Karvonsaroy
Salomatlik

Qozogʻiston COVID-19 vaksinasini hozirlamoqda, sinovlar davom etyapti

Aydar Ashimov

Qozogʻistonlik olimlar COVID-19ga qarshi vaksinani quyonlarda sinab koʻrmoqdalar, Olmaota, sanasiz surat. [BXMITI]

Qozogʻistonlik olimlar COVID-19ga qarshi vaksinani quyonlarda sinab koʻrmoqdalar, Olmaota, sanasiz surat. [BXMITI]

NUR-SULTON – Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) Qozogʻistonning COVID-19ga qarshi ikkinchi nomzod-vaksinasini klinikaoldi sinovlari uchun tasdiqladi. Bu orada mamlakatda millionlab doza dori vositalari ishlab chiqarishga moʻljallangan zavod qurilishi davom etyapti.

JSST qozogʻistonlik olimlar tomonidan ishlab chiqilgan ikkinchi vaksinani nomzod vaksinalar roʻyxatiga kiritdi. Bu haqda 15-senyabr kuni Olmaota shahridagi Qozoq milliy agrar universitetining Xalqaro vaksinologiya markazi direktori Qaysar Tabinov oʻzining Facebook sahifasida maʼlum qildi.

13-sentabr kuni Taʼlim va fan vazirligining ilmiy qoʻmitasi bu boradagi tadqiqot natijalarini eʼlon qildi – emlashning oltinchi haftasidan keyin bemorlarda immunitetning kuchayib borishi aniqlangan.

Xuddi shu ilmiy qoʻmitaning Biologik xavfsizlik muammolari ilmiy tadqiqot instituti (BXMITI) vaksina sinovlari uchun qoʻshimcha ravishda 18 dan 50 yoshgacha boʻlgan sogʻlom koʻngillilarni saralab olmoqda.

Sanasiz surat: Jambil viloyatidagi Biologik xavfsizlik muammolari ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari COVID-19ga qarshi sinov vaksinasi ustida ish olib bormoqda. [BXMITI]

Sanasiz surat: Jambil viloyatidagi Biologik xavfsizlik muammolari ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari COVID-19ga qarshi sinov vaksinasi ustida ish olib bormoqda. [BXMITI]

3-avgust kuni hukumat rasmiylari va BXMITI olimlari Jambil viloyatida barpo etilayotgan yangi farmatsevtika zavodining qurilish maydonchasida boʻlishdi. [BXMITI]

3-avgust kuni hukumat rasmiylari va BXMITI olimlari Jambil viloyatida barpo etilayotgan yangi farmatsevtika zavodining qurilish maydonchasida boʻlishdi. [BXMITI]

Tadqiqotlar Olmaotadagi milliy ftiziopulmonologiya ilmiy markazida olib boriladi.

“Ulkan yutuq”

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti BXMITI olimlari tomonidan ishlab chiqilgan birinchi qozoq vaksinasini klinik sinovlar uchun tasdiqlangan vaksinalar roʻyxatiga kiritib boʻlgan, deyiladi institutning 29-avgust kungi xabarida.

“BXMITI tomonidan ishlab chiqilgan COVID-19ga qarshi inaktivatsiyalangan qozoq vaksinasining klinikaoldi sinovlari yakunlandi. Vaksinaning hayvonlar uchun xavfsizligi va toksik taʼsiri sinchiklab tekshirildi va endi u koʻngillilar ishtirokidagi klinik sinovlarda qoʻllanishi mumkin”, deb xabar bergan edi BXMITI 19-avgust kuni.

Vaksina kasallikka chalingan qozogʻistonliklardan olingan virus shtammi asosida yaratilgan.

Iyul oyida vaksina ixtirochilaridan 7 nafari uni koʻngilli ravishda oʻzida sinab koʻrdi, nojoʻya taʼsirlar kuzatilmadi.

Oktabr oyidan boshlab to dekabrga qadar qozogʻistonlik 200 nafar koʻngillida klinik sinovlar oʻtkazish rejalashtirmoqda. BXMITI maʼlumotlariga koʻra, sinovlar JSST talablariga muvofiq tarzda amalga oshiriladi.

Qozogʻiston vaksinasi yakunda qoʻllanish uchun ruxsat olgan taqdirda, Jambil viloyatida barpo etilayotgan farmatsevtika zavodida ishlab chiqariladi. Uning qurilish ishlari iyun oyidan beri davom etyapti.

3-avgust kuni BXMITI tomonidan oʻtkazilgan yigʻilishda qurilishga oid rejalar, obyektni foydalanishga topshirish muddatlari va loyiha bilan bogʻliq muammolar muhokama qilindi.

Zavod mahalliy vaksinatsiya dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirishda muhim rol oʻynaydi, deb taʼkidladi Jambil viloyati hokimi Berdibek Saparbayev uchrashuv davomida.

“Farmatsevtika zavodini oʻz vaqtida foydalanishga topshirish hayot-mamot masalasidir, chunki bu zavodda ishlab chiqarilgan vaksina minglab qozogʻistonliklar hayotini saqlab qolishi mumkin”, deydi Saparbayev. “Koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina mamlakat xalqi uchun katta yutuq va faxrga aylanadi”.

Zavodni foydalanishga topshirish muddati ochiqlanmagan boʻlsa-da, BXMITI yil oxiriga qadar, hatto zavod ishga tushirilgunicha 2 million doza vaksina ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Mahalliy vaksinaning yaratilishi “katta yutuqdir”, deydi Nur-Sultonlik shifokor Nagima Utekova.

Qozogʻistonning yuqori sifatli vaksinaga ega boʻlishi mamlakatni Kreml jar solayotgan shubhali Rossiya vaksinasidan himoya qilishga imkon beradi.

Rossiya vaksinasi atrofidagi xavotirlar

Butun dunyodagi tibbiyot sohasi olimlari va tibbiy mutaxassislar prezident Vladimir Putinning Rossiyada koronavirusga qarshi ilk vaksina ishlab chiqarilgani haqidagi bayonotini xavotir bilan qarshi oldilar.

Aksar mutaxassislar taxminicha, mamlakatning samarasi isbotlanmagan, sinovdan oʻtmagan “Sputnik V” preparati amalda COVID-19ning oʻzidan ham xavfliroq boʻlishi mumkin.

Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasini “COVID-19 yuqtirish xavfi boʻlgan ayrim odamlarda qoʻllab boʻlmaydi”, deb aytgan Qozogʻiston sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Marat Shoranov 3-sentabr kuni onlayn brifingda.

Uning soʻzlariga koʻra, vaksina homilador ayollar, emizikli onalar, surunkali kasallikdan aziyat chekuvchilar, shuningdek 18 yoshdan kichik va 60 yoshdan oshgan odamlar uchun xavfli boʻlishi mumkin.

Qozogʻiston ehtimoliy xarid uchun boshqa vaksinalar ustida olib borilayotgan ishlarni ham diqqat bilan kuzatmoqda.

Iyun va iyul oylarida kasallanishlar sonining keskin oshishi bilan pandemiya Qozogʻistonga juda katta ziyon yetkazdi. 11-may kuni hukumat favqulodda holatni bekor qilib, karantin choralarini yumshatdi .

Oʻshandan beri kasallanish holatlari kamaygan.

Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, mamlakatda avgust oyining ilk haftasida 7108 odam koronavirus infeksiyasiga chalingan va 222 kishi oʻlgan. 17-23-avgust oraligʻida bu raqam mos ravishda 1685 va 108 taga kamaygan.

Shuningdek, koronavirus bilan bogʻliq pnevmoniya holatlarida ham kasallikka chalinish va oʻlim darajasining pasayishi kuzatildi. Avgustning birinchi haftasida 7940 bemor pnevmoniya bilan kasallangan, 122 nafari vafot etgan boʻlsa, 17-23-avgust oraligʻida 4138 kishi kasal boʻlgan va 40 ta oʻlim qayd etilgan.

Seshanba (22-sentabr) holatiga koʻra, Qozogʻistonda COVID-19ga chalinish bilan bogʻliq 107374 holat tasdiqlangan, 1671 dan ortiq odam oʻlgan, deb xabar beradi mamlakat sogʻliqni saqlash vazirligi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Bu viruslar manbai – Qozogʻistondagi biologik qurollar ishlab chiqaradigan biogenetik laboratoriyalarga qarshi emas, balki virus oqibatlariga qarshi mutlaqo bemaʼni, axmoqona kurashdir. Bitta xatoni qayta-qayta takrorlash muhimroqqa oʻxshaydi.

Javob berish

Ha! Nega unda vahima qilib, rossiyalik shifokorlarni yordamga chaqirishdi? Ular-ku yordamga kelishdi. Endi esa [yordam soʻraganlar] ularni haqorat qilishyapti. Tushunarli. Raqobat bu. Vaksinadan olinadigan daromad hech kimga zarar qilmaydi. Lekin oʻzingizni yaxshi koʻrsatish uchun raqibingizni yomonotliq qilishingiz pastkashlikdir.

Javob berish