Karvonsaroy
Siyosat

Rossiyaning Milliy ozodlik harakati Qozogʻistonda xavotirga sabab boʻlmoqda

Aydar Ashimov

Rossiya parlamenti deputati, Rossiya milliy ozodlik harakati (MOH) rahbari Yevgeniy Fyodorov, harakatning YouTube kanalidan olingan skrinshot. Fyodorov Qozogʻiston oʻz yerlarini Rossiya bergan sovgʻa sifatida tan olmasa, ularni qaytarib berishi kerak, deb aytgan edi. [NLM/YouTube]

Rossiya parlamenti deputati, Rossiya milliy ozodlik harakati (MOH) rahbari Yevgeniy Fyodorov, harakatning YouTube kanalidan olingan skrinshot. Fyodorov Qozogʻiston oʻz yerlarini Rossiya bergan sovgʻa sifatida tan olmasa, ularni qaytarib berishi kerak, deb aytgan edi. [NLM/YouTube]

NUR-SULTAN – Rossiyaning Milliy ozodlik harakati (MOH) deb nomlanuvchi irredentistik tashkiloti Nur-Sultonda oʻz ofisiga ega va qozoqlarni oʻz safiga qoʻshilishga chaqirmoqda, deydi mahalliy aholi.

MOHga Qozogʻiston oʻz hududining bir qismini Rossiya bergan sovgʻa sifatida tan olmasa, ularni qaytarib berishi kerak, deb aytgan Rossiya Davlat dumasi deputati Yevgeniy Fyodorov rahbarlik qiladi.

Bunday ritorika tabiiy resurslarga boy va Markaziy Osiyodagi eng koʻp etnik ruslar istiqomat qiladigan Qozogʻiston uchun ogʻriqli mavzui hisoblanadi.

Kremlparast Milliy ozodlik harakati “terroristik va ekstremistik harakat” boʻlib, uning Qozogʻistondagi faoliyati nomaqbuldir, deb yozgan edi qozogʻistonlik jurnalist Rustem Ashetayev 3-yanvar kuni Adyrna.kz saytida.

Dekabr oyida boʻlib oʻtgan jonli efir chogʻida Tojik-afgʻon chegarasidagi jangovar harakatlar faxriylari Respublika uyushmasi raisi, oqtovlik Murat Muxamejanov (chapda) Rossiya parlamenti aʼzosi Yevgeniy Fyodorovni (oʻngda) Rossiyaning Qozogʻiston hududlarini egallab olishi haqidagi gap-soʻzlari uchun javob talab qilmoqda. [Belrusinfo/YouTube]

Dekabr oyida boʻlib oʻtgan jonli efir chogʻida Tojik-afgʻon chegarasidagi jangovar harakatlar faxriylari Respublika uyushmasi raisi, oqtovlik Murat Muxamejanov (chapda) Rossiya parlamenti aʼzosi Yevgeniy Fyodorovni (oʻngda) Rossiyaning Qozogʻiston hududlarini egallab olishi haqidagi gap-soʻzlari uchun javob talab qilmoqda. [Belrusinfo/YouTube]

MOHning Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Belorussiya kelgan vakillari Rossiya parlamenti deputati Yevgeniy Fyodorov bilan kelajakdagi rejalarini muhokama qilmoqdalar, Fyodorovning YouTube kanalidan olingan skrinshot. MOH rus irredentizmini targʻib qilishga va Qozogʻiston singari postsovet davlatlar daxlsizligiga rahna solishga urinib kelmoqda.

MOHning Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Belorussiya kelgan vakillari Rossiya parlamenti deputati Yevgeniy Fyodorov bilan kelajakdagi rejalarini muhokama qilmoqdalar, Fyodorovning YouTube kanalidan olingan skrinshot. MOH rus irredentizmini targʻib qilishga va Qozogʻiston singari postsovet davlatlar daxlsizligiga rahna solishga urinib kelmoqda.

Qozogʻiston suverenitetiga tahdid

Kuzatuvchilarga koʻra, MOH Sovet Ittifoqini nostalgiya bilan eslaydigan rossiyaliklarga xush keladigan, ammo boshqalar uchun nomaqbul boʻlgan shovinizmni targʻib qiladi.

“MOH Qozogʻiston siyosiy tizimi va chegaralarini buzishga chaqirib, mamlakat mustaqilligi va suverenitetiga ochiqdan-ochiq tahdid qilmoqda. U Sovet Ittifoqini avvalgi chegaralari bilan tiklashni talab qilib, Qozogʻiston hududi Rossiyaning bir qismiga aylanishi, Rossiya prezidenti esa darhol Qozogʻistonning vakolatli gubernatori maqomini olishi kerakligini aytgan”, deb yozgan edi bloger Shingis Bayirjanuli dekabr oyida Facebook sahifasida.

MOHning qurolli boʻlinmalari sharqiy Ukrainada koʻngilli askarlar niqobida hukumat kuchlariga qarshi jang qilgan, dedi Bayirjanuli bu kabi “terroristik va ekstremistik tashkilot oʻz faoliyatini qanday qilib kuppa-kunduzi, hech bir qarshiliksiz olib borishi”dan hayratda ekanini aytar ekan.

MOH ochiq uydirmalardan ham toymaydi.

Uning veb-saytida tashkilotning Qozogʻistondagi vakolatxonasining soxta manzili yozilgan. Bu ham yetmagandek, tashkilot Qozogʻistonda roʻyxatdan oʻtmagan, deb xabar beradi KazTAG agentligi Qozogʻiston Milliy xavfsizlik qoʻmitasi (KNB) maʼlumotlariga asoslanib.

Qozogʻistonda MOH veb-sayti bloklangan. Biroq, unga kira olganlar uchun MOHning maqsadi aniq: u ham boʻlsa, Qozogʻiston, Ukraina va Belorussiyani Rossiyaga qoʻshib olish.

Millatlararo nizolarni avj oldirish

Belrusinfo YouTube kanali 22-dekabr kuni Tojik-afgʻon chegarasidagi jangovar harakatlar faxriylarining Qozogʻiston milliy uyushmasi raisi, oqtovlik zaxiradagi podpolkovnik Murat Muxamejanov va Fyodorov oʻrtasidagi bahsni jonli efirda namoyish qildi.

Muxamejanovning tashkiloti 1992-2001-yillarda Tojikistonga afgʻon chegarasini himoya qilishda yordam bergan qozogʻistonlik faxriylar tashkilotidir.

“Rossiyaning jamoatchilik va siyosiy arboblari tomonidan Qozogʻistonning hududiy yaxlitligiga daʼvolar yuzasidan bildirilgan fikrlar qozoqlarning gʻazabini qoʻzgʻadi”, deydi u. “Rossiya Davlat dumasidagi deputatlar aytayotgan narsalar millatlararo nizo qoʻzgʻash, tajovuz va urushni ragʻbatlantirishdan boshqa narsa emas”.

“Biz harbiylar buning nima bilan tugashi mumkinligini juda yaxshi tushunamiz”, deb ogohlantirdi u.

Bunday vaziyat “qon toʻkilishi va qurbonlar”ga olib kelishi mumkin va “qozoq xalqi hech qachon bunday shartlarga, yaʼni Qozogʻiston hududining Rossiyaga oʻtishiga rozi boʻlmaydi”, dedi u.

“Agar Qozogʻiston Rossiyaga qarshi pozitsiyaga oʻtsa”, Rossiya Qozogʻiston hududini oʻziga qaytarib olishi mumkin, degan edi Fedorov bunga javoban avvalgi fitnali ritorikasini takrorlab.

Rossiya ittifoqchimi?

MOH Qozogʻistonda aʼzolar yollamoqda, deb aytgan edi Muxamejanov dekabrda “Azattiq Ruhi” nashri bilan suhbatda.

“MOHga koʻra, u Qozogʻistonda oʻz aʼzolariga ega, men ularni adashganlar deb hisoblayman”, dedi u. “Bu juda xavfli. Buning isbotini koʻrmoqchi boʻlsangiz, Ukrainaga nazar soling. Men Ukraina elchixonasi va Ukraina harbiy attashesidagi rasmiylar bilan suhbatlashganman. Ular oʻtmishda Rossiyadan kelayotgan bunday fikr-mulohazalar yoki harakatlarga eʼtibor berishmagan. Ular Rossiya bizga butun umr katta ogʻa boʻlib qoladi, deb oʻylaganlar.”

Ukraina 2014-yildan beri oʻzining sharqiy hududlarida Rossiya qoʻllovidagi kuchlar va ayirmachilar bilan kurashib kelmoqda.

“Putin Rossiya konstitutsiyasini 201 marta oʻzgartirgan”, dedi u. “Shunday oʻzgartirishlardan birida qoʻshni mamlakatlardagi (etnik) rus aholisiga tahdid paydo boʻlganida, uning oʻsha mamlakatga qurolli kuchlar yuborishga haqli ekani yozilgan. Bu oʻzgartish qoʻshni mamlakatga sabotaj uyushtirish va hukumatni parchalashni anglatadi”, deb aytdi u.

Qozogʻiston Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidan (KXSHT) chiqishi kerak, chunki Rossiya “istalgan vaqtda kelishuvni buzishi va vaziyatni beqarorlashtirishi mumkin”, deb qoʻshimcha qildi u Kreml yetakchiligidagi blokni nazarda tutib.

“Bularning bari achinarli va xavotirli”, deb aytgan chimkentlik siyosiy tahlilchi Rauan Dautaliyev. “Koʻpchilik qozogʻistonliklar Rossiyani ittifoqdoshimiz deb bilardi. Kremlga yaqin siyosatchilarning bunday bayonotidan keyin esa shubha va xavotirga tushib qolganmiz.”

Bunday voqealar “Rossiyaning hatto eng yaqin qoʻshnilariga nisbatan ham tajovuzkor siyosat yuritishi haqidagi gumonlarga” sabab boʻlmoqda, dedi u.

“Qozogʻiston hukumati va huquqni muhofaza qilish idoralari Qozogʻiston mustaqilligi va hududiy yaxlitligiga qarshi chiqadigan tashkilotlarning mamlakatda faoliyat olib borishiga yoʻl qoʻymaydi”, deydi Dautaliyev. “Qozogʻistonliklar uchun bu borada xavotirga oʻrin yoʻq.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 13

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Bitta shoqol akillagan edi, qoʻtir qoʻylar ilgʻab olishdi, natsistlar darrov faollashdilar

Javob berish

Rus yerlarini Rossiyaga qaytaringlar!

Javob berish

Rossiya imperiyasini SSSR singari parchalab tashlash kerak; Rossiyadagi boshqa respublikalar - Checheniston, Tatariston, Bashqirdiston va boshqalar - suverenitetga erishsin!!! Ruslar, jin ursin sizlarni!

Javob berish

Axmoq eshshak, Rossiya parchalanib ketsa, bizning mamlakat ham tamom boʻladi, Qozogʻiston Rossiyaga juda qaram

Javob berish

Ular Chechenistonni oxirigacha zabt etolmadiku, bizni umuman bosib ololmaydi, agar Rossiya Qozogʻistonga burun suqsa, oʻzining yeridan ayriladi.

Javob berish

Rossiya oʻzi parchalanib ketadi yaqinda

Javob berish

Men rusman... Qozogʻistonni Xitoy, Rossiya va Oʻzbekiston boʻlib olamiz...

Javob berish

Oʻzbekistonni aralashtirmanglar!

Javob berish

Agar Rossiya tahdid qila boshlasa, joyini koʻrsatib qoʻyish va uning ishtirokidagi barcha ittifoqlarni tark etishimiz kerak. Bojxona ittifoqining turgan-bitgani zarar. KXSHT esa oʻlik tashkilotdir.

Javob berish

Qancha tez boʻlsa, shuncha yaxshi. Ruslar quyushqondan chiqib ketishdi!

Javob berish

Tezroq chiqib ketishsa edi! Tekinxoʻrlardan odam bezor boʻldi

Javob berish

Qozogʻistonga oʻxshagan

Javob berish

Qozogʻiston hududi daxlsiz! Rossiyaning hozirgi rahbarlari nafaqat qoʻshni mamlakatlar, balki eng avvalo, oʻz xalqi uchun tahdiddir.

Javob berish