Karvonsaroy
Terrorizm

Qozogʻistonda ekstremizm xavfidan ogohlantiruvchi videolavhalar namoyish etilmoqda

Aydar Ashimov

Sudlangan terrorchini kuzatib borayotgan qamoqxona qoʻriqchilari, Qozogʻiston MXQning “Tinchlik narxi. Janub” hujjatli filmidan olingan kadr.

Sudlangan terrorchini kuzatib borayotgan qamoqxona qoʻriqchilari, Qozogʻiston MXQning “Tinchlik narxi. Janub” hujjatli filmidan olingan kadr.

NUR-SULTON – Yil boshidan beri Qozogʻiston Milliy xavfsizlik qoʻmitasi (MXQ) tomonidan aholini terrorizm xavfidan ogoh etishga qaratilgan sakkizta videolavha namoyish etildi.

Terrorizm tashviqotiga qarshi kurashda omma xabardorligini oshirish maqsadida tayyorlangan bu videolavhalar televideniye orqali namoyish etilib, YouTube tarmogʻiga joylashtirildi.

« Oilang shaʼnini badnom qilma” deb nomlangan soʻnggi videolavhalardan biri 13-yanvar kuni eʼlon qilingan. Unda badavlat qozoq oilasining dardga toʻla hayoti tasvirlangan – oiladagi oʻgʻillardan biri terrorchilar safiga qoʻshilib, “olovli nuqtalarda” jang qiladi.

Boshqa bir videorolik xavfsizlik va himoya mavzusiga bagʻishlangan boʻlib, shubhali buyumlarga duch kelinganda yoki terrorchilik hujumi tufayli binodan odamlarni evakuatsiya qilish chogʻida qanday yoʻl tutish kerakligi toʻgʻrisida tavsiyalar beradi.

“Islom davlati”ning (ID) qozoq jamoati (jangovar boʻlinmasi), MXQ hujjatli filmidan olingan kadr.

“Islom davlati”ning (ID) qozoq jamoati (jangovar boʻlinmasi), MXQ hujjatli filmidan olingan kadr.

MXQ matbuot kotibi Suriyada “Islom davlati” (ID) safida terrorchilik harakati sodir etishda ayblanib 14 yilga qamalgan Nurlan Kamolovdan intervyu olmoqda, MXQ hujjatli filmidan olingan kadr.

MXQ matbuot kotibi Suriyada “Islom davlati” (ID) safida terrorchilik harakati sodir etishda ayblanib 14 yilga qamalgan Nurlan Kamolovdan intervyu olmoqda, MXQ hujjatli filmidan olingan kadr.

"Bolalar ota-onalarining xatosi uchun masʼul emas” deb nomlangan videorolikdagi voqealar esa maktab sinfxonasida kechadi.

Oʻqituvchi bolalardan oʻz otalari haqida gapirib berishni soʻraydi, lekin bolalardan biri ikkilanadi. Oʻqituvchi bolaning stolida uning otasi qurol koʻtargan bir toʻda terrorchilar qurshovida tushgan suratini koʻrib, uning nega uyalganini tushunadi.

Boshqa videolavhalarda terakt haqida yolgʻon maʼlumot uchun belgilangan jinoiy javobgarlik, ogohlikka chaqiriq va Qozogʻistonda terrorizmga qarshi kurash yoʻlidagi yutuqlar haqida hikoya qilinadi.

“Tinchlik bahosi”

26-dekabr kuni MXQ YouTube tarmogʻiga joylangan turkum videolavhalar bir birga “Tinchlik bahosi. Janub” deb nomlangan 60 daqiqalik hujjatli filmni ham chiqargan.

Hujjatli film Turkiston viloyatida oʻgʻirlangan uyali telefonlarga ekstremistik mazmundagi materiallar joylab sotadigan 10 ta ekstremist haqida hikoya qilinadi. Ular hibsga olingan yoki sudlangan sana maʼlum qilinmagan.

Ularni foyda qiziqtirmas edi, chunki asl maqsad boshqa – ekstremistik materiallarni tarqatish edi.

"Ular anʼanaviy dinimizni, davlatimizni, maqbaralar, masalan, Xoʻja Ahmad Yascaviy maqbarasini tan olmaydilar”, deydi Turkiston viloyati boʻyicha MXQ departamenti raisi Abilseit Duysebayev qoʻlga olingan ekstremistlarni nazarda tutib.

Chimkentlik diniy mutaxassis Murat Argimbayev MXQ ishlagan hujjatli filmlarga yuqori baho bergan.

“Bu filmlar terrorizm dahshatlari haqida gapiribgina qolmay, balki tomoshabinni his qilishga undaydi – ularda qanday qilib oilalarning vayron boʻlishi, umidlarning soʻnishi, bolalarning ota-onasiz qolishi emotsional ruhda koʻrsatib berilgan” dedi u.

"Urush, qon, qamoq va oʻlim – ekstremistlar, terrorchilar va ularning sheriklarini faqat shu narsalar kutadi”, deydi u. “Bu odamlar nafaqat oʻz hayotini zaharlaydi, balki yaqinlariga ham musibat keltiradi.”

Uning soʻzlariga koʻra, hujjatli filmlarni suratga olishga turli mutaxassislar, jumladan, diniy mutaxassislar va Milliy xavfsizlik qoʻmitasi xodimlari jalb qilingan.

“Shunday koʻrinishda yetkazilgan maʼlumotlar va ekstremistik tashviqotga qarshi koʻrsatmalarning odamlarga taʼsiri kuchli boʻldi”, dedi Argimbayev. “Puxtalik bilan tayyorlangan videoroliklar terrorchi-jinoyatchilarning asl qiyofasini fosh qilishga yordam beradi.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500