Karvonsaroy
Tahlil

Rossiya va Xitoy harbiy va siyosiy aloqalarini kuchaytirishi ortidan “yangi tahdidlar” yuzaga kelmoqda

Karvonsaroy va AFP

Xitoy va Rossiya harbiy zobitlari 2019-yilgi qoʻshma mashgʻulotlar chogʻida rejalarni muhokama qilmoqdalar. [Xitoy mudofaa vazirligi]

Xitoy va Rossiya harbiy zobitlari 2019-yilgi qoʻshma mashgʻulotlar chogʻida rejalarni muhokama qilmoqdalar. [Xitoy mudofaa vazirligi]

RIM – Rossiya va Xitoy oʻrtasida tobora kuchayib borayotgan siyosiy va harbiy hamkorlik NATO uchun “yangi xavf” boʻlib, koʻp taraflilik tamoyiliga tahdid soladi, deb bayonot bergan harbiy ittifoq rahbari seshanba (8-iyun) kungi intervyuda.

“Qoidalarga, koʻp taraflilik tamoyiliga asoslangan tartib xavf ostida”, deb aytgan NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Italiyaning La Repubblica gazetasiga.

“Rossiya va Xitoy soʻnggi vaqtlarda ham siyosiy, ham harbiy sohalarda tobora koʻproq hamkorlik qilmoqda. Bu NATO uchun yangi muammo”, deydi u. “Yangi tahdidlar yuzaga kelmoqda.”

“Moskva va Pekin soʻnggi vaqtlarda BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti) kabi koʻp taraflama tashkilotlarda chiqarilayotgan qarorlarda oʻz pozitsiyalarini muvofiqlashtirib bormoqda”, deydi u.

2019-yil Rossiya bilan birga oʻtkazilgan harbiy mashqlar jarayonida Xitoyning ikkita H-6K bombardimonchi samolyoti snaryadlarni tashlamoqda. [Xitoy mudofaa vazirligi]

2019-yil Rossiya bilan birga oʻtkazilgan harbiy mashqlar jarayonida Xitoyning ikkita H-6K bombardimonchi samolyoti snaryadlarni tashlamoqda. [Xitoy mudofaa vazirligi]

2018-yil sentyabr oyida Rossiyada boʻlib oʻtgan “Vostok-2018” harbiy mashgʻulotlarida ishtirok etayotgan Xitoy tanklari. [Kreml]

2018-yil sentyabr oyida Rossiyada boʻlib oʻtgan “Vostok-2018” harbiy mashgʻulotlarida ishtirok etayotgan Xitoy tanklari. [Kreml]

“Shuningdek, ikkala davlat ham qoʻshma harbiy mashgʻulotlar oʻtkazmoqda, jangovar samolyotlar bilan uzoq masofali sinov parvozlarini amalga oshirmoqda, birgalikda harbiy dengiz operatsiyalarini olib boryapti, shuningdek qurolli tizimlar va internetni boshqarish boʻyicha ham jadal tajriba alishmoqda.”

14-iyun kuni yetakchilar sammitini oʻtkazadigan NATO “oʻzaro raqobat tobora kuchayib borayotgan global xavfsizlik muhitiga moslashishi zarur”, deb aytgan u.

“Biz Xitoyni dushman deb hisoblamaymiz”, deb aytgan Stoltenberg, ammo Xitoy “bizning qadriyatlarimizga qoʻshilmaydi, demokratiya, soʻz, matbuot erkinligiga ishonmaydi”.

Unga koʻra, NATO Rossiya bilan munosabatlarda ikki tomonlama yondashuv qoʻllaydi – “tiyib turish va muloqot”.

NATO qoʻshinlari “favqulodda vaziyatda har bir ittifoqchimizni har qanday xavfdan himoya qilishga tayyor”, deydi u.

Kuchli ittifoq yaratish

NATO ittifoqdoshlari Pekin va Kreml tugʻdirayotgan harbiy va siyosiy xavf yuzasidan anchadan beri oʻz xavotirini bildirib kelgan.

Oʻtgan yil sentyabr oyida chiqarilgan AQSH armiyasi hisobotiga koʻra, Xitoy harbiylari oʻn yil ichida quruqlik, dengiz va havo orqali ballistik raketalarni boshqa mamlakatlarga uchira oladigan yadroviy arsenalini ikki martaga oshirishga harakat qilmoqda.

Ayni vaqtda Xitoy rejimining yadroviy qurollar zahirasida 200 tacha jangovar kallak bor, deyiladi hisobotda.

Ayni vaqtda, bayonotga koʻra, Pekin oʻz armiyasi yer sharining istalgan qismida harakat qila olishini xohlaydi.

Bu maqsadga erishish yoʻlidagi yana bir qadam xorijda yanada ishonchliroq logistika tarmogʻini yaratishdir. Myanma, Tailand, Singapur, Indoneziya, Pokiston, Shri-Lanka, Birlashgan Arab Amirliklari, Keniya, Seyshel orollari, Tanzaniya, Angola va Tojikiston harbiy moddiy-texnik taʼminot bazalarini joylashtirish uchun koʻrib chiqilayotgan mamlakatlar hisoblanadi.

Xitoy allaqachon Jibuti va Tojikistonda harbiy bazalarga ega.

AQSH armiyasi oktyabrda hamkor mamlakatlar bilan ittifoqni kuchaytirish, Xitoy va Rossiyaning global taʼsiriga qarshi kurashishda armiyalarini muvofiqlashtirishga oid tashabbusni eʼlon qildi.

Bu tashabbus Ittifoq va hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha qoʻllanma deb nomlangan.

Xitoyning Janubiy Xitoy dengizidagi provokatsiyasiva Kremlning Ukraina bilan urushi “boshqa mamlakatlar avtonomiyasiga putur yetkazish, davlatlar va tashkilotlarning barqarorligi va birdamligiga rahna solishga qaratilgan shafqatsiz xatti-harakatlarini namoyish etadi”, degan edi oʻshanda AQSH mudofaa vaziri boʻlgan Mark Esper Vashingtondagi Atlantika kengashi tahliliy markazidagi nutqida.

Pekin va Moskva taʼsirga ega boʻlishdagi muhim vosita – sheriklarga ega emas, dedi Esper.

“Xitoy va Rossiyaning ittifoqchilari birga qoʻshib hisoblaganda oʻntadan kam”, dedi u. Shuningdek, ularning qonunbuzarlik tabiati potentsial sheriklarni choʻchitadi, deb qoʻshimcha qildi u.

Doʻstlik niqobi ostidagi raqiblik

Rossiya-Xitoy ittifoqi bilan bogʻliq xavotir ayniqsa Markaziy Osiyoda juda dolzarb, chunki geosiyosiy oʻtish jarayonini boshdan kechirayotgan bu mintaqada Rossiya va Xitoy rejimlari oʻz taʼsirini mustahkamlash uchun bir-biri bilan kurashib keladi.

Xitoy koʻrinishidan ittifoqchi boʻlsa-da, Markaziy Osiyoda Rossiyaning xavfsizlik sohasidagi taʼsirini kamaytirmoqda.

Pentagonning oʻtgan yil sentyabrda eʼlon qilingan hisobotiga koʻra, Xitoy rejimining Tojikistonda yarim maxfiy bazasi boʻlsa-da, bu hududda qoʻshimcha harbiy obʼektlar qurish masalasini koʻrib chiqmoqda.

Bunday harakatlar Xitoyning harbiy emas, balki iqtisodiy kuch ekanligi haqidagi eski stereotiplarga ziddir.

Rossiya va Xitoyning mintaqadagi manfaatlari haqidagi eski fikrlarga asoslangan avvalgi taxminlar – Pekinning sarmoyador, Moskvaning himoyachi ekanligini koʻzda tutuvchi oʻziga xos jentlmenlik kelishuvi bekor qilinmoqda, deydi tahlilchilar.

Xitoy oʻzining “yumshoq kuch” siyosatining muhim vositasi boʻlgan investitsiya loyihalari Rossiyaning himoyasiga qaram boʻlib qolishini xohlamaydi, deydi Ukrainaning Kiyev shahridagi Armiya, konversiya va qurolsizlanish boʻyicha tadqiqotlar markazining Osiyo-Tinch okeani hududi boʻyicha rahbari Yuriy Poyta.

Bu Moskva va Pekinni Markaziy Osiyoda “raqobatchilarga” aylantirdi, deydi u.

“Oʻz navbatida, Moskva ham harbiy kuchdan tashqari mintaqaga iqtisodiy sohada koʻp narsa bera olmasligini tushunadi”, degan edi Poyta 2019-yilda. “U Pekinning tobora kuchayib, Markaziy Osiyo respublikalarini oʻz qanoti ostiga olishini indamay kuzatib tura olmaydi”.

“Shu sababli ham, Xitoy va Rossiya bir-biridan mustaqil oʻyin olib bormoqda”, dedi u.

Kreml esa oʻz harbiy qudratini koʻrsatishga urinmoqda, deydi tahlilchilar.

Xitoy va Rossiya soʻnggi yillarda birgalikda bir qator harbiy mashqlar oʻtkazishdi, jumladan, Rossiya 2018-yil sentyabrda Sibirdagi Tsugol harbiy poligonida “Vostok-2018” mashgʻulotini oʻtkazgan.

Rossiyaning shu paytgacha oʻtkazgan eng yirik harbiy mashgʻulotlari, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ularni “tinch” deb atashiga qaramay, Markaziy Osiyo mamlakatlarida jiddiy tashvishga sabab boʻlgan.

“Bunday harbiy mashgʻulotlar xavotirli belgi”, degan edi oʻshanda Toshkentda yashovchi oʻzbekistonlik siyosatshunos Valeriy Xon.

“Albatta bunga harbiy zarurat yoʻq”, deydi u. “Bu – Rossiyaning oʻz kuchini namoyish qilish uchun qoʻllayotgan siyosiy harakatidir.”

“Putin oʻz strategik maqsadlariga erishishda kuch ishlatish tilinigina tushunadi”, degan edi Qozogʻiston jamoat ishonchi milliy kengashining sobiq aʼzosi Arman Shurayev.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Xitoy sarmoyasi Rossiyaning mintaqadagi mavqeiga jiddiy raqobat tugʻdirishi bilan yaxshi. Bu Rossiyani mintaqa mamlakatlari va Xitoy bilan hisoblashishga majbur qiladi.

Javob berish

Bu ittifoqning nomi “Fil va Bobik” boʻladi))

Javob berish

Rossiya toʻligʻicha Xitoyning tagida

Javob berish