Karvonsaroy
Iqtisodiyot

Rossiyadagi iqtisodiy turgʻunlik Markaziy Osiyoni ustuvorliklarni qayta koʻrib chiqishga undamoqda

Kanat Altinbayev va AFP

Moskvada tilanchilik qilayotgan ayol, 2019-yil 27-mart. Rossiyaning 2019-yilgi iqtisodiy koʻrsatkichlari hukumat bashorat qilgan ijobiy prognozlardan ancha yomon boʻlib chiqqan. (Yuriy Kadobnov/AFP)

Moskvada tilanchilik qilayotgan ayol, 2019-yil 27-mart. Rossiyaning 2019-yilgi iqtisodiy koʻrsatkichlari hukumat bashorat qilgan ijobiy prognozlardan ancha yomon boʻlib chiqqan. (Yuriy Kadobnov/AFP)

OLMAOTA – Moskvaning iqtisodiy strategiyasidagi muvaffaqiyatsizliklar Markaziy Osiyolik mehnat migrantlari uchun sezilarli boʻldi. Ularning koʻpchiligi ish joyini yoʻqotmoqda va ishga joylasha olmayapti.

Mamlakat iqtisodiy taraqqiyot vazirligiga koʻra, 2019-yilda Rossiya yalpi ichki mahsuloti (YIM) 1,4 foizga oshgan, undan avvalgi yilda bu koʻrsatkich 2,5 foizni tashkil etgan.

Hatto bunday past koʻrsatkichlar ham Rossiyaning iqtisodiy holatiga yuqori baho berish boʻladi.

Jahon banki maʼlumotlariga koʻra, Rossiyaning 2019-yildagi yalpi ichki mahsuloti 1,2 foizga teng boʻlgan.

Olmaotadagi qurilish obyekti, 11-dekabr. (Fayl)

Olmaotadagi qurilish obyekti, 11-dekabr. (Fayl)

2015-yilda neft narxi tushib ketgach, Moskva oʻz iqtisodiy strategiyasini oʻzgartirdi, xarajatlarni keng miqyosda qisqartirish va budjetni tejash yoʻlini tanladi. 2014-yilda Kreml Qrimni noqonuniy anneksiya qilganidan soʻng, Gʻarb davlatlari tomonidan kiritilgan sanksiyalaridan aziyat chekdi.

Aholi daromadi inflyatsiya surʼatlariga dosh berolmay tushib ketishi natijasida turmush darajasi ham yomonlashgan. 2013-yildan 2018-yilgacha Rossiyada aholi daromadi bir yilda 5,3 foizga oshgan boʻlsa, inflyatsiya koʻrsatkichi oʻrtacha 7,4 foizga oshgan. Bu haqda Rossiya federal statistika xizmati (Rosstat) xabar bergan.

2019-yilning birinchi choragida Rossiya aholisidan 14,3 foizining oylik maoshi 10753 rublni (mart oyidagi kurs boʻyicha 165 AQSH dollari) tashkil etib, kun kechirish uchun zarur boʻlgan koʻrsatkichdan ham pastroqqa tushgan. Bu 20,9 million kishi yoki oʻtgan yilgiga nisbatan yarim millionga koʻp demakdir.

Bu Rossiya iqtisodiyotidagi muhim sektorlardan biri va Markaziy osiyolik mehnat migrantlari uchun ish manbai boʻlgan qurilish sohasiga sezilarli taʼsir koʻrsatdi.

Rosstatga koʻra, 2019-yilning birinchi choragida Rossiyadagi qurilish kompaniyalarining 45 foizi ish hajmining kamaygani haqida xabar bergan.

Iqtisodchilarga koʻra, qurilish sohasidagi pasayish natijasida 2020-yilda qurilayotgan binolarning yarmigina foydalanishga topshiriladi, deb xabar beradi Rambler.ru.

Markaziy osiyoliklar uchun ogʻir damlar

Toshkentlik Norbek Ahmedov oʻtgan yili Rossiyaning Novosibirsk shahridan qaytib kelgan. U bir necha oy davomida qurilish sohasida ish topa olmagan.

“Rossiyada ish topish juda qiyin boʻlib qolgan”, dedi u. “Bir necha yil oldin men qurilish va taʼmirlash ishlarini bajarib, bir oyda 1000 AQSH dollari ishlab topar edim, hozir esa umuman bunday imkoniyat yoʻq.”

Soʻnggi yillarda qashshoqlikka yuz tutayotgan rossiyaliklar mahalliy ish bozorida Markaziy osiyoliklar bilan raqobatlasha boshladilar, dedi Ahmedov.

“Avval Rossiyada qurilish yoki yuk tashishda ishlashni istaydigan rossiyaliklar juda kam edi, hozir esa ular ish tanlamayapti va ish beruvchilar ham ularni afzal koʻrmoqda”, dedi u.

Ayni damda Ahmedov Toshkentdagi chinni zavodida mehnat qilmoqda.

Uning soʻzlariga koʻra, maosh yaxshi. U hozir va keyinchalik ham Rossiyaga ishlashga ketmoqchi emas.

Gʻazabnok fuqarolar

Rossiya prezidenti Vladimir Putin fevral oyi oʻrtalarida Sankt-Peterburgga safari chogʻida oddiy rossiyaliklarning oʻz noroziligini ochiqchasiga bildirayotganiga guvoh boʻldi.

AFPning xabar berishicha, fevral oyi oʻrtalarida Putin kutilmagan vaziyat bilan yuzma-yuz keldi – rossiyalik ayol unga “oyiga 10800 rubl (161 AQSH dollari) nogironlik nafaqasiga bir oy yashab boʻladimi?” deb savol berdi.

Sankt-Peterburgga tashrifi chogʻida Putinning oldiga toʻplangan oʻtkinchi fuqarolar uni mobil telefonlari orqali tasvirga olganlar.

Ayol Putindan: “Ayting-chi, 10800 rubl (161 dollar) bilan bir oy yashasa boʻladimi?” deb soʻragan.

“Menimcha, bu juda qiyin”, deb javob bergan Putin past ovozda Rossiya OAVda tarqalgan videotasvirda.

Putinning bu raqamlardan bexabarligini taxmin qilgan ayol kundalik xarajatlarni sanab oʻtgan.

Uning aytishicha, bir marta oziq-ovqat doʻkoniga borish bilan kamida 1000 rubl (15 dollar) sarflanadi, xonadon uchun kommunal toʻlovlar esa oyiga kamida 4000 rublga (60 dollar) teng.

“Bizda hali ham juda katta ijtimoiy muammolar bor”, dedi Putin.

“Unda nega ular hal qilinmayapti?” deb eʼtiroz bildirdi ayol.

“Hal qilinyapti”, dedi Putin.

Rossiyani qayta koʻrib chiqish

Rossiyadagi iqtisodiy turgʻunlik Markaziy Osiyo davlatlarini Rossiyaning strategik sherik sifatidagi ahamiyatini qayta koʻrib chiqishga undagan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev hukumat tepasiga kelganidan keyin dunyoga oʻz eshiklarini ocha boshlagan Oʻzbekiston yanvar oyida Rossiya rahbarligidagi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YOII) aʼzo boʻlishdan bosh tortdi. Buning oʻrniga u kuzatuvchi maqomini tanlagan.

“Biz bu ittifoqqa aʼzo boʻlib kirmayapmiz”, degan edi Mirziyoyev oʻshanda oʻz nutqida.

“Bitta narsani bilib qoʻyinglar. Hech kim mustaqillikni hech kimga berib qoʻymaydi. Mustaqillik xalq ishongan prezidentning qoʻlida”, dedi u.

Bu qaror koʻplab oʻzbekistonliklar Rossiyada mehnat migranti boʻlib ishlayotgan bir paytda qabul qilindi.

Oʻzbekistonning oldida mehnat migratsiyasini qoʻllab-quvvatlashdan muhimroq vazifalar bor, deydi Toshkentdagi “Bilimlar karvoni” ilmiy-tadqiqot markazi direktori Farhod Tolipov.

“Toshkent YOIIga aʼzo boʻlish-boʻlmaslik masalasida mehnat migratsiyasiga oʻxshagan omillarga tayanmasligi kerak. Bu masalani Moskva bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar orqali hal qilish ham mumkin”, dedi u.

Bu orada AQSH Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun tobora jozibador sherikka aylanib bormoqda.

Fevral oyida AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeoning ayrim postsovet mamlakatlar, jumladan Qozogʻiston va Oʻzbekistonga tashrifi yangi iqtisodiy bitimlar, xususan, sarmoyalarni jalb qilish masalasida ancha samarali boʻldi.

Markaziy Osiyoning ikki respublikasi rahbarlari AQSH istagini yashirmadilar.

“Rossiyaning qanday yoʻlni tutishidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston va Qozogʻiston AQSH bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini namoyish qilmoqdalar”, degan edi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) va Markaziy Osiyo mamlakatlari boʻyicha moskvalik ekspert Arkadiy Dubnov 3-fevral kuni Rossiyaning “Exo Moskvi” mustaqil radiostansiyasi efirida.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 7

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiya uchun Markaziy Osiyo davlatlarining rivojlanmasligi va Rossiyadan kamida ikki qadam orqada qolishi juda muhim. YOII aynan shu uchun tuzilgan! Rossiya sanktsiyalar ostida, iqtisodiyot rivojlanmayapti, Markaziy Osiyo mamlakatlarida esa yalpi ichki mahsulotning yiliga kamida 5 foizlik oʻsishi kuzatilmoqda! Ushbu oʻsish surʼati davom etadigan boʻlsa, ular oʻz-oʻzini bemalol taʼminlay oladigan mamlakatga aylanadi va Rossiya izmiga yurishdan toʻxtaydi! Shuning uchun ham YOIIga qoʻshilganidan keyin Qirgʻiziston va Armanistonda birorta avtomobil zavodi qurilmadi! Bir dona traktor zavodi ham yoʻq! Bu haqda oʻylamasangiz ham boʻladi! Hamma narsani Rossiyadan sotib oling va agrar davlat boʻlib qolavering! Doim Rossiyadan ortida yuring! Aks holda, Rossiyaga boʻysunmay qoʻyasiz!

Javob berish

AQSH va Xitoy bozoridagi har qanday koʻngilsizliklardan Rossiyaning himoyasizligini tan olish vaqti keldi, ruslar ular bilan raqobatlashishi uchun yana 200 yil kerak...

Javob berish

Rossiya ruslar uchun, etnik kozchiliklar uchun emas

Javob berish

Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov Konstitutsiyaga “davlat hosil qiluvchi xalqlar” tushunchasini kiritish etnik ozchiliklar huquqlariga putur yetkazmaydi, deb bayonot berdi. Avvalroq Vladimir Putin Davlat dumasiga davlat hosil qiluvchi xalqlarning tili oʻlaroq rus tilining rasmiy davlat tili ekanligi haqida oʻzgartish kiritishni taklif qilgan edi. Davlat qurilishi va qonunchilik qoʻmitasi prezidentning tashabbusini maʼqulladi.

Javob berish

Bundan 10 yil avval Rossiyada hayot zoʻr edi, lekin ular Qrimni tanlash bilan boʻm-boʻsh choʻntaklarni tanladilar

Javob berish

Aslida sanksiyalar juda yaxshi ish beradi, ular Rossiyani nochorlikka tushurib qoʻydi

Javob berish

Qashshoqlik va qonunsizlik Bolsheviklar Moskvasining ming yillik kuchli asosidir

Javob berish