KIYEV – Ukrainadagi turar joy hududlarini oʻqqa tutish, maktablarni bombardimon qilish va atom elektrostansiyasiga hujum – bularning bari Kreml tomonidan qoʻllanilayotgan usullar boʻlib, uning harbiy taktikasi tobora terrorchilarning xatti-harakatlariga oʻxshab bormoqda, deydi harbiy tahlilchilar.
Rossiya qoʻshinlari Ukrainaga 24-fevral kuni bostirib kirgan edi.
Ruslarning tezkor ishgʻoch haqidagi umidlari puchga chiqib borar ekan, Kremlning taktikasi tobora vayronkor boʻlib bormoqda.
Juma (4-mart) kuni erta tongda Rossiya qoʻshinlarining Yevropadagi eng yirik Zaporojye atom elektr stansiyasiga hujum qilgani butun dunyoni esankiratib qoʻygan.
Ushbu inshoot Energodarda, viloyat markazi Zaporojye shahridan 125 km janubi-gʻarbda joylashgan. Rossiya raketasi stansiya hududiga tushib, yongʻin keltirib chiqargan.
“Dushman mashinalari karvoni AES maʼmuriy binosi oldidagi markaziy maydonga yaqinlashib, nazorat punktiga zarar yetkazish va stansiyaga bostirib kirish maqsadida stansiyaning oʻzi, uning ilmiy-tadqiqot markazi va maʼmuriy binosini oʻqqa tuta boshladi”, dedi “Energoatom” prezidenti vazifasini bajaruvchi Petr Kotin juma kuni Ukraina telekanallariga bergan intervyusida.
“Energoatom” Ukraina atom elektr stansiyalarini boshqaradi.
Rossiya qoʻshinlari Zaporoje atom elektrostansiyasini qoʻlga olishi ortidan Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik (MAGATE) zudlik bilan oʻzining Favqulodda vaziyatlar va avariya holatlari markazini toʻliq shaylik rejimiga oʻtkazdi va tunu kun vaziyatni kuzatib borishi maʼlum qildi.
Yakshanba kuni bergan soʻnggi bayonotida MAGATE hozirda AES rahbariyati oʻtgan hafta obyektni oʻz nazoratiga olgan Rossiya kuchlari qoʻmondoni buyrugʻiga boʻysunayotganini maʼlum qildi.
Rossiya kuchlari obyektdagi ayrim mobil tarmoqlar va internetni oʻchirib qoʻygan, shu sababli elektrostansiyadan odatiy kanallar orqali ishonchli maʼlumotlar olish imkonsiz, deyiladi xabarda.
MAGATE bosh direktori Rafael Mariano Grossi voqealar rivojidan “jiddiy xavotirda” ekanini aytgan.
“Zaporojye atom elektr stansiyasi va tartibga soluvchi organ oʻrtasidagi hayotiy muhim kommunikatsiyalarga aloqador vaziyatning yomonlashuvi, ayniqsa, istalgan payt mamlakat yadroviy inshootlarini xavf ostiga qoʻyishi mumkin boʻlgan qurolli toʻqnashuvlar chogʻida chuqur xavotirga sabab boʻlmoqda”, dedi u. “Tartibga soluvchi organ va operator oʻrtasidagi ishonchli aloqalar umumiy yadro xavfsizligi va muhofazasining muhim qismidir”.
“Yadroviy terrorizm”
Juma kuni hujumdan keyin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Zaporojye AESdagi avariya “oltita Chernobil”ga teng oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aytdi.
“Yadroviy terrorchi davlatga qarshi sanksiyalar zudlik bilan kuchaytirilishi zarur”, dedi u juma kuni. “Zudlik bilan Ukraina osmoni uzra parvoz taqiqlangan hudud joriy qilinishi lozim, shundagina Rossiyaning yadroviy inshootlarga raketa va bombalar bilan zarba bermasligi kafolatlanishi mumkin”.
Energodarga hujumdan tashqari, Rossiya armiyasi urushning ilk kunlarida Chernobil AES (uning toʻrtinchi reaktori 1986-yilda portlagan) atrofidagi 30 km radiusli “oʻlik” hududga bostirib kirgan.
Kuzatuvchilarga koʻra, maksimal xavfsizlikka ega yopiq hudud Belarus tarafdan yaqinlashib kelayotgan rus qoʻshinlari uchun eng qisqa va oson yoʻlda joylashgan.
Maqsadi Kiyevni ishgʻol qilish boʻlgan Rossiyaning asosiy hujum karvoni shu yoʻnalishdan Ukraina poytaxtiga yaqinlashmoqda.
Bundan tashqari, ayni vaqtda Chernobilda boʻlib turgan Rossiya samolyotlari Kiyev va uning atrofidagi shaharlarni bombardimon qilmoqda.
1990-yillarda Chernobil stansiyasini yopish dasturlariga rahbarlik qilgan Ukrainaning sobiq atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri va yadro energetikasi boʻyicha mutaxassis Yuriy Kostenko: “Hozirda mumkin boʻlgan eng yomon stsenariy roʻy bermoqda”, deb aytgan.
Rossiyaliklar ukrain armiyasi yadroviy inshootni egallab olgan dushmanga javoban oʻq uzmasligini biladi, shuning uchun Kreml bunday obyektlardan qalqon sifatida foydalanmoqda, deb tushuntirdi u.
“Bu yadroviy terrorizm”, dedi Kostenko.
“Yadroviy obyektda olib boriladigan jangovar harakatlar butun dunyoda yadroviy terrorizm deb ataladi. U yerda nafaqat reaktor, balki foydalanilgan yoqilgʻini uzoq muddat saqlash ombori ham bor. U yerga kirgan odamlar ular bilan qanday muomala qilishni bilmaydilar.”
“Ustiga-ustak, ularning qoʻmondonligi batamom tartibsiz ekanligini koʻrib turibmiz”, dedi u. “Ruslarning hatti-harakati ulkan miqyosdagi falokatni keltirib chiqarishi mumkin.”
Taqiqlangan qurollar
Mustaqil kuzatuvchilarning aytishicha, yadroviy inshootlardan qalqon sifatida foydalanish Rossiya armiyasi Ukrainada qoʻllayotgan ayovsiz usullardan bittasi, xolos.
Niderlandiyada joylashgan Bellingcat jurnalistik tergov guruhi 28-fevral kuni Rossiyaning Ukrainada kassetali oʻq-dorilarni qoʻllaganiga oid dalillarni eʼlon qilgan.
Kassetali oʻq-dorilar 100 dan ortiq mamlakatlarda taqiqlangan, chunki ular tinch aholi uchun jiddiy xavf tugʻdiradi. Kassetali oʻq-dori nishonga yaqinlashganida, uning ichidan kichikroq oʻq-dorilar toʻplami otilib chiqadi, bu esa shikastlash maydonini kengaytiradi.
Bellingcat tergovchilari Xarkovdan 100 km gʻarbda joylashgan Oxtirkada olingan surat va videolavhalarda 25-fevral kuni bolalar bogʻchasiga taqiqlangan snaryadlar tushgani haqidagi dalillarni keltirgan. Xalqaro Amnistiya tashkilotiga koʻra, hodisa tufayli uch kishi, jumladan bir bola halok boʻlgan.
“Ukraina taslim boʻlmoqchi emas, shuning uchun [Rossiya prezidenti Vladimir] Putin tinch aholini yoʻq qilish haqida oʻylamoqda”, dedi Razumkov markazining harbiy dasturlar boʻyicha direktori Nikolay Sungurovskiy Karvonsaroyga.
“Bu qanchalik qoʻpol eshitilmasin, lekin Putin shunchaki bandit emas. U terrorchi”, dedi u. “Buni butun dunyo tushunishi kerak. Biz terrorchi bilan yuzma-yuz keldik. Hozirda Ukrainani qoʻllab-quvvatlamayotganlar terrorchilarni qoʻllab-quvvatlayapti”.
Razvedka maʼlumotlariga koʻra, Kreml taqiqlangan qurollardan foydalanish bilan cheklanmasligi mumkin.
Oʻtgan hafta AQSH va Britaniya rasmiylari Moskva Ukrainada vakuumli bombalardan foydalanishi mumkinligini aytgan edi. Vakuumli bombaning talafotini yadro quroli yetkazadigan zarar bilan solishtirish mumkin.
“Biz Rossiya kuchlarining jang maydonida qoʻllash taqiqlangan favqulodda halokatli qurollarni Ukrainaga olib kirayotgani aks etgan videolarni koʻrdik”, dedi AQSHning BMTdagi elchisi Linda Tomas-Grinfild 2-mart kuni BMT Bosh Assambleyasida. “Ular Jeneva konvensiyasiga asosan taqiqlangan oʻq-dorilar va vakuumli bombalarni ham oʻz ichiga olgan.”
“64 kilometr uzunlikdagi halokatli karvonning Kiyev tomon ketayotganiga barchamiz guvoh boʻldik”, deb qoʻshimcha qildi u.
Bugun yana bir rus generali oʻldirildi. Rossiya kuchlarining 30 foizi oʻgʻitga aylantirildi va nogiron boʻlib qoldi. Tez orada fashist Rossiya yoʻq qilinadi!
Javob berishBoʻlmagʻur gaplarni gapiryapsan
Javob berishFikrlar 9
Moliyaviy kompaniyalar Rossiya 15-apreldayoq defoltga uchrashini taxmin qilmoqda.
Javob berishFikrlar 9
Xavotir olmanglar, Ukraina tez orada Rossiya terrorizmidan xalos boʻladi.
Javob berishFikrlar 9
Ukraina natsistlarining sevimli prezidenti Zelenskiyning hayotiga bir kunda uch marta suiqasd urinishi yuz berdi: tort, puflab shishiriladigan bolgʻa va pianino qopqogʻi bilan. Polshada koʻp narsalar bilan huzurlanish mumkin!
Javob berishFikrlar 9
Ukraina muzokarachilari (hozirda banderachilar tomonidan otib tashlanmaganlari) bu safar shubhasiz gumanitar yoʻlaklar ochishga vaʼda berib, oʻz onalarining hayoti, Tomos va barcha avliyolar nomi bilan qasam ichdilar. Shu tariqa ular hech narsa qilishni rejalashtirmagani maʼlum boʻldi.
Javob berishFikrlar 9
Ruslarning tinch aholiga qarshi jang qilayotganiga sabab nima – nafratni avj oldirish, qarshilikni kuchaytirish va Ukraina denatsifikatsiyasi bilan bogʻliq muammolarni yaratishmi? Banderachilarning tinch aholiga qarshi jang qilishiga sabab nima – oʻz hayotini saqlab qolish, talon-taroj qilish, “Qarang, ruslar nima qilishyapti!” Aytgancha, bu Ukraina natsistlarning oʻziga xos hiylasi.
Javob berishFikrlar 9
Jamila, siz tinchlik va doʻstlik tarafdori ekanligingizni tushunaman, balki siz harbiy nuqtai nazardan “havo hududini yopish” nimani anglatishini tushunmayotgandirsiz. Eslatib oʻtamiz, NATO tomonidan Yugoslaviyani bombardimon qilish 1999-yilda “havo hududini yopish” bilan boshlangan. Ukraina havo hududini siz aytgandek yopish Ukrainada Rossiyaning mutlaq havo ustunligiga ega boʻlishi tufayli mumkin emas.
Javob berishUkrainaga shon-sharaflar! Ukrainaliklar namunali jasorat va mardlik koʻrsatmoqda. Erkinlik qadrini bilgan odamlar yengilmaydi. Ukraina butun postsovet hududida erkinlik uchun kurashmoqda.
Javob berishFikrlar 9