Karvonsaroy
Xavfsizlik

Dunyo davlatlari yetakchilari Ukrainaga qarshi “avvaldan oʻylangan” urushi uchun Putinni javobgarlikka tortishga vaʼda berdi

Karvonsaroy va AFP

Tokioda 24-fevral kungi miting chogʻida Rossiyaning Ukrainadagi xatti-harakatlariga qarshi norozilik namoyishida qatnashayotgan erkak. [Filip Fong/AFP]

Tokioda 24-fevral kungi miting chogʻida Rossiyaning Ukrainadagi xatti-harakatlariga qarshi norozilik namoyishida qatnashayotgan erkak. [Filip Fong/AFP]

VASHINGTON – Payshanba (24-fevral) kuni dunyo yetakchilari Rossiyaning Ukrainaga hujumini keskin qoralab, Moskvaga noqonuniy tajovuzkor urushi uchun siyosiy va iqtisodiy jazo qoʻllashga vaʼda berdi.

Payshanba kuni rossiyalik askarlar Ukrainaga turli frontlardan bosib kirib, 1945-yildan beri ilk marta eng katta urushni boshladilar.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada harbiy operatsiyalar boshlab yuborganini eʼlon qilishi ortidan bergan bayonotda AQSH prezidenti Jo Bayden yaqin orada Rossiya uchun “oqibatlarni” bayon qilishini aytdi.

“Butun dunyo bu kecha Rossiya harbiy kuchlarining asossiz va adolatsiz hujumiga uchragan Ukraina xalqi uchun duoda”, deb aytgan Bayden.

24-fevral kuni Berlinda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirganiga qarshi namoyish oʻtkazildi. [Jon Makdugall/AFP]

24-fevral kuni Berlinda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirganiga qarshi namoyish oʻtkazildi. [Jon Makdugall/AFP]

Kiyevdagi muzokaralardan soʻng qoʻshma matbuot anjumani oʻtkazish uchun Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy (oldinda) ortidan kelayotgan uning litvalik va polshalik hamkasblari – Gitanas Nauseda va Anjey Duda, 23-fevral. [Sergey Supinskiy/AFP]

Kiyevdagi muzokaralardan soʻng qoʻshma matbuot anjumani oʻtkazish uchun Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy (oldinda) ortidan kelayotgan uning litvalik va polshalik hamkasblari – Gitanas Nauseda va Anjey Duda, 23-fevral. [Sergey Supinskiy/AFP]

“Putin halokatli insoniy talafotlar va aziyatlarga sabab boʻladigan gʻarazli urushni tanladi”, deb aytdi u. “Bu hujum olib keladigan oʻlim va halokat uchun Rossiyaning yakka oʻzi javobgardir.”

“Dunyo Rossiyani javobgarlikka tortadi”, deb taʼkidlagan u.

Mamlakatning turli hududlarida portlashlar ovozi eshitilar ekan, Bayden Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatlashgan.

“Biz Ukrana va ukrainaliklarni qoʻllab-quvvatlashda va ularga yordam berishda davom etamiz”, deb aytgan Bayden telefondagi suhbatidan keyingi bayonotida.

“Rossiya Ukrainaga Ikkinchi jahon urushi davrida natsist Germaniyasi kabi qoʻrqoqlarcha va halokatli tarzda hujum qildi”, deb aytgan Zelenskiy onlayn brifingda.

Payshanba kuni Katta yettilik – Britaniya, Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya va Qoʻshma Shtatlar yetakchilari Rossiyaning “Ukraina, global tinchlik va xavfsizlikka nisbatan keraksiz tajovuziga” javoban koʻriladigan choralarni muhokama qilish uchun yopiq eshiklar ortida virtual uchrashuv oʻtkazdilar, deyiladi Baydenning bayonotida.

AQSH davlat kotibi va mudofaa vaziri NATO rahbari Yens Stoltenberg bilan birga “Ukrainaga qarshi asossiz va adolatsiz hujumni” qoraladilar, deb xabar bergan Davlat departamenti.

Juma kuni NATO Rossiyaning hujumi masalasida virtual sammit oʻtkazadi, deb xabar bergan diplomatlar AFP nashriga. Favqulodda uchrashuvdan soʻng alyans aʼzo davlatlarni himoya qilish boʻyicha “qoʻshimcha choralar” koʻrilayotgani haqida xabar bergan.

“Urush jinoyatchilarini” qoralash

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) rahbari Antoniu Guterrish BMT xavfsizlik kengashining favqulodda uchrashuvidan keyin Putinga shaxsiy va bevosita iltimos bilan yuzlangan, undan “butun insoniyat uchun” hujumni toʻxtatishni soʻragan.

“Insoniyat nomidan Yevropada asr boshidan beri eng mudhishiga aylanishi mumkin boʻlgan urushning boshlanishiga yoʻl qoʻymang”, deb aytgan u.

“Nizo darhol toʻxtatilishi kerak.”

Rossiya “suveren va mustaqil davlatga nisbatan tajovuz qilish yoʻlini tanladi”, deb aytgan Stoltenberg. U bosqinni “xalqaro huquqning qoʻpol tarzda buzilishi” deb taʼriflagan.

Chorshanba kungi favqulodda uchrashuvdan keyin Ukrainaning BMTdagi elchisi Sergey Kislitsa Rossiyaning elchisi kengash raisi vazifasidan voz kechishini talab qilgan.

“Urush jinoyatchilari gunohlaridan poklanmaydilar. Ular toʻgʻridan-toʻgʻri doʻzaxga tushadilar”, deb aytgan Kislitsa toʻlqinlanib.

“Prezident Putin Ukrainaga qarshi asossiz hujum boshlash orqali qonli va halokatli yoʻlni tanladi”, deb yozgan Britaniya bosh vaziri Boris Jonson oʻzining Tvitter sahifasida. “Britaniya va ittifoqdoshlarimiz qatʼiy javob qaytaradilar.”

“Bunday bemulohaza va xavfli harakatlar javobsiz qolmaydi”, deb bayonot bergan Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo.

“Parchalangan sanoqsiz hayotlar”

Rossiya “mislsiz yakkalanishga” duch keladi va unga qarshi Yevropa tomonidan “eng kuchli sanksiyalar” joriy qilinadi, deb aytgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tashqi siyosat boʻyicha rahbari Jozep Borrel.

“Bu bloklar masalasi emas. Bu diplomatik qudratlar oʻyini emas. Bu hayot-mamot masalasidir. Global hamjamiyatimizning kelajagi masalasi”, deb aytgan u.

“Bu ogʻir damlarda biz asossiz hujumga duch kelgan va oʻz jonidan xavotirda boʻlgan Ukraina, begunoh ayollar, erkaklar va yosh bolalar bilan birgamiz”, deb aytgan YI yetakchilari Ursula fon der Lyayyen va Sharl Mishel. “Biz Kremlni javobgarlikka tortamiz.”

BMTning qochqinlar masalasi boʻyicha oliy komissari Felippo Grandi Rossiyaning Ukrainani bosib olishi “halokatli” gumanitar oqibatlarga olib kelishi haqida ogohlantirib, qoʻshni mamlakatlarni chegaralarni ochiq qoldirishga chaqirgan.

“Tinch aholi uchun gumanitar oqibatlar ogʻir boʻladi. Urushda gʻoliblar boʻlmaydi, faqat sanoqsiz hayotlar buziladi”, deb aytgan u oʻz bayonotida.

Dunyo “unutmaydi”

Dunyo boʻylab yetakchilar Rossiya bosqinini qoraladilar.

Germaniya kansleri Olaf Sholts Putinning “vijdonsiz harakatini” tanqid qilgan va oʻz xalqining “toʻliq birdamligini” izhor qilish uchun Zelenskiy bilan suhbatlashgan.

Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok dunyo “bu sharmandali kunni unutmasligini” aytib ogohlantirgan.

“Bu hujum Rossiya uchun jiddiy siyosiy va iqtisodiy oqibatlarga olib keladi”, deb aytgan Germaniyaning iqtisodiyot va atrof-muhit vaziri Robert Xabek.

“Rossiya darhol harbiy operatsiyalarini toʻxtatishi zarur”, deb yozgan Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron oʻzining Tvitter sahifasida.

“Rossiyaning bu bosqini status-kvoni bir tomonlama oʻzgartirish urinishlariga yoʻl qoʻymaydigan xalqaro tartib asoslariga putur yetkazadi”, dedi Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida milliy xavfsizlik kengashi yigʻilishidan soʻng.

“Gretsiya revizionistik harakatlarni soʻzsiz qoralaydi”, dedi bosh vazir Kiriakos Mitsotakis payshanba kuni harbiy va energetik soha xodimlari bilan favqulodda majlis avvalida.

Italiya bosh vaziri Mario Dragi Putinni “zudlik bilan xunrezlikni toʻxtatishga va harbiy kuchlarni hech qanday shartsiz olib chiqib ketishga” chaqirdi.

“Hozir Rossiyaga qarshi juda qattiq sanksiyalar toʻplamini qoʻllashning ayni vaqti”, dedi u.

“Ukrainaga qilingan bu hujum millionlab insonlar hayotini jiddiy xavf ostida qoldiradi hamda xalqaro huquq va Rossiya majburiyatlarining qoʻpol ravishda buzilishi hisoblanadi”, deb bayonot berdi Rossiyani ham oʻz ichiga olgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT).

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Endi ijtimoiy tarmoqlarda kiyevlik oddiy qiz Snijana Bandera paydo boʻlib, sof ingliz tilida zarin gazi tumaniga oʻralgan chechenlar oʻzlarini oʻtdek qizigan ukrain pulemyotlari ustiga tashlagani va ruslaning havo hujumi natijasida uning bogʻidagi shifoxona yaqinida vayron boʻlgan cherkov haqida yozishi kerak.

Javob berish

Rossiyaga nisbatan neft embargosi ham joriy qilish kerak.

Javob berish