Karvonsaroy
Ta’lim

Masofaviy taʼlim va COVID-19 sharoitida oʻquvchilar oʻz ustida ishlashga daʼvat qilinmoqda

Sora Eshonova

Oʻzbekistondagi uchta telekanal va Xalq taʼlimi vazirligining rasmiy sayti, Telegram kanali va Facebook sahifasida, shuningdek kundalik.com va xanakademiyasi.uz saytlarida oʻquvchilar uchun videodarslar taqdim etilmoqda. (Oʻzbekiston xalq taʼlimi vazirligi)

Oʻzbekistondagi uchta telekanal va Xalq taʼlimi vazirligining rasmiy sayti, Telegram kanali va Facebook sahifasida, shuningdek kundalik.com va xanakademiyasi.uz saytlarida oʻquvchilar uchun videodarslar taqdim etilmoqda. (Oʻzbekiston xalq taʼlimi vazirligi)

TOSHKENT – Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi maktab, universitet va oʻrta taʼlim muassalalari COVID-19 tarqalishiga qarshi kurash choralari doirasida masofaviy taʼlimga oʻtmoqda.

Oʻzbekiston hukumati 15-mart – koronavirusga chalinish bilan bogʻliq ilk holat qayd etilgan kunning ertasiga, 16-martdan boshlab barcha taʼlim muassasalarini yopishga buyruq bergan.

Oradan koʻp oʻtmay, taʼlim vazirligi karantin vaqtida 6,1 million maktab oʻquvchilari uchun masofaviy taʼlim boʻyicha misli koʻrilmagan rejani eʼlon qildi.

Taʼlim sohasidagi yetakchi mutaxassislar va Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamkorligida har kuni uchta telekanal orqali efirga uzatilayotgan videodarslar ishlab chiqildi va tayyorlandi. Ular NatGeoWild, EuroSport va “Oxota i ribalka” kanallarining dasturlari oʻrnida efirga uzatilmoqda.

Qirgʻizistonda esa videodarslar mahalliy ElTR telekanali orqali efirga uzatilmoqda. (Qirgʻiziston taʼlim vazirligi)

Qirgʻizistonda esa videodarslar mahalliy ElTR telekanali orqali efirga uzatilmoqda. (Qirgʻiziston taʼlim vazirligi)

Onlayn darslar Xalq taʼlimi vazirligining rasmiy veb-sayti, Telegram kanali va Facebook sahifasida, shuningdek, kundalik.com va xanakademiyasi.uz saytlarida taqdim etilmoqda.

“Aziz farzandlarim, uyda vaqtingizni bekor oʻtkazmang! Onlayn darslarni qunt bilan oʻzlashtiring. Kitob oʻqing, bilimingizni oshiring, badantarbiya va jismoniy mashqlarni bir kun ham qoldirmang”, deb aytgan Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-aprel kungi murojaatida.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining toʻrtinchi kurs talabasi Otabek Karimov taʼlim platformasi orqali tahsil olmoqda, u yerda har bir talabaning oʻz shaxsiy kabineti boʻlib, barcha oʻquv materiallaridan foydalanish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, universitetning oʻz studiyasi ham bor, unda oʻqituvchilar onlayn maʼruzalar oʻqiydilar, deydi imtihonlarga tayyorlanayotgan Karimov.

“Hammasi juda qulay ishlangan. Birgina muammo – hamma talabalarda ham shaxsiy kompyuter yoki Wi-Fi tarmogʻiga ulanish imkoniyatining yoʻqligi, shu sababli ular mobil telefonlari orqali ishlashga majbur boʻlmoqda”, dedi u.

“Hamyonbop, yuqori sifatli internetga ehtiyoj har qachongidan ham koʻproq”, deb taʼkidladi u.

Qirgʻiziston va Qozogʻistondagi masofaviy taʼlim

Qirgʻiziston ham Taʼlim vazirligi, mahalliy kompaniyalar va xalqaro tashkilotlar hamkorligida ishlab chiqilgan reja asosida 8-apreldan boshlab masofaviy taʼlimga oʻtgan, deb xabar beradi Times of Central Asia (TCA) nashri.

Mahalliy ElTR telekanali videodarslarni efirga uzatmoqda. Ular, shuningdek YouTube tarmogʻi va maxsus veb-saytda ham taqdim etilmoqda. Turli mavzulardagi qirgʻiz, rus, tojik va oʻzbek tilidagi bepul materiallar onlayn kutubxona orqali ulashilmoqda.

Muallimlar Zoom, Google classroom, Telegram va WhatsApp ilovalari orqali oʻquvchilar bilan aloqaga chiqmoqdalar.

Taʼlim vazirligining veb-saytida raqamli oʻquv portali ishga tushirilib, unda oʻqituvchilarning oʻquv materiallari va testlari chop etiladi.

“Yakshanbadan tashqari har kuni guruhlar uchun video-anjumanlar oʻtkazilmoqda”, dedi Bishkekdagi YXHT akademiyasi talabasi Asel Kuvatova.

“Onlayn darslar vaqtida oʻqituvchilar oʻz prezentatsiyalarini koʻrsatib, xuddi doskaga yozgandek yozishadi. Biz savollarimizni beramiz. Qisqasi, toʻlaqonli darslar oʻtilmoqda”, dedi u.

Qozogʻistondagi maktab oʻqituvchilari esa 6-apreldan boshlab masofaviy taʼlimga oʻtishgan, deb xabar beradi TCA.

Mamlakat telekanallari barcha yoshdagi oʻquvchilar uchun darslarni haftada besh kun efirga uzatmoqda. Oʻqituvchilar ular uchun 2000 dan ortiq televizion darslarni tayyorlaydilar, deb xabar bergan Qozogʻiston taʼlim va fan vazirligi.

“Masofaviy taʼlim 40 daqiqali maktab darsidek emas... Eng avvalo, biz ota-onalardan yangi darslarni oʻzlashtirishda farzandlariga yordam berishlarini soʻraymiz”, dedi taʼlim va fan vaziri oʻrinbosari Sholpan Karinova.

Yangi imkoniyatlar

Toshkentdagi Vebster universitetining psixologiya oʻqituvchisi Feruza Tatibayevaning fikricha, onlayn taʼlim avvaliga notanish va noqulay tuyulsa-da, vaqt oʻtishi bilan noqulayliklar yoʻqolib, hatto ayrim afzalliklar koʻrinishni boshlaydi.

“Ortiqcha harakat va boshqa narsalarga chalgʻimaydigan shunday kunlarimizda oʻz ustimizda ishlashga koʻproq vaqt boʻladi”, dedi Tatibayeva.

“Chet elga oʻqishni rejalashtirgan va epidemiya tufayli bu rejalarni amalga oshirolmay qolganlar xafa boʻlishmasin. Qaytanga, hozirda ilgari boʻlmagan imkoniyatlar yuzaga chiqmoqda”, dedi u.

Bugun taʼlimga har qachongidan ham koʻproq ahamiyat berish kerak, deydi Tatibayeva.

Karantin va ijtimoiy masofa saqlash davrida yoshlar va maktab oʻquvchilari uchun katta imkoniyatlar yaratilmoqda.

Qoʻshma Shtatlarda joylashgan notijorat taʼlim muassasi boʻlmish Xan akademiyasi bepul taʼlim, jumladan oʻzbek tilidagi dasturlarni taklif qilmoqda.

Qoʻshma Shtatlarda taʼlim olishni istagan yoshlar uchun jahon universitetlari ingliz tilida 300 ga yaqin bepul onlayn kurslarni taqdim etgan.

Yoshlar Oʻzbekistondagi Vebster universitetiga hujjat topshirishlari, birinchi kursni bitirgach esa tahsilni Vebster universitetining boshqa filialida, jumladan Qoʻshma Shtatlarda davom ettirishlari mumkin, dedi Tatibayeva.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 24

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Respublikamiz shunday qiyin vaqtlarda ham bolalar taʼlimi haqida qaygʻurayotganidan xursandman

Javob berish

Naqadar ajoyib! Buning ortida nechogʻli ulkan imkoniyatlar va istiqbollar borligini tasavvur ham qila olmagandim. Firuza Tatibayeva tufayli shaxsni rivojlantirish imkoniyati mavjud. Shuningdek, xorijda, hattoki AQSHda oʻqishni davom ettirish imkoni bor ekan. Albatta, Vebster talabalarimizni hayotlaridagi bu qadar jiddiy qadam oldidan fan va taʼlimga tayyorlaydi, chunki u yerdagi taʼlim darajasi tamoman boshqa. Koʻpchilik bunga chiday olmay, hoyu havasga beriladi. Lekin sizning Firuza Tatibayevadek murabbiy va ustozingiz boʻlsa, u doim sizni yoʻnaltiradi, qoʻllab-quvvatlaydi, yordam beradi va sizga qimmatli maslahatlar beradi, siz hech qanday hoyu havaslar taʼsiriga tushmaysiz! P.S. Mamlakatimizda taʼlim sifati va darajasini yomon demoqchi emasman. Ammo oʻzimizga nisbatan samimiy boʻlishimiz kerak. Hozir u avvalgidan ancha yuqori. Bundan keyin faqat yuqoriga intilamiz! Davlatimiz va Vebsterning (F.T.) biz uchun yaratgan shart-sharoitlari uchun tashakkur.

Javob berish

Bunday ogʻir vaqtlarda taʼlim berishga harakat qilganingiz uchun rahmat. Shunday boʻlsin

Javob berish

Yoshlar uchun zoʻr imkoniyatlar, tashkilotchilarga rahmat, omad!

Javob berish

Oʻzbekiston muvaffaqiyatlar mamlakati, ayniqsa Toshkentdagi Vebster universiteti va Oʻzbekistonda taʼlim rivojiga hissa qoʻshayotgan Feruza Tatibayeva tufayli.

Javob berish

Feruza Suinchiyevna, siz eng zoʻrsiz! Rahmat!

Javob berish

Mamlakatimizda bunday imkoniyatlar paydo boʻlayotgani juda yaxshi! Dunyoning eng yaxshi universitetlaridan birida oʻqish imkoniyati berilayotgani uchun rahmat

Javob berish

Har qanday biznes yaxshi!

Javob berish

Shahrimizda bunday ishlar olib borilayotganidan xursandman

Javob berish

Kechirasiz, men respublikamiz yaratib berayotgan sharoitlardan foydalanish uchun soliqlarni toʻlayman, oʻz hissamni qoʻshaman! Afzalliklar ham xuddi siznikidek. Bunda meni ayblashga haqqingiz yoʻq. Agar yaxshi joyda oʻqishga imkoningiz boʻlmasa, tilingizni tiying!

Javob berish

Xaxaxa :) Birodar, divan qaxramoni yomon emas:) Senga oʻxshaganlar bilan uzoq talashmayman! Vatanparvarlar borgan sari kamayib boryapti!

Javob berish

Albatta... Hamma solik toʻlaydi - bu qaxramonlik emas! Oʻrningdan turib mamlakatimizda oʻzgarish qilsang yanada yaxshiroq boʻlar edi!

Javob berish

Vebster universiteti zulmat ichidagi umid uchquni...

Javob berish

Amerika universitetida ishlab turib maslahat berish oson

Javob berish

Kechirasiz, ammo men u yerda ishlamayman; shunchaki oʻz fikrimni bildirdim. Menimcha, Vebster universiteti bizning “Mishkadan” ancha yaxshi.

Javob berish

Kechirdim! Ammo men ham oʻzimning shaxsiy fikrimni aytsam! Oʻz xalqiga har tomonlama yordam berayotgan buyuk respublikamizning barcha yaxshiliklaridan foydalanyapsiz. Sizga oʻxshab gʻarb tomonga bunday oʻtib olish yaxshi emas menimcha!

Javob berish

Yodingizda tuting, haqiqat tortishuvlardan kelib chiqadi, hech kim vaziyatga ikki tomondan qarashi kerak emas. Mamlakatimizda taʼlim darajasi yuqori emas, ammo butun dunyodagi ogʻir vaziyatda biz onlayn taʼlim orqali bunga erishishga harakat qilmyapmiz. Bugun davlatda ham xalqda ham taʼliga koʻproq eʼtibor qaratishdek muhim vazifa turibdi! Kelajak farzandlarimiz qoʻllarida!

Javob berish

Ajoyib maqola! Rahmat!

Javob berish

Muallif va doktor Tatibayevaning gaplariga toʻliq qoʻshilaman.

Javob berish

Doktor Tatibayeva bolalikdagi oʻqituvchim boʻlgan, katta rahmat!

Javob berish

Vebster universiteti talabalarni dunyoning istalgan burchagidagi filialiga koʻchirishi mumkinligini bilmas edim!! Foydali maqola uchun rahmat!!

Javob berish

Ota-onalar uchun juda yaxshi maqola. Farzandlarga yoʻl koʻrsatish ular qila oladigan eng aʼlo ishdir.

Javob berish

Maqolangizni qiziqish bilan oʻqib chiqdim va onlayn kurslarga yozildim! Magistraturaga tayyorlanaman! Katta rahmat!

Javob berish

Ajoyib! Siz buni uddalaysiz.

Javob berish