Karvonsaroy
Xavfsizlik

Xalqaro maydondagi tanglik kuchayar ekan, AQSH armiyasi oʻz eʼtiborini Xitoy va Rossiyaga qaratmoqda

Karvonsaroy va AFP

Xitoy kommunist partiyasi tashkil topganiga 100 yil toʻlishi munosabati bilan 1-iyul kuni Pekinda Xalq qahramonlari yodgorligi oldida saf tortgan Xitoy faxriy qorovuli. [Van Chjao/AFP]

Xitoy kommunist partiyasi tashkil topganiga 100 yil toʻlishi munosabati bilan 1-iyul kuni Pekinda Xalq qahramonlari yodgorligi oldida saf tortgan Xitoy faxriy qorovuli. [Van Chjao/AFP]

AQSH armiyasi Xitoy va Rossiyaga qarshi harbiylar va bazalar joylashtirishni kuchaytiradi, shu bilan birga, Yaqin Sharqda Eron jangarilarini tiyib turish uchun yetarli kuchlarni saqlab qoladi, deb taʼkidlagan Pentagon oʻtgan hafta tahlil natijalariga tayangan holda.

Joriy yil avvalida prezident Jo Bayden maʼmuriyati talabiga muvofiq olib borilgan “global pozitsiyalarni tahlili” tafsilotlari rejalarning raqiblarga oshkor boʻlmasligi uchun maxfiyligicha qoladi, deydi rasmiylar.

Tahlil AQSH armiyasi uchun Hind-Tinch okeani mintaqasi ustuvor ekanligini tasdiqlagan, deydi Pentagonning oliy toifali siyosatchisi Mara Karlin.

Hujjat “ittifoqdoshlar va hamkorlar bilan mintaqa boʻylab hududiy barqarorlikka hissa qoʻshadigan tashabbuslarni ilgari surish, Xitoyning ehtimoliy harbiy tajovuzi va Shimoliy Koreya tahdidlarining oldini olish uchun qoʻshimcha hamkorlikka yoʻnaltiradi”, deb aytgan u 29-noyabr kuni muxbirlarga.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 1-dekabr kuni Kremlda boʻlib oʻtgan marosim chogʻida nutq soʻzlamoqda. [Mixail Mettsel/Sputnik/AFP]

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 1-dekabr kuni Kremlda boʻlib oʻtgan marosim chogʻida nutq soʻzlamoqda. [Mixail Mettsel/Sputnik/AFP]

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy parlamentdagi nutqidan keyin minbarni tark etmoqda, Tehron, 1-dekabr. [Atta Kenare/AFP]

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy parlamentdagi nutqidan keyin minbarni tark etmoqda, Tehron, 1-dekabr. [Atta Kenare/AFP]

Tashabbuslar “harbiy hamkorlik faoliyati uchun kengroq mintaqaviy imkoniyatlarni izlash, Avstraliya va Tinch okeani orollarida infratuzilmalarni kuchaytirish, Avstraliyada samolyotlarning rotatsion joylashuvini rejalashtirish” kabilarni oʻz ichiga oladi, deb xabar bergan Pentagon bayonotda.

“Avstraliyada jangovar va bombardimon samolyotlarning rotatsion joylashuvini koʻrishimiz, piyoda askarlarning mashgʻulotlari va logistika boʻyicha hamkorlikning kuchayishiga guvoh boʻlishimiz mumkin”, deb aytgan Karlin.

Guam, Shimoliy Mariana orollari va Avstraliyadagi aeroportlar, yoqilgʻi quyish va qurol-yarogʻlarni saqlash inshootlari yangilanadi, deb aytgan u.

Tahlilda AQSHning Tinch okeani hududidagi hozirligini kuchaytirish rejalashtirilgani yoki yoʻqligi haqidagi savolga Karlin “vaziyatni ayrim jabhalarda oʻzgartiryapmiz”, deb javob bergan.

“Oʻylaymanki, yaqin yillarda bu oʻzgarishlar yanada ortadi”, deb aytgan u.

Xitoy oʻz harbiy qudratini namoyish qilishda davom etayotgan bir paytda, AQSH ustuvor yoʻnalishlarini tasdiqlamoqda.

Oʻz dengiz flotini kuchaytirib borayotgan va Osiyo boʻylab AQSHning yetakchiligini sinov ostiga qoʻyayotgan Xitoyga qarshi turish uchun Qoʻshma Shtatlar, Britaniya va Avstraliya sentyabr oyida yangi – AUKUS deb nomlangan mudofaa ittifoqi tuzilganini eʼlon qilgan edi.

Bu pakt Pekin munozarali janubiy Xitoy dengizi ustidan nazoratni kuchaytirayotgan va Vashington qoʻllovidagi, ammo Pekin oʻz hududi deb biladigan, bir kun kelib, kerak boʻlsa kuch bilan bosib olishi mumkin boʻlgan Tayvanga nisbatan harbiy tahdidlarni oshirayotgan bir vaqtda tuzilgan.

Harbiy tanglik prezident Si Tszinpin hukmronligi davrida, bir necha oʻn yilda eng choʻqqisiga yetgan, ayni vaqtda Xitoy muntazam ravishda jangovar samolyotlar va yadroviy salohiyatga ega bombardimonchi samolyotlarni Tayvan havo hududiga yuborib turadi, davlat OAV bosqinchilik mashgʻulotlarini doimiy tarzda eʼlon qilib keladi.

Pentagonning 3-noyabr kungi xabariga koʻra, Xitoy 2027-yilga borib, 700 ta uchiriladigan jangovar yadroviy kallaklarga ega boʻlishi, 2030-yilgacha esa ularning soni 1000 taga yetishi mumkin – bu raqam AQSH armiyasi bir yil avval bashorat qilganidan ikki yarim baravar koʻp.

Rossiyaga qarshi turish

Pentagon, shuningdek Rossiyani ham kuzatib bormoqda, deyiladi hujjatda.

Tahlil “Rossiyaning Yevropadagi tajovuziga nisbatan ishonchli tiyib turish omilini mustahkamlaydi va NATO kuchlarining yanada samarali faoliyat olib borishini taʼminlaydi”, deb aytgan Karlin.

Unga koʻra, AQSH prezidenti Jo Bayden 2021-yil fevral oyida avvalgi maʼmuriyat tomonidan tasdiqlangan, Germaniyadagi 25 ming kishidan iborat faol harbiy xizmatchilar soni cheklovini bekor qilgan.

Kremlning Yevropadagi ittifoqchilari bilan munosabati 2014-yilda Rossiya Qrimni Ukrainada anneksiya qilib olganidan keyin yomonlashgan, shuningdek saylovlarga aralashuv, josuslik ayblovlari ortidan yanada kuchaygan.

Gʻarblik ittifoqchilar 2020-yil avgust oyida Sibirda Kremlning bosh tanqidchisi Aleksey Navalniyning zaharlanishini keskin qoralab, Moskvaga qarshi yana sanktsiyalar bilan javob qaytarishlari mumkinligini aytgan.

Navalniy zaharlanishdan omon qolgan, ammo fevral oyida shubhali ayblovlar bilan 32 oylik qamoq jazosiga hukm qilingan.

Avvalroq, Rossiyaning yaqin ittifoqdoshi Belarus sanktsiyalarni toʻxtatishi uchun Yevropa Ittifoqiga (YI) bosim oʻtkazish maqsadida Yaqin Sharq, Afgʻoniston va Afrikadan kelgan ilojsiz qolgan minglab migrantlardan vosita sifatida foydalangan.

Shuningdek, soʻnggi haftalarda Rossiya yangi yil arafasida Ukrainaga bostirib kirishni rejalayotgani haqidagi xabarlar ortidan tanglik yanada kuchaygan.

Dunyo liderlari Kreml bilan yaqin aloqadagi rossiyalik xususiy yollanma jangarilaridan iborat “Vagner” guruhiga nisbatan qoʻshimcha sanktsiyalar joriy qilishga kelishib olganlar.

Vagner yollanma askarlari butun dunyo boʻylab bir qancha qaynoq hududlar, xususan, Ukraina, Afrikaning bir nechta davlati va Yaqin Sharqdagi mojarolarda ishtirok etgan.

Kreml shu yil boshida Vagner yollanma guruhidan 1000 nafar jangchini mojarolar hukm surayotgan Maliga joʻnatish boʻyicha kelishuv imzolangani haqida xabarlar ortidan Frantsiya va Germaniya eʼtiboriga tushgan edi.

YI oʻtgan yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qadrdon doʻsti – Vagnerning moliyachisi deb gumon qilinadigan Yevgeniy Prigojinni guruhning Liviyadagi operatsiyalarga aloqadorligi sabab qora roʻyxatga kiritgan edi.

Eron tahdidlari

Bu orada Iroq va Afgʻonistondagi davomli urushlardan keyin, Yaqin Sharq Pentagon uchun oʻzgaruvchan hudud boʻlib qolmoqda, deb taʼkidlanadi hujjatda.

Global javobgarlik “bizdan Yaqin Sharqdagi pozitsiyamizni muntazam oʻzgartirib borishimizni talab qiladi, ammo biz doimo tahdidning tabiatiga qarab, mintaqada zudlik bilan kuchlar joylashtirish imkoniyatiga egamiz”, deb aytgan Karlin.

Bayonotga koʻra, tahlil Yaqin Sharqda Pentagonning Eron va Afgʻonistonda operatsiyalar yakunlanganidan keyin oʻzgarib borayotgan terrorchilikka qarshi kurashish talablariga nisbatan yondashuvni baholagan.

Iroq va Suriyada Pentagon “Iroq va Shom islom davlatiga” (ISHID) qarshi kampaniyani qoʻllab-quvvatlash va hamkor kuchlarning imkoniyatlarini mustahkamlashda davom etadi, deya qoʻshimcha qilinadi unda.

Eronning yadroviy va beqarorlashtirish faoliyati ayniqsa xavotirli.

17-noyabr kuni Atom energiyasi xalqaro agentligi (AEXA) Eronning yuqori darajada boyitilgan uran zahirasini 2489,7 kg deb baholagan, bu 2015-yil yadroviy shartnomaga koʻra belgilangan meʼyordan bir necha marta ortiq.

20 foizga boyitilgan uranning umumiy miqdori 113,8 kilogrammni tashkil qiladi, sentyabrda 84,3 kg boʻlgan, 60 foizga boyitilgan uran esa 10 kilogramdan 17,7 kilogramga yetgan, deyiladi xabarda.

17-noyabr kuni chop etilgan boshqa bir hisobotda AEXA mamlakatdagi ochiqlanmagan obʼektlarda yadroviy materiallarning mavjudligi borasida agentlikning bir qator savollariga yechim topishda hech qanday ilgarilash boʻlmagani aytib oʻtilgan.

Oʻtgan oʻn yillikda IIPK Suriya, Livan, Iroq va Yamanda oʻz joylashuvini oʻrnatib oʻz kuchlari va resurslarining katta qismini mintaqaviy aralashuv operatsiyalariga safarbar etgan.

Garchi Eron bu usuldan oʻz ishtirokini yashirish uchun foydalangan boʻlsa-da, dalillar Eronni mintaqada uchuvchisiz uchar qurilmalar – dronlar yordamida amalga oshirilgan bir qator hujumlar bilan bogʻlagan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500