Karvonsaroy
Salomatlik

AQSH Tojikistonga qiymati 310 ming dollarlik COVID-19 jihozlarini yetkazib berdi

Karvonsaroy

AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi 27-yanvar kuni Tojikiston Sogʻliqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga 310964 dollarlik laboratoriya uskunalari, reagentlar va sarflash materiallarini yetkazib berdi. [AQSHning Tojikistondagi elchixonasi]

AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi 27-yanvar kuni Tojikiston Sogʻliqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga 310964 dollarlik laboratoriya uskunalari, reagentlar va sarflash materiallarini yetkazib berdi. [AQSHning Tojikistondagi elchixonasi]

DUSHANBE – AQSHning Markaziy Osiyoga tibbiy yordami COVID-19 pandemiyasining ikkinchi yilida ham davom etmoqda.

Yaqinda AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) Tojikiston Sogʻliqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga qiymati 310964 dollarlik (3,5 million somoniy) laboratoriya uskunalari, reagentlar va sarflash materiallarini yetkazib berdi, deyiladi Dushanbedagi AQSH elchixonasining seshanba (2-fevral) kungi bayonotida.

27-yanvar kuni kuni Dushanbeda ushbu tibbiy yordamni qabul qilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Polimeraza zanjiri reaksiyasi (PZR) testlari uchun zarur boʻlgan buyumlar, COVID-19 diagnostikasi uchun reagentlar, laboratoriya plastigi va shaxsiy himoya vositalari COVID-19 qatori boshqa yuqumli kasalliklarning tarqalishiga qarshi kurashda qoʻl keladi.

AQSHning doimiy yordami

Ushbu xayriya yordami CDCning pandemiyaga qarshi kurashda Tojikistonga yordam dasturi doirasida yetkazib berildi.

CDC hamkor tashkilotlar orqali hozirgacha Dushanbe va Xoʻjandda 643 nafar tibbiyot xodimiga infeksiyalarga qarshi kurash usullari boʻyicha taʼlim berdi, Tojikiston Sogʻliqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga infeksiyani nazorat qilishga oid qoʻllanma hujjatlarni ishlab chiqish va COVID-19ga qarshi samarali kurash yoʻlidagi toʻsiqlarni aniqlash uchun uchta shahardagi 18 ta tibbiyot muassasasini baholashga yordam berdi.

Shuningdek, 27 nafar laboratoriya xodimiga teskari transkripsiyali PZR usuli bilan COVID-19ni tashxislash oʻrgatildi.

CDC va uning sheriklari Tojikiston hukumatiga tibbiy muassasalarda yuqumli kasalliklar nazoratini yaxshilashga koʻmaklashishda davom etadi. CDC Tojikistonning COVID-19ga qarshi kurash choralari uchun 1,6 million dollar (18,2 million somoniy) ajratgan.

CDC Markaziy Osiyoda 1995-yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

AQSH Rossiyadan yaxshi

Javob berish

Ha... 310 ming dollar bu... Davolaninglar, birodarlar...

Javob berish