Karvonsaroy
Diplomatiya

Rossiya bilan muzokaralar natija bermagani tufayli ukrainalik zaxira askarlari urushga tayyorlanmoqda

Karvonsaroy va AFP

Ukrainalik zahiradagi xizmatchi Chernigov viloyatidagi Desna qishlogʻi yaqinida oʻtkazilgan mashgʻulotda ishtirok etmoqda. [Genya Savilov / AFP]

Ukrainalik zahiradagi xizmatchi Chernigov viloyatidagi Desna qishlogʻi yaqinida oʻtkazilgan mashgʻulotda ishtirok etmoqda. [Genya Savilov / AFP]

JENEVA – Dushanba (10-yanvar) kuni Rossiya Ukrainaga bostirib kirish rejasi yoʻqligini aytgan boʻlsa-da, chegara oldida Rossiyaning 100 mingga yaqin harbiylari toʻplangan bir vaqtda Kiyev tavakkal qilish niyatida emas.

Jenevada 7 soatdan ortiq muzokara olib borgan Rossiya va AQSH rasmiylari muloqotni davom ettirish taklifini bildirgan boʻlsa-da, muvaffaqiyatga erishish belgilari koʻringani yoʻq.

Yuqori darajadagi uchrashuv Rossiya oʻz qoʻshnisini keng miqyosda bosib olishidan xavfsirash fonida boʻlib oʻtgan. Ukraina askarlari 13 ming kishining hayotiga zomin boʻlgan uzoq muddatli nizoda 2014-yildan beri ikki boʻlginchi hududda Moskva qoʻllovidagi ayirmachilarga qarshi kurashib kelmoqda.

Rossiya mudofaa vaziri oʻrinbosari Sergey Ryabkov AQSH davlat departamenti kotibi oʻrinbosari Vendi Shermanga xavotirlar oʻrinsiz ekanligini taʼkidlagan.

Ukraina janubi-sharqidagi Avdeyevka yaqinida Rossiya qoʻllovidagi ayirmachilarni xandaqdan turib uzun durbin orqali kuzatayotgan ukrainalik harbiy xizmatchi, 9-yanvar. [Anatoliy Stepanov/AFP]

Ukraina janubi-sharqidagi Avdeyevka yaqinida Rossiya qoʻllovidagi ayirmachilarni xandaqdan turib uzun durbin orqali kuzatayotgan ukrainalik harbiy xizmatchi, 9-yanvar. [Anatoliy Stepanov/AFP]

Ukraina Qurolli kuchlarining zahirasi hisoblangan Ukraina hududiy mudofaa kuchlari Kalashnikov avtomatlarining yogʻoch nusxasi bilan Kiyev yaqinida mashgʻulot oʻtkazmoqda, 25-dekabr. [Sergey Supinskiy/AFP]

Ukraina Qurolli kuchlarining zahirasi hisoblangan Ukraina hududiy mudofaa kuchlari Kalashnikov avtomatlarining yogʻoch nusxasi bilan Kiyev yaqinida mashgʻulot oʻtkazmoqda, 25-dekabr. [Sergey Supinskiy/AFP]

Kiyevda #PutingaYOʻQdeymiz deb yozilgan plakat koʻtarib olgan namoyishchi, 9-yanvar. [Sergey Supinskiy/AFP]

Kiyevda #PutingaYOʻQdeymiz deb yozilgan plakat koʻtarib olgan namoyishchi, 9-yanvar. [Sergey Supinskiy/AFP]

“Hamkasblarimizga Ukrainaga “hujum qilish” rejamiz ham, niyatimiz ham yoʻqligini tushuntirdik”, deb aytgan u muxbirlarga. “Bu borada hech qanday tanglikdan xavotirlanish kerak emas.”

Moskva Vashington va uning NATOdagi ittifoqdoshlaridan keng koʻlamli murosa talab qilgan, unga javoban har qanday hujum amalga oshirilgan taqdirda qatʼiy sanksiyalar qoʻllanishi bilan tahdid qilishgan.

Kreml muzokaralarni “ijobiy” deb taʼriflagan esa-da, ikkala tomon ham kelajakdagi muhokamalarning oqibatlaridan xavotirda qolmoqda.

Rossiya bostirib kirmasligiga hech qanday dalil keltirmagan yoki nima sababdan Ukraina chegarasiga 100 mingga yaqin askar yuborganini izohlamagan, deb aytgan Sherman.

Pentagonda ham vaziyatni xuddi shunday baholashgan. Moskvaning harbiy pozitsiyasida “hech qanday katta oʻzgarish” yuz bermagan, deb aytgan Pentagon vakili Jon Kirbi.

Sherman muxbirlarga “xavfsizlik jihatidan manfaatli va strategik barqarorlikni taʼminlaydigan, ikkala davlat uchun oʻzaro manfaatli gʻoyalarni” taklif qilganini aytib oʻtgan.

Rossiyaning ayrim, jumladan NATOning kelajakda sharq tomon kengaymasligi haqidagi talablari “shunchaki istiqbolsiz”, deb taʼkidlagan Sherman.

“Biz hech kimga NATOning ochiq eshiklar siyosatiga toʻsqinlik qilishiga yoʻl qoʻymaymiz”, deb aytgan u.

Rossiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Aleksandr Glushko seshanba kuni Rossiya va NATO oʻrtasidagi aloqalarda “haqiqat onlari” yetib kelganini aytdi.

“Ittifoq bilan aloqalarimizda haqiqat onlari yetib kelgan desak mubolagʻa boʻlmaydi”, deb uning soʻzlaridan iqtibos keltirgan Rossiya axborot agentliklari.

Chorshanba kuni Bryusselda NATO-Rossiya kengashining uchrashuvi boʻlib oʻtadi, payshanbada esa Venada Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining doimiy kengashi uchrashadi, unda Ukraina masalasi kun tartibida boʻladi.

Ziyolilar qatlami NATOga aʼzo boʻlishni soʻramoqda

Bu orada Rossiya ziyolilaridan iborat kichik guruh boshiberk koʻchadan chiqib ketish uchun muqobil variant – NATOga Rossiyani kiritishni soʻrash taklifini bildirganlar.

Biz katta urush boʻsagʻasida turibmiz – (Rossiya) soʻnggi yillarda bir nechta kichik urushlarda ishtirok etib kelyapmiz”, deyiladi 9-yanvar kuni “Exo Moskvy” tomonidan eʼlon qilingan bayonotda.

“Rossiyada hamma ham uning mahalliy va tashqi siyosatini qoʻllab-quvvatlamaydi”, deb aytgan guruh NATOga aʼzo davlatlar yetakchilariga yuzlanib.

Qolaversa, hukumatimizning tajovuzkor qadamlarini qoʻllab-quvvatlash koʻlami ham kamaymoqda”, deyiladi bayonotda. “Qrim anneksiyasi haqiqatan ham koʻpchilik aholi tomonidan qoʻllab-quvvatlangani sharmandali holat boʻlgan, Ukraina bilan urushni davom ettirish esa, yaqinda Qozogʻistonga qilingan bosqin kabi endi qoʻllab-quvvatlanmayapti”.

“Xalqimiz urushni xohlamaydi”, deyiladi bayonotda.

Tashkilotga koʻra, Rossiya Gʻarbning “tabiiy ittifoqchisidir”. “Rossiya uzoq istiqbolda NATOning dushmani emas, balki toʻlaqonli aʼzosi boʻlishi kerakligiga ishonamiz”.

“Yurtimizni himoya qilishga tayyormiz”

Ayni paytda Ukraina vaziyatga ehtiyotkorlik bilan yondashib, voqealarning eng yomon rivojiga hozirlik koʻrmoqda.

Shu hafta boʻlib oʻtadigan muzokaralar oldidan Kiyev yaqinidagi oʻrmonli hududda oʻtkazilgan mashqlarda fuqarolik armiyasining kamuflyaj kiygan zahiradagi askarlari Rossiya qoʻshinlarining pistirmasiga uchragan.

Arxitektor va tadqiqotchilarni oʻz ichiga olgan potensial ukrainalik askarlar atrofida shartli ravishda tutunli granatalar portlar ekan, ular bunga javoban Kalashnikov avtomatlarining nusxalaridan oʻt ochganlar.

“Menimcha, bu mamlakatdagi har bir inson dushman bostirib kirganida nima qilish kerakligini bilishi zarur”, deydi 19 yashar universitet talabasi Daniil Larin mashgʻulotlar orasidagi qisqa tanaffus chogʻida.

Larin – Rossiya bostirib kirgan taqdirda oʻz vatanini himoya qilish maqsadida oʻtgan dam olish kunlari tushdan keyin mashgʻulot oʻtkazish uchun Kiyevdan sovet davridan qolgan tashlandiq asfalt zavodiga kelgan ellikka yaqin ukrainalik fuqarolardan biri.

Rossiya bosqini ehtimoli kuchayar ekan, soʻnggi oylarda oʻnlab tinch fuqarolar Ukraina armiyasi zaxiralariga qoʻshilgan.

Taxminan 100000 kishiga yetgan zahiradagilar Ukrainaning 215 ming askardan iborat armiyasi safini toʻldirishi kutilmoqda.

Koʻngilli fuqarolar “qurol bilan muomala qilishni, jangovar muhitda oʻzini tutishni, shaharlarni himoya qilishni oʻrganmoqdalar”, dedi Larin.

Kursantlar hujum yuz bergan taqdirda Kiyevni himoya qilish uchun tuzilgan zahira batalyonlari tarkibiga kiritilgan.

51 yoshli shifokor Marta Yuzkivning aytishicha, Rossiya armiyasi Ukrainanikidan “ancha ustun”, keng koʻlamli bosqin xavfi esa zaxiraga qoʻshilish uchun “yetarli darajada yuqori”.

“Yurtimizni hamma himoya qilishga tayyor boʻlsagina, buni uddalash mumkin”, deydi u.

Oʻtgan yil aprel oyida Rossiya qoʻshinlari chegara yaqinida toʻplana boshlaganidan beri Yuzkiv har shanba kuni bir necha soatdan taktik tibbiy yordam koʻrsatish, avtomatik quroldan oʻq otish va nazorat punktlarini joylashtirish boʻyicha mashgʻulotlarda ishtirok etgan.

Armiya uni harbiy kiyim bilan taʼminlagan, kaska, zirhli nimcha va taktik koʻzoynakni esa u oʻz puliga sotib olgan.

Batalyon qoʻmondonlaridan biri Vadim Ozirniyning aytishicha, zahiradagi kuchlar safarbarlikdan soʻng maʼmuriy binolar va muhim infratuzilma obyektlarini himoya qilishga kirishadi, shuningdek, aholini evakuatsiya qilishga koʻmaklashadi.

“Bu odamlar kelib, qoʻliga qurol olishi, qoʻmondonlik topshiriqlarini bajarib, oʻz uylarini himoya qilishlari kerak”, dedi u.

Boʻlinmadagi eng tajribali zaxirachilardan biri Denis Semyrog-Orlik haqiqiy hujumga qarshi turishga tayyor ekanligini aytadi.

“Rossiyaga yaxshigina zarba bermagunimizcha, u bizni tinch qoʻymaydi. Men sakkiz yildirki, shunday oʻy bilan yashayapman”, deydi 46 yoshli arxitektor.

“Men harbiy xizmatchi ekanligimni aniq tushunaman. Meni harbiy xizmatga chaqirishlari mumkinligi va toʻliq harbiy xizmatchi sifatida harakat qilishim kerakligi bilaman”.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 9

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiya Ukrainaga hujum qiladigan boʻlsa, barcha rus bosqinchilariga faqat oʻlim tilaymiz! Ukrainaga shon-sharaflar! Uning jasur jangchilariga shon-sharaflar boʻlsin!!!!!!

Javob berish

Ukraina, biz sen bilanmiz!

Javob berish

Rossiyaning oʻyinchoq armiyasi Ukrainaga bas kelolmaydi.

Javob berish

Qirgʻiziston Ukraina taraf! Kreml nohaq.

Javob berish

Rossiya Ukrainaga hujum qilmoqchi emasmi? Uning 100 mingta ahmoq askari Ukrainani bosib olish uchun kamlik qiladi.

Javob berish

Ukraina Rossiyaning taʼzirini berishga qodir. Biz Ukraina bilan birgamiz.

Javob berish

“Hamkorlarimiz tarafidan taxmin qilingan Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi amalga oshdi, lekin biz toʻla jangovar shay holatda ekanligimiz uchun hujumni qaytarishga muvaffaq boʻldik.” Ukraina xavfsizlik idoralari Danya Miloxinning Kiyev ayeroportida hibsga olinishiga shunday izoh berdi.

“Ashxobod oqshomi”

Javob berish

Danya Miloxin Ukrainada nimasini yoʻqotibdi? Tiz choʻkkan Rossiyada vayron boʻlgan tinch, erkin, ozod hayotnimi?

Javob berish

Ukraina tashqi ishlar vaziri Kuleba qozoqlardan Maydanni [noroziliklarni] zudlik bilan toʻxtatib, dunyo eʼtiborini Ukrainaga bosqindan chalgʻitmaslikni talab qildi.

Javob berish