Karvonsaroy
Xavfsizlik

AQSH Rossiyani Ukrainaga bostirib kirishning jiddiy oqibatlari haqida ogohlantirdi

Karvonsaroy va AFP

2020-yilda Rossiya janubidagi harbiy mashgʻulotlar paytida chang-toʻzon ichidan yurib oʻtayotgan rus zobiti. [Dimitar DILKOFF/AFP]

2020-yilda Rossiya janubidagi harbiy mashgʻulotlar paytida chang-toʻzon ichidan yurib oʻtayotgan rus zobiti. [Dimitar DILKOFF/AFP]

RIGA, Latviya – Vashington Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishni rejalayotganiga oid “dalillarni” koʻrmoqda, dedi chorshanba (1-dekabr) kuni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken hujum qilgan taqdirda Moskvaga ogʻir iqtisodiy sanksiyalar bilan tahdid qilib.

Stokgolmda rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan inqiroz yuzasidan muzokara oʻtkazishga hozirlik koʻrayotgan Blinken Moskvani Ukraina chegarasi yaqinida “oʻn minglab qoʻshimcha jangovar kuchlarni” toʻplashda ayblagan.

2014-yilda Moskva Qrimni Ukrainadan anneksiya qilib olganidan beri Rossiya bilan chegaradosh ikki hududdagi rossiyaparast ayirmachilar bilan Ukraina armiyasi oʻrtasidagi toʻqnashuvlar davom etmoqda.

“Rossiya Ukrainaga qarshi jiddiy tajovuzkor choralar rejasini tuzgani haqidagi dalillardan chuqur tashvishdamiz. Bu rejalar Ukrainani ichidan beqarorlashtirish, shuningdek keng miqyosdagi harbiy operatsiyalar oʻtkazishni oʻz ichiga oladi”, deb aytgan Blinken Latviyaning Riga shahrida NATO tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuv chogʻida.

Ukraina sharqida Rossiya qoʻllovidagi ayirmachilar bilan urush davom etayotgan mahal Donetsk viloyatining Avdeyevka shahri yaqinidagi dala istehkomida turgan ukrain askarlari, 2019-yil, 29-mart. [Anatoliy Stepanov/AFP]

Ukraina sharqida Rossiya qoʻllovidagi ayirmachilar bilan urush davom etayotgan mahal Donetsk viloyatining Avdeyevka shahri yaqinidagi dala istehkomida turgan ukrain askarlari, 2019-yil, 29-mart. [Anatoliy Stepanov/AFP]

“Hozir biz prezident Putin mamlakatga bostirib kirishga qaror qilgani yoki yoʻqligini bilmaymiz. Agar u shunday qarorga kelsa, bu ishni qisqa muddat ichida amalga oshirishga imkon izlayotganini bilamiz”, deb aytgan u.

“Uzoqqa boruvchi oqibatlar”

Blinken “bu ehtimoliy inqirozni diplomatiya orqali hal qilish – yagona toʻgʻri yoʻl” ekanligi, ammo Moskvaning agressiyani davom ettirishi “uzoq muddatli oqibatlarga” olib kelishi mumkinligini aytib oʻtgan.

“Biz Kremlga qatʼiy choralar bilan javob berishimiz, jumladan avval qoʻllamangan bir qator samarali iqtisodiy choralarni koʻrishimizni bildirdik”, deb aytgan Blinken.

Kiyevning gʻarbiy ittifoqchilari oʻtgan oydan beri Ukraina chegarasi boʻylab Rossiya askarlari toʻplanayotgani va qishda bostirib kirish ehtimoli haqida xavotir bildirib kelgan.

Rossiya hujumga tayyorgarlik koʻrayotganini qatʼiyan rad etib, NATOni keskinlikni kuchaytirishda ayblagan.

Oʻz navbatida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat sharqidagi Rossiya qoʻllab-quvvatlagan ayirmachilar bilan avj olayotgan nizolar borasida Moskva bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib borishga chaqirdi.

“Rossiya bilan bevosita muzokara olib bormay urushni toʻxtata olmasligimizni tan olishimiz kerak”, deb aytgan Zelenskiy Kiyevda deputatlarga har yilgi murojaati chogʻida.

2014-yilda Ukraina va rossiyaparast ayirmachilar oʻrtasida boshlangan urush oqibatida 13 mingdan ortiq odam halok boʻlgan. Ajralib chiqqan ikkita hududda boʻlginchilar tarafidan “Xalq respublikalari” shakllantirilgan.

Rossiya zoʻravonligiga qarshi himoya

Putin Gʻarb va Kiyevni “qizil chiziqni” kesib oʻtayotgani haqida ogohlantirgan, ammo NATO ittifoqchilari “Ukraina oʻzini himoya qila olish vositalariga ega ekanligiga amin boʻlmoqda”, deb aytgan Blinken Rigada.

NATO sharqiy qanot boʻylab kuchlarning faollashayotganini kuzatar ekan, ittifoq “Rossiyaning agressiyasi yuz bergan holatda oʻz mudofaasini kuchaytirish uchun nimalar qilish zarurligini koʻrib chiqadi”, deb aytgan u.

Rossiya Qrimni nazoratga olgan paytda qoʻllagan “ssenariydan” foydalanmoqda, jumladan Kiyevni “zoʻravon” qilib koʻrsatish orqali “dezinformatsiyani” kuchaytirmoqda, deb aytgan Blinken.

Kremlning keng qamrovli dezinformatsiya kampaniyasi dunyo boʻylab COVID-19, boshqa davlatlardagi saylovlar va boshqa mavzular borasida yolgʻon axborot tarqatib kelgan.

YI tashqi siyosati rahbari Xosep Borrel ham blok “hududiy yaxlitligi va suverenitetiga putur yetkazishga qaratilgan har qanday urinishlar oldida Ukraina bilan qatʼiy birga turishiga” vaʼda bergan.

“Ukrainaga qarshi har qanday tajovuzga qarshi qatʼiy javob qaytarilishini aniq koʻrsatish uchun barcha choralar koʻrilmogʻi zarur.”

Yevropani parchalashga urinish

Chorshanba kuni Latviya bosh vaziri Rossiyani Ukraina inqirozi yordamida Yevropani parchalash va beqarorlashtirish yoʻllarini izlayotganlikda ayblagan.

Bosh vazir Krishyanis Karinsh AFP bilan suhbatida harbiylarning toʻplanishini “xavotirli” holat deb atab, buni gaz yetkazib berishga toʻsqinlik qilish, Belarus rejimini qoʻllab-quvvatlash va dezinformatsiya kabi Kreml tomonidan olib borilayotgan oʻzaro bogʻliq harakatlarning navbatdagisi ekanligini qoʻshimcha qilgan.

Oktabr oyida tabiiy gaz narxlarini oshirish orqali Rossiya Moldovani Kremlga moyil siyosatni qabul qilishga majburlay olmadi.

NATO davlatlari tashqi ishlar vazirlarining Rigada oʻtgan majlisidan keyin chiqish qilar ekan, Karinsh Rossiyaning xatti-harakatlariga qarshi alyansning sharqiy qanotida NATOni oʻz hozirligini kuchaytirishga chaqirdi.

“Bularning bari Yevropada beqarorlik yoki tarqoqlik keltirib chiqarishga qaratilgan oʻzaro bogʻliq hodisalar kabi koʻrinmoqda”, deb aytgan Karinsh.

Putinning strategiyasi masalasida u shunday dedi: “Putinning Sovet Ittifoqiga oʻxshash rusiyzabon imperiyani qayta tiklash gʻoyasi asosiy kun tartibida ekanligiga ishonaman.”

“Agar Rossiya qarshilikka uchramasligini bilganida, harbiy nizo kelib chiqish ehtimoli katta boʻlardi”, deb qoʻshimcha qilgan u.

Rossiyaning NATO va Yevropani parchalash harakati Yevropa Ittifoqini yana “birlashtirdi” – alyansning Rigadagi uchrashuvi buni tasdiqlaydi, deb taʼkidladi u.

Rossiyaning tajovuzi yuz bergan holda “harbiy alyans sifatida NATOning albatta imkoniyatlari keng”, “kuchaytirilgan va maqsadli, hatto keng qamrovli iqtisodiy sanksiyalar” qoʻllanishi mumkin.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 7

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Putin qoʻrqdi

Javob berish

Rossiya dumini qisib qochdi :)))

Javob berish

Rossiya Ukrainaga hujum qilmaydi, bu haqda yozgan edim. U buni istaydi, lekin qoʻlidan kelmaydi. Rossiyaning dami qaytmoqda.

Javob berish

Odamlar, urush xavfini toʻxtating, ogoh boʻling! Hammamiz uchun bitta sayyora va bitta Quyosh bor! Dunyoni asrang!

Javob berish

Rossiya Ukraina chegarasi yaqinida 100 000 ga yaqin askar yiqqan. Putin buni juda katta raqam deb oʻylasa kerak, lekin Ukraina armiyasida 200 ming askar bor. Bundan tashqari, zaxirada yana 100 000 qoʻshin. Shunday ekan, Rossiya hujum qilish uchun askarlarini sonini oʻn barobar oshirishi kerak.

Javob berish

Rossiya Ukrainaga kirmaydi. Kuchi yetmaydi, hozir 2014-yil emas, u vaqtlar oʻtib ketgan.

Javob berish

Ukraina kuchli

Javob berish