Karvonsaroy
Salomatlik

COVID-19 kelib chiqishini tekshirish davom etar ekan, virusning Uxan laboratoriyasidan sizib chiqqaniga oid nazariya kuchayib bormoqda

Karvonsaroy va AFP

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) guruhi aʼzolari COVID-19 pandemiyasi kelib chiqishini tekshirish uchun 3-fevral kuni institutga tashrif buyurgan. Suratda: Uxan virusologiya instituti tashqarisida turgan qoʻriqchilar.[Gektor Retamal/AFP]

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) guruhi aʼzolari COVID-19 pandemiyasi kelib chiqishini tekshirish uchun 3-fevral kuni institutga tashrif buyurgan. Suratda: Uxan virusologiya instituti tashqarisida turgan qoʻriqchilar.[Gektor Retamal/AFP]

PEKIN – Jahondagi yetakchi virusologlar va bir qator yetakchilar tergovni davom ettirishga chaqirar ekan, COVID-19 koronavirusi Uxan laboratoriyasida paydo boʻlgani haqidagi nazariya yana kuchaymoqda.

Ammo, bu nazariyani yana bir bor yoʻqqa chiqarish uchun Pekinning tashviqot mashinasi ishga tushgan .

2019-yil noyabr oyida, pandemiyaning ilk kasallanish holati qayd qilinishidan bir oy avval Uxan virusologiya institutining uch nafar xodimi koronavirusga oʻxshash alomatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan, deb xabar beradi Wall Street Journal (WSJ) yakshanba (23-may) kuni avval ochiqlanmagan AQSH razvedkasi hisobotiga tayanib.

Yetti yil avval xitoylik tadqiqotchilar mamlakat janubi-gʻarbidagi kondan namunalar olishgan, u yerda konchilar koʻrshapalaklardan tarqagan yangi koronavirusga oʻxshash sirli kasallikni yuqtirganlar, deya xabar bergan WSJ dushanba (24-may) kuni Xitoyning ikkita ilmiy dissertatsiyasiga asoslanib.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) guruhi COVID-19 pandemiyasining kelib chiqishini tekshirish maqsadida Uxan Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markaziga tashrif buyurdi. Suratda: Gospital ostonasidan markaz tarafga qarab turgan xodim. [Gektor Retamal/AFP]

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) guruhi COVID-19 pandemiyasining kelib chiqishini tekshirish maqsadida Uxan Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markaziga tashrif buyurdi. Suratda: Gospital ostonasidan markaz tarafga qarab turgan xodim. [Gektor Retamal/AFP]

Razvedka hisobotiga koʻra, oʻshanda nechta tadqiqotchi kasallangani va ularning shifoxonaga yotqizilganiga oid bir qator yangi dalillar keltirilgan.

Bu natijalar COVID-19 virusi haqiqatan ham laboratoriyadan tarqagan boʻlishi mumkinligi haqidagi nazariyaga qoʻshimcha dalil boʻlib xizmat qiladi.

Pandemiya sirini fosh etish

Shu yil boshida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) pandemiya kelib chiqishini oʻrganish uchun Uxanga xalqaro mutaxassislar guruhini yuborgan, ammo Pekinning yetarlicha shaffof emasligi va hamma maʼlumotlarni ham oʻrtoqlashmagani ularning ishini ogʻirlashtirgan.

Koronavirus kasalligining kelib chiqishini bir necha oy davomida inkor qilgan, yolgʻonga chiqargan, yashirgan va oʻzidan soqit qilishga uringan Xitoyning shaffof emasligi ajablanarli holat emas.

JSST va uning xitoylik hamkasblariga tegishli uzoq kutilgan hisobotda hech qanday aniq xulosa keltirilmagan boʻlsa-da, virus koʻrshapalaklardan odamga uchinchi hayvon orqali oʻtgan boʻlishi mumkinligi aytiladi.

Dastlab, mutaxassislarning hisobotiga koʻra, virus laboratoriyadan tarqagan boʻlishi “ehtimoli juda kam” deyilgan edi.

Hisobot eʼlon qilinganidan keyin JSST rahbari Tedros Adxanom Gebreyyesus barcha nazariyalar oʻz kuchida qolganini taʼkidlagan.

Xitoyning “mardonavor” choralari va kasallikdan tiklanishi hamda rejimning kechikishlarini oqlash va kasallik tarqab ketganini rad etishlarini alohida taʼkidlash orqali pandemiya narrativini oʻzgartirishga urinayotgan Pekin rasmiylari virus chiqib ketgani haqidagi nazariyaga qatʼiyan qarshi chiqmoqdalar.

Kasallikning laboratoriyadan chiqqani haqidagi nazariyani qayta tiklash JSST tergoviga nisbatan “hurmatsizlik” boʻlib, u “virusga qarshi global kurash birdamligiga putur yetkazadi”, deb aytgan Xitoy tashqi ishlar vakili Chjao Litszyan 26-may kuni avvalgi raddiyalarni takrorlab.

Seshanba kuni JSSTga aʼzo davlatlarining asosiy yillik uchrashuvida chiqish qilgan bir qator mamlakatlar vakillari qanday qilib COVID-19 virusi odamlar orasida tarqaganiga aniqlik kiritish kerakligini taʼkidlaganlar.

Oʻlimga olib kelish ehtimoli boʻlgan COVID-19 virusining qanday tarqaganini oʻrganish kelgusi pandemiyalarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.

“Biz COVID-19 virusining kelib chiqishi mutaxassislar tomonidan tergov qilinishi muhimligini taʼkidlaymiz”, deb aytgan AQSH vakili Jeremi Konindik Jahon sogʻliqni saqlash assambleyasida (JSSA).

Yevropa Ittifoqi, Avstraliya va Yaponiya tergovni davom ettirishga chaqirganlar qatorida boʻlishgan, Britaniya vakili esa “tergov oʻz vaqtida, mutaxassislar boshqaruvida va mustahkam ilmiy asoslangan holda” oʻtkazilishi kerakligini taʼkidlagan.

Raddiyalar va dezinformatsiya

Tergovga har tomonlama mazmunli yordam berish oʻrniga, Xitoy rejimi aybni oʻzidan soqit qilish va dezinformatsiya tarqatish yoʻliga qaytdi.

AQSHning yuqumli kasalliklar boʻyicha mutaxassisi Entoni Fauchi va WSJ nashri hisoboti uning soʻnggi nishoniga aylandi.

Davlatga qarashli Global Times nashrining bosh muharriri Xu Sitszinning “AQSH elitasi axloqiy jihatdan tobora tanazzulga uchramoqda, Fauchi esa ulardan biri” deb nomlangan maqolasi seshanba kuni chop etilgan.

Xu WSJ nashrining xabarini “Xitoyni obroʻsizlantiruvchi fitna” deb atagan. Fauchi “Xitoyga qarshi ulkan yolgʻon tarqatmoqda”, deb daʼvo qilgan u.

Uxan milliy bioxavfsizlik laboratoriyasi rahbari Yuan Chjimin WSJ maqolasini “mutlaqo yolgʻon” deb atagan.

“Ularning daʼvolari asossiz”, deb aytgan u Global Times nashriga.

Xitoyning gʻazabi hamda uning amerikalik olimlarni yomonotliq qilishga urinishlari shu oy boshida Fauchining COVID-19 pandemiyasi tabiiy ravishda tarqamagan, degan daʼvolaridan keyin kelib chiqqan.

“Menimcha biz qoʻlimizdan kelganicha Xitoyda nima yuz berganini aniqlamagunimizcha tergovni davom ettirishimiz kerak”, deb aytgan u 11-may kuni.

Kelajakdagi global falokatlarning oldini olish

AQSH prezidenti Jo Bayden chorshanba kuni AQSH razvedka idoralaridan COVID-19 virusi Xitoyda ilk marta hayvondan yoki laboratoriyadagi favqulodda vaziyat natijasida paydo boʻlganini aniqlab, uch oy ichida unga hisobot berishni buyurgan.

Bayonotga koʻra, razvedka idoralari “ikkita ehtimoliy ssenariyga asoslanmoqda”, ammo Xitoyda virus qanday tarqagani borasida hamon aniq bir yechimga kelishmagan, deb aytgan Bayden.

Idoralar “bizni yakuniy xulosaga olib keladigan maʼlumotni toʻplash va tahlil qilish uchun oʻz saʼy-harakatlarini ikki barobar kuchaytirishlari kerak”, deb taʼkidlagan u.

2020-yil avvalida pandemiya boshlangan payt Bayden virusga qarshi samarali kurash maqsadida uni yaxshiroq oʻrganish uchun tergovchilarni Xitoyga kiritish imkoniyatini topishga chaqirgan.

Kasallik tarqagan ilk oylarda mutaxassislarimizni kerakli joyga yubora olmaganimiz bundan buyon COVID-19 virusining kelib chiqishini oʻrganishga oid tergovga toʻsqinlik qiladi”, degan edi Bayden.

Ular kasallikning laboratoriyadan tarqab ketgani haqidagi taxminlardan qochishga harakat qilgan boʻlsalar-da, xalqaro miqyosdagi bir qancha olimlar bu nazariyani chuqurroq, yanada ilmiyroq yondashuv bilan oʻrganish kerakligini aytganlar.

Oʻtgan yili JSSAda Pekin bilan dastlab muhokama qilingan va tasdiqlangan JSSTning ilk tergovida kasallikning “zoonoz” yoki hayvondan kelib chiqishini aniqlash vazifa qilib belgilangani haqida shikoyatlar boʻlgan.

Seshanba (1-iyun) kuni yakunlanadigan JSSAda tergovning keyingi bosqichlarini hal qilish va maqsadni qayta belgilash chaqiriqlari yangragan.

AQSH sogʻqiqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vaziri Ksavye Beserra yangi shartlarni qoʻllab-quvvatladi.

“COVID kasalligining kelib chiqishini oʻrganish boʻyicha yangi tergov shaffof, ilmiy asoslangan boʻlishi, shuningdek, xalqaro mutaxassislarga virus manbai va u tarqagan ilk kunlar haqida maʼlumotlarni baholashda erkinlik berilishi kerak”, deb murojaat qilgan u JSSAga.

“Tergovning maqsadi ayblash emas, balki ilmiy asosga ega boʻlish, virus va kasallanishning kelib chiqishini aniqlash, kelajakda global falokatlar yuz berishining oldini olishda bizga yordam berishdir”, deb aytgan Konindik.

Payshanba kuni Chjao pandemiya boʻyicha yangi tergov oʻtkazish zaruriyatini rad etgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Maxfiylik va dezinformatsiya - bu ikkala harakat ham ularni oqlamaydi; aksincha, ularga nisbatan munosabatni yomonlashtiradi. Ular ochilib, tergov oʻtkazishga ruxsat berishganida, muammoning tezroq hal etilishi va kelajakda bunday pandemiyaning takrorlanmasligini istayotganlariga hamma ishonar edi. Lekin, qaralsaki, koʻrshapalaklardan yuqqani aytilayotgan, odamlarda topilgan bu virus haqiqatan ham oʻsha laboratoriyadan topilganga oʻxshaydi. Boshqa variant koʻrmayapman.

Javob berish

Bu virus Rossiyada, “Vektor” davlat virusologiya va biotexnologiya ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan. Rossiya tufayli xitoyliklar yemagan somsasiga pul toʻlamasligi kerak.

Javob berish