Karvonsaroy
Salomatlik

Xitoy, Rossiya va Eron tomonidan tarqatilayotgan yolgʻonlar diqqat markazida boʻlib turibdi

Karvonsaroy va AFP

Karantindagi yashash joylariga olib kelingan choʻchqa goʻshtiga navbatda turgan xitoyliklar, Uxan, Xitoyning Xubey viloyati, 2020-yil 18-mart. COVID-19 virusining Uxandan chiqqanini isbotlovchi alohida va rad etib boʻlmaydigan ilmiy dalillar mavjud ekaniga qaramay, Xitoy ularni rad etishga va oʻzgartirishga urinmoqda. (STR/AFP)

Karantindagi yashash joylariga olib kelingan choʻchqa goʻshtiga navbatda turgan xitoyliklar, Uxan, Xitoyning Xubey viloyati, 2020-yil 18-mart. COVID-19 virusining Uxandan chiqqanini isbotlovchi alohida va rad etib boʻlmaydigan ilmiy dalillar mavjud ekaniga qaramay, Xitoy ularni rad etishga va oʻzgartirishga urinmoqda. (STR/AFP)

Dunyo boʻylab koronavirus pandemiyasi kuchayib borayotgan bir vaqtda Xitoy, Rossiya va Eron tomonidan tarqatilayotgan dezinformatsiya kampaniyasi xalqaro hamjamiyatning eʼtibor markaziga tushgan.

Bu uch hukumat faol ravishda COVID-19 virusining kelib chiqishiga oid muqobil iddaolarni yoyinlamoqda.

Xitoy hukumatining avvalgi bayonotlarida yangi koronavirus Uxanda kelib chiqqani aniq hujjatlashtirilgan va tasdiqlangan.

Kasallanish va oʻlim bilan bogʻliq ilk holatlar Uxanda qayd etilgan. Xitoy hukumati uning tarqalishini nazoratga olishidan avval bu halokatli virus butun dunyoga tarqab ketdi, kundalik hayot tarzini oʻzgartirib, bir necha oʻn minglab odamlarni zararladi va shu kungacha 10 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin boʻldi.

Koronavirus pandemiyasi sababli pavozlarning toʻxtatilishi ortidan Moskvada qolib ketgan Markaziy osiyoliklar Moskvaning Vnukovo aeroportida uyga qaytish uchun oʻz reyslarini kutmoqda, 2020-yil, 24-mart. (Aleksandr Nemenov/AFP)

Koronavirus pandemiyasi sababli pavozlarning toʻxtatilishi ortidan Moskvada qolib ketgan Markaziy osiyoliklar Moskvaning Vnukovo aeroportida uyga qaytish uchun oʻz reyslarini kutmoqda, 2020-yil, 24-mart. (Aleksandr Nemenov/AFP)

Mart oyi boshlarida Tehrondagi nazorat punktida yoʻlovchilarning tana haroratini tekshirayotgan eronlik shifokor. (ISNA)

Mart oyi boshlarida Tehrondagi nazorat punktida yoʻlovchilarning tana haroratini tekshirayotgan eronlik shifokor. (ISNA)

Rad etib boʻlmaydigan dalillarga qaramay, Xitoy, Rossiya va Eron rejimlarining har biri oʻzining gʻarazli maqsadi yoʻlida COVID-19 virusining kelib chiqishi haqida yolgʻon xabarlarni tarqatmoqda.

Xitoy aybini tan olmayapti

Xitoy koronavirus pandemiyasining dunyo boʻylab tarqalishidagi roliga nisbatan tanqidlarga qarshi faollik bilan kurashar ekan, buning uchun fitna nazariyalarini ilgari surmoqda.

Bu fitna nazariyalari oddiy fuqarolar tomonidan emas, balki Xitoy hukumatidagi yuqori mansabdor shaxslar tomonidan tarqatilmoqda.

Rasmiylar Xitoyda paydo boʻlgan virus butun dunyoda misli koʻrilmagan zarar yetkazayotganini tushunganlaridan keyin Xitoyning dezinformatsiya mashinasi ishga tushdi.

Fevral oyi oxirida Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Chjao Litszyan “COVID-19 virusi Xitoyda aniqlangan boʻlsa-da, u Xitoyda paydo boʻlgan degani emas”, deya shubha urugʻini socha boshlagan.

“Uxanga epidemiyani AQSH armiyasi olib kelgan boʻlishi mumkin. Shaffof boʻling! Maʼlumotlarni ochiqlang! AQSH bizga tushuntirish berishi kerak”, deb yozgan Chjao 12-mart kuni oʻzining Tvitter sahifasida.

22-mart kuni esa Chjao oʻz fikrini oʻzgartirib, Tvitterda virus oʻtgan yili sentabr oyida Qoʻshma Shtatlarda paydo boʻlgan deb yozdi va AQSH hukumati “nolinchi bemor” bemor haqida batafsil maʼlumot izlashi kerakligini aytdi.

Xitoy rasmiylari tarqatayotgan maʼlumotlarning aniqligi borasida xalqaro hamjamiyatning xavotiri kuchaymoqda. 18-mart kuni Xitoy mahalliy miqyosda kasallanish bilan bogʻliq yangi holat qayd etilmagani haqida xabar bergan. COVID-19 virusining tarqalish koʻlamini hisobga olganda, koʻpchilik kuzatuvchilar Xitoyda yangi kasallanish holatlari yuz bermagani haqidagi maʼlumotlarga shubha bildirgan.

23-mart kuni Pekin Moskva bilan birga Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi tomonidan taklif etilgan virusning tarqalishiga oid deklaratsiyaga veto qoʻydi.

Hujjat loyihasida “xalqaro miqyosdagi tinchlik va xavfsizlikka tahdid solishi mumkin boʻlgan COVID-19 virusining misli koʻrilmagan darajada tarqalishi yuzasidan xavotirlar kuchayib borayotgani” taʼkidlanadi.

Hujjat virus tarqalishiga oid masalalarda “toʻliq shaffoflikka” chaqiradi. Ayrim kuzatuvchilarga koʻra, bunda Xitoyning hukumat sirlariga nisbatan tanqidlar nazarda tutilgan.

Rossiya odamlar hayotini xavf ostida qoldirmoqda

Kremlparast ommaviy axborot vositalari sogʻliqni saqlash tizimlariga nisbatan ishonchni soʻndirish orqali Gʻarbdagi inqirozni yanada ogʻirlashtirish maqsadida COVID-19 haqida dezinformatsiya tarqatmoqda .

Mart oyi boshlarida Yevropa Ittifoqining Rossiya dezinformatsiyasiga qarshi kurashuvchi Stratcom East ishchi guruhi 22-yanvardan beri koronavirusga oid 80 ta dezinformatsiya holati aniqlanganini maʼlum qilgan.

Maqsad – sarosima va qoʻrquv paydo qilishga qaratilgan oʻnlab, ayrim hollarda bir-biriga zid gap-soʻzlarni tarqatishdan iborat.

Bunga “koronavirus Xitoy, AQSH yoki Buyuk Britaniya tomonidan ishlab chiqilgan biologik qurol boʻlib, u dastlab Xitoyda emas, balki AQSHda paydo boʻlgan yoki virus totalitar hukmronlik oʻrnatish vositasidir” degan iddaolarni misol oʻlaroq keltirish mumkin.

Kremlparast manbalar bu nazariyalarni oʻzi oʻylab topmayapti, balki ular Xitoy va Erondan chiqqan fitna nazariyalarini terib olib, ularni yanada kuchaytirmoqda, deydi ishchi guruh bilan ishlayotgan tadqiqotchilar.

Shu bilan birga, Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirus inqirozi va uning atrofida yuz berayotgan dezinformatsiya kampaniyasini oʻz hukmronligini uzaytirish maqsadida konstitutsiyaviy oʻzgarishlarni joriy qilish uchun qoʻllayotgani haqidagi taxminlar ham yoʻq emas.

Mafkurani Eron xalqidan ustun qoʻyish

Oʻz navbatida Tehron turli fitna nazariyalarini tarqatmoqda, ulardan eng asosiysi – “bu virusni AQSH ishlab chiqqan” degan iddao boʻlib, u Eronning virus tarqalishini nazorat qilolmagani haqidagi ayblovlardan chalgʻitishga qaratilgan.

29-fevral kuni AQSH hukumati virusdan aziyat chekkan Eronga oʻz yordamini taklif qildi.

Biroq, koʻmakni qabul qilish va Eron xalqiga yordam berish oʻrniga, 22-mart kuni mamlakat oliy ruhoniysi Oyatulloh Ali Homanaiy taklifni rad etib , bu Eronda virus inqirozini kuchaytirishga qaratilgan harakat ekanligini taʼkidlagan.

“Homanaiy bu taklifni rad etdi, sababi u tinimsiz ravishda fitna nazariyalarini ishlab chiqish ustida ishlamoqda va mafkurani Eron xalqidan ustun qoʻymoqda”, dedi AQSH Davlat kotibi Pompeo 23-mart kuni.

“Rejim, afsuski, tasdiqlanganidan ancha yuqori boʻlgan kasallanish va oʻlim holatlari haqida Eron xalqi va dunyo hamjamiyatiga yolgʻon soʻzlashda davom etmoqda”, dedi u.

COVID-19 bilan kasallanish va oʻlim holatlari toʻgʻrisidagi aniq maʼlumotlarni jamoatchilikka yetkazishda Eron rejimining shaffof emasligi xalqaro hamjamiyatni xavotirga solib qoʻygan.

24-mart kuni Tehron koronavirus bilan bogʻliq 122 ta yangi oʻlim holatini tasdiqladi, shu tariqa oʻlganlarning rasmiy soni 1934 taga, kasallanganlar esa 24811 kishiga yetgan.

Masʼuliyatni zimmasiga olish va yordamni qabul qilish oʻrniga, Homanaiy mamlakat aholisining eʼtiqodiga koʻproq umid qilayotgan koʻrinadi.

U eronliklarni epidemiyaga qarshi kurash boʻyicha hukumatning koʻrsatmalariga amal qilishga chaqirar ekan, “barcha narsaga Qodir Zot Eron xalqi, barcha musulmon millatlar va butun insoniyat boshiga kelgan bu musibatga barham berishini” aytgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 15

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

АҚШнинг хатоси Президент Трампнинг танқидчиларига кўра, АҚШ раҳбарияти коронавирус таҳдиди олдида хато йўл тутди. Трамп маъмурияти бошида бу вирус хавфи жиддийлигини менсимади. "Аввало Америка" деган шиорини қайтариб, ўз сиёсий тизими ҳамманикидан зўрлигини урғулаш билан банд бўлди. Халқаро инқирозга қарши кураш бошида тура олмади. Энди эса халқаро етакчилик мавқеи савол остига тушмоқда.

Javob berish

Xitoyda virus tarqadi lekn u suniy yaratilmagan , bet na muncha g'alati va rasmiy malumotlarga tug'ri kelmaydi Manimcha bu tarmoqda maqolalarni yozayotganlar shaxsiy hisslarini ham adovatlarini ham qo'shib yozadi

Javob berish

Hammangiz axmoqsiz. Nodonlar uchun maqolalar yozasiz.

Javob berish

Bir tiyinga qimmat nashr! Bu pilchillagan maqolalarni kim ham oʻqir ekan, hayronman???? Gʻarbning targʻibotidan charchab ketdim!!! Itning tishini sugʻurib olsa tishlay olmasa ham hurishda davom etar ekan!

Javob berish

Qanday buzuq nashr bu? Kim bunaqa gʻalamis maqolalarni oʻqiydi va ularga ishonadi???? Laʼnati amerikoslar!!! Itning tishini sugʻurib olsangiz tishlay olmaydi, faqat huradi!

Javob berish

Rossiyadan har qanday yomonlikni kutsa boʻladi, davlatning oʻzi shunaqa

Javob berish

Nima bemaʼnilik

Javob berish

Bizda, Qozogʻistonda koʻp odamlar oʻtgan yilning noyabr oyi boshlarida tushunarsiz ravishda kuchli shamollashni boshladilar, boshqa mamlakatlarda ham shunday boʻldi (koronavirus haqidagi koʻplab videolar ostidagi fikr-mulohazalarni oʻqib koʻring). Biz shamollash alomatlari bilan darrov vrach oldiga yugurishga odatlanmaganmiz. Shuning uchun Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan kasallanish va oʻlim holatlari qayd etilmadi. Ammo Xitoyda odamlar shamollashning ilk alomatlari paydo boʻlishi bilanoq kasalxonalarga murojaat qilishgan. Shuning uchun, bemorlar oqimi kuchayganida, Xitoy bu haqda birinchi boʻlib bong ura boshladi. Agar Qozogʻiston va boshqa mamlakatlarda odamlar 2019-yil noyabr oyidan boshlab ilk alomatlar kuzatilishi bilan kasalxonaga borishganida, koronavirus bilan ogʻrigan va undan oʻlgan bemorlarning rasmiy soni koʻproq boʻlar edi. Darvoqe, bu yerda, Qozogʻistonda va boshqa postsovet mamlakatlarda Amerika biologik laboratoriyalari tiqilib yotibdi. Shunday ekan, bu kasallikni dunyoga kim va qachon olib kelgan, bu infeksiya 2019-yil noyabrda nafaqat Xitoyda, balki bir vaqtning oʻzida boshqa koʻplab mamlakatlarda ham oʻzini namoyon qila boshlagan. Bu haqda oʻylab koʻringlar, janoblar.

Javob berish

Haa! Men yanvarda betob boʻlib qoldim va kuchli-kuchli yoʻtaldim; bu juda gʻalati gripp edi. Aslida u noyabrda paydo boʻlgan edi.

Javob berish

Kremlning yana bir yolgʻoni. Buning uchun Rossiyaga qarshi qoʻshimcha sanksiya qoʻllanilishi kerak

Javob berish

Rossiya hamma yerni bulgʻatadi

Javob berish

Mualliflarning kallasi ishlamaydi

Javob berish

Bu nima safsata, ijtimoiy tarmoqlardagi koʻplab fikr-mulohazalardan bilish mumkinki, virus Uxan shahrida joylashgan Xitoy fanlar akademiyasining virusologiya instituti olimlari ishtirokida paydo boʻlgan, amerikaliklar bizni shunchalik ahmoq deb oʻylaydimi, odamlarimizni bunga qodir emas degan fikrda boʻlsa.

Javob berish

Xitoy labaratoriyasida yaratilmagan
Tabiy yaratlgan

Javob berish

Covid 19 tabiy paydo bo'lganmi yoki suniy bari bir insonytning o'zi aybdor. Agar tabiy bo'lsa tabiat umuman biosferani ifloslagan insoniyat. Agar suniy yaratilgan bo'lsa biror maqsad yo'lida.
Tamakining tutuni o'pkani chiritadi okibati o'lim, bizlar ham tabiatning o'pkasini chiritdik buning okibati turli xel kasalliklar bo'la kolmay boshqa bir ofatlarga ham olib keladi.

Javob berish