Karvonsaroy
Iqtisodiyot

Suratlarda: Qozogʻistondagi COVID-19 pandemiyasi haqiqati

Aydar Ashimov va AFP

Oziq-ovqat doʻkoniga ketayotgan tarazlik qariya, 18-aprel. (Aydar Ashimov)

Oziq-ovqat doʻkoniga ketayotgan tarazlik qariya, 18-aprel. (Aydar Ashimov)

Taraz hokimiyati ishchilari daraxtlarni parvarishlashda davom etmoqda, 18-aprel. (Aydar Ashimov)

Taraz hokimiyati ishchilari daraxtlarni parvarishlashda davom etmoqda, 18-aprel. (Aydar Ashimov)

Tarazdagi mahalliy parkning yopiq darvozalari, 18-aprel. Karantin vaqtida dam olish maskanlariga borish taqiqlangan. (Aydar Ashimov)

Tarazdagi mahalliy parkning yopiq darvozalari, 18-aprel. Karantin vaqtida dam olish maskanlariga borish taqiqlangan. (Aydar Ashimov)

Kimsasiz avtobus bekati, Taraz, 18-aprel. Jamoat transporti ertalab va kechqurun, belgilangan soatlarda harakatlanadi. (Aydar Ashimov)

Kimsasiz avtobus bekati, Taraz, 18-aprel. Jamoat transporti ertalab va kechqurun, belgilangan soatlarda harakatlanadi. (Aydar Ashimov)

Tarazning boʻshab qolgan asosiy koʻchasi, 18-aprel. Haydovchilarga safarga chiqmaslik tavsiya etilgan. (Aydar Ashimov)

Tarazning boʻshab qolgan asosiy koʻchasi, 18-aprel. Haydovchilarga safarga chiqmaslik tavsiya etilgan. (Aydar Ashimov)

Tarazdagi klinika darvozalari, 18-aprel. Shoshilinch yordam talab qilinmaydigan bemorlarga surunkali kasalliklar boʻyicha shifokorlarga murojaat qilmaslik tavsiya qilingan. (Aydar Ashimov)

Tarazdagi klinika darvozalari, 18-aprel. Shoshilinch yordam talab qilinmaydigan bemorlarga surunkali kasalliklar boʻyicha shifokorlarga murojaat qilmaslik tavsiya qilingan. (Aydar Ashimov)

Mahalliy aholiga yetkazib berish xizmatini taklif qiluvchi Tarazdagi doʻkon belgisi, 19-aprel. (Aydar Ashimov)

Mahalliy aholiga yetkazib berish xizmatini taklif qiluvchi Tarazdagi doʻkon belgisi, 19-aprel. (Aydar Ashimov)

Kimsasiz koʻchani kesib oʻtayotgan ayol, Taraz, 18-aprel. Fuqarolar uzrli sabab bilangina uydan chiqa oladilar, aks holda jarimaga tortiladilar. (Aydar Ashimov)

Kimsasiz koʻchani kesib oʻtayotgan ayol, Taraz, 18-aprel. Fuqarolar uzrli sabab bilangina uydan chiqa oladilar, aks holda jarimaga tortiladilar. (Aydar Ashimov)

Kiyim va kosmetika doʻkonidagi chegirmalar belgisi, Taraz, 18-aprel. Doʻkonlar karantin boshlanguniga qadar mahsulotlarni chegirmalar bilan sotishga harakat qilishgan. (Aydar Ashimov)

Kiyim va kosmetika doʻkonidagi chegirmalar belgisi, Taraz, 18-aprel. Doʻkonlar karantin boshlanguniga qadar mahsulotlarni chegirmalar bilan sotishga harakat qilishgan. (Aydar Ashimov)

Doʻkondagi belgi, Taraz, 18-aprel. Mamlakat boʻylab karantin dastavval bir oy muddatga rejalashtirilgan edi. (Aydar Ashimov)

Doʻkondagi belgi, Taraz, 18-aprel. Mamlakat boʻylab karantin dastavval bir oy muddatga rejalashtirilgan edi. (Aydar Ashimov)

Yopiq shahar bozori, Taraz, 18-aprel. Koʻchadagi savdo nuqtalari yopilgan. (Aydar Ashimov)

Yopiq shahar bozori, Taraz, 18-aprel. Koʻchadagi savdo nuqtalari yopilgan. (Aydar Ashimov)

Taraz hokimiyati oldidagi huvillab qolgan yoʻlakcha, 18-aprel. (Aydar Ashimov)

Taraz hokimiyati oldidagi huvillab qolgan yoʻlakcha, 18-aprel. (Aydar Ashimov)

Kimsasiz yoʻlak, Taraz, 18-aprel. Oq nuqtalar yoʻlovchilar orasidagi ikki metrli xavfsiz masofani belgilab bergan. (Aydar Ashimov)

Kimsasiz yoʻlak, Taraz, 18-aprel. Oq nuqtalar yoʻlovchilar orasidagi ikki metrli xavfsiz masofani belgilab bergan. (Aydar Ashimov)

Koʻp qavatli bino hovlisini tozalayotgan ayollar, Taraz, 18-aprel. (Aydar Ashimov)

Koʻp qavatli bino hovlisini tozalayotgan ayollar, Taraz, 18-aprel. (Aydar Ashimov)

Oziq-ovqat mahsulotlarini olib ketayotgan erkak, Taraz, 18-aprel. Qozogʻistonliklar uydan zaruratsiz chiqmaslik uchun oziq-ovqat mahsulotlarini gʻamlab qoʻyishmoqda. (Aydar Ashimov)

Oziq-ovqat mahsulotlarini olib ketayotgan erkak, Taraz, 18-aprel. Qozogʻistonliklar uydan zaruratsiz chiqmaslik uchun oziq-ovqat mahsulotlarini gʻamlab qoʻyishmoqda. (Aydar Ashimov)

Boʻsh koʻchalardagi itlar, Taraz, 18-aprel. Hatto koʻcha hayvonlari ham odamlarning yoʻqligidan hayratda. (Aydar Ashimov)

Boʻsh koʻchalardagi itlar, Taraz, 18-aprel. Hatto koʻcha hayvonlari ham odamlarning yoʻqligidan hayratda. (Aydar Ashimov)

OLMAOTA/TARAZ – Qozogʻistonlik shifokorlar koronavirus bilan kasallangan bemorlar salomatligi uchun kurashayotgan bir paytda, Xitoydan keltirilgan yaroqsiz vositalar va karantinning iqtisodga taʼsiriga oid xavotirlar kuchaygan.

Juma (1-may) holatiga koʻra, Qozogʻistonda 3551 ta kasallanish holati qayd etilgan, 899 kishi sogʻaygan, 25 kishi hayotdan koʻz yumgan.

16-mart kuni Qozogʻiston hukumati eʼlon qilgan bir oylik favqulodda karantin 11-mayga qadar uzaytirildi, ammo ayrim sohalar 27-apreldan boshlab ishlay boshlagan.

“Karantin yangi kasallanish holati qayd etilmaganidan keyin butkul toʻxtatiladi”, dedi Qozogʻiston bosh shifokori Ayjan Esmagambetova 17-aprel kuni Nur-Sultondagi brifingda.

Tarazdagi yopiq kiyim doʻkonlari, 18-aprel. COVID-19 karantini vaqtida faqat oziq-ovqat va zaruriy mahsulotlar sotuvchi doʻkonlargina oʻz faoliyatini davom ettirmoqda. (Aydar Ashimov)

Tarazdagi yopiq kiyim doʻkonlari, 18-aprel. COVID-19 karantini vaqtida faqat oziq-ovqat va zaruriy mahsulotlar sotuvchi doʻkonlargina oʻz faoliyatini davom ettirmoqda. (Aydar Ashimov)

Yopiq qurilish mollari doʻkoni, 18-aprel, Taraz. Karantin vaqtida Qozogʻiston biznesi katta yoʻqotishlarga uchradi. (Aydar Ashimov)

Yopiq qurilish mollari doʻkoni, 18-aprel, Taraz. Karantin vaqtida Qozogʻiston biznesi katta yoʻqotishlarga uchradi. (Aydar Ashimov)

Qozogʻistonlik shifokorlar pandemiya vaqtida odamlar hayotini saqlab qolish uchun kurashayotgan bir paytda, hukumat inqirozning iqtisodiyotga taʼsirini yumshatishga harakat qilmoqda.

Koʻplab biznes subyektlari yopilgan, mamlakat boʻylab faqat oziq-ovqat va eng zaruriy mahsulotlar sotuvchi doʻkonlargina ishlayapti.

Bunday toʻxtash yirik kompaniyalar bilan bir qatorda, Mariya Sakulinskayaning tekstil ishlab chiqarish biznesi kabi kichik korxonalarga ham taʼsir qilgan.

AFP nashri bilan suhbatda boʻlgan Sakulinskayaning aytishicha, butun mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy zarba bergan koronavirus Qozogʻistonga kirib kelganida, uning biznesi kengayish arafasida boʻlgan.

Yakka tadbirkor sifatidagi faoliyati vaqtida ish koʻpaygani sababli u yana uchta tikuvchi bilan shartnoma tuzgan edi.

Oʻshanda uning uchun eng qizgʻin mavsum – bitiruvchilar uchun koʻylaklar tikish vaqti yaqinlashib qolgan edi.

Lekin, mart oyi oxirida koronavirus tarqalishiga qarshi kurash doirasida Qozogʻistonning ikkinchi eng yirik shahri – Olmaotada ham ikkinchi darajali biznes turlari, jumladan Sakulinskayaning korxonasi oʻz faoliyatini toʻxtatgan.

Uning eng asosiy mijozlari boʻlgan maktablar ham yopildi.

“Karantin menga kuchli taʼsir qildi”, dedi Sakulinskaya. Hammasi risoladagidek ketganida, uning oylik daromadi uch martaga oshib, 1000 AQSH dollariga (423000 tenge) yetgan boʻlar edi.

“Uyda hech narsasiz qolib ketdim. Yagona yordam hukumatdan kelmoqda”, dedi u.

“Mukammal toʻfon”

Sakulinskaya – karantin tufayli ishsiz qolganlar uchun hukumat tomonidan ajratilayotgan 42500 tenge (100 AQSH dollari) miqdoridagi yordam pulini olayotgan toʻrt million qozoq fuqarolaridan biri.

Shu oy boshidan bank hisoblariga tushirilayotgan pullar – virus va mamlakatning asosiy eksport mahsuloti boʻlgan neft narxining tushib ketishi ortidan koʻrilayotgan iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash choralaridan biri.

Qozogʻistonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev “mukammal toʻfon” deb atagan bu kombinatsiya natijasi oʻlaroq, joriy yilda Xalqaro valyuta fondi va Jahon banki Markaziy Osiyoning eng yirik iqtisodiyotida pasayish boʻlishini prognoz qilmoqda.

Tugʻruq taʼtilidagi onalar va karantin sababli daromad manbaini yoʻqotganlar hukumatdan 42500 tenge miqdorida muntazam pul yordamlari olishmoqda.

Shu bilan birga, hukumat nogironlar, nafaqaxoʻrlar va koʻp bolali oilalar kabi himoyaga muhtoj qatlam vakillariga har oy kommunal toʻlovlar uchun 35 AQSH dollari (15000 tenge) toʻlashni vaʼda qilgan.

Hukumat yordami juda zarur va men uni olqishlayman, deydi tarazlik Kamila Seysenova.

“Men 42000 tenge oldim”, dedi u. “Ariza topshirganimdan keyin uch kun oʻtib hisobimga pul oʻtkazildi. Korxonamiz ishlamayapti. Maoshsiz taʼtildaman, bu pul oilamizga yordam boʻladi.”

Sifatsiz Xitoy jihozlari

Kasallanish holatlari koʻpayib borar ekan, Xitoyda ishlab chiqarilgan testlar va himoya vositalarining sifatsiz ekanligi aniqlanishi ortidan mamlakat COVID-19 test toʻplamlarini mustaqil ravishda ishlab chiqarishga kirishgan.

Qoʻshma Shtatlar tomonidan qurilgan Sogʻliqni saqlash vazirligi qoshidagi Karantin va zoonoz infeksiyalar boʻyicha Qozogʻiston ilmiy markaziga qarashli Markaziy referens laboratoriyasi koronavirus testlarini ishlab chiqishda muvaffaqiyatga erishmoqda, deb aytgan sogʻliqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov.

Mahalliy shifokorlar Xitoy testlari va mahsulotlariga uncha ishonmaydilar, ayniqsa internetda xitoylik “ishlab chiqaruvchilar”ning antisanitariya sharoitlarida tibbiy niqoblar tikayotgani aks etgan videolar tarqaganidan keyin bu holat yanada kuchaygan.

Koronavirusni aniqlaydigan Xitoy testlarining sifati koʻplab mamlakatlarda savollar keltirib chiqargan.

Xitoy rejimi mart oyidan beri xorijiy davlatlarga niqoblar va boshqa himoya vositalarini sotishdan milliardlab dollar daromad qilayotgan bir paytda, uning sifatsiz yoki nosoz tibbiy mahsulotlaridan shikoyat qilayotgan mamlakatlar soni oshgan.

Bu orada Qozogʻiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari turli mamlakatlar, jumladan Qoʻshma Shtatlardan yordam olmoqda.

22-aprel kuni DTRA Qozogʻistonga tibbiy mahsulotlar, jumladan koʻp marta ishlatiladigan shaxsiy himoya vositalari toʻplamlari – kombinezonlar, niqoblar, qoʻlqoplar va koʻzoynaklar yetkazib bergan, deyiladi Qozogʻiston tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Shu kunning oʻzida, AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Qozogʻistonda COVID-19 virusiga qarshi kurash uchun qoʻshimcha 800 ming AQSH dollari (343,8 million tenge) ajratgan, bundan bir oy oldin ham tashkilot xuddi shuncha yordam puli taqdim etgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Minimal pensiya bilan 42500 yordam puli berilayotgani gʻirt yolgʻon.

Javob berish