Karvonsaroy
Salomatlik

Suratlarda: Qirgʻizistonning turizm sohasi COVID-19 pandemiyasidan oʻnglanishga harakat qilmoqda

Maqsad Osmonaliyev

Choʻlpon-otadagi kimsasiz plyaj. Bu yili oʻtgan yilgiga nisbatan juda kamchilik dam olgani kelgan. Issiqkoʻl viloyati, Choʻlpon-ota shahri, 23-iyul. (Maqsad Osmonaliyev)

Bekjon va Eldiyor burgutlarini qoʻllariga qoʻndirgan holda mijoz qidirib plyaj aylanmoqdalar. Bolalar qushlari bilan suratga tushish evaziga turistlardan pul ishlaganlar. Ular bu yil bir kunda 300-400 qirgʻiz soʻmi (3,90-5,20 AQSH dollari) ishlab topishyapti. Oʻtgan yili esa bundan ikki baravar koʻproq pul topishgan. Issiqkoʻl viloyati, Choʻlpon-ota shahri, 23-iyul. (Maqsad Osmonaliyev)

Bishkeklik toʻqqiz yashar Omon Issiqkoʻl bandargohining temir ustunlari orasida suzmoqda. Pandemiya koʻpchilik bolalar uchun sayohat va taʼtillarning bekor boʻlganini anglatgan. Issiqkoʻl viloyati, Choʻlpon-ota shahri, 23-iyul. (Maqsad Osmonaliyev)

“Moviy Issiqkoʻl” sanatoriysining oynalarini yuvayotgan ishchi. Dam olish maskani rahbariyati virus tarqalishining oldini olish maqsadida imkon qadar salomatlik va xavfsizlik qoidalariga rioya qilishga urinmoqda. Issiqkoʻl viloyati, Choʻlpon-ota shahri, “Moviy Issiqkoʻl” sanatoriysi, 23-iyul. (Maqsad Osmonaliyev)

Sanatoriy mehmonlari issiq parafin muolajasini olishmoqda. Maskan ichida niqob taqish majburiy. Tarixda ilk marta sanatoriy oʻz imkoniyatlarining “uchdan biri bilan ishlayapti”, deydi “Moviy Issiqkoʻl” sanatoriysi menejeri Lira Batirbekova. “450 ta joydan 150 tasigina band. Biz Rossiya va Qozogʻistondan mehmonlar kutgandik, ammo pandemiya turistlar yoʻliga gʻov boʻldi. Bu yil kutilganidek daromad qilolmaymiz”, dedi u. Issiqkoʻl viloyati, Choʻlpon-ota shahri, “Moviy Issiqkoʻl” sanatoriysi, 23-iyul. (Maqsad Osmonaliyev)

Oltinqum dam olish maskani karantinga yopilgan. Ayrim mehmon uylari daromad kamligi sabab vaqtincha oʻz faoliyatini toʻxtatgan. Issiqkoʻl viloyati, Chon Sari-oy, 24-iyul. (Maqsad Osmonaliyev)

Dam oluvchilar Marko Polo kurorti bandargohida sayr qilmoqda. Bu yil Qozogʻiston va Rossiyadan mehmonlar kelmadi, deydi mehmonxona menejeri. “Ammo biz mahalliy turizm uchun xizmat qilyapmiz. Hozirda 70 ta mehmonimiz bor. Oʻtgan yili shu paytda 520 ta mehmonimiz bor edi”, dedi u. Boʻz Beshik, Issiqkoʻl viloyati, 26-iyul. (Maqsad Osmonaliyev)

“Relax” mehmon uyi egasi Sayragul Makeyeva mijozlarni kutmoqda. Oʻtgan yili shu vaqtda bu yerda deyarli boʻsh joy yoʻq edi, deydi Makeyeva. U bir kishidan kuniga 1000 qirgʻiz soʻmi (35 AQSH dollari) toʻlov olgan, ammo bu yil shuning uchdan biri olinyapti. Mehmonlar asosan shanba-yakshanba kunlari kelishadi. Choʻlpon-ota, Issiqkoʻl viloyati, 24-iyul. (Maqsad Osmonaliyev)

Qorakoʻllik mehmonlar oʻtgan yillarga solishtirganda ancha boʻshab qolgan “Relax” mehmon uyida tushlik qilishmoqda. Choʻlpon-ota, Issiqkoʻl viloyati, 24-iyul. (Maqsad Osmonaliyev)

Qorakoʻl-Bishkek yoʻli chetida ishlagan sotuvchilar turizmdan yaxshigina daromad olishgan. Ular meva-sabzavot va boshqa mahsulotlarni sotishgan. Bu yil savdo hajmi pasayib ketgan: bir kunda ikki yoki uch chelak oʻrik, gilos yoki qoragʻat sotilyapti, oʻtgan yillarda bir kunda deyarli 20 chelak meva sotilgan. Qora-oy, Issiqkoʻl viloyati, 24-iyul. (Maqsad Osmonaliyev)

“Epos” suvenirlar doʻkoni sotuvchisi Meyerim oʻyinchoq boʻrini chiroyli holatga keltirish uchun taramoqda. “Suvenirlar sotuvi hajmi eng kamida 95% ga tushib ketdi”, deydi “Epos” doʻkoni menejeri Alisa Aleksandrovna. Bishkek, 29-iyul. (Maqsad Osmonaliyev)

Talas viloyati turistlari Jetioʻgʻuz daryosi oqimini tomosha qilishmoqda. Jetioʻgʻuz darasi – mamlakatdagi eng sevimli dam olish va sayohat maskanlaridan biri. Jetioʻgʻuz darasi, Issiqkoʻl viloyati, 25-iyul. (Maqsad Osmonaliyev)

Togʻ yonbagʻridan tushib kelayotgan qirgʻiz chavandoz yigitlari. Jetioʻgʻuz darasi, Issiqkoʻl viloyati, 25-iyul. (Maqsad Osmonaliyev)

Ot mingan qizlar. Soʻnggi yillarda Koʻk-Jayik yayloviga kelayotgan turistlar soni koʻpayishi ortidan mahalliy aholi turli xizmatlarni taklif qilish bilan daromad topishga oʻrgangan edilar. Ulardan biri – ot minish. Ot egalaridan biri Qilich otda yaylovdan sharsharagacha togʻ yonbagʻri boʻylab sayr uchun 300 qirgʻiz soʻmi (3,90 AQSH dollari) oladi. Jetioʻgʻuz darasi, Issiqkoʻl viloyati, 25-iyul. (Maqsad Osmonaliyev)

Tepalik yonbagʻrida qizi bilan sayr qilayotgan ona. “Skazka” kanьoni ham xushmanzara tabiatli joy boʻlib, mashhur dam olish maskanlari sirasiga kiradi. Tong tumani, Issiqkoʻl viloyati, 25-iyul. (Maqsad Osmonaliyev)

Bronza togʻ qoʻyi haykali ustidagi nabirasini suratga olayotgan qariya. “Pandemiya cheklovlari sababli Issiqota kurortimiz 300 kishilik joyga faqat 100 kishini qabul qildi”, deydi kurortning bosh shifokori G. Asakeyeva. Issiqota kurorti, Chuy viloyati, 27-iyul. (Maqsad Osmonaliyev)

Bishkek markazidagi “Kyrgyz Travel” agentligi. Iqtisodiy muammolar sababli sayyohlik agentliklari oʻz ofislarini sotishga yoki ijaraga berishga majbur boʻlishmoqda. (Maqsad Osmonaliyev)

BISHKEK – Yangi koronavirusning tarqalishiga oid qaygʻuli statistika Qirgʻizistonning inqirozdan jabrlangan turizm sohasiga oʻz taʼsirini oʻtkazmoqda.

Dunyo miqyosidagi kasallanishlar sonini kuzatayotgan Jons Xopkins universiteti maʼlumotlariga koʻra, seshanba (11-avgust) holatiga Qirgʻizistonda COVID-19ga chalinganlarning umumiy soni 40455 tani, oʻlganlar esa 1478 tani tashkil etgan.

Testlarning yetishmayotgani, aksari Xitoyda ishlab chiqarilgan test toʻplamlarining sifatsiz ekanligi tufayli koʻp hollarda koronavirus tashxisi qoʻyilmayapti yoki oʻlim sababi deb topilmayapti.

"Ikkinchi toʻlqin boʻlmasligiga umid qilamiz , lekin biz bunga maksimal darajada tayyor boʻlishimiz kerak... Ayni paytda hukumat barcha choralarni koʻrmoqda”, deydi Qirgʻiziston kasalliklar profilaktikasi va davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati departamenti direktori muovini vazifasini bajaruvchi Tolon Isakov dushanba (10avgust) kuni 24.kg nashriga.

Plyajga kiraverishdagi ogohlantiruvchi belgi mehmonlarga pandemiya davridagi taqiqlar va qoidalarni yodga solmoqda. Qora-oy, Issiqkoʻl viloyati, 24-iyul. (Maqsad Osmonaliyev)

Oʻtgan yili turizm sohasi ulushi yalpi ichki mahsulotning 5 foizini tashkil qilgan. Iqtisodchilar 2023-yilga kelib, bu koʻrsatkichning 7 foizga yetishini taxmin qilgan edilar.

Pandemiya bu bashoratlarni puchga chiqardi.

“Mamlakatning turizm sohasidagi daromadi 70% dan 80% gacha kamayishi mumkin”, degan edi Qirgʻiziston turizm departamenti rahbari oʻrinbosari Kiyal Kenjematova Ozod Yevropa/Ozodlik radiosining qirgʻiz xizmatiga mart oyida.

COVID-19 virusi koʻpchilik sayyohlik agentliklari daromadlarini pasaytirib yuborgan.

Bishkekdagi “Kyrgyz Travel” agentligi menejeri Islom Azimov “koʻplab xodimlarini majburiy va haq toʻlanmaydigan taʼtilga” chiqargach, kompaniya ofisini sotish yoki ijaraga berishga qaror qilgan.

Shifoxonalar, dorilar va tibbiy xodimlarning yetishmasligi va Markaziy Osiyoda tushunmovchilik va sarosima keltirib chiqarish maqsadida davomli tarzda xorijiy dezinformatsiya kampaniyalarining olib borilishi vaziyatni ogʻirlashtirmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500