tomonidan Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari boʻyicha yordamchisi vazifasini bajaruvchi Elis Uells ishtirok etdi, deb xabar beradi Turkmaniston tashqi ishlar vazirligi.

Tomonlar Turkmaniston - AQSH masalalari yuzasidan fikr almashib, siyosiy maslahatlashuvlar ahamiyatini alohida qayd etdilar.

Muloqot chogʻida rasmiylar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni kengaytirish tarafdori ekanliklarini yana bir karra tasdiqladilar.

Turkmaniston Markaziy Osiyoning Afgʻoniston bilan chegaradosh uch davlatidan biri boʻlib, “Islom davlati” (ID) aʼzolarining Yaqin Sharqdan qaytishi va mamlakat aholisining radikallashuviga qarshi kurashish bilan bogʻliq muammolarga duch kelmoqda.

Mamlakat, shuningdek, tabiiy gaz zaxiralari boʻyicha dunyoda toʻrtinchi oʻrinni egallaydi. AQSH va Yevropa Ittifoqi bu mamlakatni Yevropaga tabiiy gaz eksport qilishda Rossiyaga potentsial raqobatchi cifatida koʻradi.

Turkmanistonning energetik ambitsiyalari Kreml tarafidan keskin qarshilik va hiyla-nayranglarga duch kelgan.

Shu yil boshida Rossiya oʻzining sobiq mustamlakachisi boʻlgan Turkmanistonni asosiy eksport mahsuloti – tabiiy gazni arzon narxda sotishga majburlagan edi.

Rossiyaning “narx va toʻlovga oid kelishmovchiliklar” sababli uch yildan ortiq davom etgan boykotidan soʻng, 15 apreldan turkman gazini Rossiyaga yetkazib berish qayta tiklangan.

Turkmaniston va Ozarbayjon oʻrtasidan oʻtishi koʻzda tutilgan Transkaspiy suv osti gaz quvuriga qarshilik qilishda Moskva, shuningdek Eron rejimi safiga qoʻshilgan.

Loyihadan koʻzlangan asosiy maqsad – Turkmaniston va Qozogʻiston tabiiy gazini Rossiya va Eronni chetlab oʻtgan holda, Turkiya va Yevropaning boshqa qismlariga yetkazib berish.

Gaz bozoridagi raqobatdan xavfsiragan Rossiya va Eron rejimlari turkman gazining Ozaybayjonga, u yerdan esa Trans-Anatoliya (TANAP) va Trans-Adriatika (TAP) gaz quvurlari orqali janubiy Yevropaga yetkazib berilishiga anchadan beri qarshilik qilib kelmoqdalar.

Sizga maqola yoqdimi?
1
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha