AQSH va Buyuk Britaniya rasmiylariga koʻra, Rossiya rejimi koinotda sunʼiy yoʻldoshlarga qarshi qurolni sinovdan oʻtkazgan va Moskvaning bu xatti-harakatlari qurollar nazorati boʻyicha yangi davrni boshlashi mumkin, degan xavotirlarni paydo qilgan.
15-iyul kuni AQSH kosmik qoʻmondonligi “Rossiya sunʼiy yoʻldoshlarga qarshi qurolni sinovdan oʻtkazganiga oid dalillarga ega” ekanligini maʼlum qilgan.
“Oʻtgan haftadagi sinov – AQSH va ittifoqchi kuchlarning kosmik tizimlari uchun jiddiy tahdidlar borligini va ularning kuchayib borayotganini yana bir bor tasdiqladi”, deyiladi payshanba (23-iyul) kungi bayonotda.
“Bu kabi xatti-harakatlar koinotdan tinchlik maqsadlaridan foydalanish amaliyotiga tahdid solib, butun dunyo uchun zarur boʻlgan kosmik tizimlar va sunʼiy yoʻldoshlar uchun xavf tugʻdiradigan chiqindini paydo qilishi mumkin”, dedi Birlashgan Qirollikning fazoviy boshqarmasi qoʻmondoni, havo kuchlari vitse-marshali Xarvi Smit.
“Aniqki, bunga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi”, deb yozgan AQSHning yadroviy qurolsizlanish boʻyicha muzokarachisi Marshall Billingsli oʻz Tvitterida kelasi hafta Venada muhokama qilinadigan “asosiy masala” shu boʻlishi mumkinligi aytib. U strategik hujum qurollarini qisqartirishga oid yangi kelishuv (yangi START) yuzasidan muzokaralar olib bormoqda.
Bu kelishuv Sovuq Urush davridagi ikki qudratli davlat – AQSH va Rossiyaning yadroviy kallaklariga oiddir.
“Fazodagi dushmanlik harakatlari”
Sinov chogʻida Rossiyaning “Kosmos-2543” sunʼiy yoʻldoshi obyektni orbitaga olib chiqqan, deb xabar berdi AQSH kosmik qoʻmondonligi.
Rossiyaning davlatga qarashli ommaviy axborot vositalari xabariga koʻra, “Kosmos-2543” oʻtgan yil 25-noyabrda Rossiya harbiylari tomonidan uchirilgan boshqa bir sunʼiy yoʻldosh – “Kosmos-2542” yordamida koinotga chiqarilgan.
Mudofaa vazirligiga koʻra, kosmik qurilma “Rossiya sunʼiy yoʻldoshlarining holatini monitoring qilish” uchun moʻljallangan, ammo “Rossiyskaya gazeta” davlat kundalik nashrining yozishicha, u “begona sunʼiy yoʻldoshlardan maʼlumot olish” imkoniga ham ega.
Bu – avvalroq AQSH hukumatining sunʼiy yoʻldoshi yaqinida manevr qilgani sababli AQSH kosmik qoʻmondonligining xavotiriga sabab boʻlgan tizimning oʻzidir, dedi AQSH kosmik qoʻmondonligi qoʻmondoni general Jey Reymond.
Bu Rossiya sunʼiy yoʻldoshlarining “belgilangan vazifalariga mos boʻlmagan” xatti-harakatlariga eng soʻnggi misollardan biridir, deyiladi kosmik qoʻmondonlik bayonotida. AQSH Davlat departamenti 2018-yil va joriy yilda ham shu kabi xavotirlarni bildirgan edi.
“Qoʻshma Shtatlar ittifoqchilar bilan kelishgan holda tajovuzning oldini olishga va mamlakatni, ittifoqchilarni va AQSHning hayotiy muhim manfaatlarini koinotdagi dushmanlik harakatlaridan himoya qilishga tayyor”, dedi Reymond.
“Bu voqea Rossiyaning kosmik qurollarni nazorat qilish borasidagi riyokor tashviqotini fosh etdi”, dedi AQSH Davlat kotibining xalqaro xavfsizlik va tarqatmaslik masalalari boʻyicha yordamchisi Kristofer Ford.
Takroriy qoidabuzarliklar
Bu Kremlning qurollarni nazorat qilish boʻyicha xalqaro kelishuvdagi majburiyatlarini buzishi bilan bogʻliq birinchi holat emas.
NATO boʻyicha ittifoqchilar va Yevropa Ittifoqi Rossiya rejimini 1992-yilgi Ochiq osmon toʻgʻrisidagi shartnomaga rioya qilishga chaqirmoqda. Shu yili Vashington Kreml tarafidan koʻp marta va takror-takror buzilgan mazkur shartnomadan chiqishini eʼlon qilgan edi.
Oʻtgan yil oktabr oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat qurolli kuchlarining yadroviy urush simulyatsiyasi mashqlaridagi ishtirokini kuzatgan.
“Rossiya chegarasidagi keskinlikning kuchayishi” munosabati bilan oʻtkazilgan “Grom-2019” (Yashin-2019) simulyatsiya mashqlarida termoyadroviy raketalar sinalgan edi.
Xorijiy davlatlar qurolli kuchlari ishtirokisiz oʻtgan jangovar oʻyinlar Rossiya va Qoʻshma Shtatlarning 1987-yilgi Oʻrta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yoʻq qilish (INF) shartnomasidan chiqishi ortidan oʻtkazilgan. Bu shartnoma 500-5500 km masofaga uchadigan oddiy va yadroviy raketalardan foydalanishni cheklaydi.
Oʻtgan yil avgust oyida Qoʻshma Shtatlar Rossiya uzoq yillar davomida uning shartlarini buzib kelganini taʼkidlab, ushbu tarixiy bitimni rasman tark etgan.
“Shartnoma amal qilishdan toʻxtaganiga Rossiyaning yakka oʻzi javobgar ”, deb bayonot bergan NATO Moskvani oʻrta masofaga uchuvchi oddiy va yadroviy raketalardan foydalanishni cheklaydigan hujjatning buzilishida ayblab.
INF bitimi Rossiya va Qoʻshma Shtatlar oʻrtasida qurollanishga oid ikkita eng muhim shartnomadan biri edi. Ikkinchi muhim hujjat – Strategik hujum qurollarini qisqartirishga oid yangi shartnoma (yangi START) boʻlib, u ikki mamlakatning yadroviy qurollar zaxirasini sovuq urush davriga oid cheklovdan quyida ushlab turadi.
Ammo, bu bitim ham 2021-yilda tugaydi va uni uzaytirish uchun tomonlarda siyosiy xohish-iroda yetarli emasga oʻxshaydi.
Oʻtgan yilgi raketalar sinovi, INF bitimining oʻz nihoyasiga yetishi va “Ochiq osmon” shartnomasining ham barbod boʻlayotgani – oʻzini tinchlikparvar mamlakat deb ataydigan Moskvaning hech qanday dalilsiz “yengilmas” deb maqtagan bir qator qurollarni agressiv tarzda sinovdan oʻtkazayotgan paytga toʻgʻri kelgan.
Rutiniyaning “tinchliksevar” deb atagan N.S.X. (Nikita Xrushchev) boʻladi. Lekin bu “juda eski va yolgʻon” gap.
Javob berishFikrlar 3
Demak, Rossiyaning oʻzi urushni xohlaydi.
Javob berishFikrlar 3
Eronning xayoliy tahdidi bahonasida Rossiyaga global zarba berishga urinish esa, ikkiyuzlamachilikning eng yuqori choʻqqisidir
Javob berishFikrlar 3