Karvonsaroy
Ommaviy axborot vositalari

Markaziy Osiyo Rossiyaning Yevropaga qarshi gibrid urushidan qanday saboq chiqaradi?

Tamara Gordelli

12-aprel kuni Donetsk viloyatining Marinka shaharchasi yaqinida Rossiya qoʻllovidagi ayirmachilarga qarshi frontda qoʻriqchilik qilayotgan ukrainalik harbiy xizmatchi. [AFP]

12-aprel kuni Donetsk viloyatining Marinka shaharchasi yaqinida Rossiya qoʻllovidagi ayirmachilarga qarshi frontda qoʻriqchilik qilayotgan ukrainalik harbiy xizmatchi. [AFP]

BELGIYA – Dunyo mamlakatlari Rossiyaning dezinformatsiya taktikasiga qarshi kurashish uchun gibrid urushi strategiyasiga oid bilimlarini oshirishi kerak, deydi yevropalik siyosatchi va tahlilchilar.

Bunday maʼlumotlar, ayniqsa, Rossiyaning Ukraina bilan chegarada harbiy hozirligini kuchaytirishi va bunday tajovuzlar yaqinda ularning ostonasida ham paydo boʻlishi xavfi sababli Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun dolzarbdir.

Xabarlarga koʻra, Ukraina bilan chegaradagi Rossiya qoʻshinlari soni 2014-yildan – Ukraina sharqida urush boshlanib, Rossiya Qrimni noqonuniy ravishda bosib olganidan beri har qachongidan ham koʻproqqa oshgan.

Rossiya qoʻshinlari sonining oshishi Ukraina armiyasi va Rossiya qoʻllovidagi ayirmachilar oʻrtasidagi janglarning kuchayishi bilan bir vaqtda yuz bermoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21-mart kuni Sibir federal okrugidagi taʼtili chogʻida vezdexod ustida suratga tushmoqda. [Aleksey Drujinin/Sputnik/AFP]

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21-mart kuni Sibir federal okrugidagi taʼtili chogʻida vezdexod ustida suratga tushmoqda. [Aleksey Drujinin/Sputnik/AFP]

“Biz Putin va Rossiyaning davlatga qarashli OAV Markaziy Osiyoda oʻz siyosiy kun tartibini ilgari surib, koʻplab manipulyatsiya va yolgʻonlardan foydalangan holda oʻyin qilganiga koʻp bor guvoh boʻlganmiz”, deydi 20 yildan ortiq postsovet davlatlaridagi voqealarni yoritib kelgan Kiyevdagi daniyalik jurnalist Maykl Andersen. [Sputnik-Qozogʻiston Facebook sahifasi]

“Biz Putin va Rossiyaning davlatga qarashli OAV Markaziy Osiyoda oʻz siyosiy kun tartibini ilgari surib, koʻplab manipulyatsiya va yolgʻonlardan foydalangan holda oʻyin qilganiga koʻp bor guvoh boʻlganmiz”, deydi 20 yildan ortiq postsovet davlatlaridagi voqealarni yoritib kelgan Kiyevdagi daniyalik jurnalist Maykl Andersen. [Sputnik-Qozogʻiston Facebook sahifasi]

“Urushning yangi turi – gibrid urushi paydo boʻlganini borgan sari koʻproq odamlar koʻrib, anglab yetmoqda”, deydi litvalik siyosatchi va Yevropa parlamenti aʼzosi Rasa Yuknyavichene.

“Yevropa Ittifoqi [YI] ham shunday urush nishoniga aylangan”, deydi Yevropa Ittifoqidagi barcha demokratik jarayonlarga xorijiy aralashuv (jumladan, dezinformatsiya) boʻyicha parlamentning maxsus qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan Yuknyavichene.

Oʻtgan iyun oyida tashkil etilgan qoʻmita Rossiyaning taktikasi borasida xabardorlikni oshirish boʻyicha ish olib bormoqda.

Rossiyaning siyosiy institutlarga taʼsir qilish usullaridan biri bu moliyalashtirishdir, dedi Yuknyavichene.

“Mablagʻ muayyan siyosiy partiyalar va siyosiy kuchlarga yoʻnaltiriladi, ular esa oʻz navbatida ichkaridan Yevropaga qarshi ish olib boradi. Hatto Yevropa parlamentida ham biz yevroskeptik siyosiy guruhlarni koʻryapmiz”, dedi u. “Oʻz vaqtida Sovet Ittifoqi Yevropaning kommunistik partiyalari bilan ishlagan boʻlsa, hozirda Rossiyaning pullari Yevropaning muayyan siyosiy tizimlarga sarflanmoqda”.

Yevropa Ittifoqi qoʻmitasining asosiy maqsadlaridan biri “pul manbai va uning qanday kelib tushayotganini tekshirish”, dedi Yuknyavichene.

“Demokratiya va soʻz erkinligi Rossiya uchun tahdid hisoblanadi... Yevropa Ittifoqi kabi tashkilotlar qancha kuchsiz boʻlsa, diktatorlar uchun shuncha yaxshi”, deydi u.

Moskvaning asosiy maqsadi “Yevropa Ittifoqi davlatlarida tarqoqlik, tartibsizlik keltirib chiqarish”, deydi u. Buning uchun esa hozir “qurol bilan urush olib borish shart emas, bu boshqa yoʻl bilan olib boriladigan urush” - gibrid urushdir.

Siyosatga kelishidan avval shifokor boʻlib ishlagan Yuknyavichenening soʻzlariga koʻra, u murakkab muammolarga ham shu yoʻl bilan yondashadi – avval tashxis qoʻyadi, keyin esa davo tayinlaydi.

“Maxsus qoʻmita tashxis qoʻyib boʻlgan, odamlar oʻzlariga qanday yoʻllar bilan taʼsir koʻrsatilishi bilsalar va hamma narsa oʻz nomi bilan atalsa, bu gʻalaba tarafga qoʻyilgan ilk qadam boʻladi”, dedi u.

Gibrid urush nima?

Rossiyaning gibrid urush strategiyasi beshta asosiy yoʻnalishdan iborat, deydi Bryusseldagi Ukraina tahlil markazlari bilan aloqalar idorasining hammuassisi va ijrochi direktori Yelena Karbu.

U dezinformatsiya yoki axborot urushi bilan birga iqtisodiy, energetik, siyosiy va militaristik bosim qoʻllaydi, dedi u.

“Ukraina va Gruziya bu urushning platsdarmiga aylandi”, dedi u.

Rossiya gibrid urush olib borayotgan mamlakatlarda bu vositalar doim mavjud boʻladi, deb tushuntirdi Karbo.

“Siyosiy taʼsir haqida gapiradigan boʻlsak, bu rossiyaparast siyosiy kuchlarni qoʻllab-quvvatlashdir. Bu siyosiy tuzilmani beqarorlashtirish va saylov jarayoniga aralashish”, dedi u.

“Gibrid urushning xavfi shundaki, tajovuzkor zaif jihatlardan foydalanadi”, - dedi Karbo. “Davlat mustahkamlanishi kerak. U davlat institutlarini kuchaytirishi, korruptsiyaga barham berishi va aholining axborot savodxonligini oshirishi kerak.”

“Kurashdagi eng muhim vositalar - bu jamiyatni demokratlashtirish, iqtisodiy oʻsish, xalqning birlashuvi va albatta, inson huquqlariga rioya qilish”, dedi u.

Kremlning taktikasi har bir mamlakatga xos alohida mavzular va yondashuvlarni oʻz ichiga oladi, dedi tbilisilik siyosatshunos, Gruziya strategik tahlil markazi asoschisi Nodar Xarshiladze.

“Rossiya oʻzini yaxshi deb aytmaydi. U Yevropani yomon deydi”, dedi u.

Gruziyada Rossiya tashviqoti jamoatchilikni Yevropa (Gruziyaning 20 foizini egallab olgan) Rossiya kabi “yomon” ekanligiga va Moskva – ikki yovuzlikdan yaxshirogʻi ekanligiga ishontirishga urinmoqda, deydi Xarshiladze.

“Rossiya aholining yarmi unga nisbatan salbiy munosabatda boʻlmasligini istaydi. Unga bundan ortigʻi kerak emas”, dedi u.

Markaziy Osiyo uchun xavf

Moskvaning tajovuzini xavotir bilan kuzatib boradigan Markaziy Osiyolik kuzatuvchilar uchun Ukraina va Gruziyada olingan saboqlar ayniqsa dolzarbdir.

Prezident Vladimir Putin rejimi “aktiv gibrid urushini oʻz ichiga olgan buzgʻunchi tashqi siyosat olib bormoqda”, deydi Qozogʻiston jamoatchilik ishonchi milliy kengashining sobiq aʼzosi Arman Shurayev.

Putin oʻz strategik maqsadlariga erishishda kuch ishlatish tilinigina tushunadi”, deydi u. “Shu sababli, Ukrainadagi vaziyatni tahlil qilib shuni aytish mumkinki, harakatlarini oldindan taxmin qilib boʻlmaydigan bunday qoʻshnisi bor ekan, Qozogʻistonda ham shunday holat yuz berishini istisno qilib boʻlmaydi.”

Postsovet makonda Kremlning tajovuzkor xatti-harakatlaridan xavfsirayotgan Qozogʻiston oʻz milliy xavfsizligini muhofaza qilish va qurolli kuchlarini modernizatsiyalash choralarini koʻrmoqda.

Bunday xavotirga sabab boʻlgan eng soʻnggi misollar – oxirgi ikki oy ichida Rossiya siyosatchilari va jurnalistlari Qozogʻiston hududiga oid bir qator irredentistik bayonotlari boʻldi.

Qirgʻizistondagi xavotirga tushgan mahalliy aholi va kuzatuvchilar ham Moskvaning mamlakatga taʼsir oʻtkazishni kuchaytirgani haqida bong urmoqda.

“Donbass va Qrimda sodir boʻlayotgan voqealarni Markaziy Osiyo mamlakatlari diqqat bilan kuzatishlari kerak”, deydi 20 yildan ortiq vaqt mobaynida postsovet mamlakatlardagi hodisalarni yoritib kelgan Kiyevdagi daniyalik jurnalist Maykl Andersen.

“Putin oʻziniki deb biladigan sobiq SSSR mamlakatlarining Gʻarb bilan yaqinlashuvini istamaydi”, deydi u.

“Putin ukrainaliklar Maydan (Ukrainadagi Kremlga qarshi harakat) ortidan demokratiyani qabul qilishlariga qarab tura olmasdi, chunki rossiyaliklar ham xuddi shu fikrga kelishlari mumkinligidan qoʻrqar edi va bu harakatga barham berdi”, deydi Andersen.

“Biz Putin va Rossiyaning davlatga qarashli OAV Markaziy Osiyoda oʻz siyosiy kun tartibini ilgari surib, koʻplab manipulyatsiya va yolgʻonlardan foydalangan holda oʻyin qilganiga koʻp bor guvoh boʻlganmiz”, dedi u.

“Ukraina va Gruziyada urush boshlashdan avval ham Putin ayni shu ishlarni qilgan.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 9

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiya Markaziy Osiyodagi tinchlik garovi. Ertaga biz oʻzimizni toliblar yoki radikal terrorchilardan himoya qilishimiz kerak boʻladi. Rossiya boʻlmasa, bizni kim himoya qiladi?

Javob berish

Toliblar ruslardan afzaligini bilasimi?

Javob berish

Rossiyadan nafratlanaman; Putinni undan ham battar yomon koʻraman. Putinni tugatish kerak.

Javob berish

Xulosalar aniq: Rossiyaga ishonib boʻlmaydi, nuqta.

Javob berish

Markaziy osiyo Ukraina yoki Gruziya emas Rossiya buni yahshi biladi.Qoraqolpoqlarni bir ikki hoinini yo'ldan urib nizo chiqarmoqchi bo',ldi, ish bermadi.

Javob berish

Shunaqami?! Ozodlik, mustaqillik istagi – xiyonatmi? Unda sizlar ikkiyuzlamachi razilsizlar – tojiklarga qadimgi yerlarini qaytaringlar

Javob berish

Rossiya–Ukraina urushida Ukrainani qoʻllab-quvvatlashimiz kerak.

Javob berish

Rossiya tugatilishi kerak.

Javob berish

Kim yopadi uni, senga oʻxshagan maymunmi? :)
Sen avval oʻzingni tovuqxonangni bir yoqlik qilib ol)))

Javob berish