Karvonsaroy
Xavfsizlik

Navbatdagi harbiy muvaffaqiyatsizlik: Rossiyaning yagona aviatashuvchisi yongʻin tufayli shikastlandi

Karvonsaroy va AFP

12-dekabr kuni Rossiyaning yagona aviatashuvchisi “Admiral Kuznetsov”da yirik yongʻin yuzaga kelar ekan, bu hodisa mamlakatdagi harbiy texnikaning eskirib qolgani borasidagi xavotirlarni keltirib chiqargan. [Lev Fedoseyev / TASS]

12-dekabr kuni Rossiyaning yagona aviatashuvchisi “Admiral Kuznetsov”da yirik yongʻin yuzaga kelar ekan, bu hodisa mamlakatdagi harbiy texnikaning eskirib qolgani borasidagi xavotirlarni keltirib chiqargan. [Lev Fedoseyev / TASS]

MOSKVA – Bir qator halokatli hodisalar ortidan nomiga dogʻ tushgan Rossiya armiyasi navbatdagi muvaffaqiyatsizlikka duch keldi – payshanba (12-dekabr) kuni uning yagona aviatashuvchisiga yongʻin tufayli shikast yetgan.

“Admiral Kuznetsov” ikki yildan beri Murmanskda taʼmirlanmoqda. Oxirgi bor 2018-yil oktabr oyida kema sahniga kran qulashi oqibatida unga jiddiy shikast yetgan edi.

“RIA Novosti” davlat axborot agentligining “Zvezdochka” kemasozlik zavodidagi manbaga tayanib xabar berishicha, yongʻin payvandlash chogʻida yuz bergan.

Rossiya ommaviy axborot vositalariga koʻra, kamida 12 kishining tan jarohati olgani, ulardan olti nafarining ahvoli ogʻir ekani xabar qilingan. Bir kishi hayotdan koʻz yumgan.

YouTube videolavhasidan olingan ushbu kadrda Rossiyaning 8-avgust kuni Arxangelsk viloyatida yuz bergan avariya oqibatlari aks etgan. Yadroviy raketa sinovi paytida yuz bergan falokat natijasida besh xodim halok boʻldi va radiatsiya darajasi koʻtarildi.

YouTube videolavhasidan olingan ushbu kadrda Rossiyaning 8-avgust kuni Arxangelsk viloyatida yuz bergan avariya oqibatlari aks etgan. Yadroviy raketa sinovi paytida yuz bergan falokat natijasida besh xodim halok boʻldi va radiatsiya darajasi koʻtarildi.

Yongʻin chiqqan vaqt kema bortida 400 dan ortiq odam boʻlgan, deb xabar bergan TASS davlat axborot agentligi “Zvezdochka” vakilining soʻzlariga tayanib.

Yongʻin taxminan 600 kvadrat metr maydonni egallab olgan, deyiladi “Interfaks” xabarida.

1985-yilda foydalanishga topshirilgan va Rossiya harbiy-dengiz flotining bayroqdori hisoblangan “Admiral Kuznetsov” 1997-yildan beri ilk marta kapital taʼmirlanmoqda.

Taʼmirlash ishlari 2020-yil oxirida yakunlanishi va harbiy kema 2021-yilda flot ixtiyoriga qaytishi kutilgan edi.

Yaqinda kemaning suvga tushirilishidan Rossiyaning Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi shubhali mijozlari foydalanib qolishgan edi.

Kreml 2016-yilda va 2017-yil boshida Moskvaning ittifoqchisi – prezident Bashar al-Assad boshchiligida Suriyadagi nishonlarga zarba berish maqsadida kemani Oʻrtayer dengiziga yuborgan.

Kema Suriya sohillaridagi harbiy-dengiz floti guruhini boshqargan. Bu kemadagi qiruvchi samolyotlar oʻz missiyalarini bajarish chogʻida 1200 dan ortiq nishonga zarba bergan edi.

2015-yildan beri Rossiyaning harbiy operatsiyalari natijasida 6500 dan ortiq tinch fuqarolar halok boʻlgan, deyiladi 30-sentyabr kungi hisobotda. Suriyalik faollar tomonidan joylarda toʻplangan dalillarga koʻra, ular orasida 1928 nafar yosh bola va 908 ayol bor.

2017-yil yanvar oyida u Liviya qirgʻogʻida toʻxtab, harbiy diktator Xalifa Haftarni kema bortiga chiqarib olgan. Xabar qilinishicha, uzoq davom etgan fuqaroviy ziddiyatda Rossiya Haftarni qoʻllab-quvvatlagan.

Missiya vaqtida bir qator halokatlar yuz bergan, jumladan “Suxoy” jangovar samolyotlaridan biri aviatashuvchi bortiga qoʻnishga urinayotganida kema bilan toʻqnashib ketgan.

Taʼmirlash va modernizatsiya ishlariga 62 mlrd. rubl (1 mlrd. AQSH dollari/880 million yevro) ajratilib, kemaning elektr stantsiyasi va bortdagi elektron tizimlar taʼmirlanishi kerak edi.

Oʻtgan yili kema palubasi ustiga kran qulab tushishi oqibatida bir kishi halok boʻlgan va kemaga jiddiy shikast yetgan edi. Taʼmirlash ishlarining ortga surilishi va kema rejalashtirilganidek 2021-yilda ham ishga yaroqsiz boʻlishi xavotirlarni kuchaytirgan.

Rossiya harbiy dengiz kuchlari davlat tomonidan moliyalashtirish muammolari, eskirib borayotgan kemalarni taʼmirlash zavodlari va yangi kemalarni vaqtida yetkazib berish boʻyicha majburiyatlarning kechiktirilishi bilan kurashib kelmoqda.

Soʻnggi olti yilda taʼmirlanayotgan suv osti kemalarida uchta yongʻin yuz bergani xabar qilingan.

“Admiral Kuznetsov” sovet davri aviatashuvchilarining yangi flotiga mansub ilk kema boʻlishi kutilgan edi, ammo Rossiya harbiy dengiz kuchlari 1991-yilda Sovet Ittifoqi inqirozidan keyin yirik moliyaviy qiyinchiliklarga duch keldi.

Sovet Ittifoqi oʻz qudratining choʻqqisida beshta aviatashuvchiga egalik qilar edi.

Koʻp sonli harbiy falokatlar

12-dekabrda sodir boʻlgan yongʻin mamlakat armiyasi boshiga tushgan ketma-ket halokatlar va muvaffaqiyatsizlarning galdagisi boʻlib, Rossiyaning mudofaa tizimlariga nisbatan ishonchsizlikni kuchaytirmoqda.

8-avgust kuni Moskvadan 500 km (300 mil) sharqda joylashgan Nijniy Novgorod viloyatidagi yopiq Sarov shahrida portlash yuz berdi. Hodisa yadroviy raketa sinovi vaqtida sodir boʻldi, natijada 5 nafar xodim hayotdan koʻz yumdi va va xududda radiatsiya darajasi koʻtarildi.

Avgust oyi boshida Krasnoyarsk viloyatining Achinsk shaharchasidagi oʻq-dori omborxonasida bir necha kun ketma-ket portlashlar sodir boʻlgan edi.

5-avgust kuni sodir boʻlgan birinchi portlashda bir kishi hayotdan koʻz yumgan. EuroNews xabariga koʻra, 9-avgust kuni ayni hududni minalardan tozalash vaqtida kamida toʻqqiz kishi jarohat olgan.

Bu orada 1-iyul kuni 14 nafar rossiyalik dengizchi chuqur suv ostida suzuvchi kemada yuz bergan yongʻin sababli halok boʻlgan. Mudofaa vazirligi xabariga koʻra, voqea mamlakatning uzoq shimolida yuz bergan.

Halok boʻlgan 14 kishining 7 nafari dengiz kuchlarining yuqori martabali zobitlari boʻlishgan. Bu topshiriqning oddiy emasligidan dalolat beradi. Suvosti kemasi bortida jami nechta dengizchi boʻlgani nomaʼlum.

“Novaya gazeta”ning manbalarga tayanib yozishicha, avariya chuqur suv ostiga shoʻngʻiy oladigan “Losharik” nomi bilan mashhur AS-12 kichik suvosti atom kemasida yuz bergan.

2000-yilning avgust oyida Barents dengizida “Kursk” suvosti kemasi choʻkib ketgan, uning bortida boʻlgan barcha 118 kishi hayotdan koʻz yumgan edi. Tekshiruvlardan maʼlum boʻlishicha, halokatga torpedo portlashi sabab boʻlgan.

Fojea yuz berganidan keyin ham bir necha kun taʼtilda boʻlgan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning bunday munosabati keskin tanqid ostiga olingan edi.

Rasmiy Moskva xorijiy davlatlarning qutqaruv ishlarida yordam berishga oid takliflarini qatʼiyan rad etgan.

2008-yilda yuz bergan boshqa bir baxtsiz hodisada esa 20 rossiyalik – uch nafar dengizchi zobit va 17 oddiy fuqaro gazdan zaharlanib oʻlgandi – Yapon dengizidagi tadqiqot ishlari chogʻida kemaning yongʻinni oʻchirish tizimi tasodifan ishga tushib ketgan.

2011-yilda esa Rossiyaning eng yirik suvosti atom kemalaridan biri “Ekaterinburg” shimoliy Murmansk viloyatidagi taʼmirlash ishlari chogʻida yonib ketgan.

Keyinroq, yongʻin kelib chiqqan vaqtda kemada uzoq masofaga uchadigan yadroviy kallakli raketalar boʻlgani xabar qilingan.

“Muzey eksponatlari”

Rossiya bilan uzoq tarixiy va siyosiy aloqalarga ega Markaziy Osiyo mamlakatlari Kreml ishlatgan harbiy texnikani oladilar.

“Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston va Turkmaniston asosan eski, muzey eksponatlaridek boʻlib qolgan sovet davri texnikasidan foydalanadi”, degan edi Nur-sultonlik xalqaro munosabatlar boʻyicha ekpert Ruslan Nazarov aprel oyida.

Rossiya tomonidan Markaziy Osiyo davlatlariga taqdim etilgan eski harbiy texnika favqulodda vaziyatlarda yordam bera olmaydi, deb ogohlantirgan Kiyevdagi Armiya, qayta tayyorlash va qurolsizlantirish tadqiqotlari markazining Osiyo va Tinch okeani boʻlinmasi rahbari Yuriy Poyta.

“Bunday qurollar zaif davlatlar yoki noqonuniy qurollangan guruhlarga qarshi cheklangan koʻlamdagi va oʻrtacha faollikka ega janglarda ozroq samara berishi mumkin, xolos”, degan edi Poyta aprel oyida.

Ammo, gʻarb davlatlari zamonaviy harbiy mezonlar boʻyicha boshqalardan ustunroq, dedi Poyta. U “Zamonaviy boshqaruv va razvedka vositalari, nishonlarni yoritish, robotlashtirilgan uchuvchisiz qurilmalar, yuqori aniqlikdagi qurollarga” ehtiyoj borligini taʼkidlagan.

Tizimdagi kamchiliklarni yashirishda rossiyalik harbiylar koʻpincha mubolagʻali davolarga tayanadilar.

Shunday holatlarning birida, Putin oʻtgan yili xalqqa murojaatida Rossiya yangi avloddagi “engilmas” qurolni yaratganini iddao qilgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 9

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiya armiyasi va floti uchun navbatdagi sharmandalik

Javob berish

Rossiyaning chirigan armiyasining haqiqiy vaziyatini ko‘rsa bo‘ladi.

Javob berish

Chirigan Umiral Govnetsov.

Javob berish

Chirigan, chala davlat

Javob berish

Tezroq parchalanib, portlab, yonib ketsin.

Javob berish

Ahmoqlar! AQSH va Xitoyda o‘nlab aviatashuvchi bor, ular Admiral Kuznetsovdan ancha yaxshi...

Javob berish

Xitoyning avia tashuvchilari yaxshi emas. Eski Lyaonin (sobiq Sovet, keyinchalik Ukrainaga tegishli bo‘lgan Varyag). Qolganlari ishga tushirilishi kutilyapti; bor-yo‘g‘i to‘rtta.

Javob berish

Rossiyaliklar shu tog‘orasi bilan NATO dengiz kuchlarini qo‘rqitmoqchimi? O‘ta manmanlik va axmoqlik. Ukrainaga shon-sharaflar boʻlsin!

Javob berish

Bu sharmandali “Rossiya flotining faxri” ustidan butun dunyo kulmoqda

Javob berish