PEKIN – Dunyo koʻplab iqtisodiyotlari bizneslarni yoʻq qilib, sanoqsiz odamlarni ishsiz qoldirgan COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashib turgan bir paytda, yangi koronavirus manbai boʻlgan Xitoy rekord darajadagi iqtisodiy oʻsish haqida xabar berdi.
Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, noyabr oyida Xitoyning ishlab chiqarish faolligi soʻnggi uch yil ichidagi eng tez surʼatlarda oʻsgan.
Xitoyda ishlab chiqarish faolligining asosiy koʻrsatkichi boʻlgan Xaridlar boʻyicha menejerlar indeksi (PMI) yil boshida virusning oldini olish boʻyicha qatʼiy choralar ortidan sezilarli darajada barqarorlashib, oʻtgan oyda 52,1ga yetgan.
Bu koʻrsatkich dunyo global pandemiya bilan toʻqnash kelgan fevral oyida 35,7ga tushib ketgan edi.
Mart oyida PMI 52,0 gacha koʻtarildi, chunki Xitoy korxonalari shaxsiy himoya vositalari ishlab chiqarish va sotishni jadallashtirdi – ularning katta qismi yaroqsiz va samarasiz boʻlib chiqqan.
Keyingi oylarda PMI oʻsishni pasayishdan ajratib turuvchi 50 ballik koʻrsatkichdan yuqori – 50 va 51 orasida boʻldi va oktabr oyida 51,4 ga yetdi.
Shu tariqa Xitoy bu yil ijobiy oʻsishni qayd etgan yagona yirik iqtisodiyotga aylanishi kutilmoqda.
Pandemiya ortidan daromad
Pandemiyadan foyda koʻrishni maqsad qilgan Xitoy kasallik avj olishi ortidan yuzaga kelgan taqchillik oʻrnini toʻldirish uchun niqob kabi shaxsiy himoya vositalarini ishlab chiqarishga zoʻr berdi. Yilning birinchi yarmida narxlar va talabning ortishi tufayli 73 mingdan ortiq, jumladan, aprel oyida 36 mingta kompaniya niqob ishlab chiqaruvchi sifatida roʻyxatdan oʻtgan.
Mart-may oylari oraligʻida Xitoy 50 milliard donadan ortiq niqob eksport qilgan, bu oʻtgan yilgi hajmdan 10 marta koʻp, deydi tahlilchilar.
Bu kabi choralar doirasida Xitoy rasmiylari Shinjon hududidagi musulmon ozchilikni himoya vositalari ishlab chiqaruvchi zavodlarda ishlashga majburlaganlar. Bu haqda New York Times nashri videolavha tayyorlagan boʻlib, unda yuzlab videotasvirlar, fotosuratlar va rasmiy hujjatlar dalil oʻlaroq keltirilgan.
Bu Pekin tomonidan olib borilayotgan dasturning bir qismi boʻlib, uning doirasida oxirgi bir necha yil ichida milliondan ortiq musulmonlar, jumladan etnik qozoqlar va qirgʻizlar mafkuraviy lagerlarga yuborilgan.
Pekin niqoblarni xalqaro miqyosda sotmoqda yoki tashviqot quroli oʻlaroq hadya qilmoqda. Tahlilchilar buni virus bilan bogʻliq aybni soqit qilish yoʻlidagi “niqoblar diplomatiyasi”, deb ataganlar. Shunga boʻlsa-da, past sifat sababli bunday yurish ham koʻngilsiz oqibatlarga olib kelgan.
Shunday holatlarning birida xitoylik kompaniya shifokorlarni himoyalashga moʻljallangan yarim million dona qalbaki COVID-19 niqoblarni sotgan. Kompaniya niqoblarning koronavirus bemorlari bilan ishlovchi tibbiy xodimlar uchun N95 standartlariga javob berishini va rasman sertifikat olganini yolgʻondan daʼvo qilgan.
Soʻnggi haftalarda Xitoy rejimi “vaktsina diplomatiyasini” qoʻllay boshlagan– bu samarali deb vaʼda qilingan COVID-19 vaksinasini oʻz manfaatlari doirasiga kiruvchi mintaqalarga diplomatik barter sifatida taqdim etishdir.
“Qahramon” Xitoy
Xitoy rejimi kasallikning tarqalishi va inqirozdagi aybini yashirayotganiga qaramay, COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda oʻzining “mardonavor xatti-harakatlari” haqida bong urib kelmoqda.
Bu kabi choralardan biri – avgust oyida Xitoy milliy muzeyida ochilgan “Kuch birligi” deb nomlangan yangi koʻrgazma boʻlib, unda “inqirozga qarshi kurashda erishilgan muvaffaqiyatlarni” madh etuvchi rasmlar, haykallar va xattotlik namunalari namoyish etilgan.
Boshqa mamlakatlar Xitoydan chiqib, butun dunyoga tarqagan COVID-19 bilan bogʻliq karantin cheklovlaridan aziyat chekayotgan bir vaqtda, Pekin mamlakatdagi hayot odatdagidek davom etayotganini koʻrsatishga urinmoqda. Dunyo davlatlari bu kabi kampaniyalarni taajjub bilan kuzatmoqdalar.
2020-yil boshlarida Xitoy rasmiylari halokatli kasallik avj olayotganini bila turib, deyarli bir hafta sukut saqladilar va Uxandagi virusning dunyo boʻylab tarqalib ketishiga yoʻl qoʻyib, epidemiyaga oid dalillarni qasddan yashirish yoki yoʻqotishga urindilar.
Inqiroz boshlanganidan beri Pekin fitna nazariyalarini targʻib qilish orqali koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq aybni oʻzidan soqit qilishga va ijtimoiy tarmoqlar hamda axborot makonini virus haqidagi dezinformatsiya bilan toʻldirishga harakat qildi.
Xitoy xitoyda hamma narsadan pul qiladi.
Javob berishFikrlar 2
SSSR qulaganidan keyin Xitoy YaIM Rossiyanikidan ikki baravar kichikroq edi. Endi Xitoy Rossiyadan 6-8 marta ilgarilab ketdi. Biroq, Rossiya bu vaqt ichida tabiiy boyliklar sotish trillionlab pul ishladi. Ammo bu chichqoq chukchalar hammasini oʻmardi.
Javob berishFikrlar 2