Karvonsaroy
Siyosat

Kremlning imperialistik ambitsiyalari qozogʻistonliklarning keskin tanqidiga uchradi

Kseniya Bondal

Prezident Vladimir Putin Rossiya Liberal-Demokratik partiyasi rahbari va Davlat dumasi aʼzosi Vladimir Jirinovskiyni Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirlamoqda, 2015-yil. [Kreml]

Prezident Vladimir Putin Rossiya Liberal-Demokratik partiyasi rahbari va Davlat dumasi aʼzosi Vladimir Jirinovskiyni Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirlamoqda, 2015-yil. [Kreml]

OLMATA – Oʻzining irredentistik munosabatini oʻzgartirolmaydigan va buni xohlamaydigan rossiyalik siyosatchilar Markaziy Osiyodagi “Rossiya hududlari” va “Rossiya chegaralarini tiklash” haqidagi asossiz daʼvolar bilan qozoqlarning gʻazabini qoʻzgʻashda davom etmoqda.

Bu safar Pavlodar shahridagi oʻnlab koʻchalarning nomini oʻzgartirib, ularga sovetcha nomlar oʻrniga qozoqlarning milliy oʻzligi va tarixini aks ettiruvchi nomlarni berishga qaror qilingani ular uchun bahona boʻldi.

Madaniyat va sport vazirligi bu loyihani 16-dekabr kuni nishonlanadigan Qozogʻiston mustaqilligining 30 yilligini nishonlash arafasida boshlagan.

7-aprel kuni shahar kengashi ushbu loyihani yoqlab, vazirlik tomonidan taklif qilingan 30 koʻchadan 23 tasining nomini oʻzgartirishga rozilik bergan.

Kremlparast siyosiy faollar tomonidan Qozogʻistonning Moskvadagi elchixonasi oldiga “Shimoliy Qozogʻiston – Rossiyaning yeri” degan yozuv ilib ketilgan. [PATRIOT/Telegram]

Kremlparast siyosiy faollar tomonidan Qozogʻistonning Moskvadagi elchixonasi oldiga “Shimoliy Qozogʻiston – Rossiyaning yeri” degan yozuv ilib ketilgan. [PATRIOT/Telegram]

Rossiyalik irredentist siyosatchi Vladimir Jirinovskiy oʻqigan maktab, Olmaota, 16-aprel. U 18 yoshiga qadar Olmaotada yashagan. [Kseniya Bondal]

Rossiyalik irredentist siyosatchi Vladimir Jirinovskiy oʻqigan maktab, Olmaota, 16-aprel. U 18 yoshiga qadar Olmaotada yashagan. [Kseniya Bondal]

Adliya vazirligi yangi nomlarni roʻyxatga olishidan avval bu qarorni shahar hokimligi tasdiqlashi kerak boʻladi.

Kremlning aralashuvi

Koʻpchilik rossiyalik siyosatchilar bu xabarni xushlamay qarshi oldilar.

Qozogʻistonning bunday qarorlar qabul qilishga haqqi yoʻq, deb aytgan Rossiya Liberal demokratik partiyasi (LDPR) yetakchisi va Duma aʼzosi Vladimir Jirinovskiy.

Uch yuz yil avval hozirgi Qozogʻiston hududlarida Rossiya humkronligi ostida boʻlgan jungarlar yashagan, dedi u.

“U yerda hech qanday davlat yoʻq edi. Dashtlar, u yer-bu yerda koʻchmanchilar, tuz esa Orenburg yaqinida va keyinchalik shaharga aylangan Pavlodarda bor edi”, deb aytgan Jirinovskiy “LDPR TV” telekanalining 9-aprel kungi dasturida.

Qozogʻistonliklar “odamlar hammasini unutadi va hamma narsa qozoqlarga qoladi” deb oʻylaydilar, dedi u.

“Hech kim hech nimani unutmaydi. Rus dunyosi, rus hududi oʻz chegaralarini tiklaydi va tartib oʻrnatadi”, deb aytgan u.

Qozogʻistonliklardan yana biri ruslar norozi boʻlayotgan Pavlodardagi vaziyatdan ham kattaroq miqyosda olib borilgan Sovet siyosatini misol keltirib javob bergan.

Ikkinchi jahon urushida Sharqiy Prussiyani egallagan Sovetlar qadimiy Keniksberg nemis shahriga ruslar kelishidan bir necha asr oldin asos solinganiga qaramay, Kaliningrad deb nom berishgan, deb yozadi Nur-Sultonlik siyosatchi, Qozogʻistonning investitsiyalar va rivojlanish masalalari boʻyicha bosh vazirining sobiq maslahatchisi Gaziz Abishev oʻzining Telegram kanalida.

Uning aytishicha, Jirinovskiy begonalarning ishiga burun suqmoqda.

“Suveren Qozogʻiston hukumati Parkovaya koʻchasiga qozogʻistonlik ilgʻor sovet ziyolisi Mukagali Makatayev, Donetsk koʻchasiga esa Stalin rejimi qatagʻoniga uchragan shoir va siyosat arbobi Magjan Jumabayev ismlarini berayotganidan norozi boʻlayotgani gʻalati”, deydi u.

Putinning imperialistik siyosati kuchaymoqda

Jirinovskiy – imperialistik mentalitetga ega, maʼlumoti past, millatchilik ruhidagi rossiyaliklardan iborat saylovchilarini yaxshi biladigan juda hisob-kitobli siyosatchi, deydi olmaotalik siyosatshunos Aydos Sarim.

“Bunday bayonotlar bu odamlar orasida juda mashhur”, deydi u. “Jirinovskiy bunday fikrlarni avval ham bildirgan, keyinroq esa omma oldida va shaxsan uzr ham soʻragan. U parlamentga saylanishda davom etar ekan, bunday bayonotlardan tiyilishi mushkul.”

Jirinovskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinning imperialistik siyosatini bayon qilmoqda xolos, deydi Qozogʻistonning Uralsk shahridagi faollardan biri, bloger Askar Shaygumarov.

“Imperiya aks-sadosi – Putin uchun hukumatda qolish imkoniyatidir”, deb aytgan u oʻzining YouTube kanalida. “Shu bois ham Ukraina atrofida bugungi voqealar yuz bermoqda. Uning auditoriyasi Rossiyadagi saylovlar arafasida mamnun boʻlishi uchun nizo qayta avj oldirilmoqda.”

“U hukumatning ichki vazifalar – ijtimoiy muammolar, yoʻllarning holati, korrupsiyani yenga olmayotganini shu yoʻl bilan yashirishga urinmoqda. Imperiyani qayta tiklash – Putin yopishib olgan xas, Jirinovskiy esa buni shunchaki takrorlayapti, xolos”, dedi u.

Shaygumarovning YouTube kanalidagi tomoshabinlari Jirinovskiyning bayonotiga nisbatan salbiy fikrlar bildirishgan.

“Jirinovskiyning bunga nima daxli bor? U xojasining yugurdagi. Radiodan xafa emasdirsiz? Unga nima deyish kerakligi aytilgan, shularni aljiradi. Shohlarda doim masxarabozlar boʻlgan”, deb yozadi Natalya Toygulova.

“Kremlning maqsadi nima? Toʻgʻri, urush. Ammo vaziyat shunga yetib borsa, biz qozoqlar ortga qaytmaymiz”, deb yozgan Nursulton Tagau.

“Yaqinda, deyarli bir yoki ikki hafta avval Turkiy mamlakatlar kengashi harbiy faoliyat va harbiy kuchlarni mustahkamlash masalasini koʻtarib chiqdi. Qoʻlimiz qisqa boʻlmaydi”, dedi u.

Ehimol, Ukraina ham Qrimni qaytarib olmoqchidir”, deb qoʻshimcha qildi u.

“Bu Rossiya emas. Bu Qozogʻiston. Rossiya bizning ishlarimizga – nima qilishimiz, qanday yashashimizga burnini tiqmasin”, deb yozgan Venus ismli foydalanuvchi.

Qozogʻiston – mustaqil suveren mamlakat. Jirinovskiydan allaqachon charchaganman. Niyati nima oʻzi? It hurar, karvon oʻtar. U bizning tariximizni bilmaydi. Yoki bilmaslikka oladi. Oʻzi ham, yugurdaklari ham hech qachon Qozogʻistonga erisha olmaydilar.”

Bir xil daʼvolar

Bu kremlparast siyosatchilar va jurnalistlarning bir qator hududiy daʼvolari Qozogʻistonda xavotir va norozilikka sabab boʻlishi bilan bogʻliq ilk holat emas.

Masalan, 10-dekabr kuni Rossiya davlat dumasining taʼlim va fan masalalari qoʻmitasi raisi Vyacheslav Nikonov “Birinchi” davlat telekanali efiridagi “Bolshaya Igra” (Katta oʻyin) teleshousida Qozogʻistonning suverenitetiga bevosita daxl qiluvchi soʻzlarni aytgan.

“Qozogʻiston mavjud emas edi”, degan edi u. “Shimoliy Qozogʻistonda (ruslar kelguniga qadar) odamlar yashamagan. Qozogʻiston hududi – Rossiya va Sovet Ittifoqining ulkan sovgʻasidir.”

13-dekabr kuni Rossiya davlat dumasining yana bir deputati Yevgeniy Fyodorov “Belrusinfo” YouTube kanalida mamlakat hududini nazarda tutib, Qozogʻiston “sovgʻa uchun minnatdor boʻlishi kerakligini” aytgan edi.

“Sovgʻa deb tan olmas ekansiz, uni qaytarib bering, chunki siz uni noqonuniy olgansiz – Rossiya shunday deyishga haqli”, dedi Fyodorov.

Xuddi shu vaqtda kremlparast siyosiy faollar Moskvadagi Qozogʻiston elchixonasi devorlariga “Shimoliy Qozogʻiston – Rossiyaning yerlari” degan yozuvni ilib qoʻyishgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 6

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Jirik Kremldan qolgan-qutgan narsalardan mahrum boʻlmaslik uchun Putinning himoyasi ostida akillamoqda.

Javob berish

Jirik [LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy] – shunchaki shizofrenik

Javob berish

Jirinovskiy shunchaki bir masxaraboz. Jonga tegishdi bayonotlari bilan. Putinga hokimiyatda qolish uchun tashqi dushmanlar kerak. U rus xalqini oʻylamaydi.

Javob berish

Ular Kenigsbergni tushunarsiz Kaliningradga oʻzgartirdilar, garchi Kalininning oʻzi biror marta Kaliningradga bormagan boʻlsa ham. Ruslar bu shaharni qurishmagan, uning nomini oʻzgartirish ham ruslargamas.

Javob berish

Kenigsberg nomi manfur fashistlarga qarshi jang qilgan, asosan, ruslardan iborat halok boʻlgan askarlar xotirasiga Kaliningradga oʻzgartirilgan. Bilmaganlar uchun eslatma bu. Sen kimni yengding, nomini oʻzgartirasan?...

Javob berish

Biz fashistlarni magʻlub etganmiz; Rossiyani fransuzlardan himoya qilganmiz. Biz ochlar va uysizlarni qabul qilganmiz. Biz ruslarning dushmanlari boʻlgan Chingiziylarni 300 yil davomida yengib keldik. Fashistlar Moskvaga yetib kelishiga atigi 25 km qolganida, panfilovchilarimizning Osiyo diviziyasi, Baurjan Momishuli boshchiligidagi jangari qozoqlar nemis tanklarini toʻxtatgan edi. Keyin Moskvaning asl turkiy ismini – “Mas kүyep”ni qaytaring. Kimning yerida yurganingizni oʻzingiz ham bilmaysiz. Rus deb ataladigan barcha yerlar turklarga tegishli. Shunday ekan, oʻzingiz oʻtirgan shohni kesmang. Yomon tinchlik yaxshi urushdan afzal, degan gap bor. Biz, qozoqlar, rus xalqining mehribonligini bilamiz. Ammo xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlikka hasad qilayotganlar, fitna keltirib chiqarmoqdalar.

Javob berish