Karvonsaroy
Salomatlik

Xitoy muhtoj mamlakatlarga koronavirusga oid nosoz uskunalarini sotish ortidan milliardlab daromad koʻrmoqda

Karvonsaroy va AFP

Xuaybeydagi (Xitoyning Anxoy provinsiyasi) fabrikada tibbiy qoʻlqoplar ishlab chiqarayotgan ishchilar, 23-mart. [STR/AFP]

Xuaybeydagi (Xitoyning Anxoy provinsiyasi) fabrikada tibbiy qoʻlqoplar ishlab chiqarayotgan ishchilar, 23-mart. [STR/AFP]

Xitoy rejimi mart oyidan beri koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashayotgan xorijiy mamlakatlarga niqoblar va boshqa himoya vositalarini sotishdan milliardlab dollar daromad qilayotgan bir paytda, uning sifatsiz yoki nosoz tibbiy mahsulotlaridan shikoyat qilayotgan mamlakatlar soni oshgan.

Inqiroz sharoitida oʻzini olijanob qudratli davlat deb koʻrsatishga urinayotgan Pekin butun dunyoga, jumladan, Afgʻoniston, Pokiston, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Yevropaga tibbiy jihozlar eksport qilmoqda.

Xitoyda COVID-19 holatlari kamayib borayotganiga qaramay, Pekin mamlakatdagi fabrikalarni tibbiy vositalar ishlab chiqarishni koʻpaytirishga ragʻbatlantirmoqda, zero pandemiya butun dunyo boʻylab qariyb 90 ming kishini hayotdan olib ketishga ulgurdi.

1-martdan beri Xitoy 3,86 milliard dona niqob, 37,5 million dona himoya kombinezoni, 16000 ta sunʼiy nafas oldirish moslamasi va 2,84 million dona COVID-19 testlarini eksport qildi. 50 dan ortiq davlatdan buyurtmalar olindi, deb maʼlum qilgan shu hafta boshida Xitoy bojxona xizmati rasmiysi Jin Xay.

Shunday boʻlsa-da, bir qator davlatlar, jumladan Gollandiya, Filippin, Xorvatiya, Turkiya va Ispaniya Xitoydan keltirilgan tibbiy vositalarning sifatsiz yoki yaroqsiz ekanligidan shikoyat qilishgan.

Finlyandiya tomonidan sotib olingan ikki million dona himoya niqobi shifoxonalarda foydalanish uchun yaroqsiz boʻlib chiqdi, deb tasdiqlagan Finlyandiya hukumati 8-aprel, chorshanba kuni.

Mutasaddilarning taʼkidlashicha, yuz niqoblari tibbiy muhitda foydalanish uchun koronavirusdan himoya standartlariga javob bermagan.

Oʻtgan haftada Gollandiya hukumati Xitoyning sifat standartlariga javob bermaydigan 1,3 mln. niqobidan 600 mingtasini qaytarib yuborgan.

Shuningdek, oʻtgan haftada Ispaniya vakolatsiz Xitoy kompaniyasi tomonidan yuborilgan minglab tezkor test toʻplamlarini ishonchsiz deb topib, ularni qabul qilishdan bosh tortgan.

Xitoy tovarlari bilan bogʻliq shunga oʻxshash shikoyatlar dunyoning boshqa mamlakatlaridan ham olinmoqda.

Tarixni qayta yozish

Pekin turli fitna nazariyalarini tarqatib, dunyoni larzaga keltirgan koronavirusning tarqalib ketishi bilan bogʻliq aybni doimiy ravishda oʻzidan soqit qilishga urinar ekan, muruvvatli davlat boʻlib koʻrinishga harakat qilmoqda.

Rasmiylar Xitoyda paydo boʻlgan virus dunyo boʻylab mislsiz oqibatlarni keltirib chiqarayotganini anglab yetgach, Xitoyning dezinformatsiya mashinasi ishga tushgan edi.

Yevropa Ittifoqi, NATO va Katta yettilik davlatlari Xitoy rejimiga qarshi eʼtiroz bildirib, uning butun dunyoda insonlar hayotini xavf ostida qoldirayotgani, demokratik jamiyatlarga putur yetkazib, koronavirus pandemiyasi haqida zararli maʼlumot tarqatishda davom etayotgani qoraladilar.

Virusning vatani boʻlgan Uxanda yangi kasallanish holatlari qayd etilmaganini iddao qilayotgan Xitoy rasmiylari maʼlumotlarining naqadar ishonchli ekani xalqaro hamjamiyatni xavotirga solmoqda.

Xitoy rasmiylari avval-boshdan yangi koronavirus masalasida shaffofroq boʻlganlarida, dunyo hozirda COVID-19ga qarshi kurash uchun ancha yaxshi holatda boʻlar edi, deydi yetakchi kuzatuvchilar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 9

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Dezinformatsiya ham yetarlicha. Xitoyni javobgarlikka tortish kerak.

Javob berish

Xitoyni yamonlashni bas qillilar Axmoqlar, sanlarni iching qora Xitoyni Kura olmaysanlar

Javob berish

Ular oʻtgan yerdan oʻt oʻsmaydi. 58653

Javob berish

Urumchi, 9 aprel /Sinxua/ – Xitoy hukumati Qozogʻistonning soʻroviga binoan COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashda yordam berish uchun ushbu mamlakatga tibbiy mutaxassislar guruhini yubordi. Jamoa payshanba kuni Xitoyning shimoli-gʻarbiy Shinjon-Uygʻur avtonom viloyati poytaxti Urumchidan Qozogʻistonga joʻnab ketdi. Davlat sogʻliqni saqlash komissiyasi tomonidan tashkil tuzilgan guruh Shinjonda saralab olingan 10 nafar mutaxassisdan tarkib topgan. Pulьmonogiya, intensiv terapiya, yuqumli kasalliklar va Xitoy xalq tibbiyoti sohalariga ixtisoslashgan ekspertlar Shinjondagi bir nechta kasalxonalar va Kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish boʻyicha hududiy markaz vakillari hisoblanadi. Tibbiy mutaxassislar jamoasi aʼzolari 2020 yil 9 aprel kuni Xitoyning Shinjon-Uygʻur avtonom viloyati shimoli-gʻarbidagi Urumchi shahrida joylashgan “Urumchi Divopu” xalqaro aeroportiga toʻplanmoqda. Xitoy hukumati Qozogʻistonning soʻroviga binoan COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashda yordam berish uchun ushbu mamlakatga tibbiy mutaxassislar guruhini yubordi. (Sinxua) Xitoylik mutaxassislar qozogʻistonlik hamkasblari bilan COVID-19 profilaktikasi, uni tashxis qilish va davolash boʻyicha Xitoy tajribasi bilan oʻrtoqlashadilar va mahalliy tibbiyot xodimlari, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy soha vakillari uchun oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazadilar. Jamoa oʻzi bilan Shinjon tomonidan hadya qilingan tibbiy buyumlar, jumladan 49600 dona bir martalik tibbiy niqoblar, 4800 dona N95 niqobi, 2000 don

Javob berish

Isqirt xitoylar hech kimga doʻst boʻlmaydi

Javob berish

San dustmisan

Javob berish

Yoʻq, Xitoydan uzoq turishimiz kerak, faqat tayyor buyumlarni sotib olishimiz kerak, ular bizning muqaddas vatanimizga kirmasligi kerak

Javob berish

Iyyy, ana musulmonni gapi ,Uzi yomonu narsasi yaxshimi ?

Javob berish

Nega sifat haqida eʼtiqodga munosabatga qarab hukm qilasiz?
Darvoqe, Xitoy tibbiy asbob-uskunalarining sifatsizligi boshqa xalqlar hayotiga ham tahdiddir!

Javob berish