Karvonsaroy
Xavfsizlik

Rossiyaning Ukrainaga bosqinini kuzatayotgan oʻzbeklar Markaziy Osiyo keyingi nishon boʻlishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda

Rustam Temirov va AFP

Rossiya sharqiy Ukrainadagi boʻlginchi respublikalarni tan olgani va u yerga “tinchlikparvarlar” sifatida qoʻshin yuborishga buyruq berganidan bir kun oʻtib, 22-fevral kuni ukrainalik harbiy xizmatchi Lugansk viloyatining Troitsk qishlogʻidagi Rossiya qoʻllovidagi ayirmachilar frontida qurolini tekshirmoqda. [Anatoliy Stepanov/AFP]

Rossiya sharqiy Ukrainadagi boʻlginchi respublikalarni tan olgani va u yerga “tinchlikparvarlar” sifatida qoʻshin yuborishga buyruq berganidan bir kun oʻtib, 22-fevral kuni ukrainalik harbiy xizmatchi Lugansk viloyatining Troitsk qishlogʻidagi Rossiya qoʻllovidagi ayirmachilar frontida qurolini tekshirmoqda. [Anatoliy Stepanov/AFP]

TOSHKENT – Ukrainadagi inqirozga oʻz koʻzlari bilan guvoh boʻlib turgan oʻzbekistonlik tahlilchilar Kremlning navbatdagi tajovuzi ularning mamlakatida yuz berishini mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.

Moskva oʻz talablarini kuchaytirib, urush tahdidini avj oldirishi ortidan chorshanba (23-fevral) kuni Ukraina zaxiradagi harbiy xizmatchilarni safarbar qildi va oʻz fuqarolarini Rossiya hududini tark etishga chaqirdi.

Chorshanba kuni Moskva Kiyevdan oʻz diplomatlarini evakuatsiya qilgan.

Seshanba kuni prezident Vladimir Putin Rossiya qurolli kuchlari Ukraina sharqida joylashgan boʻlginchilar nazoratidagi Donetsk va Lugansk viloyatlari mustaqilligini tan olish bilan ularni bosib olishga yoʻl ochgan.

22-fevral kuni Kiyevdagi Rossiya elchixonasi oldida “Imperiya yoʻq qilinishi kerak” shiori ostidagi miting ishtirokchilari “Rossiyalik bosqinchi” yozuvi bitilgan ramziy qabr toshi oʻrnatganidan keyin qoʻriqchilik qilib turgan Ukraina milliy gvardiyachilari. [Sergey Supinskiy/AFP]

22-fevral kuni Kiyevdagi Rossiya elchixonasi oldida “Imperiya yoʻq qilinishi kerak” shiori ostidagi miting ishtirokchilari “Rossiyalik bosqinchi” yozuvi bitilgan ramziy qabr toshi oʻrnatganidan keyin qoʻriqchilik qilib turgan Ukraina milliy gvardiyachilari. [Sergey Supinskiy/AFP]

16-fevral kuni kechqurun Toshkentda Ukraina bilan birdamlik kuni nishonlandi. Ukraina bayrogʻi va yangi bayramga oid tilaklar ukrain va oʻzbek tillarida Oʻzbekiston mehmonxonasi binosida chiroqlar bilan yoritildi. [Oʻzbekistondagi Ukraina elchixonasi]

16-fevral kuni kechqurun Toshkentda Ukraina bilan birdamlik kuni nishonlandi. Ukraina bayrogʻi va yangi bayramga oid tilaklar ukrain va oʻzbek tillarida Oʻzbekiston mehmonxonasi binosida chiroqlar bilan yoritildi. [Oʻzbekistondagi Ukraina elchixonasi]

Bunga javoban Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukrainaning 200 mingdan ortiq zaxiradagi askarlari oʻz boʻlinmalariga qaytish haqida chaqiruv olishlarini aytib oʻtdi.

Ukraina xavfsizlik kengashi chorshanba kuni mamlakatda favqulodda holat eʼlon qilish haqida qaror chiqargan boʻlib, bu chora parlament tomonidan rasman tasdiqlanishi kerak.

Bu orada Moskvaga nisbatan davom etayotgan kuchli xalqaro bosimga qaramay, inqiroz tobora kuchayib borar ekan, Ukraina Rossiyada yashayotgan deyarli uch million fuqarosini Rossiyani tark etishga chaqirdi.

Ukrainaning Rossiya, Belarus va Rossiya bosib olgan Qrim bilan chegarasi, shuningdek Qora dengizdagi jangovar kemalarida Rossiya 150-190 ming askar joylashtirgan, deb xabar bergan Gʻarb hukumatlari.

NATO rahbari Yyens Stoltenbergga koʻra, Moskva “Ukrainaga keng miqyosli hujumni rejalashda davom etayotgani” haqida alyansda “barcha dalillar” bor.

Avtoritar gʻoyalar

Bir necha ming kilometr uzoqlikdagi Oʻzbekiston 16-fevral kuni Toshkentda Ukraina birdamlik kunini nishonladi.

Tadbirni Ukraina elchixonasi va LED SSP Media Co. tashkillashtirgan.

14-fevral kuni Zelenskiy Ukrainadagi barcha shaharlar va qishloqlarni 16-fevral kuni Ukraina bayrogʻini osish va ertalab butun mamlakat milliy madhiyani kuylashga chaqirdi.

Oʻzbekistonda Ukraina bayrogʻi va ukrain va oʻzbek tillaridagi tabrik 17 qavatli Oʻzbekiston mehmonxonasi fasadidagi chiroqlar bilan yoritilgan ekranda joylashtirildi.

Oʻzbekistonda hech kim Ukraina va Rossiya oʻrtasida ochiq nizo boʻlishini istamaydi, deydi kuzatuvchilar.

Ukraina va Rossiya 2014-yildan beri urush holatida, deydi toshkentlik siyosiy tahlilchi Farhod Mirzaboyev.

Oʻshanday Kreml Qrimni bosib olganidan keyin Ukraina Rossiya bilan har qanday iqtisodiy va boshqa aloqalarini uzishi kerak edi, deydi Mirzaboyev.

Ammo, u bunday qilmadi, natijada Krmel tajovuzkorroq siyosat olib borishga oʻtdi, deydi u.

“2014-yilda Ukraina tajovuzni boshidan kechirdi. Nega MDHning boshqa davlatlari, jumladan, Oʻzbekiston ham buning ularga aloqasi yoʻqdek, sukut saqlaydilar?”

“Bu sharmandalik va qoʻrqoqlik. Axir tajovuzkor [Rossiya] ularni ham nishonga oladi, yaxshilikcha boʻlmasa, yomonlikcha – hozirda Ukraina bilan boʻlayotgani kabi”, dedi Mirzaboyev.

“Evropadagi urush oqibatlari Oʻzbekiston va boshqa Markaziy Osiyo davlatlari uchun salbiy boʻladi. Ular ikki yoʻldan birini tanlashi kerak: bu ishlarga aralashmay, tajovuzkorlarning soqov ittifoqchisi boʻlishda davom etish yoki Rossiyaning xatti-harakatlarini qoralab, uning navbatdagi nishoniga aylanish”, deb qoʻshimcha qildi Mirzaboyev.

Rossiya Ukrainaning Moskvaga nisbatan tanqidiy munosabatdagi Gʻarbga qoʻshilish niyatiga xayrixoh emas, deydi toshkentlik siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov.

Oʻz navbatida Ukraina Moskva va uning avtoritar gʻoyalaridan himoyalanish uchun imkon qadar tezroq Gʻarb davlatlariga qoʻshilishni istamoqda, deb qoʻshimcha qildi u.

“Agar Moskvada chinakam harbiy operatsiya va ishgʻol qilish imkoniyati boʻlsa, Kreml albatta undan foydalanadi”, deydi Ukrainadagi vaziyat mavzusida Karvonsaroy bilan suhbatda boʻlgan Rabbimov.

Ukrainadagiga oʻxshash holat NATOga qoʻshilgan Boltiqboʻyi davlatlaridan tashqari barcha sobiq sovet respublikalarida roʻy berishi mumkin, dedi Rabbimov.

Yangi sanksiyalar

Boshqa tahlilchilar Kremlning xorijdagi oʻzbeklarga nisbatan tajovuzi oqibatlarini kuzatmoqdalar.

AQSH prezidenti Jo Bayden seshanba kuni Ukrainaga bostirib kira “boshlagan” Rossiyaga qarshi yangi qatʼiy sanksiyalarni eʼlon qilar ekan, ammo urushning oldini olishga hali vaqt borligini aytdi.

Baydenning bayonoti Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi tomonidan eʼlon qilingan sanksiyalar toʻlqini ortidan yangragan. Germaniya Rossiyadan keluvchi “Shimoliy oqim-2” gaz quvurini sertifikatlashni toʻxtatganini eʼlon qildi.

Chorshanba kuni ertalab Yaponiya va Avstraliya ham shunday yoʻl tutib, Ukrainaga qarshi tajovuzga aloqador shaxslar va Moskvaga nisbatan oʻzlarining qatʼiy sanksiyalarini eʼlon qildilar.

Rossiyaning “Irqchilik va ksenofobiyadan xoli davlat” huquqbon guruhi rahbari, oʻzbekistonlik Baxrom Ismoilovning fikricha, Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi mojaro tufayli rublning qadri pasayadi, yangi sanksiyalar joriy qilinishi va umumiy iqtisodiy inqiroz mehnat migrantlarining daromadiga jiddiy taʼsir qiladi.

“Rossiya viloyatlarida xorijlik ishchilarni yollashga oid yangi taqiqlar va ksenofobiya kuchayishini kutish mumkin”, dedi Ismoilov Karvonsaroyga.

“Ishsiz qolib, tirikchilik vositasidan mahrum boʻladigan migrantlar orasida mayda va oʻrta jinoyatchilik darajasi oshadi”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 19

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

ROSSIYA – AGRESSOR DAVLAT! RAHMAT – SH. MIRZIYOYEV BUNI ANIQ KOʻRA VA TUSHUNA OLADI!

Javob berish

Kiyev yaqinida Rossiyaning Ka-52 Alligator vertolyoti urib tushirildi. Bortdagi desantchilar halokat joyidan qochib ketishdi; politsiya hududni kuzatib, ularni qidirmoqda. Bu hududdagi barcha shubhali shaxslar haqida eng yaqin politsiya boʻlimiga xabar bering.

Javob berish

Hozirgacha Rossiya harbiy-havo kuchlari yettita samolyotini yoʻqotdi. Tez orada ularda aviatsiya qolmaydi.

Javob berish

Odamni kuldirma

Javob berish

Ertaga Rossiya iqtisodini vayron qilishganida kulasan.

Javob berish

AQSH Rossiyaga qarshi ayovsiz sanksiyalar joriy qilishni rejalashtirmoqda. Eng yaxshi variant – neft embargosi. Shunda “Rossiya” deb atalgan qashshoq tovuqxona oʻz-oʻzidan qulab tushadi.

Javob berish

Givi, Kobzon va Motorila xursand. Ularning yollanma askarlari va qotillari soni koʻpayadi.

Javob berish

100 % !!!!!

Javob berish

Ukraina Qurolli kuchlari zenitchilari Kiyevga yaqinlashayotgan Ka-52 vertolyotlaridan birini, yaʼni “Alligator”ni urib tushirdi. Xuddi qurtlarga yem boʻlib yotgan Zaxarchenko Kiyevga yetib bora olmagani kabi.

Javob berish

Rubl kursi 100 ga yaqinlashmoqda, odamlar [dollar va yevro sotib olish uchun] Rossiyaning koʻplab shaharlarida navbatda turishmoqda, biroq chet el valyutasi gʻoyib boʻldi. Birjalar qulashi 30-40% ga yetdi. Rossiya moliya tizimi oʻz-oʻzini yoʻq qila boshlandi. Rossiya defoltga yaqinlashmoqda.

Javob berish

Rossiya iqtisodiyoti [urushning] birinchi kunida 150 milliard dollar yoʻqotdi!

Javob berish

Javelin va Bayroqdorlar qalay? Voqealar rivojini oʻzgartira olishdimi?

Javob berish

Hammasini eslaysizlar. Maydonda qoʻlbola pichoqlar bilan pichoqlagan berkutchilarni, Korsunni, siz gʻururlanadigan “Odessadagi may shashligini”, Luganskda siz ustidan kulgan “Kolorado urgʻochisini”, Gorlovkada sizning minangiz tilka-tilka qilib tashlagan va “Rossiya va Ukraina urushi muzeyida Rossiya agressiyasi qurbonlari” sifatida rasmlarini osib qoʻygan Kristina va Kira Juklarni. Siz otib chuqurlarga tashlab yuborganlarni eslaysiz. Donbasga qarshi qoʻllagan minalar va raketalarga yozgan hamma narsani eslaysiz. xotirangiz juda yaxshi deb oʻylayman. Qilgan ishlaringiz uchun javob beradigan vaqt keldi.

Javob berish

NIMA CHEKYAPSAN? BIZGA HAM BER!

Javob berish

Madaniyatli yevropaliklar Odessa va Donbassdagi tinch aholi halok boʻlayotganiga umuman eʼtibor bermagan edilar. Ammo yod tanqis boʻlgan hududlar oʻqqa tutilishi bilan ular uchun inson hayoti birdaniga bebaho boʻlib qoldi.

Javob berish

Natsistlarning yoʻq qilinayotganidan xursand boʻlib kulish oʻrniga, kantsler Sholts qattiq tushkunlikka tushdi, axir fashistlar “tamaddunchilarning” koʻnglini olish uchun Donbassni oʻqqa tutishni toʻxtatadilar.

Javob berish

Ukraina fashistlari eski qadrdon konchilar va avtobus haydovchilarining kaltaklarini sogʻinib qolishdi.

Javob berish

Xoʻsh, SH. M. endi Pukin shaxsida kimga qoʻshilib qolganini tushungandir?! Choʻkayotgan Titanikka chipta sotib olmaslik kerak!

Javob berish

Rossiyada SSSR va fashistlar Germaniyasini solishtirishni taqiqlovchi qonun chiqqan. Shuning uchun menga SSSR, Rossiya va fashist Germaniyasi bir xil ekanligini aytishga imkon beradigan ushbu Amerika veb-sayti uchun minnatdorman.

Javob berish