Karvonsaroy
Terrorizm

Tojikiston Global terrorizm indeksida 24 pogʻona pastladi

Karvonsaroy

27-oktabr kuni Tojikistonda oʻtgan tinchlikparvarlik mashqlarida Qozogʻistonning quruqlik va havo kuchlari boʻlinmalari ishtirok etmoqda.

27-oktabr kuni Tojikistonda oʻtgan tinchlikparvarlik mashqlarida Qozogʻistonning quruqlik va havo kuchlari boʻlinmalari ishtirok etmoqda.

DUSHANBE – Tojikiston 2019-yilgi Global terrorizm indeksida (GTI) 24 pogʻona pastladi. U 163 mamlakat ichida 50-oʻrinni egallagan. Afgʻoniston birinchi oʻrinda qayd etildi, u 2018-yilda terrorizmdan eng koʻp jabrlangan mamlakat boʻldi.

Avstraliyaning Sidney shahrida joylashgan Iqtisodiyot va tinchlik instituti (IEP) chorshanba (20-noyabr) kuni Global terrorizm indeksini (GTI) eʼlon qildi.

Yangi hisobotda Tojikistonning holati oʻtgan yildagiga nisbatan yomonlashgan boʻlsa-da, u terrorizm tahdidi past boʻlgan mamlakatlar safida qayd etilgan.

Hisobotda Tojikiston reytingining pasayishi 2018-yil noyabrda Xoʻjanddagi qamoqxonada kamida 27 kishining hayotiga zomin boʻlgan gʻalayon bilan izohlangan. IDga qarashli “Amak” tashviqot idorasining tasdiqlanmagan xabariga koʻra, gʻalayonni “Islom davlati”ga (ID) aloqador mahbuslardan biri tashkillashtirgan.

Urush va tinchlikni yoritish instituti (IWPR) vakillari 27-avgust kuni Xatlon viloyatining Hamadoniy tumanida mahalliy faollar bilan uchrashdi. Hamadoniy – Tojikistonda ekstremizm xavfi oldidagi eng zaif tumanlaridan biri. [IWPR]

Urush va tinchlikni yoritish instituti (IWPR) vakillari 27-avgust kuni Xatlon viloyatining Hamadoniy tumanida mahalliy faollar bilan uchrashdi. Hamadoniy – Tojikistonda ekstremizm xavfi oldidagi eng zaif tumanlaridan biri. [IWPR]

ID, shuningdek 2018-yil iyul oyida Dangʻara tumanida toʻrt nafar xorijlik velosayyohning oʻldirilishi bilan bogʻliq javobgarlikni ham oʻz zimmasiga olgan.

Shu oy boshida, 6-noyabr kuni Tojikiston hukumati Oʻzbekiston bilan chegaradagi postga qilingan hujum chogʻida 15 nafar “ID” aʼzosi oʻldirilgani va beshtasi qoʻlga olinganini maʼlum qilgan.

Reytingda pastlagan yagona postsovet mamlakat

Bu yilgi GTI hisoboti yettinchisi hisoblanadi. Unda 1970-yildan 2018-yilgacha boʻlgan davrda terrorizmga oid tendensiyalar tahlil qilingan.

Rossiya va Yevrosiyodagi 12 davlatdan toʻqqiztasi GTIdagi reytingini yaxshilagan. Ikki mamlakat oʻz oʻrnini saqlab qoldi. Faqat Tojikiston reytingdagi mavqeini boy bergan.

Bundan farqli oʻlaroq, Qozogʻistonda ikki yil davomida birorta ham terrorchilik hodisasi qayd etilmagan.

GTIga koʻra, terrorizm tufayli oʻlim holatlari toʻrt yildan beri kamayib kelmoqda. Bu koʻrsatkich 2014-yilda eng yuqori nuqtasiga – 33555 kishiga yetgan, 2018-yilda 15952 ga tushib ketgan.

Radikalizmga qarshi kurash

Oʻz xavfsizligiga nisbatan tahdidlarni yaxshi anglagan Tojikiston Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari va nodavlat tashkilotlar yordamida ekstremizmga qarshi kurashib kelmoqda.

Oktabr oyida Tojikistonda qozoq va tojik askarlari ishtirokida qoʻshma harbiy mashgʻulotlar oʻtkazildi. Mashgʻulotlar ssenariysiga koʻra, uyushgan kontrabandachi guruhlar shartli ravishda afgʻon-tojik chegasini kesib oʻtib, chegara qoʻshinlari bilan jangga kirishganlar.

Shu bilan bir vaqtda, Londonda joylashgan Urush va tinchlikni yoritish instituti Tojikistonda terrorchilar safiga qoʻshilish xavfi ostida boʻlgan odamlar, xususan, yoshlar bilan ishlashda mahalliy faollarga koʻmaklashish maqsadida trening oʻtkazmoqda. “Markaziy Osiyoda ochiq muloqot orqali barqarorlik” loyihasi 2018-yil avgust oyida boshlangan boʻlib, 2020-yil martgacha davom etishi koʻzda tutilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500