Karvonsaroy
Terrorizm

Qozogʻistonda ID gumondorlarining qoʻlga olinishi guruhning hamon faol ekanligini koʻrsatmoqda

Anna Karr

Qozogʻiston Milliy xavfsizlik qoʻmitasi (KNB) xodimlari 13-mart kuni Olmaotada ommaviy terakt rejalashda gumon qilingan ID izdoshini hibsga oldi. [KNB]

Qozogʻiston Milliy xavfsizlik qoʻmitasi (KNB) xodimlari 13-mart kuni Olmaotada ommaviy terakt rejalashda gumon qilingan ID izdoshini hibsga oldi. [KNB]

OLMAOTA – Soha mutaxassislariga koʻra, yaqinda Qozogʻistonda “Islom davlati” (ID) izdoshlarining hibsga olinishi – guruh zaiflashib qolganiga qaramay, mamlakatda faol harakat qilayotganidan dalolat beradi.

Milliy xavfsizlik qoʻmitasi (KNB) 15-mart kungi bayonotida ID tarafdorlaridan biri hibsga olinganini aytgan.

13-mart kuni hibsga olingan shaxs Navroʻz bayramini nishonlash chogʻida terakt uyushtirishni rejalaganlikda gumon qilinmoqda, deyiladi KNB bayonotida.

“Tergov davomida gumonlanuvchining turar joyidan ikkita granata musodara qilindi”, deb xabar bergan KNB.

Suratda: 13-mart kuni Olmaotada terakt rejalashda gumonlangan shaxsni qoʻlga olish chogʻida KNB tomonidan musodara qilingan oʻq-dorilar. [KNB]

Suratda: 13-mart kuni Olmaotada terakt rejalashda gumonlangan shaxsni qoʻlga olish chogʻida KNB tomonidan musodara qilingan oʻq-dorilar. [KNB]

Bu shaxs teraktni rejalashtirish va moliyalashtirishda ayblanmoqda, deyiladi bayonotda.

Yanvar oyi boshida KNB Taraz va Qaragʻandada ID izdoshlaridan deb gumon qilingan yana besh kishini qoʻlga oldi. Ular terrorchi guruhga rahbarlik, terrorizmni targʻib qilish va teraktlar rejalashtirishda ayblangan.

Strategiyalarning oʻzgarishi

Deradikalizatsiya boʻyicha chimkentlik mutaxassis va dinshunos Asqar Kajioglining soʻzlariga koʻra, garchi ID jiddiy zarbaga uchragan boʻlsa-da, uning mamlakatdagi faoliyati butunlay barham topmagan – hibslar shundan dalolat bermoqda.

Umuman olganda, holati zaiflashgani sababli ID oʻz faoliyatining boshida qoʻllagan usulga – partizanlar urushi olib borishga oʻtdi, dedi Kajiogli.

Uning soʻzlariga koʻra, ID tarafdorlari “turli mamlakatlar boʻylab tarqalib, oʻsha yerda oʻz qoʻporuvchilik harakatlarini boshlamoqda”.

Ular “jangarilikka yollash, ekstremistik adabiyotlar tarqatish, oʻq-dori zahiralarini gʻamlash va noqonuniy yoʻllar orqali oʻz faoliyatini moliyalashtirish” bilan shugʻullanmoqda, dedi u.

Yevroosiyoning qoq markazida joylashgani sababli, Qozogʻiston ID safiga yollovchilar uchun jozibador hududga aylangan, shu bois ham mamlakatda guruhning maxfiy yacheykalari faollashishi mumkin, dedi Kajiogli.

Nur-Sultondagi Geosiyosiy tadqiqotlar instituti direktori Asilbek Izbairovning tasdiqlashicha, ID markazlashgan tashkilot oʻlaroq yoʻq qilingan boʻlsa-da, uning panjalari hali tirik.

“Masalan, DAISH Afgʻonistonda faol harakat qilmoqda”, dedi u terrorchi guruhning boshqa nomini tilga olib.

“U Xuroson viloyatini tuzishga muvaffaq boʻldi”, dedi u IDning Pokiston va Afgʻonistondagi shoʻbasini nazarda tutib. “Biz uning gʻoyalari hali ham toʻliq yoʻq qilinmaganini anglashimiz kerak. DAISHning maxfiy guruhlari Gʻarb mamlakatlarida faoliyatini davom ettirmoqda.”

Dunyo boʻylab faollashayotgan guruh izdoshlari teraktlarni amalga oshirishga harakat qiladi, deb qoʻshimcha qildi u.

Ongni zaharlash yoʻlidagi qatʼiylik

“Muammo odamlarning hanuzgacha ID mafkurasi – takfirizmga sodiqligida”, deydi Al-Farobiy nomidagi Qozogʻiston milliy universitetining dinshunoslik fakulteti doktoranti, olmaotalik Yerlan Dosmagambetov.

“Va bu mafkura asosida terrorchilik tashkiloti izdoshlari yetishib chiqadi”, deb qoʻshimcha qildi u.

Ular “bu qarashlardan qiyinchilik bilan voz kechadilar, chunki bu qarashlar asosida buyuk maqsad uchun toʻgʻri yoʻldan borayotganlariga ishonadilar. Odamni bu gʻoyalardan xalos qilish uchun yuqori malakali mutaxassislarning koʻp yillik mashaqqatli mehnati talab qilinishi mumkin.”

Bu mafkura odamlar ichida yashar ekan, ular ID safiga yollovchilar taʼsiriga tushish, teraktlar sodir etish va olingan har qanday koʻrsatmalarni bajarishda davom etaveradilar, dedi Dosmagambetov.

“Eng avvalo, bu mafkuraga qarshi urushda gʻalaba qozonish kerak” dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 12

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Қирғизистондан ИШИДни ҳам йўқ қилиш керак

Javob berish

Ular bunda pul qilishadi, oʻldirish gunoh ekanligini, oʻzlari ham oʻlishlari mumkin ekanligini yaxshi bilishadi. Onalari, otalari va orqalarida qoladigan farzandlari haqida oʻylashmaydi. Oʻz xalqiga xiyonat qilganlar

Javob berish

Umrbod qamoq jazosini bekor qilib, oʻlim jazosini qoʻllash kerak, ular uchun budjetdan pul sarflab nima keragi bor?

Javob berish

Ularga qattiq chora koʻrmoq kerak

Javob berish

Mana Qozogʻiston aholisi orasida din daʼvatchilariga yoʻl berib, ularni qoʻllab-quvvatlagan mamlakat rahbarlarning faoliyatini nimaga olib keldi. Ularni qamoqqa olish kerak emas, chunki u yerda yanada faolroq boʻladilar. Yoʻq qila olmasak, arab mamlakatlariga chiqarib yuborish kerak ularni!

Javob berish

Ular qamoqqa ham olinmasligi kerak. Ular u erda oʻz tarafdorlarini yigʻadilar. Faqat oʻlim jazosi!

Javob berish

ISHIDning har qanday aʼzosiga eng qatʼiy jazo berilsin. Eng yaxshisi oʻlim jazosi. Ular hech qachon odam boʻlmaydi, toʻgʻri yoʻlga qaytadi deb umid qilish ahmoqlik.

Javob berish

ISHID safiga qoʻshilayotgan odamlar hech narsani tushunmaydigan axmoq deb oʻylamayman. Qoʻlga tushganlaridan keyin har qanday sabab oʻylab topishadi.

Javob berish

Oʻlim jazosi joriy qilinsin

Javob berish

Toʻgʻri, ular hech qachon toʻgʻri yoʻlga qaytmaydi. Ularning ongi bemaʼni ekstremistik gʻoyalar bilan zaharlangan.

Javob berish

Ha, siz toʻgʻri oʻylayapsiz. Ular tuzalmaydi, shunchaki otib tashlash kerak.

Javob berish

Ha. Hushyor boʻlish kerak. Bu yaramaslar nimalarga qodir ekanligini hech kim bilmaydi.

Javob berish