Karvonsaroy
Salomatlik

Xitoy “COVID-19 Italiyadan chiqqan” degan taxminlarni yoyish uchun tibbiy tadqiqotlarni buzib talqin qilmoqda

Karvonsaroy

Rimdagi Casal Palocco tibbiyot institutida COVID-19 bemorlari uchun moʻljallangan intensiv terapiya boʻlimidagi bemor yonida ishlayotgan tibbiy xodimlar, 18-noyabr, 2020-yil. [Filippo MONTEFORTE / AFP]

Rimdagi Casal Palocco tibbiyot institutida COVID-19 bemorlari uchun moʻljallangan intensiv terapiya boʻlimidagi bemor yonida ishlayotgan tibbiy xodimlar, 18-noyabr, 2020-yil. [Filippo MONTEFORTE / AFP]

Oʻtgan hafta Italiya tibbiy nashrlaridan birida chop etilgan tadqiqot natijalariga koʻra, COVID-19 koronavirusi Italiyada 2019-yil sentabr oyidayoq mavjud boʻlgan. Bu holat kasallik Xitoydan tashqariga taxmin qilinganidan ilgariroq tarqagan boʻlishi mumkinligiga ishora qilgan.

Tadqiqot bilan bogʻliq jiddiy xavotirlarga qaramay, Xitoy rejimi oʻz foydasini koʻzlab, bu yangilikni darhol turli media-platformalarda tarqatib yubordi. U tadqiqot xulosalarining asosiy tafsilotlarini oshkor qilmay, kasallikning kelib chiqishiga oid shubhalarni kuchaytirish uchun uzuq-yuluq ilmiy maʼlumotlardan foydalandi.

Milandagi Milliy saraton instituti 2019-yil sentabrdan 2020-yil martgacha boʻlgan davrda oʻpka saratoni skrining tekshiruvida qatnashgan 959 nafar sogʻlom koʻngillini oʻrganib chiqdi. Tadqiqotlardan maʼlum boʻlishicha, 11,6 foiz odam organizmida fevral oyiga qadar koronavirus antitanachalari paydo boʻlgan, deb xabar beradi institutning Tumori Journal nashri.

Italiyada COVID-19ga chalingan ilk bemor 21-fevral kuni Milan yaqinidagi kichik shaharchada aniqlangan edi, ammo kasallikning yuqish zanjirining tiklanishi olimlarni hayratda qoldirgan.

8-aprel kuni Pekinda jurnalistlar savoliga javob berayotgan Xitoy tashqi ishlar vazirligi soʻzchisi Chjao Litszyan. Chjao Xitoy rejimi dezinformatsiyasining asosiy manbalaridan biri boʻlib kelgan. [GREG BAKER / AFP]

8-aprel kuni Pekinda jurnalistlar savoliga javob berayotgan Xitoy tashqi ishlar vazirligi soʻzchisi Chjao Litszyan. Chjao Xitoy rejimi dezinformatsiyasining asosiy manbalaridan biri boʻlib kelgan. [GREG BAKER / AFP]

Xitoy rejimining asosiy dezinformatsiya maydonlaridan biri COVID-19 bilan bogʻliq boʻlgan. Butun dunyo COVID-19 tufayli joriy qilingan karantin va oʻlim holatlaridan aziyat chekib turgan bir paytda, Pekin va uning OAV mashinasi Xitoyning bu borada qanday muvaffaqiyatlarga erishganini koʻz-koʻz qilishga urindi. 15-avgust kuni olingan ushbu suratda Uxan shahridagi sunʼiy suv havzasi ichida salqinlab, tomosha koʻrayotgan xitoyliklar aks etgan. [STR/AFP]

Xitoy rejimining asosiy dezinformatsiya maydonlaridan biri COVID-19 bilan bogʻliq boʻlgan. Butun dunyo COVID-19 tufayli joriy qilingan karantin va oʻlim holatlaridan aziyat chekib turgan bir paytda, Pekin va uning OAV mashinasi Xitoyning bu borada qanday muvaffaqiyatlarga erishganini koʻz-koʻz qilishga urindi. 15-avgust kuni olingan ushbu suratda Uxan shahridagi sunʼiy suv havzasi ichida salqinlab, tomosha koʻrayotgan xitoyliklar aks etgan. [STR/AFP]

Agar bu tadqiqotlar aniq boʻlsa, ular virusning Italiyada “birinchi bemor” aniqlanmasdan oldin simptomsiz holda tarqala boshlaganiga ishora qilishi mumkin.

Siyena universiteti ayni shu jurnal uchun “Italiyada pandemiyadan avvalgi davrda SARS-CoV-2 antitanachalarining kutilmaganda aniqlanishi” nomli SARS-CoV-2 antitanachalarini aniqlash boʻyicha maxsus test oʻtkazgan.

SARS-CoV-2 – COVID-19 kasalligini keltirib chiqaruvchi virus nomi.

Tadqiqotga koʻra, oktabr oyining ilk haftasida virusni neytrallashtiruvchi antitanachalar testi toʻrt kishida musbat natija bergan, bu ularning sentabr oyida kasallanganini bildiradi, dedi tadqiqot mualliflaridan biri Jiovanni Apolone Reuters nashriga.

“Eng asosiy xulosa: serologik testlardan keyin simptomsiz odamlarda ijobiy natija chiqibgina qolmay, balki virusni yoʻq qiladigan antitanachalar ham topilgan”, dedi Apolone.

“Bu – yangi koronavirusning aholi orasida uzoq muddat davomida past oʻlim koʻrsatkichi bilan mavjud boʻlishi uning yoʻqolib ketayotganidan emas, balki yana qaytib yuzaga chiqishi mumkinligidan darak beradi”, deb qoʻshimcha qildi u.

Ammo italiyalik olimlar bu tadqiqotga ehtiyotkorlik bilan qaramoqdalar.

Yangi koronavirus boʻyicha tadqiqot olib borayotgan Milandagi yana bir tibbiy muassasa – Sakko shifoxonasining yuqumli kasalliklar boʻlimi rahbari Massimo Galli esa “real tasdiqlarni” kutmoqda.

“Virus eski ekanligini tushunish juda qiyin, chunki u holda biz uning nega avvalroq pandemiya keltirib chiqarmaganini tushuntira olmaymiz”, deydi u Italiyaning “La Republica” nashri bilan suhbatda. “Virus portlovchi tabiatga ega – u kasalxonaga kirib kelgach, nazoratdan chiqib ketsa, oʻnlab kasallanishlarga sabab boʻlishi mumkin.”

Eʼtiborga molik boshqa taxminlar – yolgʻon musbat natijalar va ayrim odamlarda oddiy shamollash koronavirusi sababli SARS-CoV-2ga qarshi antitanachalarning paydo boʻlishi isbotlanganidir.

Shunday xavotirlar borligiga qaramay, Xitoy rejimi bu yangiliklarni oʻzining dezinformatsion narrativiga moslab tarqatishga shoshildi.

Xitoyning dezinformatsiya mashinasi

Xitoy kompartiyasi boshqaruvidagi “China Daily” inglizzabon nashri “tadqiqot virus Xitoyda aniqlanishidan bir necha oy avval Italiyada mavjud boʻlganini koʻrsatmoqda”, deb xabar tarqatgan.

Italiyada olib borilgan soʻnggi tadqiqotlar haqidagi savolga javob bergan Xitoy tashqi ishlar vazirligi soʻzchisi Chjao Litszyan COVID-19 tarqalgan joy va vaqtni shubha ostiga oluvchi boshqa xabarlar ham borligini aytdi.

“Virus chiqqan joyni aniqlash juda murakkab ilmiy masala ekanligi yana bir bor oʻz tasdigʻini topdi”, deb aytgan u seshanba (17-noyabr) kuni Pekindagi brifing chogʻida.

Chjao avval ham COVID-19 bilan bogʻliq dezinfomatsiyaga aloqador boʻlgan.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) pandemiya tarqaganini eʼlon qilganining ertasi – 13-mart kuni u oʻz Tvitterida pandemiya markazi boʻlmish “Uxanga epidemiyani AQSH harbiylari olib kelgani” haqidagi asossiz daʼvo bilan chiqqan edi.

Shuningdek, Chjao oʻz Tvitteriga koronavirus Xitoyda emas, Qoʻshma Shtatlarda paydo boʻlganini daʼvo qilgan fitnali veb-sayt maqolalarini ham joylagan.

Twitter bu tvitlar va uning manbalarini zararli, spamga va zoʻravonlikka oid yoki chalgʻituvchi deb topgan.

“China Daily” chop etgan maqola Pekinning Xitoy tashqarisidagi jamoatchilik fikriga taʼsir qilish chorasi ekanligi aniq edi. Nashrning xalqaro adadi 600 ming, mahalliy adadi esa 300 mingga yaqinni tashkil qiladi.

Shuningdek, maqolada Oksford universitetining Dalillarga asoslangan tibbiyot markazi doktori Tom Jefferson tomonidan iyul oyida eʼlon qilingan tadqiqot ham zikr qilingan.

Ekspertlar tomonidan taqriz berilmagan ushbu tadqiqotga koʻra, COVID-19 namunalari Xitoyda aniqlanishidan avval Ispaniya, Italiya va Braziliyadagi oqova suvlarda topilgan.

“Buni faqat quyidagicha izohlash mumkin: agentlar qayerdandir kelib-ketayotgani yoʻq”, deydi u Daily Telegraph nashri bilan suhbatda. “Ular doim shu yerda boʻlgan. Ularni aholi zichligi yoki atrof-muhit kabi sharoitlar qoʻzgʻashi mumkin. Biz shularga eʼtibor qaratishimiz kerak.”

Yashirish

Xitoy Uxan shahrida kasallik tarqagani haqida Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotiga 2019-yil 31-dekabrda xabar berdi, ammo rejim tarafidan belgilangan sana koʻplab savollarni keltirib chiqargan.

South China Morning Post (SCMP) gazetasida chop etilgan Xitoy hukumati maʼlumotlariga koʻra, Xubey provinsiyasida yashovchi 55 yashar xitoylik 2019-yil 17-noyabrda COVID-19ga chalingan ilk odam boʻlishi mumkin.

Bundan tashqari, yanvar oyida Xitoy rasmiylarining qariyb bir haftaga choʻzilgan sukuti dunyoni pandemiyaga ilk bosqichdayoq barham berish imkoniyatidan mahrum qildi, deb xabar bergan aprel oyida Associated Press (AP) agentligi.

Xitoy rasmiylari halokatli epidemiya tarqaganini zimdan anglagan boʻlsalar-da, virus markazi boʻlgan Uxanda bir necha oʻn minglab odamlar ishtirokida katta ziyofat oʻtkazishga ruxsat berib, virusning har tomonga tarqalishiga yoʻl qoʻyganlar.

Bayonot olti kunga (14 dan 19-yanvarga qadar) kechikdi. Nihoyat, XXR raisi Si Szinpin 20-yanvar kuni ommaga ogohlantirish bilan chiqdi. Biroq, AP ixtiyoriga kelib tushgan hujjatlar va ekspertlarning hisob-kitoblariga koʻra, bu muddat ichida kamida 3000 dan ortiq odam kasallanib ulgurgan.

Olti kunlik kechikish kasallanishning ikkinchi haftasi oʻrtalaridan boshlangan, 5-17-yanvar kunlari yuzlab odamlar COVID-19 virusi bilan mamlakat kasalxonalariga olib kelingan boʻlsa-da, bu vaqt ichida Xitoy kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi (CDC) rasman kasallanish holatlarini roʻyxatga olmagan.

Xitoy rasmiylari 13-yanvar kuni kasallik ilk marta Xitoydan tashqarida – Tailandda aniqlanganidan keyingina chora koʻrishni boshlaganlar.

JSST may oyida epidemiyaning kelib chiqishi va boshlanish sanasini aniqlash boʻyicha ikkita surishtiruv boshlagan.

Xitoy bu tadqiqotlarga koʻmaklashishga vaʼda berdi va xitoylik olimlar JSST boshchiligidagi ikkala jamoada ham ishtirok etmoqda, deb xabar berdi SCMP 13-noyabr kuni.

Biroq, soʻrovlarning muvaffaqiyati va aniqligi jamoalarning Xitoy ichkarisidan olishi mumkin boʻlgan maʼlumotlariga bogʻliq boʻladi, deb ogohlantirgan ekspertlar.

“Maʼlumotlarni birlamchi manbalardan olishga izn beriladimi yoki ularga toʻsiq qoʻyiladimi, masala shunda”, deydi sogʻliqni saqlash xavfsizligi va boshqaruv sohasidagi tadqiqotlar bilan shugʻullanuvchi Honkong shahar universiteti dotsenti Nikolas Tomas SCMP bilan suhbatda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500