Karvonsaroy
Ta’lim

Oʻzbekiston maktablari va universitetlarida ingliz tilini oʻrganish targʻib qilinmoqda

Rustam Temirov

Oʻtgan yilning 1-avgust kuni Samarqand davlat universitetida imtihon topshirayotgan talabalar. [Zamira Boltayeva]

Oʻtgan yilning 1-avgust kuni Samarqand davlat universitetida imtihon topshirayotgan talabalar. [Zamira Boltayeva]

TOSHKENT – Oʻzbekiston hukumati xorijiy til talab qilinadigan oliy taʼlim muassasalarida kirish imtihonlari fanlari qatoriga ingliz tilini ham kiritdi. Ayrim oʻqituvchilarning fikricha, bu qadam yoshlarning Rossiya tashviqoti taʼsiridan xalos boʻlishiga yordam beradi.

Mart oyida Oʻzbekiston rasmiylari 2022-2023-oʻquv yilida olti universitetda oʻqishga kirish uchun ingliz tilidan imtihon topshirish kerakligini maʼlum qilgan edi.

Ular orasida Jahon tillari universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Samarqand davlat xorijiy tillar instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, shuningdek, Qoʻqon va Nukusdagi ikkita pedagogika kolleji bor.

Bu qaror 2023-2024-oʻquv yilidan boshlab barcha universitetlar uchun ingliz tilidan imtihon topshirish talabini joriy etish rejasi oldidan qabul qilingan.

Namangan shahridagi 35-maktabda oʻtkazilayotgan ingliz tili darsi, 23-dekabr kuni olingan surat. [Tohir Tursunov]

Namangan shahridagi 35-maktabda oʻtkazilayotgan ingliz tili darsi, 23-dekabr kuni olingan surat. [Tohir Tursunov]

Ingliz tilini bilish oʻzbek yoshlariga Rossiya tashviqotini chetlab oʻtib, ingliz tilidagi manbalardan maʼlumot olish imkonini beradi, deydi oʻzbek pedagoglari.

Oʻzbekistonda ingliz tiliga boʻlgan talab har qachongidan ham yuqori boʻlib, amalga oshirilayotgan bu oʻzgarishlar ayni muddaodir, deydi andijonlik mustaqil jurnalist Sabohat Rahimova.

“Oʻzbek yoshlari mamlakatimizning ingliz tilida faoliyat yurituvchi oliy taʼlim muassasalarini bitirib, keyinchalik xorijda taʼlim olishni istamoqda”, deydi u.

“Masalaning boshqa tarafi – Kreml mafkurasining jarchisiga aylanib qolgan Rossiya OAVdan emas, balki ingliz tilidagi manbalardan maʼlumot olish zarurati”, deydi Rahimova.

Yoshlarning ingliz tili orqali xalqaro axborot makoniga integratsiyalashuvi sababli buni toʻgʻri va uzoqni koʻzlab qabul qilingan qaror deb hisoblayman, deydi bu yil qabul imtihonlarini topshirish uchun ingliz tilini oʻrganayotgan 23 yashar qarshilik Gulchehra Xursandova.

“Biz rus tilini chetlab oʻtgan holda muqobil axborot olish imkoniyatiga ega boʻlamiz”, deydi u.

Ingliz tilining ahamiyati

Shvetsiyada yashovchi o‘zbekistonlik siyosatchi Po‘lat Oxunovning fikricha, o‘zbek siyosiy elitasining ingliz tiliga munosabatini o‘zgartirish zarur.

“Afsuski, siyosiy elita rusiyzabon”, deydi u. “Ular ingliz tilining mamlakat uchun ahamiyatini anglab yetmagunicha, vaziyat oʻzgarmaydi.”

Vaziyatni oʻzgartirish uchun xorijdan koʻngillilar jalb qilishni koʻzda tutuvchi maxsus davlat dasturi, televideniye va radioda til oʻrganishga yangicha yondashuv, ingliz tili boʻyicha xususiy maktablarni ochishni ragʻbatlantirish ham talab etiladi, dedi Oxunov.

Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻtgan yilning may oyida Oʻzbekistondagi oʻrta va oʻrta taʼlim maktablari bitiruvchilariga kamida ikkita xorijiy tilni bilishi zarurligini aytgan edi.

Oʻshandan beri davlat organlariga ishga kirishda ham kamida bitta chet tilini bilish talab qilinmoqda.

Bunday koʻnikmalarsiz kelgusida yuqoriroq lavozimga koʻtarilish imkonsiz, deydi Innovatsion rivojlanish vazirligidagi manba.

Yangi xodimlarni ishga qabul qilishda ingliz tilini bilish jiddiy omil hisoblanadi, nomzodda ingliz tili boʻyicha xalqaro test tizimi (IELTS) sertifikati boʻlsa, u raqobatchilar ichida ustunlikka ega boʻladi, deb qoʻshimcha qildi manba.

Til oʻrganish narxi

Namangan shahridagi 35-maktabning ingliz tili oʻqituvchisi Farhod Abdulazizov oʻzbekistonlik yoshlarga ingliz tilini bepul oʻrganish imkonini beruvchi davlat dasturi zarur, deb hisoblaydi.

Toshkentda xorijiy til kurslarining narxi bir oyga 400 mingdan 700 ming soʻmgacha (taxminan 40-70 dollar) turadi. Uch oylik kurs toʻlovi 2 million soʻmdan (200 dollar) oshadi.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, 2022-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik ish haqi 3,4 million soʻmni (310 dollar) tashkil qilgan.

“[Ingliz tilini oʻrganuvchilar uchun] maxsus jurnallar zarur. Ilmiy-metodik emas, balki rivojlangan mamlakatlardagidek hamma narsani ommabop tilda tushuntirib beradigan nashrlar”, deydi Abdulazizov.

Onlayn kurslar Toshkent va viloyatlar markazlarida samaraliroq, u yerda internet birmuncha tezroq, dedi u.

Uning aytishicha, mamlakat koʻproq inglizzabon oʻqituvchilarga muhtoj. Ular oʻzbek yoshlari bilan birga ingliz tili oʻqituvchilarining oʻziga ham yaxshiroq taʼlim berishi mumkin.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 4

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Bunday yangiliklarni gʻayrioddiy deb berish oʻrniga maktablarda normal taʼlim berish kerak.

Javob berish

Xorijiy til oʻrganish hech qachon ortiqcha boʻlmagan. Kelajakda xalqaro ish sonini oshirish uchun bu bilimdan foydalanish uchun imkoniyatdir.

Javob berish

Ahmoqlar, kuti ochiq erkakmi ayolmi ozlaringni unutub kimligini bilmay yurasizla !!! Kimdi kutini opaman deb yuribsizlar?? Bu ifloslar("west")ni gapiga kirib harob bulib ketmanglar

Javob berish

Ingliz tili uchinchi til boʻla olmaydi; bunday boʻlishi juda qiyin. U rus tilini siqib chiqaradi.

Javob berish