Karvonsaroy
Diplomatiya

YI vakili bilan uchrashuvda Turkmanistonning geosiyosiy ahamiyati qayd etildi

Karvonsaroy

20-21-noyabr kunlari Ashxabodda oʻtgan YI-Turkmaniston muzokaralarida ittifoq va Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi hamkorlikning geosiyosiy ahamiyati kabi mavzular muhokama qilingan. [YI]

20-21-noyabr kunlari Ashxabodda oʻtgan YI-Turkmaniston muzokaralarida ittifoq va Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi hamkorlikning geosiyosiy ahamiyati kabi mavzular muhokama qilingan. [YI]

ASHXOBOD – Oʻtgan hafta Turkmaniston va Yevropa Ittifoqi (YI) rasmiylarining uchrashuvida YI Turkmaniston bilan turli masalalar, shu jumladan xavfsizlik yoʻnalishidagi hamkorlikni davom ettirishga vaʼda bergan.

Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Peter Burian 20-21-noyabr kunlari Ashxabodda turkman rasmiylari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mintaqadagi iqtisodiy oʻsish, xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi, deyiladi Turkmaniston tashqi ishlar vazirligining 21-noyabr kungi bayonotida.

Muloqot chogʻida Burian YI va Turkmaniston oʻrtasidagi hamkorlik geosiyosiy ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladi.

Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Piter Burian, sentabr oyida olingan surat. U 20-21-noyabr kunlari Ashxobodda turkman rasmiylari bilan uchrashgan. [Yevropa Ittifoqining tashqi aloqalar xizmati]

Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Piter Burian, sentabr oyida olingan surat. U 20-21-noyabr kunlari Ashxobodda turkman rasmiylari bilan uchrashgan. [Yevropa Ittifoqining tashqi aloqalar xizmati]

Turkmaniston Markaziy Osiyoning Afgʻoniston bilan chegaradosh uch davlatidan biri boʻlib, “Islom davlati” (ID) aʼzolarining Yaqin Sharqdan qaytishi va mamlakat aholisining radikallashuviga qarshi kurashish bilan bogʻliq muammolarga duch kelmoqda.

Turkmaniston Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga potensial tabiiy gaz eksportchisi hisoblanadi, ammo uning energetik ambitsiyalari Kremlning keskin qarshiligi va hiylalariga duch kelmoqda.

Uchrashuv ishtirokchilarining qayd etishicha, Turkmaniston oʻzining “ochiq eshiklar” siyosati doirasida Yevropa Ittifoqining barcha mamlakatlari bilan doʻstona munosabatlarni rivojlantirib kelmoqda.

Muzokaralarda Turkmaniston tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Vepa Hojiyev ham ishtirok etdi.

Ishtirokchilar Turkmaniston va YI oʻrtasidagi hamkorlik yuqori darajada ekanligini taʼkidladilar. Inson huquqlari va parlamentlararo hamkorlik bilan birga, energetika, transport, atrof-muhit va boshqa sohalar muhokama qilindi.

Yevropa Ittifoqi 2003-yildan beri Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarish dasturi (BOMCA) Turkmanistonning chegara xavfsizligini taʼminlashga koʻmaklashib keladi. Jumladan, 2019-yilda Ashxobodda oʻtgan oʻquv seminarida Markaziy Osiyoning toʻrt mamlakati chegarachilari qatorida Turkmaniston vakillari ham qatnashgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500