Karvonsaroy
Ta’lim

Qirgʻiziston maktablari pandemiya sharoitida noodatiy oʻquv yilini boshladilar

Maksat Osmonaliyev

Birinchi sinf oʻquvchilari va ularning ota-onalari maktab direktori va oʻqituvchilarining tabrik soʻzlarini chapak chalib olqishlamoqdalar. Chuy viloyati, Panfilov tumanidagi Kurpuldoʻq qishlogʻida joylashgan K. Ibraimaliyev nomli maktab, 1-sentyabr. [Maksat Osmonaliyev]

Direktorning tantanali marosimdagi nutqini tinglayotgan birinchi sinf oʻquvchilari. Maktabni koʻrish uchun oʻquvchilardan birining singlisi ham kelgan. Chuy viloyati, Panfilov tumanidagi Kurpuldoʻq qishlogʻida joylashgan K. Ibraimaliyev nomidagi maktab, 1-sentyabr. [Maksat Osmonaliyev]

Birinchi sinf oʻquvchilari maktabga kirib kelishmoqda. Ushbu qishloq maktabida bu yil 34 bola birinchi sinfga qabul qilindi. Ular har biri 17 oʻquvchidan iborat ikkita sinfga boʻlinadi. Pandemiyaga qadar har bir sinfda 30 ga yaqin oʻquvchi tahsil olar edi. Chuy viloyati, Panfilov tumanidagi Kurpuldoʻq qishlogʻida joylashgan K. Ibraimaliyev nomidagi maktab, 1-sentyabr. [Maksat Osmonaliyev]

Endilikda maktablarda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan: kiraverishda qoʻlni dezinfeksiyalovchi vositalar va harorat oʻlchagichlar bor. Maktabga kirish oldidan oʻquvchilarning harorati tekshiriladi. Isitmasi bolalar maktabga kiritilmaydi, ota-onalaridan ularni shifokorga koʻrsatish soʻraladi. Chuy viloyati, Panfilov tumanidagi Kurpuldoʻq qishlogʻida joylashgan K. Ibraimaliyev nomli maktab, 1-sentyabr. [Maksat Osmonaliyev]

Oʻquvchilar ularga toʻrt yil davomida muallimlik qiladigan ayolga gullar berishmoqda. Beshinchi sinfdan ularga boshqa oʻqituvchi taʼlim beradi. Chuy viloyati, Panfilov tumanidagi Kurpuldoʻq qishlogʻida joylashgan K. Ibraimaliyev nomli maktab, 1-sentyabr. [Maksat Osmonaliyev]

Oʻqituvchi va sinfdoshlariga oʻzini tanishtirayotgan oʻquvchi. Chuy viloyati, Panfilov tumanidagi Kurpuldoʻq qishlogʻida joylashgan K. Ibraimaliyev nomli maktab, 1-sentyabr. [Maksat Osmonaliyev]

Oʻqituvchisini diqqat bilan tinglayotgan oʻquvchi qiz. Chuy viloyati, Panfilov tumanidagi Kurpuldoʻq qishlogʻida joylashgan K. Ibraimaliyev nomli maktab, 1-sentyabr. [Maksat Osmonaliyev]

“1-B” sinfi oʻqituvchisi Zarina Kaparova ilk darsni Qirgʻiziston haqidagi koʻrgazmali materiallarni namoyish etishdan boshladi. U nafaqat dars oʻtishi, balki bolalarni nazorat qilishi, ularga pandemiya bilan bogʻliq xavfsizlik choralarini eslatib turishi kerak. Chuy viloyati, Panfilov tumanidagi Kurpuldoʻq qishlogʻida joylashgan K. Ibraimaliyev nomli maktab, 1-sentyabr. [Maksat Osmonaliyev]

Maktab partalarida oʻtirgan birinchi sinf oʻquvchilari. Qirgʻiziston taʼlim vazirligi bu yil pandemiya sababli oʻquvchilarni shaxmat tartibida oʻtqazishni taklif qilgan. Bunday tartib bolalar orasidagi masofani kengaytirishga imkon beradi. Chuy viloyati, Panfilov tumanidagi Kurpuldoʻq qishlogʻida joylashgan K. Ibraimaliyev nomli maktab, 1-sentyabr. [Maksat Osmonaliyev]

Tanaffus paytida oʻynayotgan birinchi sinf oʻquvchilari. Chuy viloyati, Panfilov tumanidagi Kurpuldoʻq qishlogʻida joylashgan K. Ibraimaliyev nomli maktab, 1-sentyabr. [Maksat Osmonaliyev]

Birinchi sinf oʻquvchisi Oyima Suyorbekova maktab haqidagi ilk taassurotlarini soʻzlab berish uchun buvisining quchogʻiga otilmoqda. Buvisi nevarasining maktabda oʻqiy boshlaganidan xursand. U Taʼlim vazirligining birinchi sinf oʻquvchilarini uyda emas, balki maktabda oʻqitish toʻgʻrisidagi qaroridan mamnun. “Bu bosqichda bilim olish uchun zamin yaratiladi va bunda bolaga oʻqituvchilargina yaxshi taʼlim bera oladilar”, deydi u. Chuy viloyati, Panfilov tumanidagi Kurpuldoʻq qishlogʻida joylashgan K. Ibraimaliyev nomli maktab, 1-sentyabr. [Maksat Osmonaliyev]

BISHKEK – 1-sentyabrdan butun Qirgʻiziston boʻylab yangi oʻquv yili boshlandi.

Ammo bu safar oʻquv yilining boshlanishi munosabati bilan oʻtkaziladigan anʼanaviy marosimga faqat birinchi sinf oʻquvchilari va ularning ota-onalari kelishdi – bu yil faqat ular maktabga qatnab oʻqiydilar.

Qolgan oʻquvchilarga yangi koronavirus tarqalishining oldini olish choralari doirasida masofadan taʼlim beriladi.

Bu yil 156 430 nafar birinchi sinf oʻquvchisi ilk bor partaga oʻtirdi, deb xabar beradi Taʼlim vazirligining matbuot xizmati.

1-sentyabr kuni Chuy viloyati, Panfilov tumanidagi Kurpuldoʻq qishlogʻida joylashgan K. Ibraimaliyev nomidagi maktabning 1-sinf oʻquvchisiga aylangan Aynazik Miktibekova buvisi olib ketishini kutib, skameykada oʻtiribdi. [Maksat Osmonaliyev]

Taʼlim va fan vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda maktablarga birinchi sinflarga taʼlim berishda tegishli sanitariya qoidalariga rioya qilish imkoniyatini beradigan tartibni ishlab chiqqan.

Maktabda birinchi sinf oʻquvchilarining soni koʻp boʻlsa, ular ikki guruhga ajratilib, har bir guruh oʻquvchilari shaxmat tartibida oʻz sinfxonasiga joylashtiriladi.

Maktablar barcha barcha sanitariya meʼyorlariga amal qiladilar, dedi vazirlik.

Chorshanba (9-sentabr) holatiga koʻra, mamlakatda COVID-19ga chalinish bilan bogʻliq 44613 ta holat, shu jumladan 1061 ta oʻlim qayd etilgan, deb xabar beradi Jons Xopkins universitetining global kuzatuv sayti.

Tasdiqlangan COVID-19 holatlari avvalgi kunga nisbatan 87 taga koʻpaygan, deb maʼlum qilgan 9-sentabr kuni Qirgʻiziston sogʻliqni saqlash vaziri Aynura Axmatova 24.kg xabariga koʻra.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500