Karvonsaroy
Diplomatiya

Ukraina bilan chegarada Rossiya harbiy hozirligining kuchayishi Markaziy Osiyoni xavotirga solmoqda

Karvonsaroy va AFP

7-aprel kuni Lugansk viloyati Lisichansk yaqinida Rossiya qoʻllovidagi boʻlginchilar bilan front chizigʻiga yaqin joyda turgan Ukraina harbiy xizmatchilari. [STR/AFP]

7-aprel kuni Lugansk viloyati Lisichansk yaqinida Rossiya qoʻllovidagi boʻlginchilar bilan front chizigʻiga yaqin joyda turgan Ukraina harbiy xizmatchilari. [STR/AFP]

KIYEV – Ukraina chegarasida koʻp sonli Rossiya qoʻshinlari va harbiy texnikasining toʻplanishi xalqaro hamjamiyatni jiddiy tashvishga solmoqda, Markaziy Osiyoda esa bu choralar ortidan Rossiyaning tajovuzi mintaqaga ham yetib kelishi mumkin, degan xavotirlarni kuchaygan.

Xabarlarga koʻra, postsovet davlat bilan chegaradagi Rossiya qoʻshinlari soni 2014-yildan – Ukraina sharqida urush boshlanib, Rossiya Qrimni noqonuniy ravishda bosib olganidan beri mislsiz darajada koʻpaygan.

Rossiya qoʻshinlarining koʻpayishi Ukraina armiyasi va Rossiya qoʻllovidagi ayirmachilar oʻrtasidagi janglarning kuchayishi bilan bir vaqtga toʻgʻri kelgan.

Ukraina harbiylari payshanba (8-aprel) kuni yana bir askar halok boʻlgani haqida xabar berganlar. Yil boshidan beri oʻlgan harbiylarning umumiy soni 25 kishiga yetgan. 2020-yilda 50 harbiy xizmatchi hayotdan koʻz yumgan edi.

5-aprel kuni Donetsk viloyati Avdiivkadan unchalik uzoq boʻlmagan joyda Rossiya qoʻllovidagi boʻlginchilar bilan front chizigʻida turgan ukrainalik harbiy xizmatchi. [STR/AFP]

5-aprel kuni Donetsk viloyati Avdiivkadan unchalik uzoq boʻlmagan joyda Rossiya qoʻllovidagi boʻlginchilar bilan front chizigʻida turgan ukrainalik harbiy xizmatchi. [STR/AFP]

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 18-mart kuni Moskvada Rossiya tarafidan Qrimning anneksiya qilinganiga 7 yil toʻlishi munosabati bilan oʻtkazilgan kontsert chogʻida nutq soʻzlamoqda. [Vyacheslav Prokofev/Sputnik/AFP]

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 18-mart kuni Moskvada Rossiya tarafidan Qrimning anneksiya qilinganiga 7 yil toʻlishi munosabati bilan oʻtkazilgan kontsert chogʻida nutq soʻzlamoqda. [Vyacheslav Prokofev/Sputnik/AFP]

Ukrainaning asosan rusiyzabon sharqiy qismidagi nizoda 2014-yildan beri 13 ming kishi halok boʻlgan.

Nizodagi toʻqnashuvlar oʻtgan yili otashkesim haqidagi yangi kelishuv kuchga kirishi ortidan toʻxtagan edi, ammo artilleriya va minomyot hujumlari bilan bogʻliq janglar yil boshidan qayta avj oldi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hafta boshida nizoni yakunlashning yagona yoʻli sifatida NATOni mamlakatning unga aʼzolik talabini koʻrib chiqishni tezlashtirishga chaqirdi.

Kiyevning ittifoqchilari Rossiyani keyingi harakatlari va askarlar sonini oshirganiga qarshi ogohlantiruvchi qator bayonotlarni eʼlon qilganlar.

Kreml qoʻshinlar faollashuvini inkor etmagan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi videolarda hududda Rossiyaning koʻplab harbiy mashinalari va zirhli texnikasi harakatlanayotgani yoki olib kelinayotganini koʻrish mumkin.

“Biz Rossiyani chegara yaqinida bu darajada qoʻshin toʻplash maqsadini ochiq bayon qilishga chaqiramiz”, deb aytgan Pentagon vakili Djon Kyorbi.

Germaniya kansleri Angela Merkel payshanba kuni Moskvani harbiylar sonini qisqartirishga chaqirgan.

“NATO Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini qatʼiyan qoʻllab-quvvatlaydi. Yaqin hamkorligimizga sodiq qolamiz”, deb aytgan NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg.

“Harakatlarini oldindan aytib boʻlmaydigan qoʻshni”

Markaziy Osiyoliklarning koʻpchiligi Ukrainada yuz berayotgan voqealarni jiddiy xavotir bilan kuzatib bormoqda.

Prezident Vladimir Putin rejimi “aktiv gibrid urushini oʻz ichiga olgan buzgʻunchi tashqi siyosat olib bormoqda”, deydi Qozogʻiston jamoat ishonchi milliy kengashining sobiq aʼzosi Arman Shurayev.

"Putin oʻz strategik maqsadlariga erishishda kuch ishlatish tilinigina tushunadi ”, deydi u. “Shu sababli, Ukrainadagi vaziyatni tahlil qilib shuni aytish mumkinki, harakatlarini oldindan taxmin qilib boʻlmaydigan bunday qoʻshnisi bor ekan, Qozogʻistonda ham shunday holat yuz berishini istisno qilib boʻlmaydi.”

“Putinning rossiyaliklar orasidagi reytingi tushib ketgan, shuning uchun u zaif mamlakatlarga hujum qilish bilan siyosiy ochko toʻplamoqchi”, deydi Shurayev.

"Shu bois ham Qozogʻiston hamma narsaga tayyor turishi va oʻz mudofaa sanoatini maksimal darajada rivojlantirishi kerak”, deydi u.

Oʻtgan bir necha yil davomida Qozogʻiston ekstremizmga qarshi kurash va mudofaa imkoniyatlarini kuchaytirish yoʻlida sezilarli ishlar qildi, jumladan samarali “raqamli armiya” yaratish uchun kompyuter texnologiyalari joriy qilindi.

Joriy yilda Qozogʻiston harbiy mashgʻulotlar oʻtkazdi va yangilarini rejalashtirmoqda.

Rossiyalik siyosatchilar muntazam ravishda qozogʻistonliklarga shimoldagi ulkan qoʻshnisi oldida zaif ekanligini eslatib turadi, hatto Qozogʻistonda kremlparastlik kayfiyatini targʻib qiladi.

Bunga misol, Milliy ozodlik harakati (MOH) nomi bilan tanilgan Rossiyaning irredentistik tashkiloti Nur-Sultonda oʻz idorasini ochgan va qozogʻistonliklarni unga qoʻshilishga chaqirmoqda.

Qozogʻistonning bir qismi, agar qozoqlar uning sovgʻa ekanligini tan olishmasa, Rossiyaga qaytarilishi kerak , deb aytgan Rossiya davlat Dumasi deputati Yevgeniy Fyodorov – MOHga rahbarlik qiladi.

Markaziy Osiyo uchun ogohlik

“Markaziy Osiyo mamlakatlari Donbass va Qrimda sodir boʻlayotgan voqealarni diqqat bilan kuzatishlari kerak”, deydi 20 yildan ortiq vaqt mobaynida postsovet mamlakatlardagi hodisalarni yoritib kelgan Kiyevdagi daniyalik jurnalist Maykl Andersen.

“Putin oʻziniki deb bilgan sobiq SSSR mamlakatlarining Gʻarb bilan yaqin munosabatda boʻlishini xohlamaydi”, deydi u.

“Putin ukrainaliklar Maydan (Ukrainadagi Kremlga qarshi harakat) ortidan demokratiyani qabul qilishlariga qarab tura olmasdi, chunki rossiyaliklar ham xuddi shu fikrga kelishlari mumkinligidan qoʻrqar edi va bu harakatga chegara qoʻydi”, deydi Andersen.

“Putin va Rossiyaning davlat boshqaruvidagi OAV Markaziy Osiyo boʻylab oʻz siyosiy kun tartibini targʻibot qilishi hamda turli manipulyatsiyalar va yolgʻonlardan foydalanishiga koʻp marta guvoh boʻldik”, deydi u. “Ukraina va Gruziyada urush boshlashdan oldin Putin aynan shu ishlarni qilgan.”

"Markaziy Osiyo mamlakatlari ehtiyot boʻlishlari kerak , koʻzlarini kattaroq ochib, nimalar boʻlayotganiga va Putin rejimi nimani taklif qilayotganiga ahamiyat qaratishlari kerak”, deydi u. “Bu 30 yil avval odamlar rad etgan narsaga qaytish, nimaga endi yana uni xohlab qolishdi?”

“Ukraina tajribasini koʻrar ekanmiz, Rossiyaning gibrid agressiyasi batamom harbiy tus olishi mumkin”, deydi Qirgʻizistonning sobiq diplomati, bishkeklik Murat Konokbayev.

“Markaziy Osiyo mamlakatlari boshqalarning tajribasidan oʻrnak olishi va toʻgʻri xulosa chiqarishi kerak”, deydi u.

“Qirgʻiziston qoʻshni Qozogʻistonga nisbatan Rossiyadan uzoqroqda, ammo qirgʻizlar Rossiyaning ehtimoliy tajovuzi oldida ancha zaif ”, deydi Konokbayev.

“Biz anchadan beri ularning nazorati ostidamiz. Mamlakatimizdagi siyosiy jarayonni nazorat qilib keladigan Kremlning agentlari Bishkekda doimiy yashab kelishadi”, deydi u. “Shu bilan birga, Kremlning Bishkekda boshqaruvchi elitasi orasida bir nechta taʼsirga ega aʼzolari bor.”

“Bu aʼzolar Moskva uchun manfaatli boʻlgan qarorlarni qabul qilishlari mumkin”, deydi Konokbayev. “Uning taʼsir doirasidan chiqib ketgan mamlakatlarga Rossiya nima qilishini koʻrdik. Biz bilan bunday boʻlmaydi, deb oʻylash soddalik boʻladi.”

[Maqolani tayyorlashga Olmaotadan Kanat Altinbayev hissa qoʻshdi.]

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 21

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Ukraina ozod xalq barakala Garb va Aqsh

Javob berish

Rossiya – bu doim nochorlik va vayrongarchilik degani.

Javob berish

MOHning (Milliy ozodlik harakati) yaramasi Fedorovni Nur-Sultondan haydash kerak. Unga Qozogʻiston poytaxtida MOH vakolatxonasini ochishga kim va nimaga ruxsat berdi? U Qozogʻiston hukumatidagi kimnidir shunchalik qoʻrqitib qoʻyganmiki, ular imperiya revanshchisining taklifini rad eta olishmagan?

Javob berish

Rossiya Kubada yadro quroli joylashtirishi kerak, hech boʻlmaganda 100 mingta raketa, 500 tasini Yevropaga, 500 tasini Amerikaga yoʻnaltirishi kerak.

Javob berish

Rossiya Ukrainadan taʼzirini yeydi, 2014-yilmas hozir.

Javob berish

Koʻp narsa kerakmas-ku, toʻgʻrimi?

Javob berish

Chang yutaverib s...lib ketishadi

Javob berish

Millatchi rus basharangni tepish kerak.

Javob berish

Ushbu Rossiya-Ukraina urushida men Ukraina tarafidaman. Kremlning tajovuziga qarshi kurashda ularni qoʻllab-quvvatlayman.

Javob berish

Dumbul, Rossiya jang ham qilmagan hali, ammo dunyoda ishtoniga xalta qilib qoʻyganlar shunchalik koʻpki!!! Shimingizni hoʻllab qoʻymang, axir sizlar madaniyatli odamlarsiz, shunday emasmi? Rossiyaga tegmang va tinch uxlang.

Javob berish

Rossiyang koʻz oʻngingda toʻkilib tushyapti-ku

Javob berish

Tarixdan maʼlumki, 1918-1924-yillarda Rossiya Qozogʻiston va Markaziy Osiyo respublikalarining oʻzaro kelishmovchiliklaridan foydalanib, ularni birin-ketin tor-mor etgan. 100 yildan keyin tarix yana takrorlanmoqda. Turkiyzabon davlatlar prezidentlari oʻz qoʻshinlarini bitta armiyaga, yoki harbiy blokka birlashtirishi (yoki NATOga qoʻshilishi) uchun juda katta ehtiyoj mavjud. Aks holda, ushbu hududning egallab olinishi muqarrar.

Javob berish

Rossiyaning bunga nima aloqasi bor? Yaqinda Xitoy barchani tugatadi... u allaqachon Rossiyani, Uzoq Sharq, Baykalni uzib olmoqda. Notoʻgʻri tomonga qarayapsiz.

Javob berish

Yaxshimas

Javob berish

Rossiya taʼzirini yeyishni xohlayapti

Javob berish

Turon armiyasi gʻoyasini mustahkamlashimiz kerak

Javob berish

Bizning pozitsiyamiz shu – Qrim Ukrainaniki. Rossiya uni qaytarib, Ukraina bilan munosabatlarini yaxshilashi va avvalgidek yashagani maʼqul.

Javob berish

Nega endi qaytarishi kerak ekan? Tarixni oʻqing avval

Javob berish

Qaysi tarixni? Oy va Mars Rossiya sayyoralari ekanliginimi? Bunaqangi bemaʼni narsalarni oʻqimayman

Javob berish

Rossiya Osiyoni boshiga uradimi. Oʻzining hududi yetib ortadi. Radikallar kelib qolishsa, sizga hech qanday NATO yordam berolmaydi. Yordam soʻrab Rossiyaning oldiga yugurib kelasizlar

Javob berish

Qaysi radikallarni aytyapsiz? Chechenistonni bombardimon qilib, goh Chechenistonga, goh Ukrainaga hujum qilayotganlar va buni quyuq yolgʻon bilan aralashtirayotganlardan koʻra radikalroq kim bor?

Javob berish