Karvonsaroy
Xavfsizlik

Eng yirik harbiy-o‘quv mashqlari davomida Putin Rossiyani “tinchliksevar mamlakat” deb atadi

Karvonsaroy

13-sentabr kuni “Vostok-2018” harbiy mashqlarini binokl orqali kuzatayotgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin. (Kreml)

13-sentabr kuni “Vostok-2018” harbiy mashqlarini binokl orqali kuzatayotgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin. (Kreml)

SIBIR, Rossiya – 12-sentyabr, payshanba kuni mamlakat tarixidagi eng yirik harbiy mashg‘ulotlarni kuzatgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning tinchliksevar va noagressiv mamlakat ekanini aytdi.

“Sugol” harbiy mashg‘ulotlar bazasida o‘tkazilgan “Vostok-2018” mashqlariga 300 mingga yaqin harbiy xizmatchilar va barcha turdagi harbiy texnika, shuningdek, Xitoy va Mo‘g‘uliston armiyasi askarlari jalb etildi.

25 ming askar va 7000 ta transport vositasi, shuningdek, 250 ta vertolyot va samolyotlar “noaniq” dushman tarafidan simulyatsiya qilingan havo va yer hujumiga qarshi janglarda ishtirok etdi.

AFP xabariga ko‘ra, harbiy mashqlar ortidan o‘tkazilgan yirik harbiy paraddan so‘ng, Putin “Rossiya tinchliksevar mamlakat, bizda hech qanday tajovuzkorlik rejalari yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas”, deb aytgan.

13-sentabr kuni mamlakat tarixidagi eng yirik harbiy o‘quv mashqlarida qatnashayotgan Rossiya vertolyotlari. (Rossiya mudofaa vazirligi)

13-sentabr kuni mamlakat tarixidagi eng yirik harbiy o‘quv mashqlarida qatnashayotgan Rossiya vertolyotlari. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Rossiya desantchi askarlari 13-sentabr kuni tarixdagi eng yirik harbiy mashqlarga tayyorgalik ko‘rmoqda. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Rossiya desantchi askarlari 13-sentabr kuni tarixdagi eng yirik harbiy mashqlarga tayyorgalik ko‘rmoqda. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Rossiya tanklari 13-sentyabr kuni mamlakat tarixidagi eng yirik harbiy o‘quv mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Rossiya tanklari 13-sentyabr kuni mamlakat tarixidagi eng yirik harbiy o‘quv mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda. (Rossiya mudofaa vazirligi)

13-sentyabr kungi harbiy mashg‘ulotlardan so‘ng unda ishtirok etgan askarlarning dala tekshiruvi o‘tkazildi. (Kreml)

13-sentyabr kungi harbiy mashg‘ulotlardan so‘ng unda ishtirok etgan askarlarning dala tekshiruvi o‘tkazildi. (Kreml)

Ukraina va Gruziya bu fikrga qo‘shilmaydi

Rossiyaning bu da’volari uning dunyo bo‘ylab amalga oshirayotgan hatti-harakatlaridan keskin farq qiladi.

7-avgust kuni Rossiyaning Gruziya hududiga bostirib kirganiga 10-yil to‘lar ekan, Gruziya prezidenti Georgiy Margvelashvili Rossiya tarafidan Gruziya hududining istilosi davom etayotganini keskin qoraladi.

2008-yilda Rossiya qo‘shinlari Gruziyaga bostirib kirib, Janubiy Osetiya va Abxaziyani “mustaqil” mamlakatlarga aylantirganidan beri ularni sanoqli davlatlargina rasmiy ravishda tan olgan. Urushga qadar mazkur hududlar Gruziyaning beshdan bir qismini tashkil qilar edi.

O‘shandan beri Gruziya Rossiya qo‘shinlari asta-sekinlik bilan chegarani Gruziya hududiga qarab surib borayotganidan shikoyat qilgan.

Bu orada, 2014-yili Rossiya Ukrainaga bostirib kirib, hozirda minglab Rossiya qo‘shinlari joylashtirilgan Qrimni zo‘rlik bilan o‘z hududiga qo‘shib oldi.

Moskva o‘zining gibrid urushi taktikasi, jumladan, Kremlga muxolif jurnalistlarni yo‘q qilishga urinish va “maxfiy armiyani” ishga solish orqali Ukrainaga daxl qilishda davom etmoqda.

Kreml, shuningdek, tinch aholiga qarshi taqiqlangan kimyoviy qurol qo‘llagan prezident Bashar Asad rejimini qo‘llab-quvvatlash orqali Suriyada ham o‘zining tajovuzkor siyosatini davom ettirmoqda.

Aprel oyida yuz bergan chidab bo‘lmas darajadagi holatlarning birida Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Suriya rejimi Damashq yaqinidagi Duma shahrida tinch aholiga qarshi kimyoviy qurol qo‘llashda ayblangan, oqibatda kamida 40 nafar suriyalik halok bo‘lgan, 500 dan ortig‘i kasalxonaga yotqizilgan edi.

Rossiya shu kungacha 360 ming kishining yostig‘ini quritishga ulgurgan Suriyadagi fuqarolar urushida sulhni rad etdi. Suriya rejimi hozirlik ko‘rayotgan Idlib viloyatidagi isyonchilarga qarshi hujumni qo‘llab-quvvatlamoqda. Ayrim guruhlarga ko‘ra, mazkur hujum “qonli qirg‘in”ga aylanishi mumkin.

Yolg‘onlar ortidagi asl maqsad

Putinning yolg‘onlariga qaramay qo‘shni mamlakatlar fuqarolari va tahlilchilari, ayniqsa Markaziy Osiyo davlatlari yaqinda o‘tgan mashqlar aslida – xavfsizlikka tahdid ekanligini tushunmoqdalar.

“Odatda, bunday mashqlar yaxshilikdan darak bermaydi”, degan edi Toshkentda istiqomat qiladigan o‘zbekistonlik siyosatshunos Valeriy Xan shu hafta Karvonsaroy nashriga.

“Albatta, bunday mashg‘ulotlarga hech qanday harbiy zarurat yo‘q”, dedi u.

“Kelajakda 300 ming askar ishtirok etadigan, Ikkinchi Jahon urushi kabi keng miqyosli nizo yuz berishi ehtimoli kam. Rossiya o‘z quratini namoyish qilish uchun qo‘llayotgan siyosiy chora bu.”

“Biz Rossiya Ukrainada o‘zining harbiy qudratidan foydalanayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Bunday namoyish sobiq Sovet mamlakatlari, shu jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlariga tinch qo‘shnichilik borasida hech qanday ishonch bermaydi”, dedi u.

NATO “keng ko‘lamli nizoga” tayyorgarlik sifatida o‘tkazilgan mashqlarni qoralagan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Oʻzi koʻryapti, bizga esa koʻrishga ham bermayapti... Qizgʻanchiqlik ham evi bilanda!

Javob berish

Putin va uning hukumati butun dunyoga xavf tug‘diruvchi yovuz kuch, Putin harbiy jinoyatchi, terrorchi va fashist, millionlab musulmonlarning qotili, Ukraina, Gruziya, Moldova, Checheniston va Rossiyaning o‘zida ham minglab odamlarni o‘ldirgan deb, ochiq gapirish, yozish, butun dunyoga hayqirish kerak.

Javob berish

...tomorqadan, krepostnoy huquqlariyu, taxtgacha hammasi bir xil

Javob berish