Karvonsaroy
Jamiyat

Suratlarda: Qozogʻiston va Qirgʻizistonda karantin cheklovlari bekor qilinmoqda

Aydar Ashimov va Maqsad Osmonaliyev

Niqobdagi Qozogʻiston milliy gvardiyasi faxriy qorovuli, Bishkek, 31-may. (Maqsad Osmonaliyev)

Avtobus yoʻlovchilari, Bishkek, 31-may. 25-may kuni Bishkekda jamoat transporti faoliyati qayta yoʻlga qoʻyildi. Haydovchilarning aytishicha, yoʻlovchilar koʻp emas, avtobuslar oxirgi bekatlarda dezinfeksiya qilinmoqda. (Maqsad Osmonaliyev)

Avtobus ichidagi antiseptikdan foydalanayotgan ayol, Bishkek, 31-may. Haydovchilar va yoʻlovchilar niqob taqib yurishlari shart. (Maqsad Osmonaliyev)

Kimsasiz qolgan bolalar karuseli, 1-iyun (Bolalar kuni), Bishkek (Maqsad Osmonaliyev)

Bishkek markaziy maydonidagi favvora oldida oʻynayotgan bolalar, 1-iyun. (Maqsad Osmonaliyev)

Bishkekdagi oziq-ovqat rastasi, 1-iyun. Koronavirus sababli yetkazib berishdagi uzilishlar ortidan narxlar qimmatlashgan. Masalan, karantindan avval bir qop oliy nav un 1200-1250 qirgʻiz soʻmi (16 AQSH dollari) boʻlgan. Hozir esa uning narxi 1500-1700 qirgʻiz soʻmiga (20-22 AQSH dollari) teng. (Maqsad Osmonaliyev)

Qirgʻizistondagi Koʻk-Jar qishlogʻida qulupnay terayotgan mavsumiy ishchilar, 1-iyun. (Maqsad Osmonaliyev)

Rossiya va Qozogʻistonga eksport qilish uchun moʻljallangan qulupnaylar qadoqlash uchun olib ketilmoqda, Koʻk-Jar qishlogʻi, 1-iyun. (Maqsad Osmonaliyev)

Ayollar shimini tikayotgan tikuvchi, Bishkek, 1-iyun. Tikuv sexida 10 ta chevar ayol ishlar edi, ammo ular ikki oyga taʼtilga chiqarilgan, deydi korxona egasi. (Maqsad Osmonaliyev)

Bishkekda koʻcha taomlarini sotadigan doʻkonlar ham oʻz faoliyatini qayta tiklamoqda, 1-iyun. (Maqsad Osmonaliyev)

Yoʻl boʻyidagi qahvaxona mijozlari, Bishkek, 1-iyun. (Maqsad Osmonaliyev)

Bishkekdagi K. Bayalinov kutubxonasining mutolaa zali, 1-iyun. Qirgʻizistonda sanatoriy, kurort, muzey va kutubxona kabi madaniy muassasalar 1-iyundan oʻz faoliyatini tikladi. (Maqsad Osmonaliyev)

Niqobdagi keksa ayol, Bishkek,1-iyun. (Maqsad Osmonaliyev)

Issiqxonada atirgullarni parvarish qilayotgan ishchilar, Bishkek, 1-iyun. (Maqsad Osmonaliyev)

Soʻquluq tumani bozorida buzoqlarini sotayotgan qishloq aholisi, 7-iyun, Chuy viloyati, Qirgʻiziston. (Maqsad Osmonaliyev)

Bishkekning gʻarbiy avtovokzalidagi mikroavtobus, 7-iyun. (Maqsad Osmonaliyev)

Eshak arava mingan tarazliklar. 29-may kuni Qozogʻistonda jamoat transporti cheklovlari olib tashlandi. (Aydar Ashimov)

Taraz koʻchalarida sayr qilib yurgan ayol, 29-may. Qozogʻistonda harakatlanishga oid barcha taqiqlar olib tashlanganiga qaramay, koʻchada odam kam. (Aydar Ashimov)

Mobil aloqa markazi yaqinida navbat kutayotgan mijozlar, Taraz, 27-may. U yerga kiruvchilar soni cheklangan. (Aydar Ashimov)

Doʻkon rastasi, Taraz, 29-may. Ichkariga faqat niqob taqqanlar kirishi mumkin. (Aydar Ashimov)

Xiyobonga kelganlarning tana haroratini oʻlchayotgan ayol, Taraz, 1-iyun. (Aydar Ashimov)

Turkistondagi favvoralar oldida sayr qilayotgan qizlar, Qozogʻiston, 7-iyun. (Aydar Ashimov)

Turkiston viloyatidagi Aristonbob maqbarasi ziyoratchilari, Qozogʻiston, 7-iyul. (Aydar Ashimov)

Turkiston viloyatidagi Aristonbob maqbarasi qudugʻidan suv olayotgan ayol. Qozogʻiston 7-iyun. (Aydar Ashimov)

TARAZ/BISHKEK – Qozogʻistonlik va qirgʻizistonlik fuqarolar hayoti sekin-asta oʻz iziga qaytmoqda. Bu mamlakatlar hukumatlari yangi koronavirus pandemiyasi munosabati bilan bir qator cheklovlar joriy qilgan edilar.

Qozogʻiston hukumati iyun oyi boshida yoʻllardagi blokpostlarni olib tashlashga kirishgan, shaharlararo avtobus va havo transporti qatnovi qayta tiklangan.

Qozogʻistonda karantin vaqtida 400 ga yaqin blokpostga 6000 nafar politsiyachi joylashtirilgan edi, deb xabar beradi Ichki ishlar vazirligi.

Mamlakatda poyezdlar qatnovi bosqichma-bosqich tiklanmoqda. Ayni vaqtda yoʻlovchilarga 90 ta poyezd xizmat koʻrsatmoqda.

Favvoralar oldida sayr qilayotgan turkistonliklar, 7-iyun. (Aydar Ashimov)

Qator viloyatlarda bolalar bogʻchalari, diniy muassasalar, davlat xizmatlari markazlari, avtobus va temiryoʻl vokzallari, shuningdek, xiyobonlar va fitnes zallari ochila boshladi.

“Koʻp cheklovlar bekor qilindi. Biz ishlay boshladik”, dedi 27 yashar tarazlik Quralay Akiyeva.

“Yaqinda farzandlarimizni yana bolalar bogʻchalariga olib boramiz. Koronavirus tahdidi ortda qolishini va toʻlaqonli hayotga qaytishni sabrsizlik bilan kutmoqdamiz”, dedi u.

20-iyundan 5-iyulga qadar Qozogʻiston boʻylab tashkil etilgan 161 ta punktda sanitar-epidemiologik talablarga rioya qilgan holda maktab bitiruvchilari uchun yagona umummilliy test sinovlari oʻtkaziladi.

Kinoteatrlar, koʻngilochar markazlar va tungi klublar yopiqligicha qolgan. Ommaviy tadbirlar ham oʻtkazilayotgani yoʻq.

Bu orada Qirgʻizistonda COVID-19 pandemiyasi bilan bogʻliq favqulodda holat ikki oydan ortiqroq davom etdi.

Turli maʼlumotlarga koʻra, 80 mingga yaqin ishchi haq toʻlanmaydigan mehnat taʼtiliga chiqarilgan yoki ishdan boʻshatilgan.

21-maydan boshlab hukumat ayrim iqtisodiy faoliyat turlari, xususan, pasport idoralariga, mebel, soat va poyafzal taʼmirlash ustaxonalarini ochishga ruxsat bergan.

25-may kuni kiyim-kechak bozorlari va restoranlar ishga tushgan, jamoat transporti harakati tiklandi.

Karantin cheklovlari yumshatilganiga qaramay, ikkala mamlakat shifokorlari ham fuqarolarni ehtiyot choralarini koʻrishga, niqob taqib yurishga va ijtimoiy masofalanishga rioya qilishga chaqirmoqdalar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Nima uchun insonparvarlik yordamini – niqoblar, salfetkalar, qoʻlqoplarni bozorda sotishyapti?

Javob berish