OLMAOTA – Xitoyda ishlab chiqarilgan kuzatuv kameralarining Qozogʻiston boʻylab tarqalishi ular Xitoy hukumatiga maʼlumotlar uzatishi mumkinligi borasidagi xavotirlarni paydo qilmoqda.
Soʻnggi bir necha yildan beri Qozogʻistonda “Xavfsiz shahar” loyihasi faol amalga oshirilmoqda. Loyiha huquq-tartibot va yoʻl harakati qoidalariga rioya etilishini taʼminlash maqsadida shahar koʻchalarida kuzatuv kameralari oʻrnatishni koʻzda tutadi.
Qozogʻiston hukumati koʻrilayotgan choralarga qaramay, oʻsib borayotgan jinoyatchilikka qarshi kurashishga va yoʻl-transport hodisalarini kamaytirishga harakat qilmoqda.
Ranking.kz maʼlumotlariga koʻra, 2019-yilning yanvar-avgust oylarida yuz bergan 10 mingdan ortiq yoʻl-transport hodisalari tufayli 15 mingga yaqin odam jarohat olgan. Yoʻl-transport hodisalari soni oʻtgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 5 foizga oʻsdi.
Qozogʻistonda joriy qilingan videokuzatuv tizimlari, asosan Xitoy mahsulotlariga asoslangan.
2017-yildan Qozogʻiston shaharlarida “Sergak” yoʻl harakatini kuzatish tizimlari paydo boʻldi. Nur-Sultondagi “Korkem Telekom” kompaniyasi hukumatni ana shunday tizimlar bilan taʼminlagan. Tizim dastlab Nur-Sultonda sinovdan oʻtkazilib, soʻngra Olmaota, Chimkent, Ust-Kamenogorsk va Semeyda ham oʻrnatilgan.
“Korkem Telekom“ning texnik hamkori – “Dahua Technology” Xitoy kompaniyasi hisoblanadi.
Xitoyning kuzatuv kameralari va xavfsizlik uskunalarini ishlab chiqaruvchi yana bir kompaniyasi – “Hikvision” Qozogʻistonda 2015-yildan beri faoliyat koʻrsatmoqda, deb xabar bergan edi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosining qozoq xizmati oktabr oyida.
“Dahua” ham, “Hikvision” ham Xitoydagi musulmon ozchiliklarga nisbatan inson huquqlarining buzilishiga koʻmaklashgani uchun AQSH sanksiyalari ostiga tushgan.
Sanksiyalar AQSH kompaniyalariga yoki AQSH texnologiyasiga ega har qanday kompaniyaga “Dahua” va “Hikvision” bilan hamkorlik qilishni taqiqlaydi.
Kibertahdidlar
“Hikvision” kompaniyasining Olmaotadagi vakili Leonid Tanning soʻzlariga koʻra, Qozogʻistondagi Hikvision kameralari “Xavfsiz shahar” loyihasi doirasida faqat yoʻl harakati xavfsizligini kuzatadi. U shuningdek, Hikvision texnologiyalari Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarida ham qoʻllanishini qoʻshimcha qildi.
Shunday boʻlsa-da, mustaqil kuzatuvchilar Qozogʻistonda Xitoyning boshqa maqsadlari ham borligini taʼkidlaydilar.
“Hozirda Xitoydan kelgan hamma narsa xavotir uygʻotmoqda”, dedi Inson huquqlari boʻyicha Qozogʻiston xalqaro byurosi vakili, olmaotalik Andrey Grishin. “Bizda rasman xavfsizlik chorasi deb eʼlon qilingan narsa shaxsiy daxlsizlikni buzib kirish harakatiga aylanib bormoqda.”
“Bundan taxminan 50-100 yil oldin fantastlar ogohlantirgan holat – “Katta ogʻa” tomonidan kuzatilgan totalitar jamiyatlar taʼrifi – allaqachon roʻyobga chiqarilgan”, dedi u. “Men bu dahshatli ertak biz uchun ham haqiqatga aylanishini mutlaqo istamayman.”
Biroq, Qozogʻistonda kibertahdidlar allaqachon yuzaga kelgan va Xitoy ularning manbai boʻlib qolmoqda.
5-sentabr kuni Reuters agentligi nomi ochiqlanmagan razvedka manbalari va xavfsizlik mutaxassislariga tayanib, Xitoy hukumatiga xizmat qilayotgan xakerlar uygʻurlarning Markaziy va janubi-sharqiy Osiyoga sayohatlarini kuzatish uchun bir nechta davlatlar, jumladan Qozogʻistondagi telekommunikatsiya tarmoqlariga hujum uyushtirganini xabar qildi.
Grishin Xitoyning oʻz qoʻshnilaridan maʼlumot toʻplashi borasidagi saʼy-harakatlarini tashvishli deya baholagan.
“Qozogʻistonda oʻrnatilgan Xitoy kameralaridan olingan maʼlumotlar qayerga ketmoqda, degan savol tugʻiladi”, dedi u.
Pekin “mamlakatimizda boʻlayotgan barcha narsaga qiziqayotgandek”, ayniqsa yaqinda Xitoyning Qozogʻistondagi hozirligiga qarshi oʻtkazilgan norozilik namoyishlariga, dedi Grishin sentyabrdagi qator mitinglarni nazarda tutar ekan.
Namoyishchilar hukumatni Xitoydan kredit olishni toʻxtatishga chaqirganlar, ularning fikricha, bu bilan Pekinning Qozogʻiston ustidan taʼsiri kuchayadi.
Qozogʻistonliklarni kuzatish
Nur-sultonlik axborot texnologiyalari mutaxassisi Yegor Melnikovga koʻra, Xitoy Qozogʻiston aholisining harakatlanishiga oid maʼlumotlaridan foydalana olishiga deyarli shubha yoʻq.
“Rasmiy Pekin dastlab taxmin qilinganidan ancha koʻproq texnik imkoniyatlarga ega, gap nafaqat kameralar, balki arzon narxlari tufayli talabgir boʻlgan Xitoy smartfonlari haqida ham ketmoqda”, dedi Melnikov.
Xitoy Shinjon-Uygʻur avtonom hududi aksar aholisining tarixiy vatani hisoblangan Qozogʻistonda kuzatuv uyushtirishni rejalashtirmoqda, deydi “Ota jurt” inson huquqlari tashkiloti yetakchisi, olmaotalik Serikjan Bilash.
Soʻnggi yillarda Xitoy hukumati islomiy oʻziga xoslikni yoʻq qilish maqsadida 1 milliondan ortiq shinjonlikni hibsga olgan. Bu haqda Jurnalistik tekshiruvlar xalqaro konsorsiumi va boshqa OAV tashkilotlari xabar berdi.
Soʻnggi yillarda, bosimdan qochib Xitoydan Qozogʻistonga koʻchib oʻtayotgan etnik qozoqlar soni ortib bormoqda, dedi Bilash va Xitoy buni toʻxtatishga harakat qilayotganini aytib oʻtdi.
Safsata
Javob berishFikrlar 6
Hamma haydovchilar rasmga tushib qolmaslik uchun Sergek kuzatuv tizimini izlab har tomonga qarab mashina haydaganidan keyin albatta YHT boʻladida.
Javob berishFikrlar 6
Sotqinlar, ertaga yigʻlaysan hammang
Javob berishFikrlar 6
Kuzatuv kameralari halokatning oldini ola olmaydi, nimaga ularni qoʻyishyapti? Odamlardan pul sogʻish uchun. Jarima, faqat jarima, va yana jarima .....
Javob berishFikrlar 6
Yo‘l-transport hodisalaridan xavfsirashadi. Haydovchilik guvohnomalarini sotishni to‘xtating ana shunda bunday hodisalar yuz berishi ham to‘xtaydi.
Javob berishFikrlar 6
To‘g‘ri. Bizni kuzatishlariga oʻzimiz yordam beramiz.
Javob berishFikrlar 6